Mavzu: Kim kuchli?
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 11| 5 Feb 2017, 06:16
Assalomu alaykum hurmatli do'stlar, sizlar bilan kelishgan holda bu o'yinni boshlashga kelishib olgan edik, endi o'yinni to'liq tushuntirib o'tsam.
O'yin boshlanishi:
O'yin forum yangiliklarida e'lon qilinib boriladi. O'yin bo'lishidan 24 soat oldin ishtirokchilar o'z arizalarini shaxsiy xabar orqali tqdim etgan bo'lishi lozim va forumdagi mavzuda ishtirokchilar taxallusi ketma-ketlikda yozib boriladi. Ishtirokchilarning raqobatchilarini esa o'yin boshlanishidan 1 soat oldin e'lon qilinadi. O'yin ma'lum bir vaqtgacha davom etadi ya'ni savollar soniga qarab, har bir savol uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi. O'yin davomida savollarning mualliflari kimligi yozilmaydi va oxirida e'lon qilinadi. Javobi berilmagan savollarga agar savol muallifi javobini bilsa javob yozadi.
Shartlar:
1. O'yinda ishtirok etish uchun forumdagi faolik vaqti eng kamida 15 soat bo'lgan ishtirokchilarning arizalari qabul qilinadi.
2. O'yin davomida, savollarga chatda, forumda, shaxsiy xabar orqali va shunga o'xshash joylardan (Boshqa saytlardan ham!) javob olish qat'iyan man etiladi.
3. "Menda internet sekin ishlab qoldi", "Forum qotib qoldi", "Ulgurmadim" so'zlari inobatga olinmaydi.
4. Agar javoblar 75% o'xshash berilsa 2-javob bergan ishtirokchining javobi inobatga olinmaydi.
Agar shu holatlar vujudga kelsa, o'yindan cheklashtiriladi yoki javobi inobatga olinmaydi.
Savol berish qoidasi:
Savollar shaxsiy xabar orqali menga jo'natiladi.
Savol beruvchi forumdoshning forumdagi faollik vaqti kamida 1 kun bo'lishi va forumdagi postlari soni kamida 250 tadan oshgan bo'lishi lozim.
Savollar saralab olinadi va o'yin davomida savollar beriladi. Bir forumdoshdan maximal 2 ta savol qabul qilinadi.
Agar o'yin va shartlar tushunarli bo'lsa o'yinni boshlasak, taklif va fikrlaringizni kutib qolaman
Diqqat: Agar o'yin haqiqatdan o'ynalsa ma'muriyat a'zosi BAXABEK tomonidan 1-o'yin uchun 50 wmr pul yutug'i qo'yilgan.
2. wm QaLQoN (664) [off] | TXT | 11| 5 Feb 2017, 06:26
Man uyniyman Ariza ni sh. x da junataylikmi .
3. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 11| 5 Feb 2017, 06:28
QaLQoN (5 Feb 2017, 06:26):
Man uyniyman Ariza ni sh. x da junataylikmi .
FaTXuLLa, o'yin turi e'lon qilinmagan-ku hali :-). #1 mavzuda e'lon qilinadi.
4. Scoren (64) [off] | TXT | 11| 5 Feb 2017, 16:25
BahhTeeUz (5 Feb 2017, 06:28):
FaTXuLLa, o'yin turi e'lon qilinmagan-ku hali :-). #1 mavzuda e'lon qilinadi.
Boburbek, tushunmadim
5. wm QaLQoN (664) [off] | TXT | 11| 5 Feb 2017, 16:29
Scoren (5 Feb 2017, 16:25):
Boburbek, tushunmadim
Scoren, nimani tushunmading #1 postda hamasi toliq yozilgan ku
Salbiy (1): Scoren,
6. Scoren (64) [off] | TXT | 11| 5 Feb 2017, 16:32
QaLQoN (5 Feb 2017, 16:29):
Scoren, nimani tushunmading #1 postda hamasi toliq yozilgan ku
FaTXuLLa, sanga hech kim gapirgani yoq
Salbiy (1): QaLQoN,
7. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 11| 5 Feb 2017, 17:12
Scoren (5 Feb 2017, 16:25):
Boburbek, tushunmadim
Scoren, aynan nimani?
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 854
Mavzuga oid xabarlar soni: 33 ta
So'ngi faollik vaqti: 2 May 2017, 13:08
Mavzuni ko'rishgan: 14 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 176 (0/176)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru