Mavzu: 2017 yilda qo'shimcha shartnoma
1. BLACK_LION(M) (4793) [off] | TXT | 7| 6 May 2017, 01:56
O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining “2017/2018
o'quv yilida O'zbekiston
Respublikasi oliy ta`lim
muassasalariga qabul
to'g'risida”gi qarori chiqdi. Unga
ko'ra, O'zbekiston OTMlariga
2017/2018 o'quv yilidan boshlab
oshirilgan shartnoma stavkalari
bo'yicha talabalar qo'shimcha
tarzda qabul qilishga ruxsat
berildi.
Qo'shimcha qabul uchun kvotalar
miqdori O'zbekiston ta`lim
muassasalariga qabul qilish
bo'yicha Davlat komissiyasi
tomonidan o'rnatiladi. Bunda oliy
ta`lim muassasasi salohiyati va
ta`lim yo'nalishidan kelib
chiqiladi.
Qo'shimcha qabulda oshirilgan
stavka bo'yicha shartnoma
miqdori abituriyentlar tomonidan
yig'ilgan balldan kelib chiqqan
holda belgilanadi.
Qo'shimcha qabul o'tish ballarini
yig'a olmagan (kamida 68 ball)
abituriyentlar navbatiga qarab
qat`iy tarzda amalga oshiriladi,
bunda ularning oshirilgan stavka
bo'yicha shartnomani to'lay olish
imkoniyati hisobga olinadi.
2017/2018 o'quv yilida
bakalavriat uchun o'qishga qabul
qilish umumiy kvotasi 66316
kishini tashkil etmoqda (o'tgan
yili — 57907), xususan, davlat
granti bo'yicha - 18194 va to'lov-
shartnomasi asosida - 48122.
Magistratura uchun raqam 5000
ga teng, grant bo'yicha – 1556 va
pulli asosda - 3444.
Ishlab chiqarishdan
uzoqlashmagan holda maxsus
sirtqi bo'limlarda ta`lim olish
uchun Toshkent axborot
texnologiyalari universitetida
100, davlat granti bo'yicha – 15
va to'lov-shartnomasi asosida -
85, Navoiy davlat konchilik
instutida – to'lov-shartnomasi
asosida 90 kishi va Toshkent
temir yo'l transport muhandislari
institutida – to'lov-shartnomasi
asosida 80 nafar bakalavrni
tayyorlash ko'zda tutilgan
Joriy o'quv yilidan boshlab yuqori
malakali tibbiy kadrlarga ehtiyoj
bo'lgan mintaqalar uchun
tibbiyot yo'nalishidagi oliy ta`lim
muassasalarida davlat grantlari
bo'yicha bakalavriat bo'yicha
mutaxassislar tayyorlash uchun
manzilli qabul kvotasi tasdiqlandi.
Joylardagi davlat hokimiyati
organlari, shuningdek, vazirlik va
idoralar – kadrlarni manzilli
tayyorlash buyurtmachilariga –
oliy ta`lim bitiruvchilarini ishga
joylashtirishni ta`minlash
bo'yicha majburiyat yuklatildi.
Avvalroq O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 20
apreldagi “Oliy ta`lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to'g'risida”gi qarori
bilan bakalavriat va
magistraturaga qabul kvotasi 18
foizga oshirilishi haqida xabar
bergandik.
Ijobiy (1): shohboz,
2. BLACK_LION(M) (4793) [off] | TXT | 7| 6 May 2017, 06:23
gapni lo'ndasi, tushunishimcha supper kontraktning rasmiy ko'rinishi. Endi odamga emas, davlatga berasiz.
3. otashbekk (776) [off] | TXT | 7| 6 May 2017, 07:38
68 ball tuplasa qushimcha kantraktga kiradimi shunaqami ?
4. BLACK_LION(M) (4793) [off] | TXT | 7| 6 May 2017, 07:39
otashbekk (6 May 2017, 07:38):
68 ball tuplasa qushimcha kantraktga kiradimi shunaqami ?
otashbekk, kirishi mumkin! Undan past bo'lsa umid ham qilma degani
5. Sher_zod (90) [off] | TXT | 7| 26 Jul 2017, 12:46
OTM larga DTM qog'oz faqat bir kunda beriladimi keyin boshqa birovniki boshqaga beriladimi?
6. Gigant (24) [off] | TXT | 7| 26 Jul 2017, 13:49
Sher_zod (26 Jul 2017, 12:46):
OTM larga DTM qog'oz faqat bir kunda beriladimi keyin boshqa birovniki boshqaga beriladimi?
Sher_zod, DTM qog'ozlar oy oxirigacha beriladi. O'zlari yolvorib tel qilishadi: "DTM qog'ozingizni olib keting" deb
Shaxsan egasiga.
7. Sher_zod (90) [off] | TXT | 7| 26 Jul 2017, 14:18
Gigant (26 Jul 2017, 13:49):
Sher_zod, DTM qog'ozlar oy oxirigacha beriladi. O'zlari yolvorib tel qilishadi: "DTM qog'ozingizni olib keting" deb
Shaxsan egasiga.
Gigant, Birovdan pasportini va hujjat qabul qilindi degan qog'ozni berib yuborsa usha kishi borib. ololmaydimi?
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1286
Mavzuga oid xabarlar soni: 28 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 Sep 2018, 19:00
Mavzuni ko'rishgan: 16 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish