Mavzu: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (TOSHMI)
1. Mahmudjon_BEST (M) (505) [off] | TXT | 12| 4 Jun 2019, 19:14
Toshkent tibbiyot akademiyasi— respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 178-qarori bilan Toshkent shahrida 1- va 2- Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida (qarang Toshkent birinchi tibbiyot instituti, Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti) tashkil etilgan. Akademiya yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish, oʻqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oʻquv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislarning taʼlimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas bogʻlab olib borilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan. Akademiyada 5 ta (davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, oliy hamshiralik ishi va malaka oshirish) fakultetlari, 58 kafedra, aspirantura, markaziy i.t. va markaziy klinik lab., 2200 oʻrinli klinika, ilmiy tibbiy axborot boʻli-mi, muzey, akad. litsey, kutubxona (800 mingdan ziyod asar), nashriyot va bos-maxona bor. Hozirgi 7000 ga yaqin talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 40 mutaxassislik boʻyicha 280 dan koʻproq rezident taʼlim oladi (2005). Toshkent tibbiyot akademiyasia. Toshkent shahridagi yirik kasalxonalarda qoʻshimcha klinik bazalarga ega. Akademiyada 1100 oʻqituvchi, shulardan 10 ga yaqini Oʻzbekiston FA va x&tqaro aka-demiyalar akad., 200 dan koʻproq fan dri, prof., 600 dan koʻproq fan nomzodi va dotsentlar faoliyat koʻrsatadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha 6 ta ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Akademiya ilmiy toʻplam, monografiya va metodik qoʻllanmalar nashr etadi. :)

Manba: wikipedia.org
189dan so'ng qo'shdi...
Ushubu oliygoxga kim topshirib ko'rgan? Yoki endi topshiradi?
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3393
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Jun 2019, 19:14
Mavzuni ko'rishgan: 12 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 32 (1/31)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru