Mavzu: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (TOSHMI) (ILM-FAN/Talaba va o'qituvchilar) Mahmudjon_BEST (4 Jun 2019 19:14) Toshkent tibbiyot akademiyasi— respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oÊ»quv yurti hisoblanadi. OÊ»zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 178-qarori bilan Toshkent shahrida 1- va 2- Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida (qarang Toshkent birinchi tibbiyot instituti, Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti) tashkil etilgan. Akademiya yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish, oÊ»qish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oÊ»quv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgÊ»or taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boÊ»lgÊ»usi mutaxassislarning taʼlimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas bogÊ»lab olib borilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan. Akademiyada 5 ta (davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, oliy hamshiralik ishi va malaka oshirish) fakultetlari, 58 kafedra, aspirantura, markaziy i.t. va markaziy klinik lab., 2200 oÊ»rinli klinika, ilmiy tibbiy axborot boÊ»li-mi, muzey, akad. litsey, kutubxona (800 mingdan ziyod asar), nashriyot va bos-maxona bor. Hozirgi 7000 ga yaqin talaba, shuningdek, magistratura yoÊ»nalishida 40 mutaxassislik boÊ»yicha 280 dan koÊ»proq rezident taʼlim oladi (2005). Toshkent tibbiyot akademiyasia. Toshkent shahridagi yirik kasalxonalarda qoÊ»shimcha klinik bazalarga ega. Akademiyada 1100 oÊ»qituvchi, shulardan 10 ga yaqini OÊ»zbekiston FA va x&tqaro aka-demiyalar akad., 200 dan koÊ»proq fan dri, prof., 600 dan koÊ»proq fan nomzodi va dotsentlar faoliyat koÊ»rsatadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha 6 ta ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Akademiya ilmiy toʻplam, monografiya va metodik qoʻllanmalar nashr etadi. :)

Manba: wikipedia.org
[b]189dan so'ng qo'shdi...[/b]
Ushubu oliygoxga kim topshirib ko'rgan? Yoki endi topshiradi? Manba: https://uzmasters.ru/forum/10/38/3393/