Mavzu: Briganddan ingliz tili darslari (0 dan boshlab)
22. Brigand (M) (519) [off] | TXT | 57| 3 Oct 2018, 21:56
MasterOS (3 Oct 2018, 21:48):
Brigand, Mana shu to'g'ri yozilganmi?
Can you help me?
MasterOS, Ha. Tarjimasi: "Siz menga yordam bera olasizmi?"
Ijobiy (4): MasterOS, GentleMAN, fokuschi, Arey,
Raxmat aytdi (1): Arey,
23. Shuhrat10 (68) [off] | TXT | 57| 3 Oct 2018, 22:07
Brigand, Yo buni google translator dan tarjima qilmadi u dasturni umuman ishlatmayman, man uzim bilimimdan foydalandim o'rganganimdan masalan 2ta do'st birga yurganda
Shall we go to cinema? Bo'lsa o'zbek tilida "Yur kinoga boraylik" manosini beradi. Bu juda ishonchli kitoblardan olingan lekin Kinoga boramizmi? bn farqi darak gapda xohish yuqori hisoblanadi
yana bitta gap menga
Do I help you? ni tarjima qilib beringda
2179dan so'ng qo'shdi...
GentleMAN, Please translate this: Do I help you?
Ijobiy (1): Brigand,
24. GentleMAN (13) [off] | TXT | 57| 3 Oct 2018, 22:12
Shuhrat10 (3 Oct 2018, 22:07):
Brigand, Yo buni google translator dan tarjima qilmadi u dasturni umuman ishlatmayman, man uzim bilimimdan foydalandim o'rganganimdan masa• • •
Shuhrat10, "Men senga yordam beramanmi?" Ya'ni doimiy ish harakat aytilyapti. U suhbatdoshiga yordam beruvchi ekanligini so'rayapti. Lekin buni shall I help you tarjimasi bilan shakldosh ekanligidan nimani isbotlamoqchisiz?
25. Shuhrat10 (68) [off] | TXT | 57| 3 Oct 2018, 22:50
GentleMAN, Ingliz tilini juda yaxshi biladigan domladan so'rang buni bilmaganimda aytmagan bo'lardim bugun shu mavzuni o'tdik kursda kitoblar aldamaydi okam
Ijobiy (1): GentleMAN,
Raxmat aytdi (1): GentleMAN,
26. Tarix (74) [off] | TXT | 54| 4 Oct 2018, 17:18
Unda tushum kelishigi bormi ingilis tilida bor bosa nima deyiladi
27. Brigand (M) (519) [off] | TXT | 53| 5 Oct 2018, 22:33
Darslarni kuzatib borayotgan barchaga salom! Bugun 2-dars. Ammo bir qator gaplar mavzusini ham takrorlab ötishim joiz deb bilaman. Oldin esa keling bu darsning yangi sözlari bilan tanishsak:
New words.
Table [teybl] - stol
Car [kar] - avtomobil
Bread [brid] - non
Ball [böl] - töp, koptok
Water [vatr] - suv
Play [pley] - öynamoq
Drink [drink] - ichmoq
See [si:] - körmoq
Drive [drayv] - haydamoq (mashina)
Eat [it] - yemoq

Endi esa gaplar haqida gaplashsak. Ötgan darsda aytilganidek hamma gaplar S (subject - ega) + V (verb - fel) + O (object - boshqa bölaklar) strukturasida tuziladi. Ingliz tilida egadan söng doimo fel kelishi kerak. (fel yöq holatlarda "to be" qöyiladi. "To be" feli haqida keyingi darsda gaplashamiz.) Yanada tushunarliroq bölishi uchun keling bitta oddiyroq gap tuzib köramiz. e.g:
I drive car. [ay drayv kar.] - Men mashina haydayman.
drive va car sözlarini tepada kördik, ammo I nima? deyotgan bölsangiz kerak. "I" bu kishilik olmoshi yani gapning egasi. Özbek tilida "men" kishilik olmoshiga tög'ri keladi. Ingliz tilida ham kishilik olmoshlari mavjud. Va ular ona tilidagi olmoshlardan deyarli farq qilmaydi. Ularda ham huddi ona tilimizdek birlik va köplik shaxslar bor. Faqat ozgina farqi bor. Ularning töliq röyxati bilan tanishing:
1-shaxs birlik. I [ay] - men
2-shaxs birlik. You [yu] - sen (siz)
3-shaxs birlik. He [hi] - u (ög'il bolaga nisbatan)
3-shaxs birlik. She [shi] - u (qiz bolaga nisbatan)
3-shaxs birlik. It [it] - u (narsalarga nisbatan)
1-shaxs köplik. We [vi] - bizlar
2-shaxs köplik. You [yu] - sizlar
3-shaxs köplik. They [zey] - ular

Yaxshilab tushunib öqiyotganlar farqni topib ulgurushdi menimcha. Ona tilidagi kishilik olmoshlaridan farqi shundaki ingliz tilida 3-shaxs birlik ham öz ichida 3 turga bölinadi. Yani he, she, itga. 3-shaxs köplikda esa istalgan turdagi obyekt uchun they ishlatiladi. Bularni adashtirib qöymang. He, she, itning farqini esa tepadagi tarifidan tushunib oldingiz menimcha. Yana bitta ahamiyat berishingiz kerak bölgan narsa bor. "siz" deyish uchun ham "sizlar" deyish uchun ham you ishlatiladi. Yani "you"dan biz ham 2-shaxs birlikda ham 2-shaxs köplikda foydalanamiz. Ismlar esa 3-shaxs hisoblanadi. Masalan Brigand, Nurmuhammad degan ismlar 3-shaxsga kiradi. Yana bir misol keltiraman. e.g:
She drinks water. [shi drinks vatr] - u qiz (tarjimada u qiz deyish shart emas. Shunchaki u deb ketsa ham böladi.) suv ichadi.
Bu misolni nega keltirdim? Qarang ega "I" yani men bölganda felni öz xolicha yozdim. Lekin egasi 3-shaxs birlikda bölsa felga [b]s[/s] harfini qöshdim. Bu eng muhim qoidalardan biri. Agar gapning egasi 3-shaxs birlikda yoki ismda bölsa egadan keyingi felga "s" harfini qöshib yozish kerak. Eslab qoling. "s" harfi faqat ega 3-shaxs birlik bölgandagina egadan keyingi felga qöshiladi. Menimcha 2-dars sizga tushunarli böldi. Sizga topshiriqlar: 1) yozgan barcha sözlarimizni yod oling. 2) yod olgan sözlaringiz orqali mustaqil gaplar tuzib köring. 3) bu gaplarni tarjima qilib, gaplardagi 2 ta xatoni toping:
1) I eat bread.
2) You drives car.
3) He play ball.
4) They see table.

Xozircha shu. Keyingi darsda körishguncha!
Ijobiy (3): MasterOS, fokuschi, Arey,
Raxmat aytdi (3): Tayotabek, fokuschi, Arey,
28. Arey (1999) [off] | TXT | 51| 6 Oct 2018, 00:08
Brigand (5 Oct 2018, 22:33):
Darslarni kuzatib borayotgan barchaga salom! Bugun 2-dars. Ammo bir qator gaplar mavzusini ham takrorlab ötishim joiz deb bilaman. Oldin esa kel• • •
Brigand, Bu mavzuda yozganlarizni uje bilar ekanman. :jaxl:

Gaplar tarjimasi va xatolik:

1) I eat bread - Men non yeyman | Xatolik yo'q
2) You dirives car - Sen mashina haydaysan. | Xatolik. Ikkinchi shaxsda fe'lga "s" qo'shimchasi qo'shilmaydi. Hozir uni tarjima qilsak "Sen mashina haydaydi" bo'ladi :jaxl: | Tuzatish. You drive car.
3) He play football - U futbol o'ynaydi. | Xatolik. Uchinchi shaxsda fe'lga "s" qo'shilmagan. | Tuzatish. He plays football
4) They see table - Ular stolni ko'rishdi. | Xatolik yo'q
Ijobiy (2): Brigand, SuRXaNeSKi,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2883
Mavzuga oid xabarlar soni: 46 ta
So'ngi faollik vaqti: 25 Jan 2019, 12:12
Mavzuni ko'rishgan: 78 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 205 (0/205)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru