ILM-FAN
|
Chet tillari
|
Mavzu:
Briganddan ingliz tili darslari (0 dan boshlab)
Mavzu fayllari
(0)
Darslarni kuzatib borayotgan barchaga salom! Bugun 2-dars. Ammo bir qator gaplar mavzusini ham takrorlab ötishim joiz deb bilaman. Oldin esa keling bu darsning yangi sözlari bilan tanishsak: [php]New words. Table [teybl] - stol Car [kar] - avtomobil Bread [brid] - non Ball [böl] - töp, koptok Water [vatr] - suv Play [pley] - öynamoq Drink [drink] - ichmoq See [si:] - körmoq Drive [drayv] - haydamoq (mashina) Eat [it] - yemoq [/php] Endi esa gaplar haqida gaplashsak. Ötgan darsda aytilganidek hamma gaplar S (subject - ega) + V (verb - fel) + O (object - boshqa bölaklar) strukturasida tuziladi. Ingliz tilida egadan söng doimo fel kelishi kerak. (fel yöq holatlarda "to be" qöyiladi. "To be" feli haqida keyingi darsda gaplashamiz.) Yanada tushunarliroq bölishi uchun keling bitta oddiyroq gap tuzib köramiz. e.g: [php]I drive car. [ay drayv kar.] - Men mashina haydayman.[/php] drive va car sözlarini tepada kördik, ammo [b]I[/b] nima? deyotgan bölsangiz kerak. "I" bu kishilik olmoshi yani gapning egasi. Özbek tilida "men" kishilik olmoshiga tög'ri keladi. Ingliz tilida ham kishilik olmoshlari mavjud. Va ular ona tilidagi olmoshlardan deyarli farq qilmaydi. Ularda ham huddi ona tilimizdek birlik va köplik shaxslar bor. Faqat ozgina farqi bor. Ularning töliq röyxati bilan tanishing: [php]1-shaxs birlik. I [ay] - men 2-shaxs birlik. You [yu] - sen (siz) 3-shaxs birlik. He [hi] - u (ög'il bolaga nisbatan) 3-shaxs birlik. She [shi] - u (qiz bolaga nisbatan) 3-shaxs birlik. It [it] - u (narsalarga nisbatan) 1-shaxs köplik. We [vi] - bizlar 2-shaxs köplik. You [yu] - sizlar 3-shaxs köplik. They [zey] - ular[/php] Yaxshilab tushunib öqiyotganlar farqni topib ulgurushdi menimcha. Ona tilidagi kishilik olmoshlaridan farqi shundaki ingliz tilida 3-shaxs birlik ham öz ichida 3 turga bölinadi. Yani he, she, itga. 3-shaxs köplikda esa istalgan turdagi obyekt uchun they ishlatiladi. Bularni adashtirib qöymang. He, she, itning farqini esa tepadagi tarifidan tushunib oldingiz menimcha. Yana bitta ahamiyat berishingiz kerak bölgan narsa bor. "siz" deyish uchun ham "sizlar" deyish uchun ham you ishlatiladi. Yani "you"dan biz ham 2-shaxs birlikda ham 2-shaxs köplikda foydalanamiz. Ismlar esa 3-shaxs hisoblanadi. Masalan Brigand, Nurmuhammad degan ismlar 3-shaxsga kiradi. Yana bir misol keltiraman. e.g: [php]She drink[b]s[/b] water. [shi drinks vatr] - u qiz (tarjimada u qiz deyish shart emas. Shunchaki u deb ketsa ham böladi.) suv ichadi.[/php] Bu misolni nega keltirdim? Qarang ega "I" yani men bölganda felni öz xolicha yozdim. Lekin egasi 3-shaxs birlikda bölsa felga [b]s[/s] harfini qöshdim. Bu eng muhim qoidalardan biri. Agar gapning egasi 3-shaxs birlikda yoki ismda bölsa egadan keyingi felga "s" harfini qöshib yozish kerak. Eslab qoling. "s" harfi faqat ega 3-shaxs birlik bölgandagina egadan keyingi felga qöshiladi. Menimcha 2-dars sizga tushunarli böldi. Sizga topshiriqlar: 1) yozgan barcha sözlarimizni yod oling. 2) yod olgan sözlaringiz orqali mustaqil gaplar tuzib köring. 3) bu gaplarni tarjima qilib, gaplardagi 2 ta xatoni toping: 1) I eat bread. 2) You drives car. 3) He play ball. 4) They see table. Xozircha shu. Keyingi darsda körishguncha!
Yuklab olish
Onlayn 330 (0/330)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa