Mavzu: Briganddan ingliz tili darslari (0 dan boshlab) (ILM-FAN/Chet tillari) Brigand (3 Oct 2018 15:04) [b]Muallifdan:[/b] Assalomu alaykum aziz forumdoshlar! Köp sonli talab va takliflarni (jumladan Tayotabek, fokuschi, Arey...) inobatga olgan holda ushbu mavzuni ochishga hamda doimiy tarzda yuritishga qaror qildim. Öylaymanki mavzu yopilmaydi. Sababi darslarni doimiy tarzda olib borishga, töxtatmaslikga oldindan vada beraman. :)
[b]Sözboshi:[/b] Bu #1 bölgani uchun gapni biroz olib qochsam. :D Hozirgi kunda eng rivojlangan tillardan biri bu shubxasiz ingliz tilidir. Bu tilni örganish uchun köp insonlar pul sarflab turli tögaraklarga borishmoqda. Albatta bu usulni umuman yomonlamoqchi emasman. Hozir mushuklar ham tekinga oftobga chiqmay qöyishgan. Umuman olganda özim ham pullik tögarakga qatnashaman. Ammo siz uydan chiqmagan holda, tekinga (trafik uchun ketadigan mbni hisobga olmasak albatta.) 0 dan ingliz tilini örgansangiz qalay böladi? Menimcha qalay emas oltin böladi. Qanday deysizmi? Shunchaki uzmasters.ruga keyin shu mavzuga kirib darslarni kuzatib borasiz.
Darslar aytilganidek 0 dan boshlanadi. Har kuni bölmasa ham tez-tez maqolalar qöshib turaman va maqola qöshishda dangasalik qilmay mavzuni iloji boricha batafsil va tushunarli qilib yoritishga qölimdan kelganicha harakat qilaman! Mavzuni ochishdan oldin saytlarni kuzatdim. Ularda deyarli pichoqqa ilinadigan narsa yöq. Deyarli hammasi kitobdan yoki bir-biridan köchirgan. Men esa maqolalarni öz qölim bilan yozaman va kitob qilsa arzigudek malumotlar darslar kiritishga harakat qilaman. Albatta darslarni yozganimdan söng boshqalar uni copy qilib saytlariga joylashlarini sezyapman. Ammo bu men uchun aslo yomon ish emas. Aksincha ösha saytga kirganlar ham ingliz tilini men yozgan maqolalar orqali örganishadi. Bu esa men uchun juda katta yutuqdir! :) Endi gapni köp chözmay. Keling birgalikda ingliz tilini örganamiz. Bu juda oson va qulay.
[b]Sizdan talab etiladi:[/b] Dangasalik qilmaslik, darslarni muntazam kuzatib borish, darslarni yaxshi tushunish (chunki bir darsni yaxshi tushunmasangiz keyingi darsni ham tushunmasligingiz tabiiy.) iloji bölsa darslarni bir emas 2-3 marta öqishlik va eng muhimi berilgan topshiriqlarni bajarishlik.
[b]Qöllanma:[/b] darslar davomida qisqartmalardan foydalanishim tabiiy albatta. Bularni yaxshilab eslab qoling: 1) [code]e.g[/code] - bu qisqartma [b]Misol uchun (masalan)[/b] degani. Har bir darsni misollar yordamida tushuntirib borishga harakat qilaman. 2) [code]New words[/code] yani [b]Yangi sözlar[/b] degani. Ingliz tilini örganish uchun söz boyligiga ega bölishingiz shart. Men har bir mavzu boshida maxsimal 10 ta söz yozib borishga harakat qilaman. Ularni doimiy tarzda yodlab boring. Chunki u sözlardan dars davomida foydalanamiz. 3) Sözlar yonida [b][...][/b] larni körasiz. Bu sözlarning öqilishi. Ingliz tilida sözlar boshqacha yozilada va boshqacha öqiladi. Siz [b]söz[/b] körinishida yozilgandek qilib yozing. [b][söz][/b] körinishida yozilgandek ayting yani gapiring. Agar [b][sö:z][/b] körinishida bölsa, ö harfini uzunroq öö tarzida öqiysiz. Ikki nuqta faqat ö dan oldin kelmaydi. : ni körsangiz undan oldingi harfni uzunroq öqing. 4) Yög'on yoki rangli shriftlarda yozilgan joylarga esa yaxshilab etibor berishingiz söraladi.

[b]1-dars[/b]
Ochig'i 1-darsni qanday boshlash haqida köp öylandim. Shaxsiy daftarlarimni ham titkilashimga tög'ri keldi. Va oxiri aniq bir yönalishni topdim! Demak Brigandning ingliz tili darslari boshlandi!
[code]New words
Pupil [pyupl] - öquvchi
Pen [pen] - ruchka
School [sku:l] - maktab
Play [pley] - öynamoq
Buy [bay] - sotib olmoq[/code]
[b]Gaplar.[/b] har bir tilda muloqot uchun gaplardan foydalaniladi. Biz esa har bir darsda gaplar orqali misollar keltiramiz. Agar gap tuzishni bilmasak qanday misol keltiramiz? Shuning uchun ilk darsimizda gaplar qanday tuzilishi, strukturalari haqida gaplashamiz. Ingliz tilida gaplar [b]S V O[/b] strukturasi orqali tuziladi. Hech narsani tushunmaganingiz aniq. Dastavval struktura özi nima? Bu misolni yechish formulasiga öxshagan narsa. Uni bilsangiz bemalol gap tuza olasiz. Tepada körganingizdek ingliz tilida birinchi doim [b]Subject[/b] yani ega keladi. Undan keyin esa [b]Verb[/b] yani fel qöyilishi majburiy. Gap tuzishda egadan söng doimo felni qöying. Aks holda gap notög'ri böladi. Ega va felning orasiga boshqa bölaklarni aralashtirmang. Undan keyin esa [b]Object[/b] yani boshqa bölaklar keladi. Köproq töldiruvchiga tög'ri keladi. Bu dars ochig'i tushunarsiz va qisqa bölib qoldi. Sababi #1 da dars yozmoqchi emasdim. Ammo soddaroq qilib boshlang'ich könikmani berdim deb öylayman. Keyingi darsda gap tuzish haqida batafsil gaplashamiz. Hamda olmoshlar haqida ham töliq töxtalib ötamiz. Hozircha esa vaqtinchalik xayr. Darslarni kuzatib boring! Mirabbos (3 Oct 2018 17:37) [b]Brigand,[/b] Thank you,very much! Besthakker (3 Oct 2018 18:17) Do'st savol bersakham bo'ladimi yani biz sizga o'zbekcha savol bersak siz bizga inglizchasini aytasizmi Shuhrat10 (3 Oct 2018 18:24) Great idea, Shall I help you ? Besthakker (3 Oct 2018 18:28) [b]Shuhrat10,[/b] Nima degani Shuhrat10 (3 Oct 2018 18:35) [b]Besthakker,[/b] Ajoyib g'oya, Men sizga yordam bersam maylimi? MasterOS (3 Oct 2018 19:13) Good job.Thank you very much. Prince_Abdul (3 Oct 2018 19:25) Hello teacher! :zor: GentleMAN (3 Oct 2018 19:28) [b]Brigand,[/b] Yaxshi. Ochig'i sizning fikrlashingiz tahsinga loyiq. Darsni boshlanishidanoq aniq va tushunarli qilib bayon etyapsiz. Men ham bu mavzu ochilishini kutgan va talab qilgan edim (@Arey). Biz uchun, erinmasdan mavzuni yoritib borishingizdan xursandmiz. Albatta siz bizga ingliz tilini qay tarzda o'rgatishni rejalashtirgan bo'lishingiz kerak. Yani o'z tajribangizga tayanib qaysi darsdan keyin qaysi dars o'tilishini bilasiz. Tog'dan bog'dan olib ketmaysiz)). Shuningdek, qancha vaqda o'rganib bo'lishimizni ham bilsangiz kerak? Yana bir savolim, mavzuni oxirigacha yuritasizmi yoki erinchoqlik qilib tashlab qo'yasizmi :)
[b]2143dan so'ng qo'shdi...[/b]
O'ylaymanki, bu mavzu o'z lug'atimizdagi so'zlarni ko'z-ko'z qilib offtop qilinib yuriladigan mavzuga aylanmaydi. Bu uchun "Ingliz tilida gaplashamiz" mavzusi bor Nodirali (3 Oct 2018 19:29) Mavzu menga yoqdi. Brigandga kuchli sabr va qo'liga quvvat tilayman. Men ham albatta darslarni kuzatib boraman! :) GentleMAN (3 Oct 2018 19:30) Har xil qiziqarli erkin suhbatlar uchun esa bu mavzu
!1872 Asadbek24 (3 Oct 2018 19:33) [b]Brigand,[/b] Do'st birinchi o'quvchingiz kamina bo'ladur fokuschi (3 Oct 2018 19:41) --Javob-- Asadbek24 (3 Oct 2018 19:33): [b]Brigand,[/b] Do'st birinchi o'quvchingiz kamina bo'ladur ---------- [b]Asadbek24,[/b] Birgаnd do'stimizgа hаmаmiz o'quvchimiz do'st Asadbek24 (3 Oct 2018 19:45) [b]fokuschi,[/b] Ro'yhatda n1 daman do'st :grin: GentleMAN (3 Oct 2018 19:49) Savol: Ega va fe'lning orasiga hech narsa qo'ymang debsiz. Ravish kerak bo'lsachi? Masalan, "Men tez yuguraman" jumlasi qanday tuziladi, "I fast run" emasmi? Brigand (3 Oct 2018 20:14) Besthakker, ha. Qölimdan kelganicha yordam beraman. Faqat savollarni sh/x yoki Ingliz tilida gaplashamiz mavzusida berishingizni sörar edim. Sababi bu mavzuda ortiqcha offtop bölishini xoxlamayman.
Shuhrat10, thank you! But you compiled wrong sentence. Sababi shall bilan qöllanilganda kelasi zamonda "beramanmi?" ga tög'ri keladi. Maylimi, mumkinmi manolarida esa "may" modal felidan foydalaniladi. Gap siz aytgan manoga tushishi uchun shunchaki shall örniga may qöyishingiz kifoya!
GentleMAN, ijobiy fikrlar va maqtovlar uchun katta rahmat! Juda hursand böldim öqib. Savolaringizga javoblar: ha. Reja yani sxemani tuzib chiqdim. Barcha darslar ketma-ketlikda, tartib bilan joylashtirilgan. Uni amalga oshirish uchun esa vaqt va sabr kerak böladi. Ochig'i darslar qachon tugashi haqida bir narsa deyolmayman. Ammo bir narsa aniq. Bu mavzuni ochilishini köpchilik kutgandi. Va mavzu endi töxtamaydi. Doimiy tarzda darslarni yozib boraman. Hali sizlar bilan uzoqqa borishimiz aniq. Qolganlarga esa kech bölmasidan bizga qöshiling deb qolaman! Shuhrat10 (3 Oct 2018 20:24) [b]GentleMAN,[/b] I run fast
[b]6366dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]Brigand,[/b] Shall I help you?
Aslida o'zbek tilida tarjimasi darak bo'ladi va "Men sizga yordam beray" taklif manosida bo'ladi
ko'p savol tug'ulmasligi u-n o'shanday yozgandim, axir bu bugun kursda o'tgan mavzumiz edi. Translator orqali tarjima qilib ko'ring. ))) Brigand (3 Oct 2018 20:25) --Javob-- GentleMAN (3 Oct 2018 19:49): Savol: Ega va fe'lning orasiga hech narsa qo'ymang debsiz. Ravish kerak bo'lsachi? Masalan, "Men tez yuguraman" jumlasi qanday tuziladi, "I fast run" emasmi? ---------- [b]GentleMAN,[/b] Ochig'i 1-darsni qisqagina qilib yozdim. Unda malumotlar kam. Ikkinchi darsda iloji boricha töliqroq yoritaman. Taxminan 3-darsdan keyin esa siz ingliz tilida bemalol oddiy gaplarni tuza olasiz. Savolingizga kelsak. Sifat ham feldan keyin yoziladi. Gapni Özbek tilidan Inglizchaga sözma-söz tarjima qilish juda katta xato. Ingliz tilida tarjima orqadan böladi. Shuni inobatga olsak "Men tez yuguraman" gapi uchun "I run (yoki jog) fast" gapi örinli böladi. Brigand (3 Oct 2018 20:54) --Javob-- Shuhrat10 (3 Oct 2018 20:24): [b]GentleMAN,[/b] I run fast
[b]6366dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]Brigand,[/b] Shall I help you?
Aslida o'zbek tilida tarjimasi darak bo'ladi va "Men sizga yordam beray" taklif manosida bo'ladi
ko'p savol tug'ulmasligi u-n o'shanday yozgandim, axir bu bugun kursda o'tgan mavzumiz edi. Translator orqali tarjima qilib ko'ring. ))) ---------- [b]Shuhrat10,[/b] Adashayapsiz. "Shall I help you?" 100% söroq gap. Maslahatim google translatega köp ham ishonmang. Kamdan-kam xolatlardagina tög'ri tarjima qiladi. Siz googlega "sizga yordam beray" deb yozgansiz. Google lug'atidan "beray" degan sözni topa olmagan va beraymi degan sözni qöygan hamda gapni söroq gapga aylantirib yuborgan. GentleMAN (3 Oct 2018 20:58) Shuhrat, Shall I help you. Kelajakdagi gap. Siz shubhasiz "Sizga yordam beramanmi" deb so'rayapsiz. Can I help you yoki May I help you to'g'ri keladi. MasterOS (3 Oct 2018 21:48) [b]Brigand,[/b] Mana shu to'g'ri yozilganmi?
Can you help me? Brigand (3 Oct 2018 21:56) --Javob-- MasterOS (3 Oct 2018 21:48): [b]Brigand,[/b] Mana shu to'g'ri yozilganmi?
Can you help me? ---------- [b]MasterOS,[/b] Ha. Tarjimasi: "Siz menga yordam bera olasizmi?" Shuhrat10 (3 Oct 2018 22:07) [b]Brigand,[/b] Yo buni google translator dan tarjima qilmadi u dasturni umuman ishlatmayman, man uzim bilimimdan foydalandim o'rganganimdan masalan 2ta do'st birga yurganda
Shall we go to cinema? Bo'lsa o'zbek tilida "Yur kinoga boraylik" manosini beradi. Bu juda ishonchli kitoblardan olingan lekin Kinoga boramizmi? bn farqi darak gapda xohish yuqori hisoblanadi
yana bitta gap menga
Do I help you? ni tarjima qilib beringda
[b]2179dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]GentleMAN,[/b] Please translate this: Do I help you? GentleMAN (3 Oct 2018 22:12) --Javob-- Shuhrat10 (3 Oct 2018 22:07): [b]Brigand,[/b] Yo buni google translator dan tarjima qilmadi u dasturni umuman ishlatmayman, man uzim bilimimdan foydalandim o'rganganimdan masalan 2ta do'st birga yurganda
Shall we go to cinema? Bo'lsa o'zbek tilida "Yur kinoga boraylik" manosini beradi. Bu juda ishonchli kitoblardan olingan lekin Kinoga boramizmi? bn farqi darak gapda xohish yuqori hisoblanadi
yana bitta gap menga
Do I help you? ni tarjima qilib beringda
[b]2179dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]GentleMAN,[/b] Please translate this: Do I help you? ---------- [b]Shuhrat10,[/b] "Men senga yordam beramanmi?" Ya'ni doimiy ish harakat aytilyapti. U suhbatdoshiga yordam beruvchi ekanligini so'rayapti. Lekin buni shall I help you tarjimasi bilan shakldosh ekanligidan nimani isbotlamoqchisiz? Shuhrat10 (3 Oct 2018 22:50) [b]GentleMAN,[/b] Ingliz tilini juda yaxshi biladigan domladan so'rang buni bilmaganimda aytmagan bo'lardim bugun shu mavzuni o'tdik kursda kitoblar aldamaydi okam Tarix (4 Oct 2018 17:18) Unda tushum kelishigi bormi ingilis tilida bor bosa nima deyiladi Brigand (5 Oct 2018 22:33) Darslarni kuzatib borayotgan barchaga salom! Bugun 2-dars. Ammo bir qator gaplar mavzusini ham takrorlab ötishim joiz deb bilaman. Oldin esa keling bu darsning yangi sözlari bilan tanishsak:
[php]New words.
Table [teybl] - stol
Car [kar] - avtomobil
Bread [brid] - non
Ball [böl] - töp, koptok
Water [vatr] - suv
Play [pley] - öynamoq
Drink [drink] - ichmoq
See [si:] - körmoq
Drive [drayv] - haydamoq (mashina)
Eat [it] - yemoq [/php]
Endi esa gaplar haqida gaplashsak. Ötgan darsda aytilganidek hamma gaplar S (subject - ega) + V (verb - fel) + O (object - boshqa bölaklar) strukturasida tuziladi. Ingliz tilida egadan söng doimo fel kelishi kerak. (fel yöq holatlarda "to be" qöyiladi. "To be" feli haqida keyingi darsda gaplashamiz.) Yanada tushunarliroq bölishi uchun keling bitta oddiyroq gap tuzib köramiz. e.g: [php]I drive car. [ay drayv kar.] - Men mashina haydayman.[/php] drive va car sözlarini tepada kördik, ammo [b]I[/b] nima? deyotgan bölsangiz kerak. "I" bu kishilik olmoshi yani gapning egasi. Özbek tilida "men" kishilik olmoshiga tög'ri keladi. Ingliz tilida ham kishilik olmoshlari mavjud. Va ular ona tilidagi olmoshlardan deyarli farq qilmaydi. Ularda ham huddi ona tilimizdek birlik va köplik shaxslar bor. Faqat ozgina farqi bor. Ularning töliq röyxati bilan tanishing:
[php]1-shaxs birlik. I [ay] - men
2-shaxs birlik. You [yu] - sen (siz)
3-shaxs birlik. He [hi] - u (ög'il bolaga nisbatan)
3-shaxs birlik. She [shi] - u (qiz bolaga nisbatan)
3-shaxs birlik. It [it] - u (narsalarga nisbatan)
1-shaxs köplik. We [vi] - bizlar
2-shaxs köplik. You [yu] - sizlar
3-shaxs köplik. They [zey] - ular[/php]
Yaxshilab tushunib öqiyotganlar farqni topib ulgurushdi menimcha. Ona tilidagi kishilik olmoshlaridan farqi shundaki ingliz tilida 3-shaxs birlik ham öz ichida 3 turga bölinadi. Yani he, she, itga. 3-shaxs köplikda esa istalgan turdagi obyekt uchun they ishlatiladi. Bularni adashtirib qöymang. He, she, itning farqini esa tepadagi tarifidan tushunib oldingiz menimcha. Yana bitta ahamiyat berishingiz kerak bölgan narsa bor. "siz" deyish uchun ham "sizlar" deyish uchun ham you ishlatiladi. Yani "you"dan biz ham 2-shaxs birlikda ham 2-shaxs köplikda foydalanamiz. Ismlar esa 3-shaxs hisoblanadi. Masalan Brigand, Nurmuhammad degan ismlar 3-shaxsga kiradi. Yana bir misol keltiraman. e.g: [php]She drink[b]s[/b] water. [shi drinks vatr] - u qiz (tarjimada u qiz deyish shart emas. Shunchaki u deb ketsa ham böladi.) suv ichadi.[/php] Bu misolni nega keltirdim? Qarang ega "I" yani men bölganda felni öz xolicha yozdim. Lekin egasi 3-shaxs birlikda bölsa felga [b]s[/s] harfini qöshdim. Bu eng muhim qoidalardan biri. Agar gapning egasi 3-shaxs birlikda yoki ismda bölsa egadan keyingi felga "s" harfini qöshib yozish kerak. Eslab qoling. "s" harfi faqat ega 3-shaxs birlik bölgandagina egadan keyingi felga qöshiladi. Menimcha 2-dars sizga tushunarli böldi. Sizga topshiriqlar: 1) yozgan barcha sözlarimizni yod oling. 2) yod olgan sözlaringiz orqali mustaqil gaplar tuzib köring. 3) bu gaplarni tarjima qilib, gaplardagi 2 ta xatoni toping:
1) I eat bread.
2) You drives car.
3) He play ball.
4) They see table.

Xozircha shu. Keyingi darsda körishguncha! Arey (6 Oct 2018 00:08) --Javob-- Brigand (5 Oct 2018 22:33): Darslarni kuzatib borayotgan barchaga salom! Bugun 2-dars. Ammo bir qator gaplar mavzusini ham takrorlab ötishim joiz deb bilaman. Oldin esa keling bu darsning yangi sözlari bilan tanishsak:
[php]New words.
Table [teybl] - stol
Car [kar] - avtomobil
Bread [brid] - non
Ball [böl] - töp, koptok
Water [vatr] - suv
Play [pley] - öynamoq
Drink [drink] - ichmoq
See [si:] - körmoq
Drive [drayv] - haydamoq (mashina)
Eat [it] - yemoq [/php]
Endi esa gaplar haqida gaplashsak. Ötgan darsda aytilganidek hamma gaplar S (subject - ega) + V (verb - fel) + O (object - boshqa bölaklar) strukturasida tuziladi. Ingliz tilida egadan söng doimo fel kelishi kerak. (fel yöq holatlarda "to be" qöyiladi. "To be" feli haqida keyingi darsda gaplashamiz.) Yanada tushunarliroq bölishi uchun keling bitta oddiyroq gap tuzib köramiz. e.g: [php]I drive car. [ay drayv kar.] - Men mashina haydayman.[/php] drive va car sözlarini tepada kördik, ammo [b]I[/b] nima? deyotgan bölsangiz kerak. "I" bu kishilik olmoshi yani gapning egasi. Özbek tilida "men" kishilik olmoshiga tög'ri keladi. Ingliz tilida ham kishilik olmoshlari mavjud. Va ular ona tilidagi olmoshlardan deyarli farq qilmaydi. Ularda ham huddi ona tilimizdek birlik va köplik shaxslar bor. Faqat ozgina farqi bor. Ularning töliq röyxati bilan tanishing:
[php]1-shaxs birlik. I [ay] - men
2-shaxs birlik. You [yu] - sen (siz)
3-shaxs birlik. He [hi] - u (ög'il bolaga nisbatan)
3-shaxs birlik. She [shi] - u (qiz bolaga nisbatan)
3-shaxs birlik. It [it] - u (narsalarga nisbatan)
1-shaxs köplik. We [vi] - bizlar
2-shaxs köplik. You [yu] - sizlar
3-shaxs köplik. They [zey] - ular[/php]
Yaxshilab tushunib öqiyotganlar farqni topib ulgurushdi menimcha. Ona tilidagi kishilik olmoshlaridan farqi shundaki ingliz tilida 3-shaxs birlik ham öz ichida 3 turga bölinadi. Yani he, she, itga. 3-shaxs köplikda esa istalgan turdagi obyekt uchun they ishlatiladi. Bularni adashtirib qöymang. He, she, itning farqini esa tepadagi tarifidan tushunib oldingiz menimcha. Yana bitta ahamiyat berishingiz kerak bölgan narsa bor. "siz" deyish uchun ham "sizlar" deyish uchun ham you ishlatiladi. Yani "you"dan biz ham 2-shaxs birlikda ham 2-shaxs köplikda foydalanamiz. Ismlar esa 3-shaxs hisoblanadi. Masalan Brigand, Nurmuhammad degan ismlar 3-shaxsga kiradi. Yana bir misol keltiraman. e.g: [php]She drink[b]s[/b] water. [shi drinks vatr] - u qiz (tarjimada u qiz deyish shart emas. Shunchaki u deb ketsa ham böladi.) suv ichadi.[/php] Bu misolni nega keltirdim? Qarang ega "I" yani men bölganda felni öz xolicha yozdim. Lekin egasi 3-shaxs birlikda bölsa felga [b]s[/s] harfini qöshdim. Bu eng muhim qoidalardan biri. Agar gapning egasi 3-shaxs birlikda yoki ismda bölsa egadan keyingi felga "s" harfini qöshib yozish kerak. Eslab qoling. "s" harfi faqat ega 3-shaxs birlik bölgandagina egadan keyingi felga qöshiladi. Menimcha 2-dars sizga tushunarli böldi. Sizga topshiriqlar: 1) yozgan barcha sözlarimizni yod oling. 2) yod olgan sözlaringiz orqali mustaqil gaplar tuzib köring. 3) bu gaplarni tarjima qilib, gaplardagi 2 ta xatoni toping:
1) I eat bread.
2) You drives car.
3) He play ball.
4) They see table.

Xozircha shu. Keyingi darsda körishguncha! ---------- [b]Brigand,[/b] Bu mavzuda yozganlarizni uje bilar ekanman. :jaxl:

Gaplar tarjimasi va xatolik:

1) I eat bread - Men non yeyman | Xatolik yo'q
2) You dirives car - Sen mashina haydaysan. | Xatolik. Ikkinchi shaxsda fe'lga "s" qo'shimchasi qo'shilmaydi. Hozir uni tarjima qilsak "Sen mashina haydaydi" bo'ladi :jaxl: | Tuzatish. You drive car.
3) He play football - U futbol o'ynaydi. | Xatolik. Uchinchi shaxsda fe'lga "s" qo'shilmagan. | Tuzatish. He plays football
4) They see table - Ular stolni ko'rishdi. | Xatolik yo'q Shuhrat10 (6 Oct 2018 09:11) :joy: :joy: :jaxl: :jaxl: :zor: Brigand (10 Oct 2018 22:10) Darslarni kuzatib borayotgan döstlarimga salom! 2-darsni tushundingiz degan umiddaman. Tushunmagan bölsangiz bemalol sörashingiz mumkin. Tushungan bölsangiz 3-darsga marxamat. :)
Ananaga sodiq qolgan holda darsni yangi sözlar bilan boshlasak.
[php]New words
book [bu:k] - kitob
flower [flövr] - gul
door [du:r] - eshik
window [vindöv] - deraza, oyna
sun [san] - quyosh
teacher [tichr] - öqituvchi
pupil [pyupl] - öquvchi
doctor [döktr] - shifokor
boy [böy] - ög'il bola
girl [görl] - qiz bola
read [rid] - öqimoq (kitobni)
study [stadi] - talim olmoq, öqimoq, örganmoq (bilim yurtlarida yani maktab, kollej va h.k.)
build [b(u)ild] - qurmoq
destroy [destroy] - buzmoq
cut [kat] - kesmoq[/php]

Ötgan darsda fellar orqali gaplar tuzishni örgandik. Bugun felsiz gaplar tuzamiz. Felsiz? Ingliz tilida felsiz gap tuzish imkonsiz. Hösh unda nima qilish kerak? Gapda fellar mavjud bölmagan hollarda to be [tu bi] yordamchi felidan foydalanamiz. Yaxshiroq tushunishingiz uchun misol keltiraman. [b]Men öquvchiman.[/b] Hösh sizningcha bu gap ingliz tilida qanday böladi? Körib turganingizdek ushbu gapda fel qatnashmagan. [php]I [b]am[/b] a pupil. [ay em e pyupl.] - men öquvchiman.[/php] Bu gapda to be "am" ["em" öqiladi] ekanligini tushundizgiz. Unda bu gapdachi: [php]He [b]is[/b] a boy. [hi is e böy.] - u ög'il bola.[/php] Bu gapda esa sezganingizdek to be "is" yordamida ifodalangan. [php]You [b]are[/b] a teacher. [yu a e tichr.] - siz öqituvchisiz.[/php] Bu gapda to be "are". Demak sezganingizdek to be feli foydalanilganda fel örnida [b]am, is, are[/b] qöshimchalaridan biri qöyiladi. Albatta istalgan gap uchun bularning istalgan biri qöyib qöyilmaydi. To bening qöyilishi egaga bög'liq. Ega [red]I bölganda "am"[/red] [green]You bölganda "are"[/green] [blue]He, She, It bölganda "is"[/blue] [yellow]We, You, They bölganda "are"[/yellow] to be fellari qöyiladi. Yana misollar keltiraman. [php]I am a worker; He is an architector; They are boys.[/php] Misollarda körib turganingizdek am, is, are bular to be fellari. Ammo "a" va "an" lar nima? Nega birinchi gapga "a"; ikkinchi gapga esa "an" qöydim? Uchinchi gapda esa "a" ham "an" yöq? Lekin boy söziga "s" harfi qöshilgan? Bu nega kerak? Shu va shunga öxshash savollarga keyingi darsda javob olamiz! Sizga topshiriqlar: Sözlarni yod oling. Mustaqil tarzda fel qatnashmagan gaplar tuzing. Hozircha esa Brigand [b]See you[/b] [si: yu] yani körishguncha deb qoladi. :) Zenit (11 Oct 2018 05:02) To Be fe'llar.Agar gapda ish harakati kuzatilmasa shu paytda to be fe'llarini ishlatishimiz mumkin bo'ladi.To be fe'llari ko'pgina zamonlarda ishlatiladi masalan Past Continousda Am,is,are >> was/were ga aylanib ketadi.Yaxshi Brigand davom etavering
[b]16 sekunddan so'ng qo'shdi...[/b]
To Be fe'llar.Agar gapda ish harakati kuzatilmasa shu paytda to be fe'llarini ishlatishimiz mumkin bo'ladi.To be fe'llari ko'pgina zamonlarda ishlatiladi masalan Past Continousda Am,is,are >> was/were ga aylanib ketadi.Yaxshi Brigand davom etavering Tarix (16 Oct 2018 22:31) Manga englshda feyilni teoriyasini englshalab ayting Brigand (18 Oct 2018 22:31) Assalomu alaykum. Darslarimiz davom etadi! 4-darsni boshlaymiz.

Odatga aylanib qolgan sözlarni yozishdan oldin bir savol sizga. Siz darslarning boshida yozilayotgan sözlarni doimiy tarzda yod olib borayapsizmi? Agar yodlamayotgan bölsangiz darslar davomida albatta tushunmovchiliklar paydo böladi. Shuning uchun sizlardan iltimos va talab: har bir darsning sözlarini yodlab boring. Bu sözlardan darslar davomida foydalanamiz. Demak bugungi sözlar bilan tanishing:

[php]apple [ep:l] - olma
umbrella [ambrel:a] - soyabon
watch [vach] - qöl soati
knife [nayf] - pichoq
glass [gles] - shisha idish
ball [böl] - koptok
shelf [shelf] - shkaf
cherry [cherri] - gilos
box [böks] - quti[/php]

[b]Bugungi mavzu: Artikl (noaniq artikl) va otlarning köplik shakli[/b]
Artikl sözini mavzuda körib hayron bölgan bölsangiz kerak-a? Artikl nima özi? Hmm. :nima: Buni qanday tushuntirishni ozgina öylanib turibman. .dum. Artikl bu otlar oldidan ishlatiladigan qöshimchadir. Artikl 2 ga bölinadi. 1) Aniq va 2) Noaniq artikl. Aniq artikl bu [b]the ["z" öqiladi][/b]. Aniq artikl katta mavzu. U hozircha bizga kerak emas. U haqida keyinroq töxtalamiz. Biz bugun noaniq artikl haqida gaplashamiz. Noaniq artikl [b]a[/b] va [b]an[/b]. Noaniq artikl sanaladigan otlar oldidan ishlatiladi. Gapda narsaning miqdori bitta bölsa "a" yoki "an" noaniq artiklidan biri qöyiladi. (ötgan darsning oxirida noaniq artikl ishlatilgan gaplarga bir qancha misollar keltirganman. Qarab köring.) Hösh gapda "a" ni qöyamizmi yoki "an" nimi? Artiklning qöyilishi özidan keyin keluvchi otga bog'liq. Agar artikldan keyingi ot unli harf bilan boshlansa "an" qöyamiz. Agar undosh harf bilan boshlansa "a" qöyamiz. Ingliz tilida 6 ta unli harf bor. Bular: [red]a, e, i, o, u, y[/red] harflaridir. Qolgan barcha harflar undosh harflar hisoblanadi. Ingliz tili alifbosi telefoningizning yozuv maydonchasida ham mavjud. Noaniq artikl sanasa böladigan (masalan: koptok, sumka, televizor va h.k) otlar oldidan qöyiladi. Artiklning tarjimasi yöq. Ammo köproq [b]bitta[/b] manosiga tög'ri keladi. Chunki u gapda ishlatilayotgan otning miqdori 1 ta bölsagina qöyiladi. Masalan: He is a pupil [hi is e pyupl] - U (bitta) öquvchi. Agar öquvchi 1 ta emas 2 ta bölsa artikl qöyilmaydi. Endi bir savol paydo böladi. Hösh 2 ta öquvchi deyish uchun nima qilamiz? Huddi özbek tilidagidek "son" va "lar" qöshimchasini qöshamiz. Faqat ingliz tilida "lar" qöshimchasining qöllanilishi ozgina boshqacharoq. Sonlarni ishlatishdan oldin sonlarni örganishimiz kerak. Oldin [url=http://ginekologiya.lark.ru/lessons/tezvaosoningliztili/sanashni_organamiz.html]BU YERGA[/url] kirib sonlar qanday yozilishi va öqilishini örganib oling. Men davom etaman. Özbek tilidagi "lar" köplik qöshimchasi ingliz tilida "s" harfiga tög'ri keladi. Misol keltiraman: We are pupil[blue]s[/blue] [vi a pyupls] - Bizlar öquvchi[blue]lar[/blue]miz. Körib turganingizdek "s" harfini otdan keyin qöshdim. Agar otning nechtaligi malum bölsa uni otdan oldin yozamiz. Yana bir misol: They are five (5) boxes. [zey a fayf (5) bökses] - Ular 5 ta qutilar. Nega "box" söziga "es" qöshganimni topib köringchi. Nega özbek tilidan sal boshqacharoq deganimni endi tushundingizmi? Chunki "s" otga qarab qöshiladi. Agar ot [b]o, s, x, z, ch, sh[/b] harflari bilan tugasa otga "es" qöshamiz. Masalan: glass - glasses, box - boxes; Agar ot [b]f[/b] harfi bilan tugasa "f" harfini tashlab yuborib örniga "ves" qöshamiz. Masalan: leaf - leaves; Agar ot [b]y[/b] harfi bilan tugasa köplik hosil qilish uchun "y" harfini olib tashlab örniga "ies" qöshamiz. Masalan: cherry - cherries;
(Bazida istisno holatlar ham bölishi mumkin.)
Menimcha bugungi dars ham tushunarli böldi. Endi pastni diqqat bilan öqing.

[b]Mana döstlar bugun kirish qismi yakunlandi. Keyingi darsdan asosiy mavzularni boshlaymiz. Endi esa sizga shu joyga kelganda bir savol beraman. Sizga darslarimning foydasi bölayaptimi? Darslar sizga yoqayaptimi yoki siz uchun qiziqarsizmi? Bilasiz barcha darslarni özim yozib chiqayapman. Java teldaman. Barchasi qöl mehnatim. Masalan shu darsni tayyorlashga bir yarim soatdan köp vaqtim ketdi. Ketkazayotgan vaqtimga achinmayapman. Ammo odamlar shunchaki köz yugurtirib qöyayotgan bölsa boshlamasdan tugatganim maqul. Shuning uchun sizlarning fikringizni bilmoqchiman. Iltimos ovoz bering. Marhamat bulardan birini tanlang:[/b]

[url=http://uzmasters.ru/forum/10/39/2883/?raxmat&postid=158016]Shaxsan men uchun foydasi katta bölyapti. Darslarni davom ettiring.[/url]

[url=http://uzmasters.ru/forum/10/39/2883/?liked&postid=158016]Menimcha kimgadur, qachondur foydasi tegib qoladi.[/url]

[url=http://uzmasters.ru/forum/10/39/2883/?disliked&postid=158016]Yaxshisi darslarizni töxtating. Hech kimga foydasi tegmayotgandan keyin bekordan post köpaytirganizni foydasi yöq.[/url] ABDULKOSIM (18 Oct 2018 22:38) xd Agronom (19 Oct 2018 13:54) Agar mingta odam "foydasiz mavzu, to'htating" desayam siz davom etavering. Odamlar pul to'lab o'rganadigan bilimlarni tekinga beryabsiz. Davom etavering. Diamond (19 Oct 2018 17:59) --Javob-- Agronom (19 Oct 2018 13:54): Agar mingta odam "foydasiz mavzu, to'htating" desayam siz davom etavering. Odamlar pul to'lab o'rganadigan bilimlarni tekinga beryabsiz. Davom etavering. ---------- [b]Agronom,[/b] Yo'q prosta vaqti ketyapti. Hech kim o'rganmasa u nima qiladi yozib? Shuni aniqlashtirmoqchi.

P/S: o'rganadiganlar yo'q emas MasterOS (19 Oct 2018 18:04) Kim organishni xohlasa :zor: desin. Diamond (19 Oct 2018 18:06) --Javob-- MasterOS (19 Oct 2018 18:04): Kim organishni xohlasa :zor: desin. ---------- [b]MasterOS,[/b] :zor: Agronom (19 Oct 2018 21:54) [b]Diamond,[/b] Bugun bo'lmasa ertaga o'rganadi. Yozib qo'yaversin, bekorchi narsalar yozgandan ko'ra bu yaxshiku. Shuhrat10 (20 Oct 2018 08:55) Darslar yaxshi,tushunarli davom etavering! Нарзулло (30 Nov 2018 22:50) Mavzu qani Ancha payt toxtab qoldizku Brigand! Black_Xaker (2 Dec 2018 19:31) Brigand zo'r mavzu biz ham o'rgating inglishni BlackCat (2 Dec 2018 20:57) Mavzu egasi Postlardi o`qib javob qaytarmayapti. Demak zerikkanmi diman) teaching learning twice! Brigand (3 Dec 2018 21:26) Qiziquvchilar kamligi va netga köp vaqt kirolmaganim bois orada tanaffus böldi. Buning uchun barchadan uzr sörayman. Ammo tez kunlarda darslar yana davom etadi! :) Hudo xoxlasa hali beri töxtamaymiz! Axir endi boshladik. Darvoqe özim ham bilimlarimni oshirishda davom etyapman. tmuz (24 Jan 2019 18:46) [b]Brigand,[/b] Салом ака мен Туркменистондан инглис тили борада савол бор!? +99364503558
[b]4257dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]Brigand,[/b]Имо бизда 100% колгани оли ишлайди
[b]10658dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]Brigand,[/b]Салом. Ака мен туркменистондан +99364503558 хаборлашин имода голгани оли ишламайди EjejanKakajan@mail.ru почта хеч болмаса
[b]19 soatdan so'ng qo'shdi...[/b]
Салом. Ман туркменистондан 0 дан инлис тил урганжокман комак герак +99364503558 дина имо хеч болмаса почта EjejanKakajan@mail.ru Black_Xaker (25 Jan 2019 12:12) --Javob-- tmuz (24 Jan 2019 18:46): [b]Brigand,[/b] Салом ака мен Туркменистондан инглис тили борада савол бор!? +99364503558
[b]4257dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]Brigand,[/b]Имо бизда 100% колгани оли ишлайди
[b]10658dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]Brigand,[/b]Салом. Ака мен туркменистондан +99364503558 хаборлашин имода голгани оли ишламайди EjejanKakajan@mail.ru почта хеч болмаса
[b]19 soatdan so'ng qo'shdi...[/b]
Салом. Ман туркменистондан 0 дан инлис тил урганжокман комак герак +99364503558 дина имо хеч болмаса почта EjejanKakajan@mail.ru ---------- [b]tmuz,[/b] Turkmanistonda o'qituvchilar yoqmi?.. Sizga 0 dan dars organmoqcfhi bulsez uyda lug'at yodlab boring. Keyim grammatikaga borsez hammasi zor bob ketadi. Manba: https://uzmasters.ru/forum/10/39/2883/