Kirish A`zo bo`lish
ILM-FAN | Ilm fan taraqqiyoti |
Mavzu: Yoshlar ittifoqi
Mavzu fayllari (0)
1. Maykl (M) (500) [off] |TXT| 36|17 March 2018, 00:51
Bu mavzu orqali "Yoshlar ittifoqi" haqida malumotga ega bo'lamiz.
2. Shadow (100) [off] |TXT| 36|17 March 2018, 01:39
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.

Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;

- yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;

- yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;

- iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;

- yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;

- yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.
Ittifoqqayuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosan a’zo bo‘lish mumkin. Ya`ni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ta’sis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqqa a’zo bo‘lishi mumkin.


Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi:

- Qurultoy;

- Markaziy Kengash;

- Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi;

- Markaziy nazorat-taftish komissiyasi.

Ittifoqning tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

- Ittifoqning Markaziy apparati;

- Ittifoqning hududiy tuzilmalari;

- Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;

- Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari;

- Ittifoqning to‘liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.

Shuningdek, Ittifoq va uning alohida bo‘linmalari qoshida tegishli ravishda bolalar yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi “Kamalak” shỡo`balari tashkil qilinadi. Ular Ittifoq va uning alohida bo‘linmalarining sho‘’basi hisoblanadi.
Ijobiy (2): Maykl, dilshod9598,
Raxmat aytdi (1): Maykl,
3. zor (77) [off] |TXT| 36|22 March 2018, 19:59
zorku
4. DarkShade (292) [off] |TXT| 34|22 March 2018, 21:30
Maykl (17 March 2018, 00:51):
Bu mavzu orqali "Yoshlar ittifoqi" haqida malumotga ega bo'lamiz.
Maykl, biror joyda oqiysizmi. Yoshlar ittifoqida biror yonalish yetakchisimisiz.
5. Maykl (M) (500) [off] |TXT| 34|23 March 2018, 23:38
DarkShade (22 March 2018, 21:30):
Maykl, biror joyda oqiysizmi. Yoshlar ittifoqida biror yonalish yetakchisimisiz.
DarkShade, maktabda 10-sinfda o'qiyman. Maktab bo'yicha press klub yonalishi sardoriman.
6. DarkShade (292) [off] |TXT| 34|24 March 2018, 17:41
Maykl (23 March 2018, 23:38):
DarkShade, maktabda 10-sinfda o'qiyman. Maktab bo'yicha press klub yonalishi sardoriman.
Maykl, yetakchi bolmaganingizda bunday mavzu ochmas ediz.
.
Men kollejda yoshlarni tashabbuskorlikja yonaltirisi... Yetakchisiman
7. Maykl (M) (500) [off] |TXT| 34|24 March 2018, 18:18
DarkShade (24 March 2018, 17:41):
Maykl, yetakchi bolmaganingizda bunday mavzu ochmas ediz.
.
Men kollejda yoshlarni tashabbuskorlikja yonaltirisi... Yetakchisiman
DarkShade, nimaga albatta ochar edim. Bu yerdagi yoshlar Yoshlar ittifoqi haqida malumotga egamikinlar?
8. Maykl (M) (500) [off] |TXT| 33|4 Apr 2018, 22:22
Savol: sardor so'zi qaysi tildan olingan va manosi?
9. CnapTaK (3) [off] |TXT| 31|9 May 2018, 22:47
oliy o'quv yurtlari ga qanday foydasi bor?
10. Ashurov(2555) [off] |TXT| 29|5 Jun 2018, 16:34
CnapTaK (9 May 2018, 22:47):
oliy o'quv yurtlari ga qanday foydasi bor?
CnapTaK, Juda katta, bilim bolsa boldi
11. РЕЗИДЕНТ(1013) [off] |TXT| 26|5 Jun 2018, 23:30
Bizdagilarning ko'pi ittifoq nimaligini bilmaydi.Lekin azo
ammo nimaga nima uchun ittifoqqa azo bo'lganini tushunmaydi ochig'i o'zi ham
Bu gaplarga kimlardur ishonmasligi mumkin.
Ammo haqiqat bular
Oddiy misol baxor oylaridan birida paynetga kirgandim.2 ta bola keldi va yoshlar tarifiga ulanmoqchi ekanini aytdi yana ikkalasi bitta pasportga 2 simkarta olishmoqchi.
Paynetchi javobi
avval ittifoqqa azo qilamiz sayti orqali va raqam chiqarib beramiz
yana bir misol bizlarda texnologiya kolleji bor ko'pchiligi ittifoqqa a'zo lekin nima sabab a'zo bo'lganini o'zlari bilishmaydi.
.
.
P/s Gaplarim kimlarnidir xafa qilgan bo'lsa uzur
12. wmGegemon (88) [off] |TXT| 26|5 Jun 2018, 23:42
Misol uchun man o'zimning maktabimda bosh sardorman va o'zimni qiladigan ishlarimni bilaman , maktabda QVZ va sinflar o'rtasida musobaqalar sport o'yinlari shular jumlasidan hozida bizning maktab Ittifoqdan norozi emas aksincha minnaddormiz.
13. wmWapmas (82) [off] |TXT| 25|6 Jun 2018, 07:23
Ittifoq qachon tashkil topgan manimcha bu 2015-yillarda bor edi
14. Linux (72) [off] |TXT| 25|6 Jun 2018, 08:09
Wapmas (6 Jun 2018, 07:23):
Ittifoq qachon tashkil topgan manimcha bu 2015-yillarda bor edi
Wapmas, 2016-yilda
15. wmWapmas (82) [off] |TXT| 24|6 Jun 2018, 09:02
Linux (6 Jun 2018, 08:09):
Wapmas, 2016-yilda
Linux, ha 2yil bo'larkanda
16. Ravshan9182 (2) [off] |TXT| 20|6 Jun 2018, 14:27
yo'q O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi. 2017-yil 30-iyun kun "Kamolot " YIH ning navbatdagi Quriltoyida Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil topgan. 30-iyun shu kundan boshlab "Yoshlar kuni" bayrami sifatida nishonlanadi
17. shohrux (337) [off] |TXT| 14|13 Sep 2018, 07:54
Savol bor edi ...
Yoshlar ittifoqini umuman olganda internet olamiga aloqasi bormi yoki yuq.. shuningdek sanat va madanayatga xam ...
javobni kutib qolaman yoshlar yetakchilaridan
18. QaLbayOff (83) [off] |TXT| 8|25 Nov 2018, 21:15
Qõlidan hesh balo kelmaydigan tashkilot
Ijobiy (1): KING UZ,
Salbiy (1): Tayotabek,
19. meer14 (32) [off] |TXT| 7|26 Nov 2018, 01:10
shohrux, Internet olamiga bilmadimu, san'at va madaniyatga aralasholadi. Chunki uzim ham yoshlar ittifoqi bilan konsertlar uyushtirganman
Ijobiy (1): shohrux,
20. QaLbayOff (83) [off] |TXT| 7|26 Nov 2018, 01:24
Yoshlar hayotiga boĝliq qanday masalani hal qilib berdi ittifoq?? Birror kattaroq ishlagan narsasi bormi?? Yilliga 200 mlrdlab pul qayaerga ketyabdi? Futbol musobaqasi otkazib yutugiga paxta olib berishga ketyabdimi?? Savollar kopp...
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2486
Mavzuga oid xabarlar soni: 20 ta
So'ngi faollik vaqti: 26 Nov 2018, 01:24
uzmasters.ru Onlayn 64 (6/58)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
uzmasters.ru