Mavzu: biologiya fani haqida!!! (ILM-FAN/Aniq va tabiiy fanlar) otash_akooo (25 Aug 2018 01:15) Biologiya (yunoncha βίος, bios, "hayot"; va λÏŒγος, logos, "bilim") hayot va u bilan bog‘liq masalalar tadqiqotidir. U empirik fanning jonli organizmlarning tuzilishi, funksiyalari, o‘zgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va o‘lishini o‘rganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni saralaydi, ularning ishlashini, turlarning paydo bo‘lishini, ularning o‘zaro va atrof-muhit bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya kabi turli ostsohalarga bo‘linadi. Biologiya tirik tabiat toÊ»gÊ»risidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon boÊ»ladi. Chunki bu fanda ilgari oÊ»rganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan maʼlum tizimlarga keltiriladi va ularning yigÊ»indisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi. Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan biri boÊ»lib, uning yordanida har qanday biologik hodisani tasvirlash, taʼriflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini yoÊ»qotmagan.

Biologiya (bio... va ..logiya)— tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. B. hayotning barcha ko'rinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat bilan oÊ»zaro bogÊ»lanishini oÊ»rganadi. B.ning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon boÊ»lishi qonuniyatlarini oÊ»rganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. "B." terminini 1892 yda bir-biridan mustasno tariqasida birinchi boÊ»lib J. B. Lamark va G. R. Treviranus taklif etishgan. Bu termin T. Roze (1797) va K. Burdax (1800) asarlarida ham uchraydi.

Biologiya fanlari sistemasi. B. bir necha fanlardan tarkib topgan. Tadqiqot obʼyektiga binoan B. botanika (oʻsimliklarni oʻrganadigan fan), zoologiya (hayvonlarni oʻrganadigan fan), odam aiatomiyasi va fiziologiyasi (odam organizmining tuzilishi va funksiyasini oʻrganadigan fan), mikrobiologiya (mikroorganizmlarni oʻrganadigan fan) va gidrobiologiya (suvda yashovchi organizmlar haqidagi fan)larga boʻlinadi. Bu fanlar oʻz navbatida birmuncha kichikroq tarmoklarga ajratiladi. Shu bilan birga B. fanlarining bir-biri bilan va boshqa fanlar bilan qoʻshilib ketishi tufayli bir qancha kompleks fanlar shakllangan (mas, sitogenetika, sitoembriologiya, ekologik genetika, ekologik fiziologiya). B. fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga ajratish mumkin. Maye, organizmlarning tarqalishini biogeografiya, toʻqima va xujayralar tarkibini biokimyo, fizik jarayonlar va metodlarni biofizika oʻrganadi. Oʻz navbatida bu fanlarni ham tekshirish obʼyektlariga binoan alohida fanlarga ajratish mumkin (mas, oʻsimliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi). Biokimyoviy va biofizik metodlar koʻpincha oʻzaro qoʻshilib yoki boshqa fanlar bilan birgalikda yangi fanlarni hosil qiladi (mas, radiatsiyey biokimyo, radiobiologiya). Biologik tadqiqotlardan oliigan natijalarni taxlil qilish va umumlashtirishda biometriya, yaʼni biologik mat. katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar tuzilishini oʻrganish darajasiga binoan ham bir qancha fanlar shakllangan (mas, molekulyar biologiya, gistologiya, anatomiya, ekologiya va boshqalar). B.ning bevosita amaliyot bilan bogʻlangan masalalarini parazitologiya, gelmintologiya, immunologiya, bionika, kosmik biologiya kabi fanlar oʻrganadi. Insonni biologik evolyutsiya mahsuli va obʼyekta yeyfatida antropologiya, ijtimoiy hayot mahsuli yeyfatida sotsial biologiya oʻrganadi.
Mahmudjon_BEST (25 Mar 2019 12:03) Yaxshi. Savollar bo'lsa tayyorman Manba: https://uzmasters.ru/forum/10/41/2822/