Mavzu: Arxeologiya
1. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 15:33
Arxeologiya — (grek. ἀρχαίος — qadimgi va λόγος — soʻz, oʻrgatish) — qadimshunoslik — qad. moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik ja-miyati o‘tmishini o‘rganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxo-nalar, mudofaa va irrigatsiya inshootla-rining qoldiqlari hamda o‘tmishga oid turli topilmalar A.ning bosh manbai bo‘lib, ularni chuqur ilmiy o‘rganish asosida o‘tmishdagi kishilik jamiyat-lari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklana-di. Shu sababli A. tarix fanining bir tarmog‘i hisoblanadi.A. so‘zini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qad. voqealar maʼnosida ish-latgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kash-fiyotlar davri bo‘lib, A. fan sifatida shakllanib bordi, 19-asr Lei asosan 4 ki-yemga bo‘linib o‘rganilar edi; Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorlikla-rini o‘rganuvchi mumtoz A., ibtidoiy A., 662o‘rta asr moddiy-madaniyat yodgorlikla-rini o‘rganuvchi umumiy A. va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular birlashib, keng maz-munli hozirgi zamon A.si shakllandi.O‘zbekistonda arxeologik tekshi-rishlar 19-asrning oxirgi choragida, Tur-kistonni Rossiya bosib olganidan so‘ng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkiston-ning o‘tmishi, xalqining urf-odati, qad. qo‘lyozmalarini o‘rganish orqali o‘lkada o‘zining mustamlakachilik rejimini mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini o‘rganishni dastavval rus A. havaskorlari va o‘lkashunoslari bosh-lab berdi. 1895 y. V. V. Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi tuzilib, A. ish-lari shu to‘garak nazoratida olib boriladi. O‘sha davrda o‘tkazilgan A. tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning xiz-mati katta bo‘ldi. Ammo arxeologik yod-gorliklarni hali har tomonlama, keng o‘rganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. Shunday bo‘lsa ham 19-asr oxiri — 20-asr boshlari-dagi Turkistonda olib borilgan arxeologik izlanishlar O‘zbekiston tarixshu-nosligida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijobiy (1): PARICHA,
2. Inson (174) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 15:53
Buniyam bilmas ekanman
3. Yandex (112) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 16:00
Arxeologiyaga unchalik qiziqmaganman chunki juda zerikarlidek tuzilgan Arxeologlar jamoasi faqat arxeologlarni o'zlaridan iborat bo'lmaydi yana 4-5 ta yo'nalish olimlari xam qatnashishadi arxeolagik ishlarda :)
4. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 16:03
Man xam unchalik qiziqmaymanu barbir yaxshi fan.
5. Inson (174) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 16:10
Nimaga bu mavzuni ochdiz
6. Yandex (112) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 16:27
Mani Arxeologiyadan qiziqarli oxirgi eshitgan ma'lumotim chingizxoni jasadi xaligacha topilmaganligi bu ma'lumot ancha voqt mani qiziqtirgan
7. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 16:28
Inson (15 Jul 2017, 16:10):
Nimaga bu mavzuni ochdiz
Inson, boshqalar uchun.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1574
Mavzuga oid xabarlar soni: 11 ta
So'ngi faollik vaqti: 15 Jul 2017, 17:13
Mavzuni ko'rishgan: 1 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 177 (0/177)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru