Mavzu: Tilshunoslik (ILM-FAN/Ijtimoiy fanlar) ExcLusive (15 Jul 2017 15:40) Tilshonoslik yoki lingvistika tillarni o'rganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi ( grammatikasi) va uning maʼnosi ( semantikasini) oʻrganadi. Grammatika — morfologiya(soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish, tarjima, nutq terapiyasi va nutq patalogiyasi kabi fanlar kiradi.
Tilshunoslik, lingvistika — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va shu kabiga koʻra, T.ning bir necha yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy T. — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgixususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha, xususiy T. — ayrim bir til belgixususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy T. — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yoʻnalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, kiyo’siytarixiy tilshunoslik va boshqa Paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika kabi sohalar soʻzlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini oʻrganadi.
Mazkur yoʻnalishlardan tashqari T.ning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni oʻrganuvchi koʻplab tarmoq va boʻlimlari bor: semasiologiya til birliklari maʼnolarini oʻrganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lugʻaviy materialini tadqiq etadi. Soʻz yasalishining tadqiqot obʼyekti soʻzlarning yasalish usullari va ushbu usullarning mahsuldorligi boʻlsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) soʻz oʻzgarishlarini va soʻzlarning gaplar va soʻz birikmalari sifatida birikishi qonuniyatlarini oʻrganadi. T. ning har bir boʻlimida yanada kichikroq (maydaroq) maxsus boʻlimchalar boʻlishi mumkin. Inson (15 Jul 2017 15:49) Dost nimaga siz ochgan mavzularda uncha odam yoq tilshunoslik degan zor mavzu lekin mana xitoy tilini organgim keladi Yandex (15 Jul 2017 16:38) Man Fonemalarni eslab qolgunimcha ona sutim og'zimga kelgan bu fan man uchun emasligini o'shanda tushunganman :kozz: ExcLusive (15 Jul 2017 16:42) Inson, forumdoshlarda qiziqish yo'q menimcha. Manba: https://uzmasters.ru/forum/10/60/1578/