Mavzu: 0 dan boshlab bepul HTML darslari
15. RM_FANAT (1035) [off] | TXT | 35| 19 Apr 2019, 20:53
Brigand (19 Apr 2019, 20:51):
RM_FANAT, Hayrli tong. Ha, shunday!
13 soatdan so'ng qo'shdi...
HTML Uslublari

HTMLda Uslub Atributlari
HTML elementlariga usl• • •
Brigand, O'zi bilib shu savolni berdim. sizga.!. #1 dagi malumotlar Maktab darsligan olib yozgansiz yani 9-sinf "Informatika" fani "HTML HAQIDA TUSHUNCHA" mavzularidan va o'z bilimlaringizni ham yozgansiz. :)

p.s: Men ham 9-sinf da o'qiymanda :)
16. Brigand (M) (519) [off] | TXT | 35| 19 Apr 2019, 21:13
RM_FANAT (19 Apr 2019, 20:53):
Brigand, O'zi bilib shu savolni berdim. sizga.!. #1 dagi malumotlar Maktab darsligan olib yozgansiz yani 9-sinf "Informatika" fa• • •
RM_FANAT, Bu malumotlar kitobdan olinmagan. Kitobda faqat boshlang'ich oddiy narsalar bor. Htmldan söng CSS, jаvаsсriрt, MySQL, PHP maqolalarini qöshaman. Uzumini yengu bog'ini surishtirmang.
56 sekunddan so'ng qo'shdi...
HTML Formatlash

HTML da Formatlash elementlari
Formatlash elementlari matn, so'z ni turli xil uslublarda yozishga imkon beradi, ular quyidagi turlarga bo'linadi:
*.Qalin Matn
*.Muhim Matn
*.Kursiv Matn
*.Ta'kidlovchi Matn
*.Belgilangan Matn
*.Kichik Matn
*.O'chirilgan Matn
*.Joylashtirilgan Matn
*.Indeks Matn
*.Yuqori Indeks
HTML Bold va Strong formatlash
Umuman olganda ko'rinish jihatidan  va (bold) teglarini farqi yo'q, ikkisi ham matnni qalin yani to'q qora shaklga o'zgartiradi. Lekin "text to speech"(matn ni o'qish) xizmati ishlaganda  tegi matn dan farqli tonda o'qiladi, biroq  tegi matn bilan bir xil tonda o'qiladi
Namuna:
bu qalin matn va oddiy o'qiladi bu kuchli matn va farqli o'qiladi
HTML kursiv va ta'kidlovchi matn farqi:
Yuqoridagi  va  ga o'xshab bu ikki  va  teglarini ham ko'rinishi jihatidan farqi yo'q, ikkisiham matn ni "italic" yani biroz o'ng tomonga bukilishini ta'minlaydi. Biroq "text to speech"(matn ni o'qish) xizmati ishlaganda  tegi matn dan farqli tonda o'qiladi, lekin  tegi matn bilan bir xil tonda oqiladi

Namuna:

Bu kursiv matn va matnda oddiy o'qiladi .
bu takidlovchi matn va matnda farqli o'qiladi .

... Hozirgi kunda  va  juda ko'p ishlatiladi  va  ga qaraganda chunki bu teglarni hamma brauzerlar qo'llab-quvatlaydi va "text to speech (tekstlarni audio holatida o'qib berish qobilyat)" xizmatida ham farqli o'qiladi
HTMLkichik matnFormatlash
HTML  tegi matn ni kichik ko'rinishda yozish uchun ishlatiladi
Namuna:

HTML kichik  Formatlash

HTMLBelgilangan matnFormatlash
HTML  tegi matnni belgilashga ishlatiladi , u matn/textni orqa fonini o'zgartiradi
Namuna:

HTML  belgilangan matn  Formatlash

HTMLO'chirilgan matnFormatlash
HTML  tegi o'chirilgan matn ni yozish uchun ishlatiladi, u mant ni ustidan chiziq tortib qoyadi
Namuna:

Mening sevimli rangim ko'k qizil.

HTMLkiritilgan matnlarniFormatlash
HTML  tegi mant/text qo'shganda yoki yangi qo'shilgan matn/text ifodalash uchun ishlatiladi
Namuna:

Mening sevimli rangim qizil

HTMLindex matnyaratish
HTML  tegi index matn yaratishda ishlatiladi
Namuna:

Bu  index  matn.

HTMLyuqori index(darajadagi) matnyaratish
HTML  tegi daraja yoki yuqori index hosil qilishda ishlatiladi
Namuna:

Bu  yuqori indexdagi  matn.

4283dan so'ng qo'shdi...
HTML da Qo'shtirnoq(Tsitata) va Havola Elementlari

HTML  Elementi
HTML da  tegi qisqa qo'shtirnoqlar uchun ishlatiladi
Namuna:

UzMasterS.Ru ning maqsadi bu : o'zbek darsturchilarga yangi
darsturlash tillarini o'zbek tilida tushunarli va oson o'rganish imkoniyatini yaratib berish.

HTML
Elementi
html da
elementi uzun qo'shtirnoqli matnlar uchun va "cite" atributi orqali boshqa saytlardan olingan manbalarga ishlatiladi
Namuna:

Here is a quote from WWF's website:
<blockquotecite="

http://www.wo
rldwildlife.org /who/index.ht ml">
For 50 years, WWF has been protecting the future of nature.
The world's leading conservation organization,
WWF works in 100 countries and is supported by
1.2 million members in the United States and
close to 5 million globally.

HTML  Elementi
html da  elementi qisqartmalar uchun ishlatiladi bu tegning "title" atributi yordamida siz qisqartirilgan so'zlarga maxsus izohlar berishingiz mumkin.
Namuna:

The <abbrtitle="World Health Organization">WHO was founded in 1948.

HTML
Elementi
HTML da
elementi bu kontakt ma'lumotlarini ya'ni bog'lanish uchun ma'lumotlarni yozishda ishlatiladi,
tegi elementlari odatda kursiv(bukilgan) tarzda ko'rinadi
Namuna:

Written by John Doe.

Visit us at:

Example.com

Box 564, Disneyland

USA

HTML  tegi
HTML da  tegi loyiha/ish/joy va narsalar nomlariga ishlatiladi va odatda brauzerlar uni kursiv shaklda ko'rsatadi
Namuna:

The Scream by Edward Munch. Painted in 1893.

HTML <bdo> Elementi
HTML da <bdo> tegi matn/text ni teskari yozishga yoki teskari yozilgan matn/text ni tog'ri yozishga ishlatiladi
Namuna:
<bdodir="rtl">This text will be written from right to left</bdo><bdodir="rtl">uoy evol I</bdo>
2125dan so'ng qo'shdi...
HTML Kompyuter Kodi Elementlari

Kompyuter kodi elementi
var x = 5;
var y = 6;
document.getElementById("demo").innerHTML = x + y;
HTML <kdb> Elementi
HTML da <kdb> elementi klaviaturadan kitilgan ma'lumotlarni qabul qilishda ishlatiladi:
Namuna:
<kbd>File | Open...</kbd>
Natija:
File | Open…
HTML <samp> Elementi
HTML da <samp> elementi kompyuter chiqargan na'munalarni yozish uchun ishlatiladi
Namuna:
<samp> demo.example.c om login: Apr 12 09:10:17
Linux 2.6.10-grsec+gg3+e+fhs6b+nfs+gr0501+++p3+c4a+gr2b-reslog-v6.189
</samp>
Natija:
demo.example.comlogin: Apr 12 09:10:17Linux 2.6.10-grsec+gg3+e+fhs6b+nfs+gr0501+++p3+c4a+gr2b-reslog-v6.189
HMTL  Elementi
HTML da  elementi dasturlash kodlarini yozishga ishlatiladi
Namuna:
var x = 5;
var y = 6;
document.getElementById("demo").innerHTML = x + y;
Natija:
var x = 5; var y = 6; document.getElementById("demo").innerHTML = x + y;
HTML  Elementi
Yodda tuting  elementi hech qanday bo'sh joylarni yoki yangi satrlarni saqlab qolmaydi. Yani barcha kodlarni bir qatorga siqib qo'yadi. Buni oldini olish uchun
tegidan foydalanish kerak
Namuna:

var x = 5;
var y = 6;

document.getElementById("demo").innerHTML = x + y;

Natija:
var x = 5;
var y = 6;
document.getElementById("demo").innerHTML = x + y;
HTML <var> Elementi
<var> tegi HTML da o'zgaruvchilarni ifodalashda ishlatiladi. Bu o'zgaruvchilar matematik ifoda yoki darsurlash musobaqalaridagi o'zgaruvchi bo'lishi mumkin
Namuna:
Einstein wrote: <var>E</var> = <var>m</var><var>c</var>2.
Natija:
Einstein wrote: E = mc2.
17. Mahmudjon_BEST (533) [off] | TXT | 21| 21 May 2019, 19:26
Mana bu sahifadagi kodni bitta js faylni ichiga solsa bo'ladimi?

http://yangiyol.lark.ru/test_uchun/1.html

18. RM_FANAT (1035) [off] | TXT | 21| 21 May 2019, 19:31
Mahmudjon_BEST (21 May 2019, 19:26):
Mana bu sahifadagi kodni bitta js faylni ichiga solsa bo'ladimi?

http://yangiyol.lark.ru/test_uchun/1.html
Mahmudjon_BEST, Ha albatta
19. MasterOS (1420) [off] | TXT | 20| 21 May 2019, 19:32
Mana kimga kerak yuklanglar hozircha faqat html ochiq, js va css razrabotkada.
Qolgan DTlar premiumda.

http://masteros.tk/Mles.apk

20. Mahmudjon_BEST (533) [off] | TXT | 20| 21 May 2019, 19:38
RM_FANAT (21 May 2019, 19:31):
Mahmudjon_BEST, Ha albatta
RM_FANAT, Agar shu sahifadagi textareani ichidagi kodlarni bitta js faylga solib ishlatib bersangiz bersangiz hisobimdagi hamma uzm sizga!
1105dan so'ng qo'shdi...
Mana bu sahifadagi textarea ni ichidagi kodni

http://yangiyol.lark.ru/test_uchun/1.html

21. RM_FANAT (1035) [off] | TXT | 37| 21 May 2019, 19:48
Mahmudjon_BEST (21 May 2019, 19:38):
RM_FANAT, Agar shu sahifadagi textareani ichidagi kodlarni bitta js faylga solib ishlatib bersangiz bersangiz hisobimdagi hamma uzm sizga!
[b]• • •
Mahmudjon_BEST, Xop, birorta oddiygina js topib bering bo'ldi. :)
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3137
Mavzuga oid xabarlar soni: 25 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Dec 2019, 20:04
Mavzuni ko'rishgan: 81 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 174 (0/174)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru