Mavzu: QOIDALARIMIZ VA BANLANISH SABABLARI
1. BahhTeeUz (M) (4800) [off] | TXT | 79| 24 Jun 2018, 00:34
Sayt qoidalari:
Do'stona munosabat.
Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilarning huquq va burchlari tengdur. (Ma'muriyat a'zosi bo'ladimi yoki a'zo buni farqi yo'q. Hattoki sayt yaratuvchisi bo'lsa ham!)
a) Bir-biringizni hurmat qilishingiz shart. Siz uznet olamidagi 1-o'rindagi sayt adminimisiz yoki qiziquvchi, buni farqi yo'q. Hurmatsizlik qilgan va bunga aloqador a'zo eng kami 1 soatga banlanadi)
b) O'z hurmatini yo'qotgan ya'ni o'zgani kamsituvchi, haqoratlovchi saytimiz a'zolariga eng kami 2 soat ban holati yuz beradi.
c) Haqorat qiluvchi va so'kimli so'zlar ishlatuvchi saytimiz a'zolariga eng kami 5 soat ban muddati belgilanadi.
d) Ikki do'st o'rtasida muloxaza bo'lib qolsa, avvalo ogohlantiriladi va ogohlantirishga e'tibor berilmasdan davom etsa, eng kamida 2 soatga banlandi.
e) Profili ma'lum vaqtga banlangan a'zo qayta ro'yxatdan o'tsa, tezkorlik bilan butun umrlik banga ketadi.
Forum:
Mavzu ochish.
a) Mavzu muallifi muammo yoki yechim haqida to'liq yozishi shart. Agar shunchaki, "shu haqida gaplashamiz" va shu kabi holat yuz bersa mavzu o'chiriladi va mavzu muallifi 1 soatga ban xonamizga jo'natiladi.
b) Tegishli bo'lim nomiga mos mavzu ochilmasa, mavzu muallifi 3 soat muddatga banlanadi.
c) Mavzu nomiga mos emas yoki javob berilayotgan mavzu xabariga mos emas xabar muallifiga eng kami 1 soat ban holatiga o'tkaziladi.
Chat:
a) Flood qilish ya'ni takroriy xabarlar soni keskin oshsa 1 soat ban holati.
b) Savdo-sotiq chatda emas forumning maxsus mavzusida yoki shaxsiy xabarlar orqali amalga oshirishda. Savdo sotiq yozgan a'zoga, eng kamida 2 soat ban beriladi.
c) Turli xildagi manzillar ya'ni referial turdagi manzil, shuningdek o'z saytini reklama sifatida xabar qoldiruvchi a'zolarga eng kam muddati 5 soat bo'lgan ban holati yuz beradi.
Shaxsiy xabarlar:
a) Behurmatlik
b) So'kimli so'zlar va haqorat qilish
c) Spam ya'ni bir xabarni har xil a'zoga bir vaqtda yuborish
d) Reklama holatidagi xabar
Yuqoridagi holatlar bo'yicha ariza kelib tushsa yoki nazorat vaqtida ko'rib qolsam eng kami 1 kunlik ban bilan jazolanadi.
Ma'muriyatning jazoni qo'llash qoidasi:
a) Ban betish vaqtida barcha holat o'rganib chiqish, banlar tarixini ko'rish va agar qoidabuzarlik takroriy yuz berayotgan bo'lsa, ban muddatini qoidabuzarlikning eng kam vaqtidan nisbat olib va takroriy yuz berayotgan bo'lsa keyingi tartibda banlashi shart:
Eng kam holat 1 soat bo'lgan qoidalar bo'yicha banlash muddati takroriy holatda 3 soat, 5 soat, kunlik, haftalik, oylik va bir umrlik.
Agar eng kam holat 3 soat bo'lsa, takroriy holatda 7 soat, 12 soat, kunlik, haftalik, oylik va butun umrlik.
Shu holatda ya'ni eng kam vaqtning 1,5 barobardan yuqori nisbati.
b) Banlash vaqtida, tavsif to'liq berilishi shart. Agar tavsif to'liq berilmasa, quyida jazolanish holati sizda yuz beradi.
c) Tanish-bilishchilik bo'lsa.
Shaxsiy adovat, sababsiz ban bergan yoki yuqoridagi shartlarni bajarmagan ma'muriyat a'zolarining o'zi ban bergan muddatiga o'zi yuboriladi va takroriy ushbu holat yuz bersa, banlanadi va ma'muriyat a'zoligidan chetlashtiriladi.
BU QOIDALARNI DOIMIY KUZATIB VA RIOYA QILIB BORISHINGIZNI SO'RAYMIZ. QOIDALARGA YANGI QOIDALAR VA O'ZGARTIRISHLAR QO'SHILISH EXTIMOLI YUQORI DARAJADA.
TAKLIFLAR BO'LSA BEMALOL.

2. Tayotabek (1511) [off] | TXT | 79| 24 Jun 2018, 00:41
a) Flood qilish ya'ni takroriy xabarlar soni keskin oshsa 1 soat ban holati.
.
Bazida net qotadi shu paytda xabar 2 3 va undanda köp 6 7ta ham bölib ketadi. Agar shu xolat yuz bersa bu ham flood xisoblanib banlanadimi yoki ?
3. BahhTeeUz (M) (4800) [off] | TXT | 79| 24 Jun 2018, 00:43
Tayotabek (24 Jun 2018, 00:41):
a) Flood qilish ya'ni takroriy xabarlar soni keskin oshsa 1 soat ban holati.
.
Bazida net qotadi shu paytda xabar 2 3 va undanda köp 6 7ta• • •
Tayotabek, bu holatga qarab. Uni ham banlayotgan odam bilsa kerak?!
Raxmat aytdi (1): Tayotabek,
4. Djfayz (944) [off] | TXT | 77| 24 Jun 2018, 01:22
yaxshi gap yuq.
mavzuni bosh sahifaga chiqaring shunda hamma foydalanuvchilar kuradi.
5. Ashurov (2636) [off] | TXT | 73| 24 Jun 2018, 11:03
chatda savdo sotiq taqiqlanishi menga yoqdi...
6. Нарзулло (1108) [off] | TXT | 73| 24 Jun 2018, 11:15
Bita oftop uchun ban beraldimi yoki koproq bolib ketsa keyin beraldimi?
7. Ashurov (2636) [off] | TXT | 73| 24 Jun 2018, 11:54
Нарзулло (24 Jun 2018, 11:15):
Bita oftop uchun ban beraldimi yoki koproq bolib ketsa keyin beraldimi?
Narzullo, Ha beriladi... yana ko'payaversa, uzoqroq muddatga...
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2672
Mavzuga oid xabarlar soni: 17 ta
So'ngi faollik vaqti: 27 Jun 2018, 09:27
Mavzuni ko'rishgan: 79 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 202 (0/202)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru