1. Arey (M) (1999) [off]
|
TXT |
5| 18 Jan 2024, 18:11
Bir necha daqiqa oldin men mavzu ochdim va u yerda salom berdim. Shu sababdan postni salomsiz boshlayman.
Xo'sh, tan olamiz, saytchalar, skriptcha, modulchalar, chala masterchalar davri o'tdi. Ammo dasturchilik to'xtab qolgani yo'q. Shunday bo'lsa ham, hamma masterlar o'zini o'lganga soilib oldi. Bugungi kunda IT olami qay holatda? Bugun nimalarni o'rganishimiz kerak? Sun'iy intellekt? Yoki ular bizning kasblarimizni egallaydigan davrda qanday qilib yangi ishlarni topish? Yangi texnologiyalar? Marsga uchamizmi? Biror bir mashxur kompaniyalarga ishga kirishga harakat qilamizmi? Yoki rubl, ton, nft, premium, kartoshka-piyoz sotib yuraveramizmi? Bugungi kunda nimalarni o'rganishimiz kerak va forumning keyingi yo'li qanday bo'ladi? Masterlarni "narigi dunyo"dan qaytarib kelamizmi yoki yangi aytishniklarni kashf qilamizmi? Safimizga yangilarni.qanday jalb qilamiz? Umuman qachon uyg'onamiz? O'zi umuman uyg'onish kerakmi? Ushbu mavzuda shular haqida gaplashamiz.
2 soatdan so'ng qo'shdi...
Umid qilamanki, bir necha yil ichida kimdir ushbu mavzuga keladi va qandaydir taklifini bildiradi