Mavzu: Firibgarlardan aziyat chekyapsizmi? (SAYT HAQIDA/Forum haqida) QaLQoN (24 Jan 2017 09:45) Xullas, ushbu mavzuda firibgarlarga (hoh u wm savdosi hoh boshqa savdo turi) yo'liqmaslik uchun maslahatlar berib boramiz. Zora kimgadir yordam bersa, do'ppimizni osmonga uloqtiramiz. Quyida maslahatlarim bilan bo'lishaman:
1) Internetda real odamlar bilan savdo qilmang (avtomatik to'lov tizimlari bundan mustasno);
2) Forumda savdo qilmoqchi bo'lsangiz, sotuvchining yoki sotib oluvchining aktivligiga e'tibor bering, firibgarlar odatda boshqa boshqa profillar orqali o'lja izlashadi, lekin hammasida ham postlar soni 500 dan oshmaydi. Ko'proq aktiv foydalanuvchilar bilan savdolashing, ular ancha muncha kishiga tanilib ulgurgan;
3) Sotuvchi yoki sotib oluvchini Firibgarlikka tekshirishservisi orqali tekshirib oling;
Bu maslahat emas, lekin yodingizdan chiqmasin. Sizning savdoingizni forum administratorlari bo'yniga olmaydi, aldanib qolsangiz, qani adolat? qani administratorlar? menga pulni kim qaytaradi? va shunga o'xshagan savollar bilan administratorlarni boshini og'ritmang. Forumni savdo uchun ochmaganmiz. QaLQoN (24 Jan 2017 09:47) Bitta narsani yaxshilab esiladan chiqarmela, eng katta ayb doim insonni o'zida bo'ladi. Shunday ekan, siz savdo qilayotgan insoningiz domiga tushib qolishdan avval, boshqa biror-bir userlardan so'rab ko'ring, chunki, ishonchli savdogarlar ko'plar bilan savdo qilib, oldi-berdini amalga oshirgan bo'ladi. Firibgarlar esa, teskarisi.
** Undan tashqari, sizga taqdim etayotgan raqamiga qo'ng'iroq qiling, iloji bo'lsa telefonda u bilan qilgan suhbatingizni yozib oling va so'ngra u bilan oldi-berdini amalga oshiring.
*** Firibgarlar doim shoshadi, siz esa savdolashayotgan vaqtingiz shoshmang !
**** Firibgarlardan aldanishni istamasangiz, Admin va moderatorlar orqali savdo qilishingiz mumkin. BahhTeeUz (24 Jan 2017 11:22) Mavzu uchun raxmat, iltimos, offtop qilmasdan shu tarzda davom etsak :-)
bu post uchun ham uzur! Nodirali (24 Jan 2017 11:34) Xa bu menga asqotadi deb öylayman. Mavzu uchun rahmat! :) QaLQoN (24 Jan 2017 11:35) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda “Daryo”ga palata axborot xizmati xabar berdi.
Foto: “Anons.uz”
Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168-moddasiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ma’lumki, so‘nggi yillarda firibgarlikni o‘ziga kasb qilib, o‘zgalarni aldash yoki ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan muayyan mulkka egalik qilish huquqini qo‘lga kiritayotgan shaxslar ustidan tegishli organlarga murojaatlar ko‘paygan.
— Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanishi, jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan, fuqarolarning shaxsiy mulkini egallash bilan bog‘liq ayrim toifadagi jinoyatlarning o‘sib borishi kuzatilmoqda, — deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Davron Aripov. — Jazoning sodir qilingan jinoyatga mutanosibligini ta’minlash, bunday qilmishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida kodeksning 168-moddasiga tegishli tartibda o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Xususan, firibgarlikning barcha turlari va holatlarida qo‘llanilib kelgan jazo muddatlari, jarimalar miqdori uzaytirilmoqda. Agar ushbu holat juda ko‘p miqdorda yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa eng kam oylik ish haqining 400—600 baravari miqdoridagi jarimadan 8—10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha belgilash taklif etilmoqda (amalda 5—10 yilgacha). Bunday o‘zgarishlar mazkur moddaning barcha shakllariga tegishli.
Qonun loyihasi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari himoyasini kuchaytirish, jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, jinoyachilikka qarshi kurash choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan QaLQoN (24 Jan 2017 11:36) Aktiv deb posti ko'plarga aytaversak togri kemaydi. Saytda 100-200 posti bor lekin ko'p insonlarga foydasi tekkanlar ham bor.
Men o'zi foydalanuvchilarga tushunmayman. 1-2 yaxshi so'zlarga uchib unga ishonib ketaveradi. Bo'lmasa Adminlar, Moderlar, foydalanuvchilar qayta-qayta ogohlantirishyaptiku firibgarlarga aldanib qolmang deb. Agar o'zingizni o'zingiz eplay olmasangiz Administratsiya nima qila oladi? Ban berishi mumkin lekin to'liq himoyalar olmaydi. Firibgarlar kerak bo'lsa 100 profil ochib 100 marta raqam almashtiradi agar qoniga singib ketgan bo'lsa. Firibgarlardan o'zimizni faqat himoyalay olamiz. Ular onasini, opasini, singlisini ham bemalol sotvoradi. Bularga insof ham kirmaydi. Naql bor yomonga balo yo'q degan. Ularga balo yo'q qaytanga firibgarlikdan lazzat olishadi. Bunaqalar haliyam ko'p forumda. Shuning uchun ehtiyot bo'linglar. QaLQoN (24 Jan 2017 11:37) Savdo qilmoqchi bo'lgan odamdan shubxalansangiz "Moderlar orqali savdolashaylik?!" deb ko'ring firibgar bo'lsa yo moderlarga ishonmayman deydi yo yo' bo'p ketadi. QaLQoN (24 Jan 2017 11:39) Agar o'zizi ishonchli xisoblasez, paynetni 1tashameng, savdoni kim bilan qivosiz? qandey odam yangimi hali? yangi keb kottda miqdorda savdo qimoqchimi? demek sizda bita yo'l bor wmrni kod proteksi bilan kottda mudatga jo'natish, sizga ishonmadimi? kod orqali eng kamida 1yilga vaqt bilan tashashni so'ren tashadimi, qareng uzoq mudatmi? demek endi paynetni tashasez bo'ladi manimcha? sal bo'sayam ishonchli bo'ladi! ko'pchlik chatda wmr savdosni ammalga oshirmoqda! eng kottda xato shu! shoshmaslikni hammaga maslahat bergan bo'lardim,! QaLQoN (24 Jan 2017 11:40) Inson zoti g'alatida, tezroq ishi bitishi va hudi biron narsadan quriq qob ketishdan hovliqib aldanib afsuslanadi! Endi masalani 2 chi tarafiga qarimiz, firibgarla! bula albatda qachondur xatosini tushunib yetadi, qandeydur balo yo og'ir tashvish tushadi boshiga ushanda bekor qibman diyshar balkim? aytishadiku : dib! endi hayot shunaqa, bu internet aldandizmi? Ota Onani aralashtirib Lo'li'lik qib yurmaslikni tavsiya qilardim, Sabab: Usha aldagan firibgarni Ota Onasi sizi aldamagan! daji bolasini bu ishidan habardormasdur, kim ham o'z bolasni shu axvolda ko'rsa indamey turadi? 2chi dan, asabni saqlen va hotirjamlik bilan ichizda hudoga sob qo'yin bo'ldi qogan so'kishla no o'rin! Hudo bor albatda jazosni beradi, ishoning!
Endi lo'x'lik qib qo'ysez aybni boshqadan qidirmeng, kimdur sotaman disa reski no'meri olib paynet qib voy kesib ketdi, pallon piston, oneni ipala qishton, yashasin O'zbekiston! dib yurmeng, Sotaman didimi shoshmastan shunchalik boy bo'sezam fikr qib qiling QaLQoN (24 Jan 2017 11:41) Hamma uzini kungliga qarap yul tutishi kerak kiyin aldanib qolsa Forumda janjal chiqorishi shart emas! Siz Aldanib qolganizga Ma`muriyat yoki boshqa foydalanuvchi aybdor emas BahhTeeUz (24 Jan 2017 11:49) Bu internet to'rida (yuqorida so'zi emas) biz ham siz ham ekran ortida kim bizga bunaqa "shirin" so'zlarni yozayotganini bilmaymiz. Ma'muriyat ham siz kabi inson faqatgina shu forumga foydasi tekkan va o'z mavqeyiga ega forumdosh. Ma'muriyatga, firib domiga tushib bo'lgach, "meni bu yerdan olib chiqing, sizlar adminsizlar" kabi so'z aytishingiz BEFOYDA!
Firibgarlarga kelsak, bizning muqaddas bo'lgan ota-onamiz, opa-singilu, aka-ukamiz, umuman aytganda jigarbandi, kitobimiz Quron-u Karim, vaholanki, ollohni o'rtaga qo'yib qasam ichadi ammo yodingizda bo'lsin ular uchun bu narsalar 1 tiyinchalik qadri yo'q. Er kishining g'ururini asti so'ramang! Viruzbek (24 Jan 2017 12:14) 168 moddaga javob yozmoqchiman

.
Ozbekiston respublikasida webmoney hizmat korsatish tizimi taqiqlangan Ya'ni wmr wmz oldi sotdisi shular jumlasidam faqat websum click payme woy-wo orqali savdo qlb szni aldab ketgan bolsa qonun oldida Javobgar shaxs boladi yana bunga qoshimcha men wmr oldim click orqali paynet qldm deb yozmang ozbekistonda wmr taqiqlangan deb yuqorida ogohlantrib otdm Ozizga ehtiyot bolib Forum Ma'muriyatiga jahl qilmang Frbgarlar szni malum bir miqdorga aldab ketdimi unga sms Yozing Kafanliq Uchun bu pul yetmaydi yana qancha pul beray deb shunda ham insofga kirmaydi lekin vaqti kelib Birovni aldab ketgani uchun ozi afsuslanadi Kosmos (24 Jan 2017 13:02) --Javob-- QaLQoN (24 Jan 2017 11:35): Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda “Daryo”ga palata axborot xizmati xabar berdi.
Foto: “Anons.uz”
Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168-moddasiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ma’lumki, so‘nggi yillarda firibgarlikni o‘ziga kasb qilib, o‘zgalarni aldash yoki ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan muayyan mulkka egalik qilish huquqini qo‘lga kiritayotgan shaxslar ustidan tegishli organlarga murojaatlar ko‘paygan.
— Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanishi, jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan, fuqarolarning shaxsiy mulkini egallash bilan bog‘liq ayrim toifadagi jinoyatlarning o‘sib borishi kuzatilmoqda, — deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Davron Aripov. — Jazoning sodir qilingan jinoyatga mutanosibligini ta’minlash, bunday qilmishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida kodeksning 168-moddasiga tegishli tartibda o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Xususan, firibgarlikning barcha turlari va holatlarida qo‘llanilib kelgan jazo muddatlari, jarimalar miqdori uzaytirilmoqda. Agar ushbu holat juda ko‘p miqdorda yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa eng kam oylik ish haqining 400—600 baravari miqdoridagi jarimadan 8—10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha belgilash taklif etilmoqda (amalda 5—10 yilgacha). Bunday o‘zgarishlar mazkur moddaning barcha shakllariga tegishli.
Qonun loyihasi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari himoyasini kuchaytirish, jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, jinoyachilikka qarshi kurash choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan ---------- FaTXuLLa, U frb.lik bn netdagi frb.likni ancha farqi bor MasterLeo (24 Jan 2017 15:23) --Javob-- BahhTeeUz (24 Jan 2017 11:49): Bu internet to'rida (yuqorida so'zi emas) biz ham siz ham ekran ortida kim bizga bunaqa "shirin" so'zlarni yozayotganini bilmaymiz. Ma'muriyat ham siz kabi inson faqatgina shu forumga foydasi tekkan va o'z mavqeyiga ega forumdosh. Ma'muriyatga, firib domiga tushib bo'lgach, "meni bu yerdan olib chiqing, sizlar adminsizlar" kabi so'z aytishingiz BEFOYDA!
Firibgarlarga kelsak, bizning muqaddas bo'lgan ota-onamiz, opa-singilu, aka-ukamiz, umuman aytganda jigarbandi, kitobimiz Quron-u Karim, vaholanki, ollohni o'rtaga qo'yib qasam ichadi ammo yodingizda bo'lsin ular uchun bu narsalar 1 tiyinchalik qadri yo'q. Er kishining g'ururini asti so'ramang! ---------- Boburbek, do'stim iltimos.Robbimiz Allohning ismini e'tiborga olibroq yozing.! BahhTeeUz (24 Jan 2017 15:27) --Javob-- MasterLeo (24 Jan 2017 15:23): Boburbek, do'stim iltimos.Robbimiz Allohning ismini e'tiborga olibroq yozing.! ---------- MasterLeo, sizdan iltimos shu borada tortishmaylik, mayli men bilimsiz deb hisoblasangiz ham! MasterLeo (24 Jan 2017 15:32) --Javob-- BahhTeeUz (24 Jan 2017 15:27): MasterLeo, sizdan iltimos shu borada tortishmaylik, mayli men bilimsiz deb hisoblasangiz ham! ---------- Boburbek, naxotki bunga oddiy ish deb qarayapsiz! Sizni, meni-xammani yaratgan Zotning nomini e'zozlamasangiz, siz uchun yana qanday nom e'zozga loyiq. BahhTeeUz (24 Jan 2017 15:37) --Javob-- MasterLeo (24 Jan 2017 15:32): Boburbek, naxotki bunga oddiy ish deb qarayapsiz! Sizni, meni-xammani yaratgan Zotning nomini e'zozlamasangiz, siz uchun yana qanday nom e'zozga loyiq. ---------- MasterLeo, men sizga yana bir bor iltimos qilaman, bu borada tortishmaylik. Siz aytayotgan zot hammani har xil qilib yaratgan. Meni bu borada ojizman. Menimcha chuntira oldim Akbarali (24 Jan 2017 16:37) Ex 1post uzfordan ko'chrilbdi QaLQoN (24 Jan 2017 17:19) --Javob-- Akbarali (24 Jan 2017 16:37): Ex 1post uzfordan ko'chrilbdi ---------- Akbarali, sizgayam shu gap. Boshqa sayt nomini yozavermang. Sezgan busez qoshimcha va uzgartrishlar kiritganman Akbarali (24 Jan 2017 18:22) --Javob-- QaLQoN (24 Jan 2017 17:19): Akbarali, sizgayam shu gap. Boshqa sayt nomini yozavermang. Sezgan busez qoshimcha va uzgartrishlar kiritganman ---------- FaTXuLLa, xe men umuman sezmadim faqat ayrim so'zlani ochrgansz lekn qoshmagansz BahhTeeUz (24 Jan 2017 19:19) Offtop bo'lmasin. QaLQoN (25 Jan 2017 16:28) --Javob-- BahhTeeUz (24 Jan 2017 19:19): Offtop bo'lmasin. ---------- Boburbek, shu mavzuda forumimizda shubxali bo'lgan foydalanuvchilarni yozip borsak qanday bularkan. Kimnidur aldanip qolishini oldi olinarmidi. Kim qanday fikirda BahhTeeUz (25 Jan 2017 18:49) --Javob-- QaLQoN (25 Jan 2017 16:28): Boburbek, shu mavzuda forumimizda shubxali bo'lgan foydalanuvchilarni yozip borsak qanday bularkan. Kimnidur aldanip qolishini oldi olinarmidi. Kim qanday fikirda ---------- FaTXuLLa, menimcha kerak emas, sababi, kimningdur nomini bulg'ash insoniylik fazilatlariga kirmaydi va quruq janjal yuzaga kelib chiqadi :-) QASOSKOR (25 Jan 2017 23:47) --Javob-- QaLQoN (25 Jan 2017 16:28): Boburbek, shu mavzuda forumimizda shubxali bo'lgan foydalanuvchilarni yozip borsak qanday bularkan. Kimnidur aldanip qolishini oldi olinarmidi. Kim qanday fikirda ---------- FaTXuLLa, masalan sizni nomiz tursa nima qilardiz? QaLQoN (24 Mar 2017 12:39) Mavzuni o'zim ochgan va firipgarlarning kup nayrangini kurgan bolsamda baribir aldandim netmaster (24 Mar 2017 12:44) Men ham 2-3 marta frb larga aldanip qolganman Mywm (24 Mar 2017 14:53) Man ham aldandim shax4566 (24 Mar 2017 19:25) Isoq (silvestir)ga aldanganman REYXAN (24 Mar 2017 19:34) Xudoga shukur 4,yildan beri umuman aldanmaganman QaLQoN (24 Mar 2017 19:44) --Javob-- REYXAN (24 Mar 2017 19:34): Xudoga shukur 4,yildan beri umuman aldanmaganman ---------- REYXAN, 3 yil da 500ming a yaqin aldanganman. Lekin Bir narsa 1 yoqotsan 10 bup qaytadi diyishadi xudoga shukur zararlarimi qoplap olganman. Firipgarlar bilan nasip etsa qiyomatda kurishamiz. walterhack (24 Mar 2017 21:07) 1 marta wm kowelok olaman deb aldangandim 5000 edi uzi Dj Anonim (24 Mar 2017 21:29) Exxe bula haqida gapirsam son sanog'yi yoq. Fevral oyidan Martgacha jami 700 WMZ yaxlaganman. Undan tashqari ham juda kop. Opshiy 10 000$ ga yaxlagan bolsam kerak 2013- yildan bera. Sardorbek (24 Mar 2017 21:35) --Javob-- Dj Anonim (24 Mar 2017 21:29): Exxe bula haqida gapirsam son sanog'yi yoq. Fevral oyidan Martgacha jami 700 WMZ yaxlaganman. Undan tashqari ham juda kop. Opshiy 10 000$ ga yaxlagan bolsam kerak 2013- yildan bera. ---------- Dj Anonim, Sizni rosa tusburishkan ekqnda? Money (24 Mar 2017 21:35) Gapirmanglar bularni QaLQoN (24 Mar 2017 22:03) Agar da mavzu sizga yoqgan bolsa pastdagi "Foydali mavzu" ga "+" bosvorilar. Off uchun uzur. Money (24 Mar 2017 22:10) --Javob-- QaLQoN (24 Mar 2017 22:03): Agar da mavzu sizga yoqgan bolsa pastdagi "Foydali mavzu" ga "+" bosvorilar. Off uchun uzur. ---------- FaTXuLLa, Ana bosvordik said-obid (12 Sep 2017 15:40) 150 000 tushganman opshi shamsiddin (12 Sep 2017 20:22) --Javob-- QaLQoN (24 Jan 2017 11:36): Aktiv deb posti ko'plarga aytaversak togri kemaydi. Saytda 100-200 posti bor lekin ko'p insonlarga foydasi tekkanlar ham bor.
Men o'zi foydalanuvchilarga tushunmayman. 1-2 yaxshi so'zlarga uchib unga ishonib ketaveradi. Bo'lmasa Adminlar, Moderlar, foydalanuvchilar qayta-qayta ogohlantirishyaptiku firibgarlarga aldanib qolmang deb. Agar o'zingizni o'zingiz eplay olmasangiz Administratsiya nima qila oladi? Ban berishi mumkin lekin to'liq himoyalar olmaydi. Firibgarlar kerak bo'lsa 100 profil ochib 100 marta raqam almashtiradi agar qoniga singib ketgan bo'lsa. Firibgarlardan o'zimizni faqat himoyalay olamiz. Ular onasini, opasini, singlisini ham bemalol sotvoradi. Bularga insof ham kirmaydi. Naql bor yomonga balo yo'q degan. Ularga balo yo'q qaytanga firibgarlikdan lazzat olishadi. Bunaqalar haliyam ko'p forumda. Shuning uchun ehtiyot bo'linglar. ---------- Fatxulla, Bitasi szmi ! Javohir 95 (29 Nov 2017 16:12) Master-X, sur naxxuy betan chumo blin UZBakadem (29 Nov 2017 19:53) 10$ ucell perevodga aldanganman. Lekin o'sha vaqtda juda afsuslanganman, endi o'sha pullar o'zimga 10 barobar bo'lib qaytib kelishni boshladi. O'sha bola hozir forumda yurubdi nikini o'zgartirvolib, men bilmayman lekin yana birovni tushurar. Padaringa ming lanat deganman o'sha vaqtda. Keyin pulni kechvordim :gg: aktiv_uz (29 Nov 2017 20:08) Bitta mavzu ochish kerak ishonchlilarni ovozga qoyish kerak eng kop kimlar ovoz toplaydi ekan Jonajonim UZBEKISTONIM (29 Nov 2017 21:13) --Javob-- aktiv_uz (29 Nov 2017 20:08): Bitta mavzu ochish kerak ishonchlilarni ovozga qoyish kerak eng kop kimlar ovoz toplaydi ekan ---------- aktiv_uz, shu ishni qilib kurish kerak WapKing (29 Nov 2017 21:42) --Javob-- aktiv_uz (29 Nov 2017 20:08): Bitta mavzu ochish kerak ishonchlilarni ovozga qoyish kerak eng kop kimlar ovoz toplaydi ekan ---------- aktiv_uz, nima ozgaradi masalan Jonajonim UZBEKISTONIM (29 Nov 2017 21:45) masalan kamida 10 -15 ta ishinchli odam buladi
wmr wmz ob sotaydigonla uchun yaxshida DoN (29 Nov 2017 22:23) FIRIBGARLARNI FARUM DOWLAGA BILDIRIYLA Manba: https://uzmasters.ru/forum/11/42/757/