Mavzu: Yangi qo'shimcha va qoidalar
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 11| 7 Nov 2017, 02:50
Barchaga salom. Olloxga shukur bo'lsinkim, mana sekin-sekin WMlikka qaytayabman.
Forumdagi o'zgarishlar:
1. Barcha so'ragan ya'ni forumda xabar belgisi soni 5000 tadan 10000 talikka o'tkazildi. Endilikda bemalol kodlaringiz bilan bo'lishishingiz mumkin.
2. Forumdagi xabaringizni o'zgartirsangiz yoki ma'muriyat o'zgartirsa, bemalol bilib olishingiz mumkin. Eslatib o'taman, faqat so'ngi o'zgartirgan forumdosh va o'zgartirgan vaqti ko'rinadi.
3. Endilikda forumda hech qanday xabar o'chmaydi ya'ni faqat ma'muriyatga ko'rsatilib, yashirib qo'yiladi. Demak, endilikda xabaringizga e'tiborliroq bo'lib, faqat mazmunli xabar qoldirishngizni so'rab qolaman, befoyda narsa saytimiz bazasini to'ldirmasin deymanda.
Yangi qoidalar
1. Forumda kredit berish va olish tomonidan juda ko'plab muammolar yuzaga kelganligi sababli, endilikda kredit olishni faqat va faqat eng ishonchli belgi olgan forumdoshlarga ruxsat beriladi ya'ni passport ma'lumotlarini shaxsan menga yuborgan forumdoshlarga. Qolgan mavzular qat'iyan taqiqlanib, yopib qo'yiladi.
Bu haqida ushbu mavzuda: !1740
Bundan forumimizdagi "firibgarlik"ni oldini olish va ularga doim qarshi ekanligimizni tanqid qilgan holda, imkon boricha yo'qotish.
2. Shaxsiy xabar orqali juda ko'plab forumdoshlarimizdan arizalar tushmoqda ya'ni shaxsiy xabarda kamsitish, haqorat qilish va shu kabi noxush holatlar yuzasidan. Shu sababli, yaqin kunlar ichida arz berish tugmasi shaxsiy xabarga qo'yiladi va agar arz kelib tushsa va bu holat haqiqatdan yuz bergan bo'lsa, afsuski ogohlantirish ila ban-listimizdan o'rin oladi va takroriy davom etaversa, umurbot ban-listimizga yuborishga majbur bo'lamiz.
3. Bu ma'muriyat a'zolariga tegishli bo'lib, biror forumdoshni banlash vaqtida aniq sababini keltirib, ya'ni hissiyot va asabni asragan holda so'kinmasdan banlash. Agar bu holat davom etsa o'sha ma'muriyat a'zosi o'z lavozimidan chetlashtiriladi.
Buning barchasini deyarli forumdoshlarimizning 80% kutgan edi menimcha. Mana qoida va qo'shimchalarimiz qo'shildi va buning barchasi siz aziz do'stlar, forumdoshlarimiz va albatta forumimozning uzoq kelajagi uchun amalga oshirdik.
Hozirda rejalarimiz ko'p va vaqti kelganida inshollox barchasini amalga oshiramiz. Biz doimiy harakatdagi forum a'zolarmiz!

Oxirgi o'zgarish: BahhTeeUz (7 Nov 2017, 02:54)
Ijobiy (4): Shoxruxchik, Akbarali, Ashurov, shohrux,
Raxmat aytdi (2): Akbarali, shohrux,
2. Ayibxon (265) [off] | TXT | 11| 7 Nov 2017, 06:37
Ha yaxshi yangilik. Saytga omad
3. REYXAN (1461) [off] | TXT | 11| 7 Nov 2017, 06:49
Xabar oxirgi o'zgarishi va o'chirilgani kimlarga ko'rinadi ? Mamuriyat, va xabar yozgan odamgami ?
4. Ayibxon (265) [off] | TXT | 11| 7 Nov 2017, 07:08
REYXAN (7 Nov 2017, 06:49):
Xabar oxirgi o'zgarishi va o'chirilgani kimlarga ko'rinadi ? Mamuriyat, va xabar yozgan odamgami ?
REYXAN, hammaga ko'rinyabdi.
5. Akbarali (2833) [off] | TXT | 11| 7 Nov 2017, 07:11
REYXAN (7 Nov 2017, 06:49):
Xabar oxirgi o'zgarishi va o'chirilgani kimlarga ko'rinadi ? Mamuriyat, va xabar yozgan odamgami ?
REYXAN, hammaga yani postni o'chrsangiz Habarni Reyxan tomonidan o'chrildi dep xamaga ko'rinadi
6. REYXAN (1461) [off] | TXT | 11| 7 Nov 2017, 07:21
4#
5#
unda bo'lmabdi
1#, post yozgan odamga va mamuriyatga ko'rinsa yetadi, xozirgi holati umuman yoqmadi.
7. Akbarali (2833) [off] | TXT | 10| 7 Nov 2017, 07:29
Xabar REYXAN tomonidan o'chirilgan.
12345..18>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2034
Mavzuga oid xabarlar soni: 122 ta
So'ngi faollik vaqti: 21 Jun 2018, 10:23
Mavzuni ko'rishgan: 21 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 137 (0/137)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru