SAYT HAQIDA
|
Forum yangiliklari
|
Mavzu:
2017-sarhisobi va kelgusida rejalarimiz
Mavzu fayllari
(0)
[blue][b]Barchaga assalomu alaykum, bu mavzu nima uchun kerak deb o'ylarsiz? 2017-yilda forumimizda nimalar ro'y berdi va qanday o'zgarishlar sizni hushnud ettiyu, qanday o'zgarishlar sizga yomon ta'sir etdi? Bu haqida fikrlaringizni batafsil yozishingiz mumkin. Demak bu yil haqida men qisqacha yozib o'tsam: [i]Yanvar oyida[/i] - 1-bor "Exclusive mehmon" loyihamizning 1-mehmoni SAYT.UZ hosting va domen registratori asoschisi Temur aka forumimizning ilk mehmoni bo'ldilar. Firibgarlar bo'limi ishga tushurilib, firibgarlik qilgan foydalanuvchilarning ma'lumotlari saqlana boshladi va anchagina firibgarlik pasaydi. Forumimizning eng faol foydalanuvchilarini taqdirlash davri bo'lib o'tdi. [i]Fevral oyida[/i] - forumimizda html konstruktor bo'limi ochildi va ozgina vaqt ishlab, o'z faoliyatini to'xtatdi. Forumdan xatolik topilib, forum buzilishiga salgina qolgan edi va bu xato tuzatilib, hozirda ham o'z ish faoliyatida, eslatib o'taman bu holat istalgan profillarga kirib borish xatosi edi. [i]Mart oyida[/i] - uyg'onish oyida juda kerakli holatlar yuz bergan ekan... "Ishonchli forumdoshlar" belgisi o'rnatilib, firibgarlarga deyarli yana bir zarba bergan ekanmiz. Forumimizda do'kon ochilgan vaqt ham shu oyga to'g'ri kelibdi va anchagina o'z xizmatini bajarmoqda. Reyting bo'limi - bu bo'lim ham anchagina do'stlarimizni e'tiborini qozona oldi desam yanglishmasman? [i]Aprel oyida[/i] - menimcha dam olganman, aniq bir katta o'zgarish yoki qo'shimcha qilmabman. Lekin aniq ayta olaman o'zgartirish kiritilgan :-). Bu oydan boshlab men musofirchilikni ham boshlagan ekanman.... [i]May oyida[/i] - eng katta o'zgarish bu domenimizga sertifikat olganimiz ekan ya'ni https://uzmasters.ru domeni. Shu munosabat ila forumimiz tezligini va SEO ommalashtirishda ancha oldinlab olibmiz. [i]Iyun oyida[/i] - bu oyda ham dam olibman shekilli aniq katta o'zgarish kiritmabman :gg: [i]Iyul oyida[/i] - bu oyda "Qisqa link" qo'shimchasini kiritgan ekanman ammo bu hozirda noma'lum sabablarga ko'ra yaroqsiz holatda... [i]Avgust oyida[/i] - "Eng ishonchli" forumdoshlarlarni belgilab olganmiz. [i]Sentabr oyida[/i] - bu oyda faqat ogohlantirish bilan o'tgan shekilli ya'ni firibgarlar haqida va qoidabuzarliklar haqida eslab o'tganmiz! [i]Oktabr oyida[/i] - yangi domen ya'ni uzmaster.uz domeni forumimizga qo'shilgan holos. [i]Noyabr oyida[/i] - forumimizning 1 yillik yubileyini nishonlaganmiz. Forumda kichik o'zgarishlar va yangi qoidalar qo'shilgan. 2-Exlusive mehmon ya'ni "oq creacker" mehmonimiz bo'lgan oy. [i]Dekabr oyida[/i] - yangi loyixalar haqida muhokama bo'lib o'tgan. Xulosa o'rnida, 1 yil davomida biz ko'plab o'zgarishlar yuz bergan va yuqoridagilar faqat asosiy o'zgarish va qo'shimchalardan namunalar. Ban-listimizda 600 ta foydalanuvchi, Ishonchli forumdoshlarimiz 5 ta, Eng ishonchli forumdoshlarimiz 9 ta, Saytlar reytingidagi saytlar 289 ta, Do'konimizdagi mahsulotlar soni 83 ta, Faol mavzular soni 1632 ta, Forumdagi xabarlar soni 86442 ta va Forumdoshlarimiz deyarli 3100 tani tashkil etibdi.[/b][/blue]
Yuklab olish
Onlayn 193 (0/193)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa