Mavzu: 2017-sarhisobi va kelgusida rejalarimiz (SAYT HAQIDA/Forum yangiliklari) BahhTeeUz (27 Dec 2017 02:24) [blue][b]Barchaga assalomu alaykum, bu mavzu nima uchun kerak deb o'ylarsiz? 2017-yilda forumimizda nimalar ro'y berdi va qanday o'zgarishlar sizni hushnud ettiyu, qanday o'zgarishlar sizga yomon ta'sir etdi? Bu haqida fikrlaringizni batafsil yozishingiz mumkin.
Demak bu yil haqida men qisqacha yozib o'tsam:
[i]Yanvar oyida[/i] - 1-bor "Exclusive mehmon" loyihamizning 1-mehmoni SAYT.UZ hosting va domen registratori asoschisi Temur aka forumimizning ilk mehmoni bo'ldilar.
Firibgarlar bo'limi ishga tushurilib, firibgarlik qilgan foydalanuvchilarning ma'lumotlari saqlana boshladi va anchagina firibgarlik pasaydi.
Forumimizning eng faol foydalanuvchilarini taqdirlash davri bo'lib o'tdi.
[i]Fevral oyida[/i] - forumimizda html konstruktor bo'limi ochildi va ozgina vaqt ishlab, o'z faoliyatini to'xtatdi.
Forumdan xatolik topilib, forum buzilishiga salgina qolgan edi va bu xato tuzatilib, hozirda ham o'z ish faoliyatida, eslatib o'taman bu holat istalgan profillarga kirib borish xatosi edi.
[i]Mart oyida[/i] - uyg'onish oyida juda kerakli holatlar yuz bergan ekan...
"Ishonchli forumdoshlar" belgisi o'rnatilib, firibgarlarga deyarli yana bir zarba bergan ekanmiz.
Forumimizda do'kon ochilgan vaqt ham shu oyga to'g'ri kelibdi va anchagina o'z xizmatini bajarmoqda.
Reyting bo'limi - bu bo'lim ham anchagina do'stlarimizni e'tiborini qozona oldi desam yanglishmasman?
[i]Aprel oyida[/i] - menimcha dam olganman, aniq bir katta o'zgarish yoki qo'shimcha qilmabman. Lekin aniq ayta olaman o'zgartirish kiritilgan :-).
Bu oydan boshlab men musofirchilikni ham boshlagan ekanman....
[i]May oyida[/i] - eng katta o'zgarish bu domenimizga sertifikat olganimiz ekan ya'ni https://uzmasters.ru domeni.
Shu munosabat ila forumimiz tezligini va SEO ommalashtirishda ancha oldinlab olibmiz.
[i]Iyun oyida[/i] - bu oyda ham dam olibman shekilli aniq katta o'zgarish kiritmabman :gg:
[i]Iyul oyida[/i] - bu oyda "Qisqa link" qo'shimchasini kiritgan ekanman ammo bu hozirda noma'lum sabablarga ko'ra yaroqsiz holatda...
[i]Avgust oyida[/i] - "Eng ishonchli" forumdoshlarlarni belgilab olganmiz.
[i]Sentabr oyida[/i] - bu oyda faqat ogohlantirish bilan o'tgan shekilli ya'ni firibgarlar haqida va qoidabuzarliklar haqida eslab o'tganmiz!
[i]Oktabr oyida[/i] - yangi domen ya'ni uzmaster.uz domeni forumimizga qo'shilgan holos.
[i]Noyabr oyida[/i] - forumimizning 1 yillik yubileyini nishonlaganmiz.
Forumda kichik o'zgarishlar va yangi qoidalar qo'shilgan.
2-Exlusive mehmon ya'ni "oq creacker" mehmonimiz bo'lgan oy.
[i]Dekabr oyida[/i] - yangi loyixalar haqida muhokama bo'lib o'tgan.
Xulosa o'rnida, 1 yil davomida biz ko'plab o'zgarishlar yuz bergan va yuqoridagilar faqat asosiy o'zgarish va qo'shimchalardan namunalar.
Ban-listimizda 600 ta foydalanuvchi,
Ishonchli forumdoshlarimiz 5 ta,
Eng ishonchli forumdoshlarimiz 9 ta,
Saytlar reytingidagi saytlar 289 ta,
Do'konimizdagi mahsulotlar soni 83 ta,
Faol mavzular soni 1632 ta,
Forumdagi xabarlar soni 86442 ta va
Forumdoshlarimiz deyarli 3100 tani tashkil etibdi.[/b][/blue] BahhTeeUz (27 Dec 2017 02:35) [blue][b]Kelgusidagi rejalarimiz:
1) Forumdagi valyuta muomilasini qayta tartiblash va imkon qadar yengillashtirish.
2) Forumning android va web versiyalarini ishlab chiqish va wap holatni imkoni boricha rivojlantirish.
3) Eng faol forumdoshlarga loyiq mukofot berish, taqdirlash.
4) Forumdoshlar uchrashuvini tashkil etish.
5) Forumni do'stona holatga olib kelish va forumdoshlarning firibgarlarga nisbatan ma'naviyatini oshirish.
6) Firibgarlarni 95% yo'qotish ya'ni deyarli firibgarlarni yo'qotish.
7) Imkon qadar forumning dasturini yaratish, qulaylashtirish.
Bu va shu kabi samimiy loyixalarimiz oldinda, xudo nasib etib forumimizga ko'z tegmasdan o'z faoliyatini to'xtovsiz davom ettirsa ushbu rejalarni sekin-sekin ammo sifatli bajarishga harakat qilaman. Barchaga e'tibor va fikr uchun tashakkur![/b][/blue] Prince_Abdul (27 Dec 2017 07:40) Kelgusi yilga forum, forum a'zolariga va forum Admini Boburga omad tilayman! Kelgusi yilda fribgarlar yo'q bo'lib foydalanuvchilar bir-biri bilan inoq, urush janjallarsiz, bir-birimizga qo'ldan kelgancha yordam berish oddiy narsani qimmat narxda qilmasdan qilib, yasab berib obru e'tiborini ko'tarib olishi va qolgan ishlarda ham hamma foydalanuvchilarga yordam berishimizni tilayman! :zor: stylen (27 Dec 2017 07:46) --Javob-- Prince_Abdul (27 Dec 2017 07:40): Kelgusi yilga forum, forum a'zolariga va forum Admini Boburga omad tilayman! Kelgusi yilda fribgarlar yo'q bo'lib foydalanuvchilar bir-biri bilan inoq, urush janjallarsiz, bir-birimizga qo'ldan kelgancha yordam berish oddiy narsani qimmat narxda qilmasdan qilib, yasab berib obru e'tiborini ko'tarib olishi va qolgan ishlarda ham hamma foydalanuvchilarga yordam berishimizni tilayman! :zor: ---------- abdul2017, endi siznin nickiz xam abdul2018 bo'lar ekanda :D Prince_Abdul (27 Dec 2017 07:48) --Javob-- stylen (27 Dec 2017 07:46): abdul2017, endi siznin nickiz xam abdul2018 bo'lar ekanda :D ---------- stylen, hada :kozz: MrShox (27 Dec 2017 10:25) Forumga omad. Bobur qanday niyat qilgan bulsayez niyatezga erishing. Omad Ashurov (27 Dec 2017 12:09) Forumga omad :) , demak kutamiz :zor: Viruzbek (27 Dec 2017 12:22) Uzmaster.uz domeni taklif qilmaganimda sen bu domenni umuman sotib olishga e'tibor bermas eding shohrux (27 Dec 2017 12:47) omad Forumga va Bahtee ga Raxmat
BahhTeeUz (27 Dec 2017 12:57) --Javob-- Viruzbek (27 Dec 2017 12:22): Uzmaster.uz domeni taklif qilmaganimda sen bu domenni umuman sotib olishga e'tibor bermas eding ---------- Viruzbek, u vaqtda mabĺağ tomondan muammo bor edi! CTC-Moskva (27 Dec 2017 12:59) Asosiysi forum to'xtab qolmasin. Ishlab tursa sekin-sekin hammasi bo'laveradi. BaDBoY (27 Dec 2017 15:11) Asosiysi forum faoliyati toxtamasin valyuta ayirboshlash mukammal bosin va fribgarlar yoqolsin РЕЗИДЕНТ (27 Dec 2017 21:51) 1) Forumdagi valyuta muomilasini qayta tartiblash va imkon qadar yengillashtirish.
Shuni tezroq amalga oshirish kerak.BU meni filrim qolganlarni bilmadim Sunnat (28 Dec 2017 19:50) Togri Imp0rtanT O_o (28 Dec 2017 19:50) Агарда сайтнинг дастури керак булса биз дастурчилар тузиб берамиз уша дастурни! Омад! Z_e_V_e_R (28 Dec 2017 20:00) Forumda mablag' masalasi bo'yicha har kuni kunlik bonus qo'yish kerak masalan
[b]Kunlik Bonusni oling[/b]
bonus uzmlar 1 dan 5uzmgacha bo'lsa yetadi daxshat bo'ladi hammasi
Keyin faol userlarga faollik uchun biron bir medal icon yoki shunga o'xshash narsa bo'lsa zo'r bo'lardi Z_e_V_e_R (28 Dec 2017 20:04) I keyin hozirgi tanishuv saytlarnikidek bitta akkount ochgandan keyin yana reg qisa
[b]>Uzr siz bizning saytdan ro'yxatdan o'tgansiz qayta ro'yxatdan o'tish forumimiz qoidalariga zid<[/b]
shu mod borku shuni ham qo'shsa yaxshi bo'lardi UzB__MaSTeR (29 Dec 2017 19:59) Pul valyuta qo'shilgani yaxshi bo'ldi endi faqat uni 0 dan qanday o'zgartirishimizni tezro o'ylab tezro forumga e'lon qlselar cho'tki bo'lardi forsajuz (10 Jan 2018 23:22) har bir veb saytning sarlovhasida Bolishi kerak bolgan "N" ta element mavzusida 300 sozdan iborat maqola 12-yanvar soat 08:00 gacha qabul qilaman yozgan 5ming som paynet bilan taqdirlanadi sms orqali jonatish kerak +998941651856 Master_Y (11 Feb 2018 02:13) salom.. Manba: https://uzmasters.ru/forum/11/43/2272/