Kirish
Forumga a'zo bo'lish
SAYT HAQIDA | Forum yangiliklari |
Mavzu: Tabriklar va qo`shimcha qulayliklar
Mavzu fayllari (0)
1. Bahh Tee (M) (3790) [57s] |TXT| 79|12 May 2018, 02:27
Assalomu alaykum hurmatli do'stlar va forumdoshlar!
Barchangizdan uzr so'ragan holda o'tgan 9-may "Xotira va qadrlash kuni" shuningdek Sobiq SSSR ning sovuq urushdagi buyuk g'alabasi kuni bilan muborakbot etaman. Tabriklashga ochig'i vaqtim bo'lmadi, hattoki o'zimga qadrli bo'lgan onamni va do'stimni kech tabriklashga ulgurdim.
Shu qatorda barcha musulmon axlini yaqinlashib kelayotgan iyd-Ramazon oyi bilan muborakbot etib qolishga ruxsat bersangizlar. Ro'za tutayotgan musulmon va muslimalarimizga aloxida raxmat. (Adashmasam, bunga sabr tilamaydi, shu sababli, nima deyishga ham hayronman...)
Diqqat, 17-may kunidan boshlab, ushbu oy boshlanar ekan!
Forumimizdagi o'zgarish va qo'shimchalarni aytib o'tsam bo'lar endi:
1. Talab va takliflarga ko'ra blog bo'limimiz ishga tushurildi. Bu bo'lim bizga nega kerak va qanday qulayliklari mavjud?
Blog - ma'lumotlar, yangiliklar ombori. Blogda har xil turdagi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni kiritib, yoritib borishi mumkin. Blog muallifini "Blogger" deb ataymiz.
Blogni forumga ziyoni yo'qmi? Bizga qanday foydasi mavjud? Demak, forumda kerakli ma'lumotlarni postlarni va sahifalarni aylanib topib olguncha vaqtdan yutqazamiz yoki aniq forumdoshlarga yordam beruvchi ma'lumotni forumda yozish uchun forumda postlar kerak bo'ladi, shu sababli bizga bu bo'lim yordam berishiga aniq ishonaman.
Qanday qulayliklar mavjud?
1) Blog ochish uchun hech qanday to'siq mavjud emas va hozircha moderatsiya ham qo'yilmadi.
2) Blog sizga foyda keltirgan bo'lsa, unga siz raxmat aytishingiz mumkin.
3) Bloggerlar uchun top 10 talik ro'yxati va eng ko'p raxmat olgan bloglar ro'yxati mavjud.
4) Sizda shaxsiy ma'lumotingizni bo'lishish niyati bormi? Forumda shaxsiy daftar bor-ku deyishingiz mumkin ammo uni bo'lisha olmaysiz va shu sababli blogda parollangan holda ma'lumotni yetkazishingiz mumkin. Parollangan bloglar md5 shifrlash tizimida ma'lumotlar bazasida saqlandi, shu sababli parolingizni siz aytmasangiz boshqalar bila olmaydi blogingizni.
5) Shaxsiy blogingizni o'zgartirishingiz yoki umuman o'chirib tashlashingiz mumkin.
6) Blog ochish vaqtida blogingiz uchun bo'lim tanlashingiz shart yoki kerakli bo'lim orqali siz istagan ma'lumotingizni bo'limlar orqali topishingiz mumkin. Hozirda bo'limlarimiz kam shu sababli menga murojaat qilgan holda bemalol bo'lim ochtirishingiz mumkin.
7) Eng so'ngi yaratilgan bloglar bo'limi, hozirda ta'mirda bo'lgan qidiruv bo'limi, bloglar uchun bo'limlar bo'limlari mavjud.
Qo'shimcha qulayliklar:
2. WMR pul tizimi bo'yicha qulaylik, shaxsiy sahifangizga e'tibor bergan bo'lsangiz "Rubl 0.00 wmr" holatidagi yozuvga ko'zingiz tushgandur? Bu tizimga qanday pul tashlaysiz? Men worldkassa tizimi orqali forumimizni tizimga ulaganman va shu sababli sizning pulingiz worldkassa tizimida saqlanadi va shu orqali hisobingizni to'ldirishingiz mumkin.
WMR orqali savdo-UzM o'tqazish kabi boshqa forumdoshga wmr o'tqazishingiz mumkin bo'ladi ammo yaqin kunnlar ichida bu holatni aloxida parollangan tizimga o'kazmoqchiman va shunda agar profilingizni olib qo'yishgan holda ham wmrni o'tqaza olmaydi agar ikki parol bir xil bo'lmasa albatta! Pochta orqali tasdiqlashni tadbiq etmoqchi edim ammo bu bir oz noqulay va havfsizlik borasida parolga teng kela olmaydi deb o'yladim.
3. Offtopdan voz kechish niyatida "... vaqtdan so'ng yozdi" qo'shimchasi qo'shildi.
4. Shaxsiy sahifani qisqartirish maqsadida ma'lum qo'shimcha bo'limlar "Boshqa xizmatlar" bo'limiga ko'chirildi.
5. Forum do'koni to'liq tozalandi va endilikda do'konga maxsulot qo'yish faqat wmr to'lov tizimi orqali kiritiladi va to'lov shu orqali amalga oshiriladi. Ya'ni yuqoridagi wmr to'lov tizimi orqali.
Menimcha yangilar ancha tushinarli va albatta sizlarga yoqdi degan umiddaman.
6. Demak, so'ngi yangilik sizlarga ozgina yoqmasligi aniq va buning uchun uzr so'rayman!
Shu hafta ichida forumda uzulish kuzatilishi mumkin ya'ni forumni yangi boshqa serverga ko'chirish ishlari olib boriladi va shu sababli bir oz noqulayliklar bo'lishi mumkin. Bu albatta forumimizning kelajakdagi ijobiy yangi o'zgarish va qulayliklar uchun yangi bosqich ya'ni yangi davrning boshlanish vaqti deb aytgan holda niyat qilmoqdaman.
Barchangizning ishlaringizga omad, sihat-salomatlik va albatta kistangizga daromad keltirishini tilab qolaman. Barchangizni o'tgan va kelayotgan bayramlaringiz bilan yana bir bor muborakbot etaman va bizdan uzoqlashmasligingizni so'rab qolaman. Bizda hammasi hali oldinda va albatta sizlar uchun aziz do'stlar va forumimiz axli!!!
Erinmasdan o'qib chiqqaningizga qoyil va fikr bildirishingizni kutib qoldim...

Oxirgi o'zgarish: Bahh Tee (12 May 2018, 03:40)
Ijobiy (6): Afitser, OKO_CAyPOHA, Kungaboqar, Prince_Abdul, Djfayz, Sodiqbek,
Raxmat aytdi (5): Afitser, Prince_Abdul, MaSSaRi, Djfayz, Sodiqbek,
2. Afitser (38) [off] |TXT| 79|12 May 2018, 05:46
Ajoyib g'oyalarni tadbiq etyotgan ekansiz
3. ZOHIDBEKPRO (907) [off] |TXT| 78|12 May 2018, 07:04
5. Forum do'koni to'liq tozalandi va endilikda do'konga maxsulot qo'yish faqat wmr to'lov tizimi orqali kiritiladi
wmr orqali kiritiladi shunga tushunmadim do'konga maxsulot qo'yish uchun pul to'laymizmi?
4. Afitser (38) [off] |TXT| 78|12 May 2018, 07:17
Yo'q mahsulot qo'shasiz va u wmr sotiladi qanchadir minimal % bahteega qolgan barcha pul sizga
5. Bahh Tee (M) (3790) [57s] |TXT| 76|12 May 2018, 11:05
Afitser (12 May 2018, 07:17):
Yo'q mahsulot qo'shasiz va u wmr sotiladi qanchadir minimal % bahteega qolgan barcha pul sizga
Afitser, pulni qanchaduri menga? Yo'q, qanchasidur havoga ya'ni kerakli odamning elektron hamyoniga yetib borguncha havoga ketadi :gy:
4.1833333333333 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
ZOHIDBEKPRO, avvalgi holatda do'konimizga UzM so'ngra esa SO'M bilan savdo qo'yilgan edi, endilikda buni wmrga aylantirdim.
6. ZOHIDBEKPRO (907) [off] |TXT| 76|12 May 2018, 11:10
Bahh Tee (12 May 2018, 11:05):
Afitser, pulni qanchaduri menga? Yo'q, qanchasidur havoga ya'ni kerakli odamning elektron hamyoniga yetib borguncha havoga ketadi :gy:
[b]4• • •
Bahh Tee, maxsulot qo'yish shartlarini to'g'irlab qo'ying savdoda wmr maxsulot yoqmasa uzm qaytarib beriladi deb yozilgan
Maxsulot qo'shish qoidalari
1.Maxsulot, shaxsiy mulk yoki siz tomondan biror-bir o'zgartirish kiritilgan bo'lishi shart. Agar o'zgartirish kiritilgan bo'lsa, maxsulot muallifini kiriting.
2.Maxsulotni eng kam bahosi 50 wmr va eng ko'p bahosi 10000 wmr bo'lishi shart.
3.Sizning maxsulotingiz, sotib olgan foydalanuvchiga ma'lum sabablarga ko'ra yoqmasa yoki siz kiritgan tavsif bo'yicha aniq bo'lmasa, maxsulot o'chiriladi va sotib olgan foydalanuvchining UzM pul miqdori sizning hisobingizdan yechilib, beriladi. Shu sababli tavsif va kiritilayotgan mahsulot aniq bo'lsin
4.Barcha savdo kelishuvlari maxsulot fikrlarida yoki sayt shaxsiy xabarlarida bo'lishi shart. Agarda ma'lum sabablarga ko'ra sotuvchi va oluvchi o'rtasida nizo kelib chiqsa screenshotlar orqali isbotlashi shartdur,
P/S: Maxsulot va oldi-sotdi ishlari bo'yicha faqatgina Forum yaratuvchisiga murojaat qilishingiz mumkin!
Oxirgi o'zgarish: ZOHIDBEKPRO (12 May 2018, 11:12)
Ijobiy (1): OKO_CAyPOHA,
7. Bahh Tee (M) (3790) [57s] |TXT| 76|12 May 2018, 11:14
ZOHIDBEKPRO (12 May 2018, 11:10):
Bahh Tee, maxsulot qo'yish shartlarini to'g'irlab qo'ying savdoda wmr maxsulot yoqmasa uzm qaytarib beriladi deb yozilgan
Maxsul• • •
ZOHIDBEKPRO, ha, qoidalarni qayta yozib chiqaman. Bu qoidalar UzM bilan bo'lgan vaqtdagisi edi.
8. OKO_CAyPOHA (2374) [off] |TXT| 76|12 May 2018, 11:17
ZOHIDBEKPRO (12 May 2018, 11:10):
Bahh Tee, maxsulot qo'yish shartlarini to'g'irlab qo'ying savdoda wmr maxsulot yoqmasa uzm qaytarib beriladi deb yozilgan
Maxsul• • •
ZOHIDBEKPRO, Sizga juda qulay bo'ldi!!!
Ijobiy (1): ZOHIDBEKPRO,
9. wm UZBakadem (546) [off] |TXT| 76|12 May 2018, 11:30
zor yangilik
10. wm Kungaboqar (352) [off] |TXT| 75|12 May 2018, 11:51
Yaxshi bolibdi lekin bu qoshimchaga tushunmadim
3. Offtopdan voz kechish
niyatida "... vaqtdan so'ng
yozdi" qo'shimchasi
qo'shildi.

Bu nima vazifani bajaradi
11. OKO_CAyPOHA (2374) [off] |TXT| 75|12 May 2018, 11:53
Kungaboqar (12 May 2018, 11:51):
Yaxshi bolibdi lekin bu qoshimchaga tushunmadim
3. Offtopdan voz kechish
niyatida "... vaqtdan so'ng
yozdi" qo'shimchasi
qo&#0• • •
Kungaboqar, Ketma-ket javob bering, postlaringiz alohida postga emas, birta postga joylanadi..
Raxmat aytdi (1): Kungaboqar,
12. Bahh Tee (M) (3790) [57s] |TXT| 75|12 May 2018, 11:54
Kungaboqar (12 May 2018, 11:51):
Yaxshi bolibdi lekin bu qoshimchaga tushunmadim
3. Offtopdan voz kechish
niyatida "... vaqtdan so'ng
yozdi" qo'shimchasi
qo&#0• • •
Kungaboqar, post kõpaytirishni oldini oladi. Namuna: pastda yozaman
48 sekund dan so'ng qo'shdi...
Aloxida yozdim va u aloxida 13-post emas balkim 12-postga yozildi!
Ijobiy (1): Kungaboqar,
13. wenuum (5) [off] |TXT| 72|12 May 2018, 17:34
Forumimizga omad yangilikdan ko'nglim bag'oyat ko'tarildi
14. Prince_Abdul (1079) [off] |TXT| 71|12 May 2018, 19:56
Raxmat do'stim sizni ham o'tgan bayramlar bilan!!!

Ajoyib menga yangiliklar yoqdi blogni ko'rib xursand bo'ldim endi mavzularda kerakli ma'lumotni blogda yozib boramiz.

Wmr ham ajoyib ish bo'ldi.
15. Bahh Tee (M) (3790) [57s] |TXT| 63|16 May 2018, 17:20
Forum muvafaqiyatli ko'chirildi, tabriklayman :-)
Ijobiy (3): Prince_Abdul, Black-Jack, OKO_CAyPOHA,
16. Besthakker (890) [off] |TXT| 58|17 May 2018, 18:47
Bahh Tee (16 May 2018, 17:20):
Forum muvafaqiyatli ko'chirildi, tabriklayman :-)
Bahh Tee, qaysi serverga ko'chirdiz
17. Besthakker (890) [off] |TXT| 58|17 May 2018, 20:53
Avvalam bor uzur nimagadur forumda postimga javob bersa men ko'raman disam bunaqa chiqib qolayapdi


Johnny sizning forumdagi >> xabaringizga javob berdi.


Forumda hato bo'limini topa olmadim shu sabab shuyerga yozdim
18. Bahh Tee (M) (3790) [58s] |TXT| 58|17 May 2018, 20:56
Besthakker (17 May 2018, 20:53):
Avvalam bor uzur nimagadur forumda postimga javob bersa men ko'raman disam bunaqa chiqib qolayapdi


Johnny sizni• • •
Besthakker, to'g'irlandi va bunday xatolikni forumdagi xatoliklar mavzusida yozing!
19. wm Narzullo (521) [off] |TXT| 22|22 May 2018, 12:22
Forumimizga omad yangilikdan ko'nglim bag'oyat ko'tarildi.
20. RM_FANAT (25) [off] |TXT| 12|20 Jun 2018, 13:16
Bahh Tee (12 May 2018, 11:14):
ZOHIDBEKPRO, ha, qoidalarni qayta yozib chiqaman. Bu qoidalar UzM bilan bo'lgan vaqtdagisi edi.
Bahh Tee, Namuncha köp yozvordiz.
12>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2603
Mavzuga oid xabarlar soni: 21 ta
So'ngi faollik vaqti: 20 Jun 2018, 16:42
Onlayn 71 (17/54)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa