Mavzu: 2018-yil hisoboti va kelgusi rejalar
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 58| 4 Jan 2019, 04:47
Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar va saytimiz a'zolari! Bu an'anani davom etgan holda o'tgan yil uchun ham hisobot yozishga axd qildim. (Kechikkanim uchun uzr!)
Demak o'tgan yil davomida:
Yanva oyida - olamshumul yangilik bo'lmagan ekan.
Fevral oyida - keraksiz mavzulardan "chiqish" qulayligini qo'shgan ekanman.
Mart oyida - serverda ko'chish va "telegram messenjeri orqali saytdagi holatdan xabardor bo'lish" imkoniyatini va guruh bo'limini qo'shgan ekanman.
Aprel oyida - yangi boshqaruv tizimi ya'ni vilayatlar aro boshqarish tizimini sinab ko'rishni boshlagan oy ekan.
May oyida - Blog bo'limi ishga tushgan oy. WMR pul tizimini qo'shgan oy. Do'konni wmr pul tizimi orqali to'lash mumkin bo'lgan oy va yana yangi serverga ko'chish oyi ekan.
Iyun oyida - sirli muloqot bo'limi (men istagan eng katta bo'lim) ishga tushurilgan ekan.
Iyul oyida - dam olish oyi shekilli)))
Avgust oyida - 2-oy dam olishmi nima? .voyy.
Sentabr oyida - saytni boshqarish huquqini beruvchi tanlov o'tkazilgan ekan. Yuklamalar bo'limi ishga tushurilgan ekan.
Oktabr oyida - domenni ro'yxatdan o'tkazish bo'limi (muvafaqiyatsiz) va ma'muriyat tanlovi amalga oshirilgan ekan.
Noyabr oyida - ajax texnologiyasidan ozgina foydalanmoqchi bo'lganman va saytimizdagi ilk o'yinlar ya'ni bowling va futbol bo'limlari qo'shilgan.
Dekabr oyida - yildagi 3-marotaba serverni ko'chirish, click-club bo'limidagi katta o'zgarish va Ma'muriyat a'zosi bo'lmish adminkamiz Erkatoy tomonidan yil davomidagi turli xildagi nominatsiyalar asnosidagi tanlov e'lon qilindi va taqdirlanishgan.
Bundan tashqari ko'plab o'zgarishlar va qo'shimchalar amalga oshirildi. Aytaylik saytimizning MySQL bazaga ulanish turidan MySQL(i) ulanish turiga ko'chirilishi. Saytning tashqi ko'rinishing o'zgarishi va optimizatsiyalash shuningdek, saytning SEO ko'rsatgichining oshishini ta'minlash kabi ko'plab ishlar amalga oshirilgan.
Qisqa qilib aytganda, o'tgan yil va'da qilgan rejalarimdan aynan nimalar amalga oshdi va amalga oshmadi:
1) Forumdagi valyuta muomilasini qayta tartiblash va imkon qadar yengillashtirish. (50%)
2) Forumning android va web versiyalarini ishlab chiqish va wap holatni imkoni boricha rivojlantirish.(25%)
3) Eng faol forumdoshlarga loyiq mukofot berish, taqdirlash.(25%)
4) Forumdoshlar uchrashuvini tashkil etish.(0%)
5) Forumni do'stona holatga olib kelish va forumdoshlarning firibgarlarga nisbatan ma'naviyatini oshirish.(75%)
6) Firibgarlarni 95% yo'qotish ya'ni deyarli firibgarlarni yo'qotish.(75%)
7) Imkon qadar forumning dasturini yaratish, qulaylashtirish.(0%)
Ko'rib turganingizdek berilgan va'daning deyarli yarimini bajarganman. Qolgani qani degan savolingizga javob bera olmayman uzr!
Kelgusi rejalar:
1. O'tgan yilgi qolgan va'dalarni bajarish.
2. Saytdagi noqulayliklarni bartaraf etish.
3. Imkon qadar yordam qo'lini cho'zish.
4. "UzMasterS Group" ni tashkil etish
5. CMS yaratishni o'rganish, o'rgatish va "UzMasterS Group" muallifligida uni tarqatish.
6. Yosh va iste'dodli foydalanuvchilarimizga yo'l berish, imkon yaratish, ustoz bo'lish.
Shu va shu kabi imkoni bor va alloh nasib etsa keyingi yil yuqoridagi yozilgan va'dalarni 100% bo'lmasa ham 90% ini amalga oshiramiz degan umiddaman.
Barchaga ushbu uzoq postni o'qiganligi uchun tashakkur va omadlar yor bo'lsin!

Ijobiy (8): Kungaboqar, Brigand, Arey, Black_Xaker, QIROLUS, Нарзулло, fokuschi, Ashurov,
Raxmat aytdi (3): Kungaboqar, Brigand, QIROLUS,
2. UmA (457) [off] | TXT | 58| 4 Jan 2019, 04:51
Ishlarga omad, forum rivojlanishda davom etaversin.
3. Zenit (414) [off] | TXT | 57| 4 Jan 2019, 06:17
Qanday qilib Telegram orqali forumni kuzatib borsa bo'ladi
4. uZaFaRaP (405) [off] | TXT | 55| 4 Jan 2019, 07:41
Zenit (4 Jan 2019, 06:17):
Qanday qilib Telegram orqali forumni kuzatib borsa bo'ladi
Zenit, Uzmasters.ru boti borku telegram da chatda, mavzularda, sh/x da habar kelsa o'sha botga boradigan

Telegram: Contact @uzmastersmsgBot

https://t.me/uzmastersmsgBot

5. Brigand (519) [off] | TXT | 53| 4 Jan 2019, 08:29
BahhTeeUz (4 Jan 2019, 04:47):
[blue][b]Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar va saytimiz a'zolari! Bu an'anani davom etgan holda o'tgan yil uchun ham hisobot yozish• • •
BLACK_LION, UzMasterS Group yoqdi! Bu gurux yosh masterlarga saboq berish, yosh masterlarga yordam qölini chözish maqsadida tashkil qilinadimi?
Ijobiy (1): Arey,
6. King2000 (88) [off] | TXT | 50| 4 Jan 2019, 09:39
Forumga omad yuksalaversin iloyim :)
7. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 46| 4 Jan 2019, 11:26
Brigand (4 Jan 2019, 08:29):
BLACK_LION, UzMasterS Group yoqdi! Bu gurux yosh masterlarga saboq berish, yosh masterlarga yordam qölini chözish maqsadida tashkil q• • •
Brigand, Ko'ramiz, avvalo tuzib olaylikchi!
Ijobiy (2): Black_Xaker, Brigand,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3028
Mavzuga oid xabarlar soni: 33 ta
So'ngi faollik vaqti: 26 Jan 2019, 20:07
Mavzuni ko'rishgan: 63 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 118 (0/118)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru