SAYT HAQIDA
|
Forum yangiliklari
|
Mavzu:
Muborak bo'lsin, Ro'zayi-Ramazon!
Mavzu fayllari
(0)
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan, Bu oy "Qur'on" nozil bo'lgan oy ekan, Ro'za tutgan zot iymonga boy ekan, Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak. Ro'za bizga yordam qo'lin uzatmish, Takabburlar axloqini tuzatmish. Rasululloh yig'lab uni kuzatmish, Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak. Miskinlarni boy yedirib ichirsin, Arazlashgan bir-birini kechirsin, Olloh olov kamzullarni yechirsin, Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak. Bo'lsang uyda, xoh dalada, adirda, Uxlab yotma sen Laylatul- qadrda. Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda, Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak. Ro'zamizni Olloh uchun tutaylik, Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik, Mangu xuzur-xalovatga yetaylik, Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak! Qabul qilsin SubhonOlloh Taborak
Yuklab olish
Onlayn 153 (0/153)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa