Mavzu: Latifachi USER larimiz uchun maxsus (SAYT HAQIDA/Forum arxivi) MrRafael (8 Nov 2016 08:21) Komediya yozing doniyor (11 Nov 2016 13:07) Kechasi tushimda,
Kunduzi xushimda.
Doimo hayolimda,
Qarashlariz sehrli.
Ma’no to‘la mehrli.
Sizsiz hayotim zerikarli,
Debdi sichqon mushukka,
Bekinvolib teshikka:)
doniyor (12 Nov 2016 09:57) Uch kampir gaplashib o‘tirishgan
ekan. 60 yoshdagisi aytibdi: Ko‘z
tegmasin, haliyam ko‘zim
ko‘radi, ignaga ipni ko‘zoynaksiz
o‘tkfzaman debti. 70 yoshdagisi:
Ko‘z tegmasin, haliyam
quloqlarim yaxshi eshitadi debti.
80 yoshdagisi aytibdi: Ko‘z
tegmasin, bitta yarimtasi zo‘rlab
ketmasa, haliyam qizman debti :D
Akbarali (12 Nov 2016 10:29) Va gapyo BaDBoY (14 Nov 2016 05:11) Yana bomi KrBoy (17 Nov 2016 01:46) Uzforda yozgandim. Bu yerga joylasam ayb ish qilmaymanmi? :)

Uzfor ma'muriyat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasining, Ustyurt tumaniga toqqa chiqishga, dam olishga keldi. Dam olib, qor o'ynab, chang'i uchib, kechqurun Nukusdagi "Toshkent" mehmonxonasida tunashdi. Ma'miriyat a'zozi SrdMusic u yerda ishlaydigan qizni sevib qoldi. Qizni sevgisi ishontirishga harakat qilar edi. Nihoyat, u tegishga rozi bo'ldi. Faqat u qizni, Qoraqalpog'iston urf-odatlariga muvofiq olib qochish kerak edi. U qayerga olib qochishni bilmay ohiri BestMaker ning uyiga olib qochishni kelishib oldi. Unga harajatlar uchun 100 so'm berdi. Olib qochadigan kun keldi.
Qiz: Alo, kelyapsizmi?
SrdMusic: Ha, yetib qoldik. Tayyor tur!
Qizning yoniga Lacetti kelib to'xtadi va ichidan CHEfan va TIMUR chiqib qizni mashinaga sudrab oborib tiqdi. Qiz o'zicha voyvoyni solib dod soldi va CHEfanning ko'zini ko'kartirdi. Rulda ORION yonida SrdMusic. Hullas BestMakerning uyiga keldi. U yerda Jetfire, AkMaL, admin, MrShahzodbek, Eagle, Vexare kutib turgandi. Hullas yetib kelishdi. Hamma CHEfanning ustidan kuldi. :D Harry Ali ni chaqirtirishdi. U kelib nikoh o'qidi. Hullas qizni olib ketishdi.
To'y kuni keldi. To'yni tabdabali qilib o'tkazishdi. Hamma shu joyda! Hatto firibgarlar ham. Ular forumda firibgarlarik qilgani yetmagandek to'ydan ham narsa o'marishga kirishdi. Mayda-chuydalar yugurib yurishibdi. HASANCHIK rossa ko'p ovqat yer ekan. Men unga to'yxonodan konfet olib kel dedim. U olayotgan payt TEMUR ko'rib qolibdi. Uni ortiqcha harakat qilma deb 3 soat shkafga qamab qo'ydi. Hullas to'y qiziqarli o'tyabdi. Kuyov va kelinning yonida Jetfire va Unknown. ADESIGN, SnipeR, Сирожиддин Baklajanga o'ynayapti. Mr_Khasanboy ansabilchi. Musiqalarning eng zo'rlarini qo'ymoqda. Administratorlar bir stulda o'tirishibdi. Bo'lgan ishlarni muhokama qilyapti. Harry Ali ga esa hechnarsa yoqmayapti. Hullas Gulyanka vaqti keldi. 6 ta Malibu tayyor. Kelin-kuyov Malibuga o'tirishdi. Shopir esa MrShahzodbek. Shu mashinada aylanib yurishibdi. Bekislomning kayfi oshgan tekilli TEMUR ning Malibusini bilmay urib yubordi. Jahli chiqgan TEMUR, Bekislomni 2026-yilgacha uzforda banladi. Hullas to'y o'tdi. Bekislom TEMUR ning mashinasini ta'mirlatib berdi va BAN dan chiqdi. SrdMusic esa shaxsan Jetfire sovg'a qilgan choponni yo'qotib qo'ydi. U chopon Bahh Tee ning uyidan chiqdi. Qaytarganiga qaramay uni banlab tashlashdi. Bahh Tee arazlab o'ziga forum sayt ochib oldi. HASANCHIK esa ko'rinmay ketdi. U hali ham shkafni ichida yig'lab o'tirgan ekan. SrdMusic bolali bo'ldi ismini Uzfor qo'ymoqchi edi. Xotini bunga rozi bo'lmadi. Hozir uning uyida har hafta ro'znoma chiqib turadi. Ko'pincha MUSHTUM ga xotini tushadi :D. Lekin ular baxtli hayot kechirmoqda! Film tugadi. KrBoy (17 Nov 2016 01:48) ADMIN, qo'pol hazil uchun uzr :) ))) BaDBoY (17 Nov 2016 01:53) sal yemapti RichBoy (20 Nov 2016 16:13) daxxshat e uzforni o'zida yozirh kerak edi:lol: doniyor (20 Nov 2016 17:23) :tanc: doniyor (20 Nov 2016 17:25) Bir kuni duxtirlar jindilarni
sinamokchi bulib devolga
mashinani suratini chizib
jindilarga chikinglar ketamiz
debdi-? jindilar birin - ketin
devolga borib urilibdi lekin bir
jindi urnidan turmabdi sungra
duxtur yoniga kelib sen
mashinaga chikmaysanmi desa ?
jindi javob beribdi mashinani
kaliti mendaku " ZIYoDULLO"
+
Nodirali (6 Dec 2016 18:02) --Javob-- KrBoy (17 Nov 2016 01:46): Uzforda yozgandim. Bu yerga joylasam ayb ish qilmaymanmi? :)

Uzfor ma'muriyat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasining, Ustyurt tumaniga toqqa chiqishga, dam olishga keldi. Dam olib, qor o'ynab, chang'i uchib, kechqurun Nukusdagi "Toshkent" mehmonxonasida tunashdi. Ma'miriyat a'zozi SrdMusic u yerda ishlaydigan qizni sevib qoldi. Qizni sevgisi ishontirishga harakat qilar edi. Nihoyat, u tegishga rozi bo'ldi. Faqat u qizni, Qoraqalpog'iston urf-odatlariga muvofiq olib qochish kerak edi. U qayerga olib qochishni bilmay ohiri BestMaker ning uyiga olib qochishni kelishib oldi. Unga harajatlar uchun 100 so'm berdi. Olib qochadigan kun keldi.
Qiz: Alo, kelyapsizmi?
SrdMusic: Ha, yetib qoldik. Tayyor tur!
Qizning yoniga Lacetti kelib to'xtadi va ichidan CHEfan va TIMUR chiqib qizni mashinaga sudrab oborib tiqdi. Qiz o'zicha voyvoyni solib dod soldi va CHEfanning ko'zini ko'kartirdi. Rulda ORION yonida SrdMusic. Hullas BestMakerning uyiga keldi. U yerda Jetfire, AkMaL, admin, MrShahzodbek, Eagle, Vexare kutib turgandi. Hullas yetib kelishdi. Hamma CHEfanning ustidan kuldi. :D Harry Ali ni chaqirtirishdi. U kelib nikoh o'qidi. Hullas qizni olib ketishdi.
To'y kuni keldi. To'yni tabdabali qilib o'tkazishdi. Hamma shu joyda! Hatto firibgarlar ham. Ular forumda firibgarlarik qilgani yetmagandek to'ydan ham narsa o'marishga kirishdi. Mayda-chuydalar yugurib yurishibdi. HASANCHIK rossa ko'p ovqat yer ekan. Men unga to'yxonodan konfet olib kel dedim. U olayotgan payt TEMUR ko'rib qolibdi. Uni ortiqcha harakat qilma deb 3 soat shkafga qamab qo'ydi. Hullas to'y qiziqarli o'tyabdi. Kuyov va kelinning yonida Jetfire va Unknown. ADESIGN, SnipeR, Сирожиддин Baklajanga o'ynayapti. Mr_Khasanboy ansabilchi. Musiqalarning eng zo'rlarini qo'ymoqda. Administratorlar bir stulda o'tirishibdi. Bo'lgan ishlarni muhokama qilyapti. Harry Ali ga esa hechnarsa yoqmayapti. Hullas Gulyanka vaqti keldi. 6 ta Malibu tayyor. Kelin-kuyov Malibuga o'tirishdi. Shopir esa MrShahzodbek. Shu mashinada aylanib yurishibdi. Bekislomning kayfi oshgan tekilli TEMUR ning Malibusini bilmay urib yubordi. Jahli chiqgan TEMUR, Bekislomni 2026-yilgacha uzforda banladi. Hullas to'y o'tdi. Bekislom TEMUR ning mashinasini ta'mirlatib berdi va BAN dan chiqdi. SrdMusic esa shaxsan Jetfire sovg'a qilgan choponni yo'qotib qo'ydi. U chopon Bahh Tee ning uyidan chiqdi. Qaytarganiga qaramay uni banlab tashlashdi. Bahh Tee arazlab o'ziga forum sayt ochib oldi. HASANCHIK esa ko'rinmay ketdi. U hali ham shkafni ichida yig'lab o'tirgan ekan. SrdMusic bolali bo'ldi ismini Uzfor qo'ymoqchi edi. Xotini bunga rozi bo'lmadi. Hozir uning uyida har hafta ro'znoma chiqib turadi. Ko'pincha MUSHTUM ga xotini tushadi :D. Lekin ular baxtli hayot kechirmoqda! Film tugadi. ---------- KrBoy, Maza qilib kuldim raxmat sizga KrBoy (7 Dec 2016 02:52) --Javob-- RichBoy (20 Nov 2016 16:13): daxxshat e uzforni o'zida yozirh kerak edi:lol: ---------- RichBoy, yozdim. O‘chirib tashlashdi ))) RichBoy (7 Dec 2016 06:46) --Javob-- KrBoy (7 Dec 2016 02:52): RichBoy, yozdim. O‘chirib tashlashdi ))) ---------- KrBoy, :lol: QaLQoN (27 Jan 2017 19:30) Tiqilinch avtobusda bir askar o`tirib olib, atrofdagilarga etibor bermasdan ketmoqda. Shu vaqt uning yonida tik turgan erkak debdi: - Nahotki armiyada sizlarga ayollarga joy berish lozimligini o`rgatmagan bo`lishsa? Askar o`rnidan turibdi va qizargancha debdi: - Kechirasiz, men sizni erkak deb o`ylabman QaLQoN (27 Jan 2017 19:32) Qizlar Yigitila Ichmasa, Chekmasa, Qizla Bilan Gaplawmasa, Har Yarim Soatda Tel Qiptursa, SMSilaga Hali Dastavlenya Kemasidan Atvet Yozsa, Silarga Xiyonat Qimasa, Ko`chada Daydib Yurmasa, Faqat Silani Sevsa, Ertalaptan Kechgacha Yonilada Yursa, Ko`zi Boshqa Qizi Ko`rmasa --> Turtib Ko`rilachi o`lib Qomaganmikin QaLQoN (27 Jan 2017 19:32) Xotin eriga: — Meni hech qaerga olib bormagansiz...! Er: — Mayli, ertaga axlat tashlashga birga olib ketaman QaLQoN (27 Jan 2017 19:32) qiz bola nomidan profil ochgan bolaga xat kepti - qalaysiz dugon 2 miz dugona bulaylik bola qarasa qizni rasmi juda chiroyli ekan bola shunda - yaxshisi sevishaylu - qatta kurgansiz 2 qizni sevishganini deb yozibdi qiz bola -man o`g`il bolaman desa otvet kelibti - blin san xam o`g`il bolamiding QaLQoN (27 Jan 2017 19:33) Ota o`g`lidan so`ramoqda: — Bugun seni doskaga chaqirishdimi? — Ha, ertaga esa sizni chaqirishadi QaLQoN (28 Jan 2017 13:53) Vrachlar jinnixonaga malibuning rasmini ilib qo‘yishibdi, hamma jinnilar: u meniki, yo‘q meniki deb talashayotganmish, shunda bir jinni chetda indamay o‘tirganmish. Vrachlar: — Sen nimaga talashmayabsan, desa — Kaliti menda, mashina qayoqqa borardi, dermish QaLQoN (28 Jan 2017 13:53) Bir kuni xuroz sigirga
- ey sigir ertaga seni sogishganda kuprok sut bermasang seni kassobga bervoradikan. Men eshitib koldim debti.
Ertasiga sigirni sogishsa 25litr sut beribdi. Sigirni egasi xursandligidan juralariga xurozni suyib shurva kilib beribdi QaLQoN (28 Jan 2017 13:54) Qiz b/n bola uchrawuda o'piwvotganda bola ko'zini ochib qarasa qizzi ko'zi ochumiw, bola so'rabdi ne ko'zini yummisan desa, qiz o'tkan safar telfo'nimni oldirib qo'yganidim dipti..... QaLQoN (28 Jan 2017 13:54) Qunduz amaki bizaga ertak aytip bering narmalnisidan 3 ta ch6chqa borekan uf uf yana ummonmi? QaLQoN (28 Jan 2017 13:54) Yarim kechasi. - xotin tur, yomon tush ko`rdim. Tushimda qassobxonada boshimni chopib olishibdi. - voy men bunaqa tush ko`rsam o`lib qolsam kerak. - men xar xolda erkakman shuning uchun siyib qo`ya qoldim. QaLQoN (28 Jan 2017 13:54) Ochdan o'lgandan, Yorilib o'lgan yaxwi. QaLQoN (28 Jan 2017 13:54) Diqqat e'lon: kecha kechqurun 100 so'm tuwirip qoldirilgan, topganlarga 100 so'm b.n mukofotlanadi QaLQoN (28 Jan 2017 13:55) Bir kuni askarlar safidan general bir askarni chaqiribdi. Oddiy askarMahmud Qilichov ikki qadam oldinga! Mahmud Qilichov qo`lidagi qurol bilan ikki qadam oldinga chiqib: "Oddiy askar M. Q xizmatga tayyor" debdi! Shunda general qo`lingizdagi narsa nima? deb murojaat qilibdi! Oddiy askar M. Q: "bu miltiq" deb javob beribdi.General:"uyatsiz bu sening oring, nomusing, boring, hayoting,vataning himoyachisi" deb aytibdi.Askar M. Q: tushunarli deb safga qaytgach... General ikkinchi askarni chaqiribdi! Ikkinchi askardan ham huddi shu savolni so`rasa Ikkinchi askar: "bu Mahmudning ori, nomusi, bori, hayoti. Uning vatani himoyachisi! QaLQoN (28 Jan 2017 13:55) Bir polkovnik baliq tutish niyatida kun bo`yi soyga qarmoq tashlab o`tiribdi. Qani endi birorta baliq ilinsa! Polkovnik tez-tez cho`ntagidan ro`molchasini olib taqir boshlarini artib qo`yardi. Oxiri toqati toq bo`lib dedi: - Uf-f, bu lanatilarga buyruq berib bo`lmasa QaLQoN (24 Feb 2017 22:11) Hozirgi yigitla sevgan qiziga
jonini bersa beradiki....
Lekin Logn Parolini
bermaydi....! Talant2017 (24 Feb 2017 22:52) Бир туй ярим тунгача давом этипти шунда уртакаш келин куёвни кузатиб куяйлик деб дуо килиш учун бир отахонни таклиф кипти отахон хам ширакайф булиб утирган экан. Уртакаш отахонга нокулай булмасин деб отахонни кулогига замонавий булютуз микрафон такиб куйипти отахон буни тушунмай уртакашга караб манга микрафон бер депти. Отахон гапираверинг сизни хамма эшитаяпти деса отахон жахил билан манга микрафон бер деса у отахонга битта стаканни тутказиб гапиринг деса отахон стаканни оволиб ассалому алайкум азиз мехмонлар мана бугун жиянимиз Абдусаттор ва келинимиз дебтию келинни исми эсига келмай стаканниоркасига бекитиб уртакашга караб анави канжикни исми нима эди дермиш.. :joy: :joy: :joy: Talant2017 (24 Feb 2017 22:58) ДАН ходими ВМW Х5 ни
ту'хтатди. Рулда битта бомж
(алкаш) у'тирганмиш.
Хужжатларини ку'рса жойида,
хайрон булиб су'рабди
- Машинани к,аердан олдинг
- Ишлаб топдим
- К,анак,а к,илиб
- Айтсам барибир ишонмайсан
- Айтчи
- Мени тезагим шифобахш,
агар кал жойингга суртсанг соч
чикади
- Бу'лиши мумкин эмас
- Айтдимку барибир
ишонмайсан деб
- К,ани машинадан тушчи бир
синаб ку'райлик- деса
Бомж машинадан тушиб бир
четга чичгани у'тибди.
Машинани орк,асида иккита
бойвачча у'тирган экан,
биттаси шеригига
- Агар мана шуниям бошига
тезагини суркаса
квартирамниям подарка
к,иламан- дермиш. Talant2017 (24 Feb 2017 23:00) Bir kampir cholini tug'ilgan kuniga sovg'aga kalish sotib olibdi karopkaga solib ber desa magazinchi karaopka qolmabdi deb uzur so'rabdi. Kampir aptekaga kirib karopka so'rabdi aptekachi chiroyli karopka beribdi Kampir kalishni karopkaga solib aftobusga chiqibdi Aftobusdagi ayollar kampirni qo'lidagi karopkaga qarasa 1000 dona prezirvatif deb yozilgan ekan Kampir bundan bexabar Sho'xroq bir kelinchak xolajon qo'lizdagini kimga oldiz debdi Kampir cholimga sovg'aga debdi sovg'angiz qanchaga yetadi desa Kampir bilmadim hozirgi rezinkalar yupqalashib ketgan cholim judayam harakatchan 1-2 oyga yetar dermish. Talant2017 (24 Feb 2017 23:01) Янги узбек балик овига чикиб кармок ташаб утирса, олдига бир курбака сакраб сакраб келиб.
---Хой йигит, мен сехрланган курбакаман мени уйинга обориб ёстик устига куйиб упсанг чиройли кизга айланаман деса,
---Ооо зурку, яхши мен сени уйимга обораман, ёстикча устига куяман аммо упмиман.
---Нега энди мен чиройда тенгсиз кизга айланаман, хохласанг сеники буламан.
---Эээ чиройли телкаларим тикилиб ётибди, аммо гапирадиган курбака бу "круто". Nodirali (25 Feb 2017 10:57) Eronning futbol terma jamoasi murabbiysi sehrli chiroqdan chiqqan jindan so`rabdi:
— Qachon meni jamoam jahon chempionatiga chiqadi?
Jin:
— 2024 yilda, - debdi. Murabbiy yig`lab:
— Men u kunlarni ko`rmasam kerak, - debdi.
Yaponiya, Koreya, Qatar futbol jamoalarining murabbiylari ham jinning javoblaridan yig`lab:
— Biz u kunni ko`ra olmasak kerak, - deb ketishibdi.
Oxiri navbat bizning murabbiyga kelibdi:
— Qachon meni o`yinchilarim jahon chempionatiga chiqishadi? - desa,
Jin yig`lab:
— U kunlarni ko`rish menga nasib qilmasa kerak, - dermish. Nodirali (25 Feb 2017 10:57) Bir odam folbindan qarz ekan. Haligi odam folbinni uyiga qarzini so`rab borsa:
— Nima qilardingiz ovora bo`lib?! Menda pul yo`qligi folingizda ayon bo`lmadimi? - dermish. Nodirali (25 Feb 2017 10:58) Praporshik askarlarga yangi ishlab chiqilgan tank haqida so`zlab beryapti:
— Qarshingizda fan va texnikaning so`nggi yutuqlari ila yaratilgan jangovar mashina turibdi. Ushbu tank bortiga kompyuter o`rnatilgan bo`lib...
— O`rtoq praporshik, o`sha kompyuter tezligi haqida ham to`xtalib o`tsangiz, iltimos.
— Ovsarlar uchun alohida ta’kidlab o`taman. Kompyuter tank harakatining tezligi bilan teng harakatlanadi Nodirali (25 Feb 2017 10:59) Sen haqingda hamma narsani bilaman:
1. Hozir Internetda o`tiribsan.
2. Sen saytdasan.
3. Sen hozir buni o`qiyapsan.
5. 4-band yo`qligini payqamading.
6. Ana, tekshirib ko`ryapsan.
7. Endi jilmayding.
kulgu.uz sayti bilan hamisha kayfiyating a’lo bo`lsin. Nodirali (25 Feb 2017 10:59) Bir yigit do`stiga gapirib beryapti:
— Yo`lda ketayotsam, osmondan oldimga "Tap" etib qurbaqa tushdi.
Yerda yotgan toshga urildi-yu, go`zal qizga aylanib qoldi.
— Chiroyli qizmi?
— Ha, juda-yam...
— Aqillimi?
— Ha, dono!
— Unday bo`lsa, yerdagi toshga juda qattiq urilgan ekan-da... Nodirali (25 Feb 2017 11:00) "Ertaga bajararman..." degan so`z qiyin vazifalar uchun eng ma’qul yechimdir! Nodirali (25 Feb 2017 11:00) Ikkita odam baliq tutib o`tirib, bir qadahdan aroq quyishibdi. Shu payt qarmoqqa baliq ilinibdi. Aroqni yoniga qo`yib, qarmoqni tortib chiqarsa, baliq "Shalop" etib aroqni ichiga tushibdi.
Jahl bilan aroqni ko`lga to`kib tashlabdi. Aroqni ichidagi baliq suvga qaytib tushib, sheriklariga maqtanibdi:
— Tepada ikkita ovchi ushlagan baliqlariga bir qadahdan aroq quyib berib, yana suvga tashlab yuboryapti, - dermish. Nodirali (25 Feb 2017 11:02) Yuqori qavatdagi qo`shnim ertalab bolasiga shunaqa qattiq baqirdiki, men ham bir zumda xonamni yig`ishtirib, issiq kiyimlarimni kiyib oldim. Nodirali (25 Feb 2017 11:02) Bir erkak har doim xizmat safaridan qaytishda xotiniga qo`ng`iroq qilib:
— Azizam, men bir soatda boraman, - deb qo`yarkan.
Bir safar eri qo`ng`iroq qilmasdan, to`ppa-to`g`ri uyga kelaveribdi. Eshikni ochib kirsa, xotini jazmani bilan o`tirgan emish.
Sekin oyoq uchida ko`chaga chiqibdi-da, qo`ng`iroq qilib:
— Azizam men yetib keldim, hozir uyga kiraman, - debdi. Kirsa, uyda xotinidan boshqa hech kim yo`q! Shunda haligi erkak chuqur ho`rsinib:
— Ikki "sent"ni tejayman deb, oilam buzilib ketay dedi-ya, - degan ekan. Nodirali (25 Feb 2017 11:03) Xotinim-yurist, xotinimning akasi-prokuror, opasi-yuridik fanlari nomzodi, qaynotam-bosh prokuror, qaynonam-yurist maslahatchi.
Xudo ko`rsatmasin, xotinim bilan ajrashadigan bo`lsam... Nodirali (25 Feb 2017 12:33) Onasi qo`lida kichkina bolakayni ko`tarib ketayotsa, haligi bola hadeb o`tgan-ketganlarga, — Jo`na, yo`qol, bor ket! - deb baqiraverarkan.
Bir kishi:
— Hoy bola, o`zi kichkina bo`lsang, yurishni ham bilmasang... Namuncha yomon so`zlarni gapiraverasan?! Bas qil! - debdi.
Bolakay:
— Siz-chi, yurishni bilasizmi? - desa, kishi:
— Ha, bilaman, - debdi.
— Unaqada jo`na, yo`qol, bor ket! - dermish yana bolakay.. Nodirali (25 Feb 2017 12:33) Xotini eriga maqtanibdi:
— Adasi, bilasizmi, men ertaklar mamlakatidan kelganman...
Eri ensa qotirib:
— Qanaqa mamlakatdan?
Xotini:
— Go`zal va mehribon malikalar yashaydigan mamlakatdan!
Er:
— Ha, haydab yuborishdimi??? Nodirali (25 Feb 2017 12:34) Arman ishga joylashish uchun nufuzli tashkilotga kelib oliy ma`lumot haqidagi diplomini ko`rsatdi. Tashkilot rahbari so`radi:
— Bu diplomni qayerdan sotib olding?
— Nega endi arman bo`lsa, diplomni sotib olgan chiqaveradimi? Sovg`a qilishgan! Nodirali (25 Feb 2017 12:35) Ona qo`shnisiga maqtanyapti:
— Bilasizmi, qizim Hilolaxon atigi olti yoshga to`lgan bo`lsayam ingliz tilini, algebrani o`rganyapti. Qizim, algebrachasiga «Salom» so`zini aytibber! Nodirali (25 Feb 2017 12:36) Xotini ko`zgu oldida o`ziga oro berib eriga maqtana boshlabdi:
— Bilasizmi? Bugun kosmetologga borgandim. U meni yuzimni 18 yoshli qiznikiga o`xshatdi.
Eri ensa qotirib:
— 48 yoshli ajinlaring haqida hech nima demadimi, - desa, xotini jahl bilan:
— Yo`q! Sizni so`ramadi, - dermish. Nodirali (25 Feb 2017 12:37) Xafta qanday davom etadi bilasizmi?
Duuuuuushaaaaanbaaaa
Seeeeeeshaaaaanbaaaa
Choooorshaaaaaanbaaaa
Paaaayshaaaaaanbaaaa
Juuuuumaaaaaa
Shanba, Yakshanba.. Nodirali (25 Feb 2017 12:38) - Dunyoda eng ko`p tarqalgan uchta so`zni bilasizmi?
- I LOVE YOU?
- Yo`q
- Nima unda?
- MADE IN CHINA.. Nodirali (25 Feb 2017 12:38) Haqiqat egiladi, bukiladi hatto sinishi ham mumkin ekan faqat MADE IN CHINA bo`lsa Nodirali (25 Feb 2017 12:39) Qiziq ma`lumot.
Savol:
- Nimaga ovqat yegandan keyin odamning uyqusi keladi?
Javob:
- Chunki qorindagi teri taranglashib tortilib buni ta`sirida ko`z qovoqlari yumiladi... Nodirali (25 Feb 2017 12:40) Qale yana kerakmi? QaLQoN (6 Mar 2017 15:49) Bir odam Moskvadan ona yurti
Jizzaxga samalyotda kelibdi.
Samolyotdan tushar tushmas
xojatxonaga qarab yuguribdi.
Xojatxonaga kelib eshikka
qarasa,eshiklarning biriga "M" biriga esa "Ж" deb yozib qo'yilgan ekan.U
odam "M" bu Moskvaliklar degani. "Ж"
esa jizzaxliklar degani deb "Ж"
yozilgan joyga kiribdi. Kirigani bilan
ichkaridagi barcha ayollar baqirib yuboribdi.U odam esa "QIZLAR SILAR BEMALOL Men HAM JIZZAXLIKMAN"
dermish QaLQoN (10 Mar 2017 09:03) Bг Qιz ραχтαÐα ςHαгςHαB υχlαB Qσρтι, υηι ѕιGιг kσ'гB, QιzGα Rαhmι kερ, - BεςHσгα Qσгηι σςHb υχlαB Qσρтι, ÐιB σ'γlαB, ѕυт BεгαÐιgαη ηαRѕαѕιηι Qιzηι σG'zιGα тυтѕα, Qz υγQιѕιRαB, - γιGιтlα ιlтιmσѕ 1тα 1тα kεlιlα, ÐιRmυѕH.. Sunnat (10 Mar 2017 10:53) Gap yoq UZBakadem (10 Mar 2017 10:56) Pxaxxaxaxa Sunnat (10 Mar 2017 10:57) --Javob-- UZBakadem (10 Mar 2017 10:56): Pxaxxaxaxa ---------- UZBakadem, xdxdxd Viruzbek (10 Mar 2017 17:48) Bir yigit uylanibdi oradan kunlar otibdi kechqurun Qaynona Kelin uyiga bostrb kribdi Kelin kiyimsiz ekan Qaynona savol beribdi Kelin bu qanday turish desa ? Keling Javob berib Oyijon bu Tungi koylak debdi Ertasi kuni Qaynona kiyimsiz ekan Eri kelib savol beribdi Onasi bu qanday turish desa Adajoni bu Tungi koynak Ekan hozi moda desa Qaynota sokibdi Oneni *** Koyleni Dazmol qlb kiymasanmi depti :D Master_xon (11 Mar 2017 09:32) Kim Uzini ZO'R XISOBLAYDI UNDA B P XARFLARNI OG'ZI KATTA UCHB AYTILARCH Nodirali (14 Mar 2017 11:05) Telegramda:
— U mendan mashinangiz bormi? - deb so`radi. Men esa:
— Ha albatta, - dedim. Shundan so`ng u:
— Rostanmi? - dedi.
— Ha, faqat u menga emas, onamga tegishli. Agar menga turmushga chiqsang, u seniki bo`ladi, - dedim.
U xursand bo`ldi. Keyin mendan mashinani rasmini jo`natishimni so`radi. Men vannaga kirib kir yuvadigan mashinani rasmga olib jo`natdim. 2 daqiqadan keyin qarasam, u meni bloklab qo`yibdi. Balki, unga tikuv mashinasi bor yigitlar yoqar??? Nodirali (14 Mar 2017 11:06) Mebel magaziniga bir xaridor kelib, sotuvchiga kecha sizlardan olib ketgan stulni oyoqlari sindi, - desa, sotuvchi:
— Stulni ustiga birov o`tirgandur-da?! - dermish. Nodirali (14 Mar 2017 11:06) Chol yoshlikni eslaylik deb, kampirini sevishganlar bog`iga olib boribdi. Gaplashib turishsa, bog` qorovuli xizmatchisi kelib:
— Jarima to`laysiz! Ahloqsizlik uchun! - debdi.
Shunda chol:
— Uzr bolam, birinchi marta kechira qol, - debdi.
Haligi qorovul o`ylanib turib:
— Mayli sizni kechiraman! Ammo, manavi kampirni avval ham ko`p martta ogohlantirganman, - debdi. Nodirali (14 Mar 2017 11:06) Bir maxalla raisi majlis o`tkazayapdi:
— Ayol erkaksiz yashay olmaydi, erkak ayolsiz! Ikkalasi go`yoki suv bilan baliqqa o`xshaydi... Suv bo`lmasa, baliq o`lib qoladi.
Baliq bo`lmasa, suvga o`rdak qo`nmaydi, - deb tursa:
— Bekor gap, - deb qolibdi bir kampir, — Mana mening cholim o`lganiga 30 yildan oshdi, yashayapman-ku?! - yo`q desa, mahalla raisi:
— Onaxon men baliq haqida gapirayapman, kapchyonniy haqida emas, - dyermish. Nodirali (14 Mar 2017 11:07) Asabga ko`p tegadigan uchta savol:
1. To`ying qachon?
2. Diploming bo`yicha ishlayapsanmi?
3. Keling, kiyim tanlashga yordam beraymi?! (do`konda) Nodirali (14 Mar 2017 11:07) Telefon suhbatining "Oltin qoidasi":
"Go`shakni joyiga qo`yganingga ishonch xosil qilgach, g`iybatni boshla!" Nodirali (14 Mar 2017 11:07) Bir-birini "ko`ra olmaydigan" ikkita dugona uchrashib qolibdi:
— Voy dugonajon, buncha semirib ketding?!
— Iye, bu hali ozganim-ku! Bir oy avval ko`rganingda edi, huddi sendek semiz edim... Nodirali (14 Mar 2017 11:07) Qorboboga xat:
"Qorbobo, men sizdan yangi yilga oppoq Mersedes so`ragan edim. Orzularim amalga oshmadi-ku?! Hurmat bilan Shahzoda.
Qorbobodan javob:
"Hurmatli Shahzoda! Siz menga rahmat ayting! Chunki hamqishlog`ingiz Rustamni orzularini amalga oshirmaganim uchun... Nodirali (14 Mar 2017 11:08) Bir kuni afandini onasi qo`liga ovqat berib:
— Qo`shnimizga tashlab chiq! Faqat to`kib yuborma! - debdi.
Afandi ko`chaga chiqibdi-yu, qoqilib, ovqatni to`kib yuboribdi. Tashqari qorong`u ekan.
Uyga qaytib kirsa, onasi:
— Ha, ovqatni to`kdingmi? - desa,
Afandi:
— Yo`q, faqat kosamni topa olmayapman, - dermish. Nodirali (14 Mar 2017 11:08) Bola adasiga shikoyat qildi:
— Bilasizmi, dunyoda eng kechikadigan poyezd qaysi?
— Bilmadim bolam?!
— Siz 3 yildan beri menga olib bermoqchi bo`lgan poyezd! Nodirali (14 Mar 2017 11:09) — Mastmisan? Yana ichdingmi?
— Ichmadim. Kim senga aytdi?
— Ko`zlaring aytib turibdi-ku!
— O`zing g`irt mastmisan deyman. Ko`z ham gapirar ekanmi?! Nodirali (14 Mar 2017 11:09) Jarrohlik operatsiyasidan keyin hushiga kelgan bemorga vrach dedi:
— Operatsiyadan oldin o`zingizni juda yomon tutdingiz. Baqirib, tipirchilab, hamma yoqni ostin-ustun qildingiz. Yoningizdagi sherigingiz sizdan ham battarroq to`palon qildi...!
Bemor vrachga:
— Albatta-da! Axir biz derazalarni yuvish firmasidan kelgan edik-da... Nodirali (18 Mar 2017 08:31) — Bizni korxonamizda ikkita xodim bir kunda uylanishdi. E’lonlar taxtasida quyidagi yozuvni ko`rdik!
"Botir va Akmaljonlarning nikoh to`ylari bilan tabriklaymiz"!!! Nodirali (18 Mar 2017 08:31) Bir o`zbekdan so`rashibdi:
— Nimaga sizlar savolga savol bilan javob qaytarasizlar?
O`zbek javob qaytaribdi:
— O`zingiz nima deb o`ylaysiz? Nodirali (18 Mar 2017 08:31) Ikki dugona do`konga kiribdi. Birinchi qiz Yogurt sotib olibdi-da, shu zahoti ustidagi qopqog`ini ocha boshlabdi. Buni ko`rgan ikkinchisi:
— Esing joyidami? Loaqal kassani yonigacha bormaysanmi?! - desa, haligi qiz:
— Ahmoqmisan? Mana, qopqog`ini ustiga "Shu yerdan oching" deb yozib qo`yibdi-ku!?, - dermish. Nodirali (18 Mar 2017 08:32) Ikkita jinni baland binoga qarab turib suhbatlashmoqda:
— Shu binodan pastga sakragan odam, nechi kunda yerga tusharkin?
— 3 kunda tushsa kerak?!
— Tushgan odam o`larmikin?
— Esing joyidami? 3 kun ovqat yemaydi, suv ichmay-yu, o`lmaydimi?! Nodirali (18 Mar 2017 08:33) Uchta erkak 8 mart kuni mazza qilib maishat qilib o`tirishibdi-da, kechasi uyiga sovg`alarsiz qaytishibdi.
Ertasiga ko`rishib, bir-biridan hol-ahvol so`rashibdi. Birinchisi:
— Kecha men uyga borsam, xotinim janjal ko`tardi.
Ikkinchisi:
— Meni xotinim hafa bo`lib, arazlab gaplashmadi.
Uchinchisi:
— Meni xotinim esa yedirib, ichirib qornimni to`ydirdi.
— Nima??? Nimalar yeb-ichding?
Uchinchi erkak xo`rsinib debdi:
— Kaltak yeb, zahar ichdim...! Nodirali (18 Mar 2017 08:34) Yosh yigit ko`chada otaxonni uchratib qolib, so`rabdi:
— Amaki, chekishdan bormi?
— Mana, ol bolam!
— Gugurt-chi bormi?
— Mana, ol gugurt! Saqich ham bor, beraymi?
— Bering, amakijon.
Chol saqichni uzatib turib dermish:
— Eh, axir men sehrgar edim. Sen bo`lsa arzimagan uchta tilagingni tilab bo`lding... Nodirali (18 Mar 2017 08:34) Ishbilarmon kishi chet ellik hamkorlari bilan majlis boshlay turib, kotibasiga:
— Menga qahva, manavi uchta ajnabiylarga esa choy olib keling! - desa, mehmonlardan biri:
— Men tarjimonman! Gapingizni tushunib turibman, - debdi. Nodirali (18 Mar 2017 08:34) Kunlarning birida afandi eshagini yo`qotib qo`yibdi. Ancha qidirsa ham, topa olmabdi. Oxiri hafsalasi "pir" bo`lib, hiyobondagi o`rindiqda o`tirsa, orqa tarafda ikki sevishgan suhbatlashayotganmish.
Yigit qizga:
— Seni ko`zlaringga qarasam, butun olamni ko`rgandek bo`laman, - desa, afandi ular tomonga shartta o`girilib:
— Qarab ko`r-chi, meni eshagim ko`rinmayaptimi?! - dermish. Nodirali (18 Mar 2017 08:35) Sanatoriyga dam olish uchun kelgan odam xonasiga joylasha turib, sherigidan so`rabdi:
— Bu yerni ovqatlari yaxshimi? Qorin to`yadimi? - desa, sherigi:
— Bir bo`lak non bersangiz aytaman, - dermish. Nodirali (18 Mar 2017 08:36) Bugun ertalab avtomobilimda ketayotib, katta chorrahada o`rnatilgan kamera meni suratga olganini payqab qoldim. Hayron bo`ldim, nega??? Axir men tezlikni oshirganim yo`q-ku!
Yana o`sha chorrahadan 3 martta mashinamni juda sekin haydab, kameraga yuzimni burib, jilmayib o`tdim. U meni 3 martta suratga oldi.
Ertasi kuni uyimga 4 ta kvitansiya va meni jilmayib turgan suratlarim keldi. Jarimalarning hammasi xavfsizlik kamarini taqmaganim uchun ekan...! Nodirali (18 Mar 2017 08:36) Bir odamning qo`shnisi qazo qilibdi. Sherigi bilan qo`shnisiga qabr kovlagani borishibdi. Navbat bilan kovlay boshlabdi. Oxiri sherigi tushibdi-da, kovlab bo`gandan keyin:
— Uf-f, charchadim, - deb o`tirib olibdi.
— Chiq! - desa,
— Odam charchagandan keyin go`rdanam chiqgisi kelmay qolar ekan, - dermish. Nodirali (18 Mar 2017 08:37) Bir erkak bog`chaga kelib, tarbiyachi qizga:
— Men o`g`limni olgani keldim. Hov anavi bolani kiyintirib bering, - debdi. Tarbiyachi hayron bo`lib:
— U bola sizniki emas-ku desa, erkak:
— Farqi nima? Ertaga yana qaytib keladi-ku shu yerga, - dermish. Nodirali (18 Mar 2017 08:37) Internetda yosh qiz:
— Abror aka, men sizga turmushga chiqishga roziman. Biz dunyodagi eng baxtli oila bo`lamiz!
Yigit:
— Nimalar deb valdirayapsiz?! Axir men bor-yo`g`i sizni rasmingizga "Klass" bosdim-ku!? Nodirali (18 Mar 2017 08:38) — Shu xonada uxlasam, nuqul tushimga qo`rqinchli odamlar kiraveradi.
— Ishxonada uxlashga balo bormi?... Nodirali (18 Mar 2017 08:38) Futbol maydoni - kambag`allar boylardan tepada turib, ularga baqirib, tomosha qiladigan yagona joy hisoblanadi. Nodirali (19 Mar 2017 09:05) Ona o`g`lini tishini oldirib, stomatolog xonasidan chiqaverishda bolasiga:
— Vrachga nima deyish kerak o`g`lim? - desa, bolakay:
— Qonxo`r ablah! - debdi. Nodirali (19 Mar 2017 09:05) Bir qiz vrach yoniga kelib:
— Doktor, go`zallik ham bir dard emish. Shu rostmi?
Vrach:
— Xotirjam bo`lavering. Siz soppa-sog`siz! Nodirali (19 Mar 2017 09:05) Vrach bemordan:
— Sizga nechi pullik narkozdan qilay?
— Eng arzonidan!
— Alla, alla, alla-yo... Nodirali (19 Mar 2017 09:06) Bemor shifokorga murojaat qildi:
— Men tobora eshitish qobiliyatimni yo`qotayapman, so`nggi paytda hatto o`z yo`talimni ham eshita olmayapman.
Shifokor unga dorilar ro`yxatini yozib uzatdi va dedi:
— Mana shu dorilarni kuniga uch mahal iching...
— Keyin yaxshi eshitadigan bo`lamanmi?
— Yo`q, qattiqroq yo`talasiz. Nodirali (19 Mar 2017 09:07) Yosh yigit ko`chada o`tgan-ketganlar bilan garov o`ynab, pul ishlab turgan ekan. Yoniga bir chol kelib:
— Nimadan garov o`ynayapsan? - deb so`rabdi.
— Otaxon, mana shu archadan baland sakrasam, siz menga yuz ming berasiz. Sakray olmasam men sizga, - debdi.
Otaxon rozi bo`libdi. Yosh yigit abjirlik bilan archani ustidan sakrab o`tib:
— Pulni cho`zing, - desa, chol:
— Sen "Archadan baland sakrasam" deganding. Archa umuman joyidan qimirlamadi-ku!? O`zing pulni ber, - dermish. Nodirali (19 Mar 2017 09:08) Bir ayol dugonalari bilan yangi yilni bayram qilibdi va rosa shampanskiy ichib, uyiga mast holatda kech qaytibdi. Qarasa eri uxlayapti. U xotinini kech kelganini bilmabdi ham.
Xotin darhol noutbukini ochib o`zini ishlatayotganga solibdi.
Eri shovqinda uyg`onib xotinga:
— Nima bayramda ichib oldingmi?
Xotin:
— Yo`q, dadasi ertaga juda muhim ishim bor shuni yozayapman!
Eri:
— Yolg`on gapirma, alkash chemodonni yopib tezda uxla. Nodirali (19 Mar 2017 09:08) — Oyi, oyi! Archa yonyapti!
— Yonyapti emas, o`g`lim, nur sochyapti.
— Oyi, oyi, parda nur sochyapti! Nodirali (19 Mar 2017 09:08) — Nimaga har gal ichayotganingda ko`zingni yumib olyapsan?
— Men xotinimga yangi yilda umuman qadahga qaramayman deb va’da berganman.. Nodirali (19 Mar 2017 09:09) — Dada-dada! Archamiz yonib ketyapti!
— Yonmayapti o`g`lim, nur sochib jilolanyapti.
— Ha-a... Dada-dada, pardalarimiz ham nur sochib jilolanyapti! Nodirali (19 Mar 2017 09:12) Qorboboga xat:
— Salom qari to`nka. Men seni necha yildan beri har yangi yil oqshomida kutardim. Mana bu yil ham kutdim, kelmading. Endi senga umuman ishonmayman. Hurmat bilan Abdusattor 47 yosh. Nodirali (19 Mar 2017 09:13) Bir qizcha qorboboga xat yozibdi.
— Qorbobo manga yangi yilda ukacha olib kel, - debdi.
Xatni yuboribdi. Bir kundan keyin qorbobodan, qizchaga xat kelibdi.
— Ukacha kerak bo`lsa, oyingni yubor, - debdi Nodirali (19 Mar 2017 09:13) Yangi yilda yigitining oldiga ketayotgan qiz "qorqiz bo`lib boraman", deb magazinga kiribdi.
— Qorqizning kiyimi qancha turadi?
— 500 000 ming.
— Qimmat ekan. "Zolushkaning" kiyimi qancha turadi?
— 800 000 ming.
— Qimmat ekan, anuv yalmog`iz kampir kiyimi qancha turadi?
— U kiyim emas, oyna. Nodirali (19 Mar 2017 09:14) Do'slar rahmat belgisi esdan chiqmasin :) Nodirali (19 Mar 2017 09:14) QORBOBOGA MAZZADA 1 kun ishlaydi 364 kun dam oladi yana qorqizi ham bor. Nodirali (19 Mar 2017 09:15) — Meni bolalarim qorboboga xat yozishni allaqachon boshlab yuborishdi.
Qorbobo esa ularni yonginasida o`tirib, sovg`alar narxini hisoblab aqldan ozay deyabdi. Nodirali (19 Mar 2017 09:15) Yangi yil oldidan biroz hayajondaman chunki 2017- yilni birinchi marta qarshilayapman... Nodirali (19 Mar 2017 09:15) - Ulg`ayganingni qachondan boshlab his etding?
- Qorboboni soqoli paxtadan ekanini bilgan kunimdan boshlab. Nodirali (19 Mar 2017 09:15) - Namuncha xursandsan og`ayni?
- Kecha ishxonamdagilar bilan yangi yil o`tirishi bo`ldi. Kotibamiz mast bo`lib qoldi.
- Xo`sh xo`sh?!
- Men esa uni mastligidan rosa foydalandim.
- Odammas ekansan! Nimalar qilding? ))
- Hech kim yo`q joyga chiqib sekin uni telefonini olib o`zimning instagramdagi fotolarimga layk bosib chiqdim! Nodirali (19 Mar 2017 09:16) Yangi yil kuni yosh qiz xomush o`tirib:
— Qorbobodan sovg`aga "Ertaklardagidek, shahzoda meni qidirib kelsin!" deb so`ragan edim. Piyonista qo`shnim Timur aka eshigimni taqillatib kelishini nazarda tutmagandim.. Nodirali (19 Mar 2017 09:16) Yangi yilga ikki kun qolganda rahbar ofisga kirib kelibdi:
— Assalomu alaykum, o`rtoq boshliq!
— Salom. Sen yangi kelganlardansan-a?
— Ha, shunday!
— Topishmoq aytaman top! "Kim ichmaydi, chekmaydi. Yangi yilda navbatchilikda qoladi!" Nodirali (19 Mar 2017 09:16) Uch og`ayni suhbatlashib qolishibdi. Birinchisi:
— Men o`tgan yili yangi yilni Gavaya orollarida kutib olgandim.
Ikkinchisi:
— Men esa, okean tubida kutib olganman. Ajoyib bo`lgandi...
Uchinchisi:
— Ikkaloving ham men bilan choyxonada kutib olgansan! Kamroq ichish kerak edi! QaLQoN (19 Mar 2017 09:16) Balki yetar Nodirali (19 Mar 2017 09:17) Qish qanaqa kelsa qorbobo ham shunaqa bo`ladi.
Qor yog`sa qorbobo,
Yomg`ir yog`sa Loybobo. Nodirali (19 Mar 2017 09:17) Hozircha shular :) Nodirali (19 Mar 2017 09:21) --Javob-- QaLQoN (19 Mar 2017 09:16): Balki yetar ---------- FaTXuLLa, hamma yerga burin tiqurma burinsiz qob ketasan. Admin bo'sengam hurmatini bil. Mavzu dan chetlashmadim. Nu sande birovlani izini tekshirmadim ok. Akbarali (19 Mar 2017 09:22) --Javob-- Nodirali (19 Mar 2017 09:17): Hozircha shular :) ---------- Jek Makkos, :zor: gap yo'q xamasiga Nodirali (19 Mar 2017 09:23) --Javob-- Akbarali (19 Mar 2017 09:22): Jek Makkos, :zor: gap yo'q xamasiga ---------- Akbarali, raxmat do'st. Akbarali (19 Mar 2017 09:23) --Javob-- Nodirali (19 Mar 2017 09:23): Akbarali, raxmat do'st. ---------- Jek Makkos, raxmat modi bor edi-yu mali QaLQoN (19 Mar 2017 09:32) --Javob-- Nodirali (19 Mar 2017 09:21): FaTXuLLa, hamma yerga burin tiqurma burinsiz qob ketasan. Admin bo'sengam hurmatini bil. Mavzu dan chetlashmadim. Nu sande birovlani izini tekshirmadim ok. ---------- Jek Makkos, o'zgalarni hurmat qilmasangiz ham o'zizni hurmat qilishni organing. Man admin man dib hali katta ketmavoman . Forum dagi xabarni ozgartirish voxti 10 minut lekin siz 10minut da 50 ta post qoldirasiz buni qanday tshunsa boladi. Burun borasiga kelsak mandan xavotir omen zapasda yana burun bor. Forum da janjal chiqarip shu choqqacha erishgan narsalarim dan ajralmoqchi emasman. Sh.x ochiq. Eslicho +998906445692 Nodirali (19 Mar 2017 09:34) --Javob-- QaLQoN (19 Mar 2017 09:32): Jek Makkos, o'zgalarni hurmat qilmasangiz ham o'zizni hurmat qilishni organing. Man admin man dib hali katta ketmavoman . Forum dagi xabarni ozgartirish voxti 10 minut lekin siz 10minut da 50 ta post qoldirasiz buni qanday tshunsa boladi. Burun borasiga kelsak mandan xavotir omen zapasda yana burun bor. Forum da janjal chiqarip shu choqqacha erishgan narsalarim dan ajralmoqchi emasman. Sh.x ochiq. Eslicho +998906445692 ---------- FaTXuLLa, man o'zimdan pastla bilan raz qimiman chundin. QaLQoN (19 Mar 2017 09:36) --Javob-- Nodirali (19 Mar 2017 09:34): FaTXuLLa, man o'zimdan pastla bilan raz qimiman chundin. ---------- Jek Makkos, hurmatizni yuqotyapsiz. BahhTeeUz (19 Mar 2017 15:52) Offtopni bas qililar! Mavzuga qaytamiz! Nodirali (27 Mar 2017 06:10) Zamonaviy hamshiradan, zamonaviy qarg`ish:
«He, og`zingdan qon emas, dollar qus, men ularni terib-terib olib, bolalaringga sarflay! Bu dunyoda azoblanib uzoq yasha: mingga kirib mayizday so`lib o`l, yuzga kirib uzumga osilib o`l! Men seni bag`rimga shundaygina bosayki, mana shu chiroyli basharangdan suyib-suyib, tishlab-tishlab olay, aft-basharangdan qoning oqsin. O`zim hamshiraman, Gippokrat qasamini ichgan bo`lsam-da, sen o`lmagurni davolamay, oqqan qonlaringga tomoshabin bo`lay!» Nodirali (27 Mar 2017 06:11) Ayiq, quyon va bo`rini harbiy xizmatga chaqirishibdi. Yo`lda uchchalasi voyenkomatga ketayotgan ekan. Ayiq aytibdi:
— Kelinglar, kelishib olaylik! Voyenkomni oldiga kim birinchi kirsa, u savollarni boshqalarga aytadi. Biz ham shu savollarga javob beramiz. Hammani javobi bir xil bo`lsa, bir joyda xizmat qilamiz, - debdi.
— Osonroq xizmat - bu qurilish bataloni, - debdi bo`ri.
Birinchi bo`lib quyon kiribdi. Qaytib chiqib, shunday debdi:
— Voyenkom tankani, samolyotni, mashinani rasmlarini ko`rsatadi. Bilmayman denglar. Keyin shkafni ichidan g`isht olib stolga qo`yadi. Bu g`isht deb aytinglar. Shunda hammamizni qurilish botaloniga yozadi. Birga xizmat qilamiz.
Bo`ri kirib-chiqib, — Hammasi joyida, qurilishga, - debdi.
Ayiq kirib ketibdi. Ichkarida voyenkom ayiqga savollar beribdi. Rasmlarni ko`rsatibdi. Ayiq bilmasligini aytibdi. Voyenkom endi o`rnidan turib, shkafga qarab ketayotsa, — G`isht bor, g`isht bor!, - deb baqiribdi ayiq. Voyenkom bo`lsa:
— Qoyil senga! Seni qobiliyating bor ekan. Sen razvedkaga borasan, - debdi. Nodirali (27 Mar 2017 06:13) Dunyodagi 95 foiz qizlar bir xil turdagi yigitni orzu qilishadi:
Ichmaydigan, chekmaydigan, oliyjanob, haddan ziyod tartibli, juda kelishgan, badavlat, quvnoq, farosatli, aqilli, ...
Lekin shuncha ijobiy xislatlari bo`la turib, hanuzgacha bo`ydoq yurgan yigitni hech kim ko`rmagan...! Nodirali (27 Mar 2017 06:13) Oqshom ertagini bu safar o`g`liga otasi o`qib bermoqda:
— Malika juda-yam go`zal ekan... U shunchalar chiroyli edi-ki, shahzoda butun oqshom undan ko`zlarini uza olmabdi.
— Ada, nega shahzoda malikani ko`zlarini uzib olmoqchi bo`lgan??? Nodirali (27 Mar 2017 06:14) Bankni tunagan o`g`ri pullarni sanab ko`rib:
— Bor-yo`g`i ellik million ekan..., - dedi g`azabli ohangda.
Shu payt radiodan: "Shahrimizda joylashgan banklardan birida qo`poruvchilik sodir etildi. Noma’lum shaxs tomonidan, bir milliard miqdordagi pul o`g`rilab ketildi" - degan xabar tarqaldi. O`g`rining battar jahli chiqib, o`ziga-o`zi ming`irlab debdi:
— Hayotimni xavf ostiga qo`yib, atiga ellik million o`g`irlay oldim xolos! Bank boshqaruvchisi esa, o`tirgan joyida to`qqiz yuz ellik million ishlab oldi-ya...!!!! Nodirali (27 Mar 2017 06:15) Qizaloq onasiga debdi:
— Oyijon, men 5 yoshdaman! Nigora esa 3 yosh. Men kattaman!!!
Onasi:
— Qizim, men 33 yoshdaman! Men kattaman...
— Qizaloq onasini qulog`icha pichirlab:
— Oyijon,kattaman emas, qariman deng...! Nodirali (27 Mar 2017 06:16) Bog`chadan qaytgan qizaloq kollejda o`qiydigan opasiga shoshib:
— Opa-opa, sizga she’r aytib beraymi? - deb so`rasa, opasi jilmayib:
— Mayli, aytib beraqol! - debdi. Qizaloq yana:
— Faqat siz qarsak chalib turing, xo`pmi? - debdi. Opasi ham:
— Xo`p, aytaqol! - deb qarsak chalishni boshlasa, qizaloq:
— Hamma qizlar o`qishda,
Kitob o`qib yuribdi!
Bitta ahmoq bu yerda,
Qarsak chalib turibdi! - dermish. Nodirali (27 Mar 2017 06:16) Shaklni to‘ldirishda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yilagan:
Bu telefon raqami muqaddam ro‘yxatga olingan Nodirali (27 Mar 2017 06:32) Latifalar orasida qolib ketibdi. Uzur. :) Sardorbek (27 Mar 2017 13:03) --Javob-- doniyor (11 Nov 2016 13:07): Kechasi tushimda,
Kunduzi xushimda.
Doimo hayolimda,
Qarashlariz sehrli.
Ma’no to‘la mehrli.
Sizsiz hayotim zerikarli,
Debdi sichqon mushukka,
Bekinvolib teshikka:)
---------- doniyor, Ajoyib zo‘r Nodirali (3 Apr 2017 03:50) Bugun dahshatli tush ko`ribman. Tushimda ishga kech qolayotgan ekanman...
Voy! (Uyg`onib ketib...) Iye, ishxonada ekanman-ku... Ko`rgan tushim qurib ketsin...! Nodirali (3 Apr 2017 03:51) Bir ayol jon berayotgan ekan. Eridan so`rabdi:
— Menga xiyonat qilganmisiz?
— Bu nima deganing?! Albatta yo`q! - debdi eri. Shunda xotini:
— To`g`risini aytavering, xiyonat qilganmisiz? Baribir umrim tugayapti, - desa, eri:
— Mabodo o`lmay qolsang-chi!? - dermish. Nodirali (3 Apr 2017 03:51) Sevgan yigitim kofe bankasiga "Hammasi tugadi! Sizni tashlab ketdim", deb yozib qo`yibdi. Shoshib bankani ochsam, kofe to`la turibdi. Voy yaramas hazilkashey! Nodirali (3 Apr 2017 03:51) Qari kampirni eri ko`chadan kelib:
— Yaxshi qiz, tanishsak bo`ladimi? - desa, kampir:
— Qimizni ko`paytirib yuboribsiz-ku chol! - dermish. Nodirali (3 Apr 2017 03:51) Yosh kelin ertalab oshxonaga chiqibdi-yu, aksira boshlabdi.
Birinchi aksirganida kulib:
— Bunisi Yanvar, - debdi.
Birozdan keyin ikkinchi martta aksirib:
— Endi bunisi Fevral, - debdi. Shunaqa qilib, Mart, Aprel, May, Iyun, Iyul, ...
Bir payt orqasiga o`girilib qarasa, qaynotasi o`tirgan ekan. Kelin:
— Voy, adajon ko`rmabman sizni. Anchadan beri o`tiribsiz? - desa,
Qaynotasi:
— Yanvardan beri o`tiribman, - dermish. Nodirali (3 Apr 2017 03:52) Boshliq xonasiga kirgan ishchiga rahbar debdi:
— Sizni arizangizni ko`rib chiqdim. Maoshingizni oshirib bera olmayman!
Xodim asabiylashib:
— Oshirmasangiz-oshirmang! Faqat o`z vaqtida oylik berishni o`rganing! Nodirali (3 Apr 2017 03:52) Bir yigit shifokor oldiga kelibdi. Shifokor:
— Xo`sh, shikoyatingiz?
— Hech nima...
— Biror joyingiz og`riyaptimi?
— Yo`q!
— Unda nima maqsadda keldingiz?
— Shunchaki o`zim...
— Tushunishimcha sog`lig`ingiz to`g`risida bilmoqchisiz?
— Yo`g`e-e-e! Ertalab televizorni qo`ysam, profilaktika deb yozilgan ekan, shunga aylanib kelgandim... Nodirali (3 Apr 2017 03:52) Bir qiz shahzodasi oq otda kelib, uni olib ketishini kutaveribdi, kutaveribdi...
Oxir oqibat oq Damasda pensiyasi kelgan ekan!!! Nodirali (3 Apr 2017 03:53) Ona o`g`lini kundaligini tekshira turib, mantiq fanidan “2” baho olganini ko`rib debdi:
— Yana “2” olibsan. Bu safar kimni ayblamoqchisan?
Bola:
— Bilmadim oyijon, mantiq borasida naslimizni ayblasammikin yoki siznimi? Nodirali (3 Apr 2017 03:53) Bir kuni bekatda 3 ta o`zbek va 1 ta rus turgan ekan.
— Avtobus kelib to`xtabdi. Shunda birinchi o`zbek:
— Yo pirim deb, - avtobusga chiqibdi. Ikkinchisi chiqayotib:
— Yo Ali debdi. Uchinchi o`zbek esa:
— Yo Muhammad, - deb chiqib ketsa, boyagi qarab turgan rus ichida "Bu yerda hamma ismini aytarkan, - deb:
— Yo Andrey, - deb avtobusga chiqib ketibdi. Nodirali (3 Apr 2017 03:53) Yosh qiz telefonidan sobiq sevgan yigitlarini raqamlarini o`chirib tashlashni unutgan ekan. Bir payt oshxonadan onasi uni chaqiribdi:
— Qizim, telefoningga javob ber! Senga qandaydir Ablah qo`ng`iroq qilyapti. Nodirali (3 Apr 2017 03:55) Ikkita o`qituvchi darsdan keyin restoranga borib o`tirishibdi. Hadeganda ofitsiant kelavermabdi. Shunda o`qituvchilardan biri restoran menejerini chaqirtirib shikoyat ohangida debdi:
— Qachondan beri o`tiribmiz. Nega ofitsiantlar bizdan buyurtma olishga kelishmayapti, kelib qarashmayapti? - desa, menejer:
— Bizdagi ofitsiantlarni hammasi sizni talabalaringiz ekan. Shunga “Sen qara, sen qara!”, - deb oshxonada berkinib turishibdi, - dermish. Nodirali (3 Apr 2017 03:55) Eri xotiniga quticha beribdi. Quti ustida esa quyidagi so`zlar yozilgan ekan:
“Men senga kerakligimning 50 ta sababi shu yerda!”
Quti ichidan elektr go`sht maydalagichning 50 ta qismlari chiqibdi. Xotini ikki soat harakat qilsa ham, uni yig`a olmabdi.
Shunda quti ustidagi so`zlarning asl ma’nosini tushunib yetibdi. Nodirali (3 Apr 2017 03:55) "Bir haftada qaytaraman", - deb qarz olgan va bir oyda qaytarganlarni qizil kitobga kiritish kerak.
Chunki bunchalik tez qarzini qaytaradigan insonlar kamayib ketmoqda!!! Nodirali (3 Apr 2017 03:56) Krishtiano Ronaldo Paxtakor futbol klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolabdi. Jurnalistlar intervyu undan olyapdi:
— Siz Paxtakorga qanday kelib qoldingiz?
— Tasodifan. Toshkentga borganimda muxlislarga dastxat bergandim. Shularni ichida bitta muxlis 5 yillik shartnomani uzatsa, bilmasdan qo`l qo`yib beribman.
— Sir bo`lmasa, qancha maosh va’da qilishdi?
— Maoshim haftasiga 100 ming so`m. U ham bo`lsa 100 foiz plastik kartochkaga tusharmish...! Nodirali (3 Apr 2017 03:56) Bir odam sayyohlik firmasiga qo`ng`iroq qilibdi:
— Allo, men xorijda dam olmoqchiman!
— Qancha pulingiz bor?
— 500 ming!
— Damingizni oling!!! Nodirali (3 Apr 2017 03:57) 1 aprelda sevgan qizim meni tashlab ketdi.
3 aprelda qo`ng`iroq qilib, — 1 aprel hazili edi...! - deydi.
Men esa yangi qiz bilan tanishib bo`lgandim... Nodirali (3 Apr 2017 04:16) Universitetni tamomlagan chiroyli, yosh qiz maktabga nemis tilidan dars berish uchun kelibdi. Maktab direktori yosh o`qituvchini tekshirish maqsadida, u dars o`tayotgan xonaga kirib, oxirgi partadagi o`quvchining yoniga joylashibdi. Yosh muallima doskaga nemis tilida jumla yozib, bolalardan so`rabdi:
— Qani, kim doskadagi yozuvni tarjima qiladi?
Orqa partada, direktorni yonida o`tirgan bola qo`lini ko`tarib:
— Bugun uchrashsak bo`ladimi? deb yozilgan ustoz, - desa, o`qituvchini jahli chiqib:
— Nima? Voy tarbiyasiz-yey! Narsalaringni yig`ishtir-da, yo`qol!!!
Bola narsalarini yig`ishtirib, direktorga qarab, yig`lamsirab debdi:
— Nemischani tarjima qilishni bilmaskansiz, nima qilardingiz menga o`rgatib?!... Nodirali (3 Apr 2017 04:16) Bolakay maktabdan kelib dadasidan so`radi:
— Dada,siz ham muallimani sevib qolganmisiz?
— Ha!
— Keyin-chi, keyin nima bo`lgan?
— Keyinmi? Keyin oying seni boshqa maktabga o`tkazib qo`ygan! Nodirali (3 Apr 2017 04:17) — Onasi, o`g`limizni bog`chadan olib keldim!
— Nimalar deyapsiz? Kimni bolasi bu? Bizni o`g`limiz maktabga chiqqaniga 2 yil bo`ldi-ku! Nodirali (3 Apr 2017 04:17) Yarim kechada tashqariga chiqib ketgan er, birozdan so`ng shalabbo bo`lib qaytibdi.
— Yomg`ir yog`yaptimi? - so`rabdi xotini.
— Yo`q. Kuchli shamol bo`lyapti, - dermish eri. Nodirali (3 Apr 2017 04:18) Ikkita hamkasblar kechki payt ishdan chiqishibdi. Birinchisi debdi:
— Bitta iltimosim bor, hozir boshlig`imiz ishdan chiqadi. Sen uni haydovchisisan-ku! Mashina buzilgan deb biroz shu yerda uni ushlab turgin. Bugun boshlig`imizni qizi bilan uchrashmoqchi edim, - debdi.
Haydovchi istar-istamas zo`rg`a rozi bo`libdi.
Boshliq ishdan chiqib:
— Qani ketdik-mi?! - desa, haydovchi:
— Mashina negadir o`t olmayapti!? - deb bahona qilib, ancha vaqtgacha ushlab turibdi. Buni sezgan rahbar:
— Nega meni aldayapsan? To`g`risini ayt! Aks holda ishdan bo`shataman! - deb baqira ketibdi.
Boshqa chorasi qolmagan haydovchi bor gapni aytib beribdi. Shu yerda ishlaydigan do`sti uning qizi bilan uchrashmoqchi ekanini, shunga u mashina buzildi deb, bahona qilganini aytsa, boshliq xoxolab kulib:
— Laqma ekansan-ku! Meni umuman qizim yo`q. Undan ko`ra uyingga borib o`zingni qizingdan xabar ol!!! - degan ekan. Nodirali (3 Apr 2017 04:18) Adolat izlab juda ko`p yuribdi. Lekin, boshqa yo`ldan ketayotganini bilmas ekan. Nodirali (3 Apr 2017 04:19) Har kuni bir kishi bozorda rediska sotadigan kampirga 1000 so`m berib, rediska olmasdan ketarkan.
Bir kuni haligi odam yana 1000 so`m berib, ketayotsa, kampir uni qo`lidan shartta ushlabdi. Shunda kishi:
— Hoynaxoy xolajon bu safar rediska olmasligimni sababini so`ramoqchi bo`lsangiz kerak?! - desa, kampir:
— Rediska olasanmi-yo`qmi bu meni qiziqtirmaydi. Rediska 1500 bo`ldi! - dermish. Nodirali (3 Apr 2017 04:20) Agar o`ng oyoqni paypog`i, chap oyoqni paypog`idan ajralib tursa, demak uni yuvadigan payt kelibdi! Nodirali (3 Apr 2017 04:20) — Allo, bu jinnixonami?
— Yo`q, xonadon! Lekin xohlasangiz, xotinimni chaqirishim mumkin... Nodirali (3 Apr 2017 04:21) Bir ayol qo`rqinchli tush ko`ribdi. Tushida uni odamxo`rlar quvlab kelayotgan ekan. Odamxo`rlar ayolga yaqinlashib qolganida ayol yerdan katta toshni olmoqchi bo`libdi-yu, ko`tara olmabdi. Yana qattiqroq, ikki qo`llab, bor kuchi bilan yerdan tora boshlabdi toshni...
Shu payt ayol uyg`onib ketibdi. Qarasa, uyida, yotog`ida uxlab yotganmish. Eri esa ayoliga qarab:
— Nima bo`ldi? - deb so`rabdi.
Ayol tushini gapirib beribdi. Shunda eri:
— Xo`p mayli, uyg`onding! Endi qulog`imni tortmasdan, qo`yib yuborarsan-a...?! - dermish. Nodirali (3 Apr 2017 04:22) Oylik maoshini olgan ishchi kassirga qarab debdi:
— Siz menga adashib, 50 ming kam berdingiz!
Kassir:
— O`tgan safar sizga 50 ming ko`p berib yuborgan ekanman. Nega o`shanda adashganimni aytmadingiz? - desa, ishchi dermish:
— Bir martta adashsangiz mayli, kechirdim. Ikkinchisiga qarab tura olmayman-ku!!! Nodirali (3 Apr 2017 04:22) Qizi maktabdan kelib dadasiga debdi:
— Biz bugun 2x2ni o`rgandik.
Dadasi:
— Xo`sh nechi bo`lar ekan?
— To`rt bo`ladi.
Dadasi qiziga to`rtta konfet bersa, qizi dermish:
— Voy, bilganimda 20 derdim... Nodirali (3 Apr 2017 04:23) Bir kishi mashinasini haydab ketayotsa yo`l chetida to`rtta yigit bitta odamni urayotgan ekan:
— Nima qilyapsanlar to`rttalang bitta odamni urib? - so`rabdi haydovchi to`xtab.
— Chorrahada buzilgan kameralarni tuzatadigan ustani ushlab oldik, - debdi yigitlar.
Shunda haligi odam:
— Qo`l bilan urishni nima xojati bor?! Oyoq bilan tepa qolinglar? - dermish. OYBEK_UZ (3 Apr 2017 07:38) Shu forumdoshlar uchun ajoyib bir latifa. Bu latifa Jizzaxliklar uchun maxsus.

Jizzax ayroportidan uchgan samolyot Maskiva ayroportiga qo'nibdi. Samolyotdan yugirib tushgan bir otaxon tualetga shoshib boribdi. Shunda tualetda 2ta eshik bor ekan biriga "J" ikinchisiga "M" deb yozilgan ekan. Otaxon bu M maskvalilaniki busa kerak debdi. Mana bu J esa Jizzaxlilaniki busa kerak dib J ga kirib ketibdi. Bir payt ayollar, qizlar baqir-chuqur qib ketibdi. Shunda otaxon dermish
-Qizlarim bezota bumey utirorilar manxam Jizzaxdanman dermish... Nodirali (7 Apr 2017 06:40) Bir kuni tipratikan quyonni mahkam bag`riga bosib debdi:
— Mana sevgi qanchalik azob ekanini ko`rdingmi?! Nodirali (7 Apr 2017 06:40) Bir yigit chet eldi 5 yil yurib, uyga qaytibdi. Qaytibdi-yu, lekin nuqul ruscha gapirarmish. Qishlokdan xolasi ko`rgani kelibdi. Salom-alikdan so`ng xolasi hasrat boshlabdi:
— Bolam, o`tgan yili pochchang ham olamdan o`tdilar, - desa. Yigit:
— Chepuxa, - debdi. Xolasi u ruschasiga "Hudo rahmat qilsin" degani bo`lsa kerak-da deb:
— Nima ham qilardik bolam, bizam "Chepuxa" deb o`tiribmiz, - dermish. Nodirali (7 Apr 2017 06:40) Xitoyliklarda xiyonat degan tushuncha umuman yo`q ekan.
Agar mabodo adashib, xiyonat qilib qo`yishsa:
— Kechirasizlar, bilmay qoldim, - deb bosh egib turaverisharkan. Nodirali (7 Apr 2017 06:41) Teatrda katta premera ketyapti. Sahnada aktyorlar rol ijro etishyapti. To`satdan tomoshabinlar orasida mast odamning ovozi:
— Zalda vrach bormi? Bormi vrach orangizda?
Hamma o`rnidan turib, zalda vahimali shovqin boshlanib ketibdi. Aktyorlar ham to`xtab qolishibdi.
Shu payt oldingi qatordan bir odam:
— Ha, men vrachman. Nima gap? - desa, shirakayf ovozda haligi mast kishi:
— Zo`r spektakl ekan-a, hamkasb!? - dermish. Nodirali (7 Apr 2017 06:41) Haydovchilik guvohnomasiga o`qiyotgan bir yigit o`qituvchiga savol beribdi:
— Qizil chiroqda chorrahani kesib o`tsa bo`ladimi?
O`qituvchi ham charchab, asabi buzilib turgan ekan:
— Ha bo`ladi. Faqat ikkala qo`lingni ko`tarib o`tishing kerak, - debdi.
— Nega aynan qo`lni ko`tarish kerak, - desa, o`qituvchisi:
— O`lganingdan keyin yechintirish oson bo`lishi uchun, - dermish. Nodirali (7 Apr 2017 06:41) Tobim qochsa ham, kasalxonaga yota olmayman. Hayolimda kasalxonaga yotsam, palataga xotinim kirib keladi-yu, tepamda turib, — "Ataylab, ishlamaslik uchun yotib oldingizmi bu yerga!?", - deb javray boshlaydi, yana... Nodirali (7 Apr 2017 06:42) Dugonalar suhbatidan:
— Dugon, avtobusga chiqsam nuqul erkaklarning o`ng qo`liga qaraydigan bo`lib qoldim. Bu yoshim o`tganini belgisimi?
— Yo`q ,agarda bo`sh joy axtarib qolsang, shunda yoshing o`tgani aniq bo`ladi... Nodirali (7 Apr 2017 06:42) — Guli, yuzingga nima qildi? Huddi eri urgan xotinni yuziga o`xshab qolibdi.
— Yashshamagur sigirimiz, shunaqa qilib qo`ydi.
— Voy, yuzingga tepib yubordimi?
— Yo`q, har kuni sog`ayotganimda dumi bilan yuzimga uraverardi. Dumi qimirlamasin deb, g`isht bog`lab qo`ygandim. Nodirali (7 Apr 2017 06:42) Chet ellik yirik tadbirkor homiylik qilmoqchi bo`lgan korxonaga kelib, qiziqarli voqea aytib beribdi. Zalda o`tirganlarni hammasi kulib yuborishibdi. Shunda badavlat tadbirkor tarjimonga:
— Qanday qilib aniq tarjima qila olding? Hamma rossa kulyapti? - desa, tarjimon dermish:
— Sizlarni homiyingiz latifa aytyapti, kulishingiz shart! - dedim xolos... Nodirali (7 Apr 2017 06:42) Qiz:
— Sen iflosni deb hayotim alg`ov-dalg`ov bo`ldi. Senga butun yoshligimni sarfladim, - deb baqirayotsa, oshxonadan onasini ovozi eshitilibdi:
— Diplomni tinch qo`y qizim!!! - dermish. Nodirali (7 Apr 2017 06:43) Harbiy qismga kelgan yosh askar Sharipovning otasi vafot etgani haqida xabar kelibdi. Ofitserlar bu shumxabarni unga qanday yetkazish haqida o`ylay boshlashibdi. To`g`ridan-to`g`ri aytay desa, askar hali yosh. O`zini biron nima qilib qo`yishi mumkin. Oxiri komandir yaxshi usul taklif qilibdi. Ertalabki yig`inda qism komandiri buyruq beribdi:
— Otasi borlar 1 qadam oldinga "Shagom marsh"!!! Sharipov sen qayoqqa??? DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:01) Boy Afandiga ertalabdan kechgacha beda o’rdiribdi.Evaziga ikki bog’ beda berib:
— Mana xizmat haqqing! desa Afandi:
— Voy voo, ertadan to kechgacha eshshak uchun ishlabmanu! dermish...))) DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:01) Afandi bozorga to`ti sotgani chiqibdi. To`tisining bir oyog`iga qizil, ikkinchi oyog`iga oq ip bog`langan emish.
Odamlar:
— Afandim, bu iplarni nega bog`ladingiz, - desa,
Afandi:
— Bu to`ti donishmand. Qizil ipdan tortsanggiz so`kadi, qarg`aydi. Oq ipdan tortsangiz, yaxshi gaplarni gapiradi, - debdi.
Bir kishi:
— Ikkala ipni baravar tortsa nima bo`ladi? - desa,
To`ti:
— Baraka topgur, kaltafahm, tentak ekansan, ... yiqilib tushaman-ku! - dermish. DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:01) Afandining buzog`i bo`shalib ketib, yoyig`liq turgan g`o`zani yeya boshladi. Afandi buzoqni quvlagan edi, u tutqich bermay shataloq otib ketdi. Afandi borib, bog`liq turgan sigirni kaltaklay boshladi. Afandining xotini uning qo`lidan kaltakni tortib olib:
— G`o`zani yegan buzog`u, sigir bechorani nega urasiz?— dedi.
— Suv boshidan loyqa, bolasiga tarbiya bera olmagan, arqonini uzib, g`o`za yeyishni bolasiga onasi o`rgatgan, ayb sigirda, — dedi Afandi. DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:02) Bir kuni afandi eshagini to`satdan yo`qotib qo`yibdi. Hamma yoqni qidiribdi, topa olmabdi. Oxiri zooparkka aylanishga borib zebrani ko`rib qolibdi-da unga qarab:
— Ha eshak, ko`ylak kiysang ham tanidim seni! - dermish. DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:02) Bir kuni afandini o`g`li futbol o`ynab qaytibdi. Afandi:
— Xo`sh, nechta gol urding o`g`lim?
O`g`li:
— Ikkita.
Afandi:
— Hisob nechi bo`ldi o`zi?
O`g`li:
— 1:1 bo`ldi ada!!! DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:02) Bir kuni Afandidan uylanganingdan so`ng hayotingda qanday o`zgarish sodir bo`ldi deb so`rashsa, Afandi avval bir o`zimga ovqat qilardim endi ikki kishiga ovqat qilayapman deb javob beribdi… DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:02) Afandi kechqurun yo`lga chiqibdi. Yo`lni yoritish uchun telefon fonarini yoqibdi. Borar manziliga qo`ng`iroq qilmoqchi bo`lib, cho`ntagiga qo`l solsa, telefon yo`q ekan. Xotiniga qo`ng`iroq qilib:
— Xotin, telefonim uyda qolibdi. Falonchiga qo`ng`iroq qilib, meni ketganligimni ayt, - desa, xotini birozdan so`ng qayta qo`ng`iroq qilib:
— Telefonni topolmadim. Uyiga kirib boravering, - debdi. Afandi jahli chiqib, qarasa telefon qo`lida ekan. DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:03) Afandi bir kuni tovuqlariga qarab hayol surib o`tirsa, xotini ko`rib:
— Nimani o`ylab o`tiribsiz, - debdi.
Afandi:
— Biz eng oliy mavjudod bo`la turib, shu parandalarchalik bo`la olmaymiz. Qara, bitta xo`rozni qirqta xotini bor, bolalari esa behisob bo`lsa ham, hech qaysi biriga aliment to`lamaydi va eng qizig`i birorta ham qaynonasi yo`q, - debdi. DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:03) Afandining bir boy qo`shnisi bor ekan. U boy nuqul afandiga xatlarini bepul yozdirib yurarkan.
Bir kishi so`rabdi:
— Afandi, nega nuqul boyni xatlarini bepul yozib berasan? Axir u senga haq to`lamaydi-ku?!
Afandi debdi:
— Agar boyni xatlarini yozib bermasam, u menga ko`p pul to`lay boshlaydimi??? DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:03) Bir kuni afandi manti yegisi kelib, oshxonadan manti xarid qilib, endi yemoqchi bo`lib tishlagan ekan, issiq manti lablarini kuydiribdi. Mantini olib devorga otibdi va so`ka boshlabdi:
— La’nati, labimni kuydirding, - debdi. Manti tugilgan joyidan ochilib ketibdi. Afandi darg`azab bo`lib:
— Labimni kuydirib, yana kuladi bu! - desa, mantini yog`i oqibdi. Afandi:
— So`ksam yig`laydi yana, - dermish. Sunnat (8 Apr 2017 18:59) Gap yoq silarga Sunnat (8 Apr 2017 19:02) --Javob-- DJ-NSNS (7 Apr 2017 18:03): Bir kuni afandi manti yegisi kelib, oshxonadan manti xarid qilib, endi yemoqchi bo`lib tishlagan ekan, issiq manti lablarini kuydiribdi. Mantini olib devorga otibdi va so`ka boshlabdi:
— La’nati, labimni kuydirding, - debdi. Manti tugilgan joyidan ochilib ketibdi. Afandi darg`azab bo`lib:
— Labimni kuydirib, yana kuladi bu! - desa, mantini yog`i oqibdi. Afandi:
— So`ksam yig`laydi yana, - dermish. ---------- DJ-NSNS, Zo'r gap yoq Sunnat (8 Apr 2017 19:03) Menam yozsammikan? Sunnat (8 Apr 2017 19:16) :grin: Nodirali (14 Apr 2017 07:45) Sher o`rmondagi hamma hayvonlarni yig`ib, latifa ayttiribdi.
— Kimni latifasi kulgili chiqmasa, o`shani yeyman, - debdi sher.
Birinchi bo`lib quyon latifa aytibdi. Hamma hayvonlar kulibdi. Faqat jirafa kulmabdi. Sher quyonni yeb bo`lgach, bo`ri latifa aytibdi. Jirafa rossa kulibdi.
— Nega kulyapsan? - deyishsa, jirafa:
— Quyonni latifasi kulgili ekan, - dermish. Nodirali (14 Apr 2017 07:46) Bir kuni yosh yigit ko`chada ko`zgu topib olibdi. Unda o`zini aksini ko`rib:
— Men bilan urishasanmi? To`xtab tur, unda hozir krasofkamni kiyib kelay, - deb ketibdi.
Qaytib kelgunicha ko`zguni mashina bosib, maydalab ketibdi. Shunda yigit:
— Nomard, bir kishiga nechtang urishansanlar, - dermish. Nodirali (14 Apr 2017 07:46) — Sizlarga mazza, mijozlardan choy-chaqa pulini olib turasizlar...
— Sizlarda-chi?
— Bizlarda buning uchun qamashlari mumkin.
— Qayerda ishlaysiz?
— GAIda... Nodirali (14 Apr 2017 07:46) Arzimagan kichik sabablarga ham quvonib yurish kerak!
Faqat kichkina uy va maosh uchun emas...! Nodirali (14 Apr 2017 07:47) Er-xotin uyquga ketayotsa, shkaf ichidan ovoz kelibdi:
— Ering uxladimi?
Xotini:
— Shunaqaga o`xshaydi?!
Shkaf ichidan:
— Unday bo`lsa, men ketdim!
Shu payt eri sakrab o`rnidan turib:
— Hali seni kredit pulingni to`lab bo`lmadim. Qayoqqa ketasan??? Nodirali (14 Apr 2017 07:47) Ota o`g`liga aytibdi:
— Muvaffaqiyatni kaliti, hamma eplay olmaydigan ishni zo`r bajarishdir!
O`g`li esa:
— Hammadan ko`ra ishsiz o`tirishni zo`r eplayman. Bo`ladimi? - dermish. Nodirali (14 Apr 2017 07:47) Yangi kelinchakka uydagilari:
— Borgan joyingda hammani sizlab gapirgin, - deb o`rgatishibdi.
Kelin hovlini supurayotsa, bir tovuq axlatni titishni boshlabdi. Kelin tovuqni hayday boshlabdi:
— Kishting, kishting, kishting!!! Nodirali (15 Apr 2017 14:51) Bir ayol tiqilinchda hamyonini tushirib qo`yibdi. Birozdan keyin yoshgina bola ayolni hamyonini qaytarib beribdi. Ayol hamyonini ochib ko`rib bolaga:
— Meni hamyonimda ikkita besh mingtalik bor edi. Bu yerda o`nta ming so`mlik turibdi-ku?! - desa, bolakay:
— Bilasizmi, oldin ham bittasini hamyonini topib bergandim. U menga minnatdorchilik bildirish uchun mayda topa olmagandi. Shunga pullaringizni maydalab qo`ydim, - dermish. Rap (15 Apr 2017 20:31) Zo'r zo'r latifaladan bormi??? StyleUz (16 Apr 2017 04:40) Birkuni bitta baliq sevganiga erisholmay o'zini cho'ktiribdi PRAKUROR (16 Apr 2017 04:47) :joy: PRAKUROR (16 Apr 2017 04:50) Хотин эрига:
— Адаси мени ҳалиям севасизми? - депти.
Эри:
— Хотинжон, сен-симкартасан, мен-телефон. Телефон сим картасиз ишламайди.
Хотин ўзида йўқ хурсанд бўлиб, ошхонага чиқиб кеса, эри:
— Бечора хотин содда-да! Ҳозирги телефонларга иккита сим карта тушишини билмиди-да, - дермиш. Nodirali (18 Apr 2017 04:09) Qiz sevgan yigitiga debdi:
— Adam siz bilan uchrashib, yaqindan tanishmoqchilar.
— Nega? Axir kecha qo`lida bolta ushlab, meni rosa quvladilar-ku?
— Adam yugurish bo`yicha sport ustasi. Sizga yeta olmabdilar. Shunga sizni yoqtirib, uchrashib ko`rmoqchilar-da. Nodirali (18 Apr 2017 04:10) — F.I.Sh. ni ayting!
— Nima u FISh?
— Familiyangiz, ismingiz va sharifingiz.
— KAL!
— Nima bu KAL?
— Kamolov Abdulla Lutfillayevich! Nodirali (18 Apr 2017 04:11) Ikkita inoq do`st daryo bo`yicha cho`milishayotgan ekan. To`satdan biri cho`ka boshlabdi. Shunda do`stiga qarab:
— Yordam ber do`stim, men cho`kayapman! - desa, do`sti:
— Mayli do`stim, seni cho`kkaning-meni cho`kkanim... - degan ekan. Nodirali (18 Apr 2017 04:11) Qimor o`ynab o`tirgan erkaklar orasida bittasi to`satdan vafot etibdi. Oila a’zolariga bu shumxabarni qanday yetkazishni bilmay, oxiri eng katta qimorboz borib aytadigan bo`libdi.
Vafot etgan qimorbozni uyini eshigini xotini ochibdi:
— Bilasizmi, sizni eringiz qimor o`ynab o`tirib, hamma narsasini yutqazib qo`ydi. Mashinani ham, uyni ham, pullarni ham, dalahovlini ham...
— O`lib ketmaydimi, menga desa, - debdi g`azablangan xotini.
Bu gapdan yengil tortgan qimorboz shoshilib:
— Shunaqa bo`ldi, siz aytgandek bo`ldi! - dermish. Nodirali (18 Apr 2017 04:11) Tuyani besh kun suv ichmasdan yashashiga ishonmagan baliq, tuyaga minib, cho`lga yo`l olibdi... Nodirali (18 Apr 2017 04:12) Bir kuni podshoh xizmatkorlarini chaqirib debdi:
— Sizlarga bir kun muhlat. Agar ertaga gapiradigan qushni topib kelmasanglar, hammangizni jazolayman!
Xizmatkorlari nima qilishini bilmay, tuni bilan chora izlashibdi. O`ylab-o`ylab, afandiga murojat qilishibdi. Afandi:
— Aslo qayg`urmanglar. Menda chora bor, - debdi.
Ertasi kuniga shoh saroyiga katta qora qarg`a bilan afandi kirib kelibdi. Buni ko`rgan xizmatkorlar jonlaridan umidini uzib turishsa, shoh qarg`aga qarab:
— Manavi odam karmi? - deb xizmatkorlaridan birini ko`rsatibdi. Shunda qarg`a "Karrr" desa, podshoh quvonib:
— Ana bo`larkan-ku! - dermish. Akbarali (18 Apr 2017 13:06) Baliq chomilgani borib cho'kib ketibdi :lol: 999999999 (19 Apr 2017 17:20) --Javob-- Nodirali (25 Feb 2017 11:03): Xotinim-yurist, xotinimning akasi-prokuror, opasi-yuridik fanlari nomzodi, qaynotam-bosh prokuror, qaynonam-yurist maslahatchi.
Xudo ko`rsatmasin, xotinim bilan ajrashadigan bo`lsam... ---------- MaKaR, daxshat Mywm (26 Apr 2017 12:14) Бир куни бекатда 3 та ўзбек ва 1 та рус турган экан.
— Автобус келиб тўхтабди. Шунда биринчи ўзбек:
— Ё пирим деб, - автобусга чиқибди. Иккинчиси чиқаётиб:
— Ё Али дебди. Учинчи ўзбек эса:
— Ё Муҳаммад, - деб чиқиб кетса, бояги қараб турган рус ичида "Бу ерда ҳамма исмини айтаркан, - деб:
— Ё Андрей, - деб автобусга чиқиб кетибди. Nodirali (28 Apr 2017 07:07) Yigitlar iloji bo'lsa lotin harflarida yozinglar! :) Nodirali (28 Apr 2017 13:42) DAN xodimi avtomobilni to`xtatsa, haydovchi kamarni taqmagan ekan.
— Nega kamarni taqmadingiz? - desa, haydovchi tirjayib:
— Siz xursand bo`ling dedim-da, - debdi. Nodirali (28 Apr 2017 13:57) Hamma er-xotinlar urushib qolishsa ham, kun bo`yi bir-biri haqida o`ylab yuraverishadi:
— Erim ablah,...!
— Xotinim zahar...! Nodirali (28 Apr 2017 13:57) Er-xotin urishib qolibdi. Ikkalasi ham hecham gaplashmas ekan. Bir kuni eri vaqtliroq ishga ketishi kerak ekan, yotishdan oldin, qog`ozga "Ertalab soat 7:00 da uyg`ot!", deb yozib xotinining yostig`i tagiga qo`yibdi. Er ertalab uyg`onsa soat 9:00 bo`lganmish. Jahli chiqqan er darg`azab bo`lib, o`zini yostig`ini ko`tarsa, bir parcha qog`oz, qog`ozda esa "Turing, soat 7:00 bo`ldi!", deb yozilgan ekan. Nodirali (28 Apr 2017 13:58) — Allo, o`rtoq men uylanyapman!
— Kimga?
— Shuncha yildan beri kimni tanisam, o`shanga-da...
— Tentak. Menga uylana olmaysan-ku axir! Nodirali (28 Apr 2017 13:58) Ota-bola hayvonot bog`iga kelishibdi. Bir payt bolakay baqira boshlabdi:
— Ada-ada qarang, shimpanze!
— Yur, shimpanzeni nariroqda ko`rsataman. Bu kassir, o`g`lim! Nodirali (28 Apr 2017 13:59) Yosh bola bozorda oyisini yo`qotib qo`yib, yig`layotsa, bir odam uni ovutmoqchi bo`lib:
— Agar oyingni yubkasidan ushlab yursang, uni yo`qotib qo`ymasding, - desa, bola xo`rsinib:
— Ushlamoqchi edim, qo`lim yetmadi, - dermish. Nodirali (28 Apr 2017 13:59) — Azizim, yangi turmagim haqida nima deysan?
— Hechqisi yo`q, o`sib ketadi...! Nodirali (28 Apr 2017 13:59) Shom paytida xiyobon ichidan uyga qaytayotgan ayolga kimdir:
— To`xta! Yerga yot! Emakla! - debdi baqirib.
Qo`rqib ketgan ayol buyruqlarni bajara boshlabdi.
Bir payt qarasa, bitta kishi kuchukchasi bilan shug`ullanayotgan ekan. Nodirali (28 Apr 2017 14:00) Ikki ulfat ko`l bo`yida gaplashib o`tirishsa, Xammer mashinasida bir boy kelib debdi:
— Yigitlar, ko`lni qayeri sayoz? Mashinamda narigi qirg`oqqa o`tib ketmoqchiman.
— Mana bu yeridan o`tsangiz bo`ladi, - deb javob berishibdi.
Boy Xammerida ko`lga qarab haydabdi-yu, shu zahoti cho`kib ketibdi. Bir amallab suzib chiqqan boy:
— Sayoz degandilaring-ku!? - desa, ulfatlar hayron bo`lib:
— Hozirgina shu yerdan bir to`da o`rdaklar o`tib ketishgandi-da..., - dermish. Nodirali (28 Apr 2017 14:00) Hind kinolaridagi qahramonlardan o`rnak olish kerak! Bir talay muammosi bo`la turib, ashula aytib, raqs tushib yurishadi-ya... Nodirali (28 Apr 2017 14:01) Mayxonada aroq ichib, kayfiyatsiz o`tirgan kishi yoniga bir odam kelib:
— Nima bo`ldi og`ayni? - debdi.
— Xotinim bilan urushib qoldim. Men bilan o`n kun gaplashmas ekan...- desa, boyagi odam:
— Ahvoling chatoq ekan-ku! - debdi.
U kishi yana aroqdan ichib:
— Gapirma! Bugun oxirgi kun, - dermish. Nodirali (28 Apr 2017 14:02) Ko`chada ketayotgan yengiltak ayol bir erkakka qarab:
— Siz meni beshinchi erimga juda-yam o`xshar ekansiz...!? - debdi
Erkak hayron bo`lib:
— O`zi erlaringiz nechta bo`lgan? - deb so`rasa, ayol:
— To`rtta, - dermish. Nodirali (28 Apr 2017 14:02) Yosh qiz otasiga:
— Adajon, menga planshet olib bering? – debdi.
Otasi:
— Sehrli so`zni unutdingmi qizim...? – degan ekan,
Qizi:
— Jamila, – debdi.
Otasi hayron bo`lib:
— Jamila? Bu nima deganing? - desa,
Qizi:
— Bu jazmaningizni ismi... - debdi.
Otasi o`zini yo`qotib:
— Planshetni qanaqa rangidan olib beray, ustiga g`ilof ham kerakmi...? - dermish. Nodirali (28 Apr 2017 14:03) Bugungi kunda turli ko`rinishdagi tortlarga buyurtma berish urf bo`lmoqda. Qandolatchilarni fikricha, ko`pchilik erkaklar xotinining tug`ilgan kuniga bosh miyasi shaklidagi tortlarni buyurtma qilishmoqda. Tort ustiga esa, "Meni miyamni yeb tugatmasdan, shuni yeb tur!" degan yozuv yozdirishmoqda. Nodirali (28 Apr 2017 14:03) — Yaxshi qiz, men sizni qanday topib olsam bo`ladi?
— Juda oson! Bo`yim 167 sm, vaznim 54 kg.
— Bo`ldi. O`zim bilan tarozi va metr olib yuraman. Nodirali (28 Apr 2017 14:04) Sud zalida er-xotin ajrashishmoqda.
Xotin:
— U bilan boshqa yashay olmayman! Erim uyda qo`y boqyapti. Nafas olib bo`lmaydi...
Sudya:
— Derazalarni ochib shamollatib tursa bo`ladi-ku...?! Shunga ajrashish shartmi?
Xotin:
— Nimalar deyapsiz janob sudya!? Axir meni ilonlarim o`rmalab tashqariga chiqib ketishadi-ku... Nodirali (28 Apr 2017 14:05) Olimlarning fikricha, tez orada shartnomalarda yozilayotgan kredit beruvchi tashkilotning shartlarini faqat elektron mikroskop yordamida o`qiy olish mumkin bo`ladi. Nodirali (28 Apr 2017 14:05) "Biz yoshlarni oliftagarchiliklari orqasidan milliardlar ishlab olyapmiz!"
Apple va Samsung kompaniyalari. Nodirali (28 Apr 2017 14:06) Ertalabki tig`iz payt. Toshkent avtobuslari yo`lovchilar bilan to`la!
— Akrom aka, to`xtab turing! Odam kevatti! - baqiribdi avtobus chiptachisi haydovchiga, uzoqdan yugurib kelayotgan yo`lovchini ko`rib.
Bir-ikki soniya ham o`tmay:
— Akrom aka, haydang, ketdik. Proyezdnoy ekan...! Nodirali (28 Apr 2017 14:06) Qoyilman sizga!
Nimaga qoyilsiz?
Be'mani tilingiz boshqarganinggizga-da! Nodirali (28 Apr 2017 14:06) — Adasi, hanuzgacha menga biror martta gul sotib olmagansiz...!
— Hali tiriksan-ku, xotin...! Nodirali (28 Apr 2017 14:07) — O`g`lim, senga sovg`a qilgan ov miltig`i qani?
— Sotib yubordim. Puliga esa qo`limga soat oldim.
— Ahmoqmisan?! Endi quyon oviga borsang, soat nechida oldingdan quyon yugurib o`tganiga qarab yurasanmi?! Akbarali (28 Apr 2017 14:11) --Javob-- Nodirali (28 Apr 2017 14:05): "Biz yoshlarni oliftagarchiliklari orqasidan milliardlar ishlab olyapmiz!"
Apple va Samsung kompaniyalari. ---------- nodirbekpro, bizda nokia .voyy. Nodirali (28 Apr 2017 14:30) --Javob-- Akbarali (28 Apr 2017 14:11): nodirbekpro, bizda nokia .voyy. ---------- Akbarali, bizda ham shuda :t NMPI (28 Apr 2017 14:34) Nokiaham yomonmas! Doston (28 Apr 2017 18:23) Jinni jinniga dedi Men 12-qavatga chiqib turaman. Sen ham qarama qarshi tarafdagi 12 qavatli uyning 12-qavatiga chiqib turasan. So'ngra men qo'limdagi fonarni yoqaman. Sen fonarning nuriga chiqib men turgan uyga yurib o'tasan Kelishdikmi kelishdik Doston (28 Apr 2017 18:25) Eri cheteldan xotiniga xat yozvoti
Salom azizam uzr hayotim bu oy 
sanga pul jo'natomiman o'rniga 500 
ta opich jo'natvoman. Qabul qivol
Bir haftadan so'ng xotini javob 
yozvoti Salom azizim siz yuborgan 
500ta o'pichni qabul qildim Ulani 
100tasini gazchilaga 100tasini suv va 
elektr energiasiga 50tasini sutchiga
120tasini bozor 6charga ishlatdim
Xavotir omen xali zaxirada 130ta 
o'pich turibdi Doston (28 Apr 2017 18:34) Bir yow bola onasiga Oyijon 
dars nma degani? Oyisi Bolam 
kechqurun opangni zohid degan 
sinfdoshi keladi ularni kuzat va o'rgan
Kechqurun bolacha yashirinib 
opasini sinfdoshi bn kuzatadi. Ertasi kun 
oyisi sorabdi Ayt chi bolam dars 
nima ekan o'rgandingmi Bolacha 
tushintira boshlabdi Opam va 
sinfdoshi bir soat o'tirib 
gaplashdilar Keyn opami mazasi 
qochdi va sinfdoshi qo'llarini 
opamni yoqasidan tiqib yurak 
urushini tekshirdi keyn opamni 
issig'i chiqqanmi kiyimlarini echib 
tashlashga majbur böldi Keyn 
opamni kasalligi sinfdoshiga xam 
yuqti shekilli u xam yechinishga 
majbur bo'ldi. Keyn qu4oqlashib 
opishtilar Keyn sinfdoshini 
oldidan birdan ilon chiqdi
opam ilonni tiwlab öldiriwga 
xarakat qildi. Biroz xarakatdan 
keyin ilonni o'ldirdi. Juda 
charchagan edilar. Biroz dam 
oldilar Ammo ilon yana tirildi
Demak ilon o'lmagan ekan Keyn 
opam iloning ustiga o'tirib uni 
öldiriw uchun takror takror 
xarakat qildi eng oxrida 
yaxshiyam o'ldirdi. Bu safar 
ölganini to'chni bilardim chunki 
sinfdoshi iloning terisini shilib tualetga 
tashlavordi Va oyisi xushdan 
ketdi masters (28 Apr 2017 18:44) --Javob-- Doston (28 Apr 2017 18:34): Bir yow bola onasiga Oyijon 
dars nma degani? Oyisi Bolam 
kechqurun opangni zohid degan 
sinfdoshi keladi ularni kuzat va o'rgan
Kechqurun bolacha yashirinib 
opasini sinfdoshi bn kuzatadi. Ertasi kun 
oyisi sorabdi Ayt chi bolam dars 
nima ekan o'rgandingmi Bolacha 
tushintira boshlabdi Opam va 
sinfdoshi bir soat o'tirib 
gaplashdilar Keyn opami mazasi 
qochdi va sinfdoshi qo'llarini 
opamni yoqasidan tiqib yurak 
urushini tekshirdi keyn opamni 
issig'i chiqqanmi kiyimlarini echib 
tashlashga majbur böldi Keyn 
opamni kasalligi sinfdoshiga xam 
yuqti shekilli u xam yechinishga 
majbur bo'ldi. Keyn qu4oqlashib 
opishtilar Keyn sinfdoshini 
oldidan birdan ilon chiqdi
opam ilonni tiwlab öldiriwga 
xarakat qildi. Biroz xarakatdan 
keyin ilonni o'ldirdi. Juda 
charchagan edilar. Biroz dam 
oldilar Ammo ilon yana tirildi
Demak ilon o'lmagan ekan Keyn 
opam iloning ustiga o'tirib uni 
öldiriw uchun takror takror 
xarakat qildi eng oxrida 
yaxshiyam o'ldirdi. Bu safar 
ölganini to'chni bilardim chunki 
sinfdoshi iloning terisini shilib tualetga 
tashlavordi Va oyisi xushdan 
ketdi ---------- Doston, shunaqa bachkana latifalarni yozib nima qilasizlar Doston (28 Apr 2017 18:45) obõõ - bosish shartmdi xozrog udalit qlib tasheman xamasni xovotr olmen masters (28 Apr 2017 18:53) ha endi ettim qo'ydimda sizam menga -bosim 1-1 bo'ladi xd :) Doston (29 Apr 2017 13:00) --Javob-- masters (28 Apr 2017 18:53): ha endi ettim qo'ydimda sizam menga -bosim 1-1 bo'ladi xd :) ---------- http://uzmasters.ru/forum/3/11/1026/?page=1
masters, yog dõst men bekordan bekor 1- bosmiman men faqat + ga ishlamoqchman sherlar hikoya yozishka. qzqaman korin Akbarali (29 Apr 2017 13:08) Oftopis :ban: Nodirali (29 Apr 2017 18:25) Hozirgi kunda barcha xonadonlarda ertalabki nonushtani faqat telefon va noutbuklar yeyishadi. Faqat ular dasturxon atrofida emas, elektr toki atrofida qornilarini to`ydirib olishadi. Nodirali (29 Apr 2017 18:25) Qabriston qorovuli boshlig`iga borib ishdan bo`shatishini talab qildi.
— Meni ishdan bo`shating, to`ydim!
— Iye, nimaga?
— Qabrlarni har kuni oralab yuraman. Qayerga qaramay, "Bu yerda falonchi yotibdi", "Bu yerda pismadonchi yotibdi" degan yozuvga ko`zim tushadi. Nima, birgina men ishlashim kerakmi bu yerda? Nodirali (29 Apr 2017 18:25) Judayam ziqna boy bo`lgan ekan. Bir kuni qo`shni qishloqqa oshnasinikiga mehmonga boribdi. Endi o`tirgan ekan, uydagi shamni o`chirib keldimmi yo`qmi, degan savol qiynay boshlabdi. Borib kelay desa yo`l uzoq, bormay desa shamni erib qolishini o`ylab yuragi uvishib ketibdi. Oxiri chidolmay yo`lga tushibdi. Xalloslab uyiga kelib, eshikni taqillatibdi. Xotini chiqib, eshikni ochmoqchi bo`lgan ekan...
Boy:
— Eshikni ochma, hadyeb ochib yopilaversa eshik yemirilib ketadi. Uydagi shamni uchirib qo`y, shuni aytishga kelgan edim. Men shundoq izimga qaytib ketaman. Tayyor oshdan qolmay.
Xotini:
— Voy dadajonisi-yey, menku shamni allaqachon o`chirib qo`yganman, siz shu gapni aytish uchun shuncha yo`l bosib keldizmi, kovushingizni tagini yemirib?
Boy:
— Xavotir olma xotin, kovushim qo`ltig`imda! Nodirali (29 Apr 2017 18:26) Bir kishi, boshqa shahardagi oshnasinikiga 2-3 kunga mehmonga kelibdi. Oshni yeb bo`lishgach, xaligi mehmonni juda qovun yegisi kelibdi. Mezbon ham negadir qovun olib chiqmabdi. Toqati toq bo`lgan mehmon uy egasiga debdi:
— Oshna, qovun yegandan keyin qayerda yotaman? Nodirali (29 Apr 2017 18:26) Ishga kirish oldidan suhbat:
— Ijobiy xislatlaringiz?
— Qat’iyatlilik!
— Mayli boravering. O`zimiz siz bilan bog`lanamiz!
— Rahmat. Shu yerda kutib turaman... Nodirali (29 Apr 2017 18:26) Er-xotin bog`chadan bolalarni olib kelish ustida bahslashmoqda.
Er:
— Sen bor bog`chaga!
Xotin:
— Siz borib kelaqoling!
Er:
— Senga yangi palto, yangi etik olib berdimmi?
Xotin:
—Ha!
Er:
— Ana o`shalarni kiyginda borib kelaver!
Xotin:
— Nimaga siz bormaysiz?!
Er:
— Men nima paypoq bilan soqol olish uchun ko`pikda boraman-mi??? Nodirali (29 Apr 2017 18:26) Xotin eriga:
— Ozishimni xohlasangiz, ham bir kilo uchun 100 mingdan to`laysiz-mi? - debdi.
Eri bo`lsa:
— Insofing bormi xotin? Bozorda dumbani narxi qancha turishini bilasanmi? - deb kulib yuboribdi. Nodirali (29 Apr 2017 18:27) — Ayrim raqamlarni ataylab, shu raqamdan bo`ladigan qo`ng`iroqlarni ko`tarmaslik uchungina telefonga saqlab qo`yaman. Nodirali (29 Apr 2017 18:27) Bir yigit domni tagiga borib, 8-qavatni derazasidan qarab turgan odamga:
— Aka, pastga tushing. Gap bor, - debdi.
Haligi odam zinadan pastga tushib:
— Nima gapingiz bor uka, - desa, yigit:
— Ahmad akani uyi qaysi, - deb so`rabdi.
Haligi odam:
— Men bilan yuring, ko`rsataman, - deb, yigitni 8-qavatga olib chiqib:
— Ahmad akani uyi anavi ro`paradagi domni to`qqizinchi qavatida, - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:27) Bir kishi xotini vafodor ekanini tekshirmoqchi bo`libdi. Ishga ketgandek bo`lib, ko`chada berkinib tursa, xotini chiroyli kiyinib, uyidan chiqibdi-yu, bitta mashinaga o`tirib ketibdi.
Eri ham bildirmasdan, taksiga o`tirib, sekin o`sha mashina orqasidan ketaveribdi.
Xotini borib, bir tungi klubga kirib ketibdi. Boyaga erkak taksichiga:
— Og`ayni, anavi kirib ketgan ayol, mening xotinim bo`ladi. Shundoq ichkariga kirgin-da uni olib chiq, istagan pulingni beraman, - debdi.
— Gap yo`q, hozir olib chiqaman! - deb kirib ketibdi. Birozdan keyin taksichi bir ayolni qo`lidan ushlab olib chiqib, — Aka, mana buni ushlang! - desa, er:
— Esing joyidami? Bu meni xotinim emas-ku! - debdi.
— Siz ushlab turing, qo`yib yubormang! Bu mening xotinim. Hozir siznikini olib chiqaman, - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:27) Merlin Monroning surati hanuzgacha reklama plakatlarida uchraydi. Odamlar o`lganidan keyin ham ishlab yurishibdi. Meni xotinim tirik bo`lsa ham ishsiz!!! Nodirali (29 Apr 2017 18:28) Yosh bola do`konga kirib:
— Asal bering, - deb sotuvchiga idishini uzatibdi.
Sotuvchi idishni asalga to`ldirgach, bolakay unga:
— Pulini adam kechqurun berib ketadilar, - debdi. Jahli chiqqan sotuvchi, — Yo`q, - debdi-yu, asalni qayta to`kib olibdi.
Do`kondan chiqqan bolakay qo`lidagi idish ichiga qarab:
— Adam rost gapirgan ekanlar. Bu yerda ikkita nonga surtsa yetadigan asal chiqadi, - dermish xursand bo`lib. Nodirali (29 Apr 2017 18:28) Yoqilg`i quyish shahobchasiga yengil mashina to`xtab, ichidan bir olifta ayol tushib, kassaga pulini to`lab, kelib qarasa, mashinani eshigi qulflanib qolibdi. Kalit esa mashinani ichida qolib ketgan ekan. Shu yerda ishlaydigan yigit ayolni qo`liga sim berib, oynasini tirqishidan tiqib, eshikni ochishi mumkinligini aytibdi. Bir payt qaytib kelib qarasa, boshqa bir mashina egasi, erkak kishi qotib kulayotganmish. Sababini so`rasa, haligi erkak:
— Anavi ayol mashinasini oynasidan sim tiqyapti, eshikini ochaman deb, - debdi.
Yigit bo`lsa:
— Eshigi berkilib qolgan ekan, men aytdim. Shu kulgilimi? - desa, erkak yana kulib:
— Mashinani ichida dugonasi bor ekan, simni qaysi tomonga tiqishni ko`rsatyapti, - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:28) — Qizingizga bunday yomon so`zlarni, qarg`ashlarni kim o`rgatyapti???
— Turqi qursin, juvarnamak, ... qayoqdan bilay...! Nodirali (29 Apr 2017 18:37) Ota-onangiz uxlashingizdan oldin sizlarga qanday ertaklarni aytib berishardi?
"Institutni tugatganingdan so`ng rosa ko`p pul topasan" - degan ertaklari hamon esimda... Nodirali (29 Apr 2017 18:38) Radioga qo`ng`iroq:
— Salom, meni ismim Teshavoy! Men kecha diplomat topib olgandim. Ichida 50 ming Yevro va pasport bor ekan. Menimcha diplomat egasini pasporti shekilli, ismi Boltavoy ekan, shu birodarimizga yaxshilik qilmoqchiman.
— Rostanam, pullarini qaytarib bermoqchimisiz?
— Yo`q, shu odamni nomiga bir qo`shiq qo`yib berishingizni so`rayman.
— Iye, qanaqa qo`shiq?
— "KAYFUYeM" degan qo`shiqni qo`yib bersangizlar degandim! Nodirali (29 Apr 2017 18:38) Oyijon man mushukchamni topdim!!!
— Jinnimisan qizim, 35ga kirding, er top endi. Nodirali (29 Apr 2017 18:38) Bolacha onasini yoniga yugurib kelib:
— Oyi, oyi, karavotni tagida ajina bor ekan...
— Ha, o`g`lim, dadang komandirovkadan kelgunigacha o`sha ajina biznikida yashab turadi. Nodirali (29 Apr 2017 18:38) Poyezd. Kupeda go`zal qiz va bir yigit o`tiribdi. Yigit qizga judayam gapirgisi kelibdi va:
— Kechirasiz siz ham shu poyezdda ketyapsizmi, dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:39) Sovchilardan qizni onasi so`rabdi:
— O`g`lingiz qayerda ishlaydi?
Sovchilar:
— Uzgazoilda pistoletchi bo`lib ishlaydi..
Buni eshitib qolgan qizni otasi:
— Qizimiz sizlarniki, dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:39) Bir odam pullarini yo`qotib qo`yib Xudoga iltijo qilayotgan ekan:
— Ey xudojon agar pullarimni topib bersang, butun umr faqat yaxshi savob ish qilaman. U pullarimga boshqa ichmayman! Tinmay ibodat qilaman, - deb qo`llarini ko`kka cho`zib yig`lab turgan ekan, shunda bir chekkada pullari yotganmish.
Shunda haligi kishi tezda ko`z yoshlarini artib:
— Bo`ldi kerakmas, o`zim topdim, - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:39) Uchta g`irt mast bir taksini to`xtatib chiqishibdi. Taksichi hazillashib mashinani o`t oldirib joyidan jildirmay besh daqiqacha turib, keyin mashinani uchirib:
— "Yetib keldik tushinglar" — desa. Birinchi mast rahmat aytib tushib ketibdi. Ikkinchi mast yo`lkirani to`lab tushibdi. Uchinchisi taksichini boshiga bir shapatdan beribdi. Taksichi ichida bunisi sezib qoldi deb o`ylab tursa...
Uchinchi mast
— "Sen odamlarning hayotiga javobgarsan! Ikkinchi bunaqa tez haydamagin" — dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:39) Bir otaxon avtobusda bitta negrni ko`rib qolibdi va so`rabdi:
— Bolam Mirzacho`ldanmisan?
— Yo`q otaxon, men negrman, Afrikadanman.
Sal o`tib chol yana so`rabdi:
— Bolam Mirzacho`ldanmisan?
— Negrman dedim-ku ota Afrikalikman.
— Haaa, endi bolam gap yo`g`ida gapda...
15 minutlar yurgandan keyin, chol yana so`rabdi:
— Bolam Mirzacho`ldanmisan?, - desa negrni jahli chikib:
— Ha Mirzacho`ldanman nima edi?, - desa
Haligi otaxon:
— Unda nega negrlarga o`xshaysan?, - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:40) Bir shilqim oshnasi bilan ketayotib, otda sayr qilib yurgan bir go`zalni uchratib qoldi va do`stiga dedi:
— Oh, shu go`zalning oti bo`lib qolsam ham mayli edi!
— So`rab ko`rchi, balki eshakda sayr qilishga ham rozi bo`lar, taklif qildi sherigi. Nodirali (29 Apr 2017 18:40) Azizjon minimarketda savdo qilib o`tirsa, bittasi yugurib kelib:
— Novot bormi? - deb so`rabdi.
Azizjon:
— Ha, bor - desa, boyagi odam:
— Shirinmi? - deb so`rarmush. Nodirali (29 Apr 2017 18:40) Itingizga qarasangiz bo`lmaydimi, qo`shni? Kecha shunaqangi hurdiki, qizim qo`shiq aytish mashqini to`xtatishga majbur bo`ldi.
— Kechirasiz-u, lekin qizingiz birinchi bo`lib boshladi. Nodirali (29 Apr 2017 18:41) Qabristondan qaytayotgan ikki kampir suhbatlashyapti:
– Yoshingiz nechada?
– Sakson yettida.
– Shu yoshingizda pardoz qilib yurganingizga o`laymi?!
– Ha, endi... O`zingiz necha yoshdasiz?
– To`qson uchda, aylanay.
– Uyga qaytib ovora bo`lib yurganingizga o`laymi? Nodirali (29 Apr 2017 18:41) Bir odam ayolini tug`ruqxonaga shoshilib olib ketayotsa, yosh yigit ularni mashinasini to`xtatib:
— Iltimos, qarashib yuboring. Itarib yuborsangiz bo`ldi..., - debdi.
Shoshilgan er, — Yo`q, - desa, xotini:
— Boraqoling adasi. Sizni ham avtomobilingiz tez-tez buzilib turadi. Mayli mashinasini itarib keling. Men kutib turaman, - debdi.
Boyagi yigit erkakni besh chaqirim nariga olib borib, bolalar maydonchasiga yetgach:
— Mana shu kachelyaga o`tiraman, itarib yuborasiz..., - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:41) — Azizam, bugun tushlikka nima yeymiz?
— Hech vaqo!
— Huddi kechagidek-mi?
— Ha, kecha ikki kunligini pishirib qo`ygandim. Nodirali (29 Apr 2017 18:42) Meni ertaga bajarishim kerak bo`lgan ishlarim:
1. Anavi...
2. Manavi...
3. Unisi...
4. Bunisi...
... Nodirali (29 Apr 2017 18:42) — Avvalgi kasbimni, ishimni sog`inyapman...
— Qayerda ishlar eding?
— Hech qayerda. Bekorchi edim Nodirali (29 Apr 2017 18:42) Zamonaviy oliftagarchilik bu:
Qo`lida ayfon telefon, lekin hisobida pul yo`q!
Kaptiva avtomobili bor, lekin benzinga pul yo`q! Nodirali (29 Apr 2017 18:42) Er xotiniga qo`ng`iroq qilib:
— Xotin, qayerlarda bo`lishni orzu qilar eding? Dengiz bo`yidami yoki bahavo o`rmonzorlardami? – deb so`rabdi.
Quvonchi ichiga sig`magan xotini:
— Albatta dengiz bo`yida, dadasi! Sayohatga yo`llanma olyapsizmi? – desa,
— Yo`g`-e, xojatxona uchun osvejitel tanlayapman, – dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:53) Bog`chaga kelgan boladan tarbiyachisi bilimini sinab ko`ryapti:
— Qani Akmal nimani bilasan?
— 1, 2, 3, 4, 5
— Ana ko`rdilaringmi sanashni bilar ekan, qani davom etchi,
— 6, 7, 8, 9, 10, valet, dama, korol, tuz.. Nodirali (29 Apr 2017 18:54) Yarim kechada uchta mast kishi temir yo`ldan ketisharkan, biri dedi:
— Bu zinapoya juda baland ekanmi-a?
— Ushlab chiqishga tutqichlari ham past ekan, dedi ikkinchisi.
Uchinchisi yengil tin olib:
— Hechqisi yo`q, ana lift kelyapti, - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:54) Kitob magaziniga kirgan kishi sotuvchi ayoldan so`radi:
— «Erkaklar ayollarni e’zozlashi kerak» - degan kitob bormi?
— Fantastika bo`limi qo`shni xonada. Nodirali (29 Apr 2017 18:54) Bir duduq do`konga kirib AHMAD choyini olaman deb, AATKO choyini sotib olibdi. Nodirali (29 Apr 2017 18:55) Xotin eriga:
— Dadasi, esingizdami turmush qurmasimizdan ilgari har bir uchrashuvimiz romantika edi. Kechalari tashqariga chaqirardiz, man uydagilardan bekinib oldizga chiqardim. Qanday mazza edi...
Xuddi shunday uchrashuvga taklif kiling! - desa,
Eri:
— Xo`p Azizam, bugun kechqurun soat 22:00da bolalarni uxlatib, oshxonaga chiq choy ichamiz! - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:55) Ho`sh, bizning sanatoriy sizga yoqdimi?
— Ha. Sizlarda shu qadar bemaza ovqatlar tayyorlashar ekanki, naqd yetti kiloga ozdim... Nodirali (29 Apr 2017 18:55) Bir kun ertalab qizcha dadasidan so`rabdi
— Dada asalniyam oyog`i bo`ladimi?
— Yo`q qizim nimaga bunaqa deyapsan?
— Kecha kechqurun asalim oyog`izni ko`taring didizku, debdi. Nodirali (29 Apr 2017 18:56) Ishxonada birga ishlaydigan juvon erining suyuqoyoqligidan nolib gapirib, u bilan ajrashmoqchi bo`layotganini aytgan ekan, dadam uni fikridan qaytarishga urinibdi:
— O`ynash degani nosga o`xshagan bir narsa, humori tutganda chekiladi-yu, keyin tuflab ketilaveradi, singlim. Ming marta shukur qilingki, siz eringizning nosqovog`isiz. Nodirali (29 Apr 2017 18:56) — Eshitishimcha, qo`shnilaring juda ahil, huddi qush kabutarlarday yashasharmish.
— To`ppa-to`g`ri! Goh hotini oynadan otilib chiqadi, gohida eri. Nodirali (29 Apr 2017 18:57) Bir odam do`kondan baliq sotib olgani borgandi, baliqlarning ichida bir qiyshiq baliq turganmish. Shunda haridor sotuvchiga qarab:
— Aka, nega bu balig`ingiz qiyshiq desa.
— Ha, bu baliqni burilishda ushlaganmiz dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:57) Bir odam yo`lda ketayotib bir qizchani ko`rib qolibdi va so`rabdi:
— Hoy qiz, nega bu yerda turibsan, adashib qoldingmi?
Qizcha:
— Nega so`rayabsiz, turib ham bo`lmaydimi
— O`zim shunday, uying qayerda?
— O`zingiznikichi?
— Meniki chilonzorda! O`zingizniki qayerda?
— Meniki ham Chilonzorda!
— Unda bu yerda nima qilyapsan?
— Sizni kutib turibman!
— Meni?
— Ha sizni dada!
— Iye, qizim Gulchapchap oying qani?! Nodirali (29 Apr 2017 18:58) Nemis tilida bulbulu-go`yo bo`lgan Laylakjon Safsataqulov, 3-chi Jahon urushini boshlab yuborishiga bir baxya qoldi. Nodirali (29 Apr 2017 18:58) Peshtokida «Ko`ngil siringizni gul vositasida izhor eting!» shiori osilgan gullar do`koniga bir yigit kiribdi.
— Menga bir dona atirgul bering, - debdi u sotuvchiga.
— Atigi bittami?
— Ha... Men juda kamgapman! Nodirali (29 Apr 2017 18:59) Bir odam mehmonxonaga borib:
— Joy bormi, desa.
— Hamma joylar band, lekin bir xonada bir negr o`zi yotibdi, shu bilan yotsangiz bo`ladi, deyishibdi
— Ha, mayli meni soat 07:00da uyg`otib qo`yinglar, deb uxlagani yotibdi.
Negr hazilkash ekan u odamni yuziga qora kuya surkab qo`yibdi. Ertalab uyg`otishganda shoshilib kiyinib oynaga qarasa, yuzi qora emish.
— Voy onasini emgurlar adashib negrni uyg`otib qo`yishibdi-ku, dermish. Nodirali (29 Apr 2017 18:59) O`rmonda sher o`g`lini uylantiribdi. Hamma hayvonlarni to`yga aytibdi, faqat quyonni etmabdi: quyon alkash bo`lsa, kesa baribir to`yni fayzini buzadi keganidan foyda yo`q deb, quyoni aytmabdi. To`yida hamma hayvonlar o`ynayotgan ekan quyon bostirib kirib:
— Hoy, sher sen meni to`yinga chaqirmading-a hozir razbor qilamiz, desa
Sher tulkiga:
— Bor chiqib hal qivor, debdi.
Tulki ko`chaga chiqib ketibdi. Tars-turs bo`lib bir ozdan kegin quyon qaytib kiribdi:
— Shumi zo`ring? Yana bormi, debdi.
Sher to`ng`izga ishora qilibdi. To`ng`iz ham chiqishi bilan tars-turs bo`lib yana quyon qaytib kiribdi:
— Yana zo`ring bormi, desa
Shyer bo`riga qarab:
— Bor hal kivor, debdi.
Bo`ri ko`chaga chiqib ketibdi, yana tars-turs bo`lib, bo`ri qaytib kiribdi. Hamma joyi qon, oyog`ida zurga turarmush. Sher nima bo`ldi, desa.
Bo`ri zo`rg`a boshini ko`tarib:
— Ahmoq ayiqni ham aytmapsan-ku, dermish Nodirali (29 Apr 2017 19:00) Er xotiniga:
— Bitta ber, - debdi.
Xotini:
— Yo`o`o`o`o`q!
— Kel jonim iltimos, bo`may ketyapman...
— Yo`q dedim, xozir berdimu?
— Yana bitta ber, keyin uxlaymiz.
— Uff, voyeyey, ammo bezor qivordiz, hozir bersam keyin so`ramaysizmi???
— Yo`q jonim, bo`ldi oxirgisi, bugunga yetadi...
Xotin:
— Ana tokchada turibdi, bitta oling, sanab qo`yganman, - desa.
Er:
— Tovba, endi sigaretniyam so`rab cheksam, bu qanaqa zamon bo`ldi!?, - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 19:08) Yarim kechasi bir erkak mast holda uyiga qaytayotib ko`chadan bir mushukni ushlab qo`yniga solib olibdi. Eshikni taqqillatsa xotini ochibdi.
Er:
— Tanishib qo`y, bu maymun junglidan kelib qolgan.
Xotini kulib:
— Voy, qanaqasiga maymun bo`ladi, bu oddiy mushuk-ku.
— Sen aralashma, men mushuk bilan gaplashyapman. Nodirali (29 Apr 2017 19:09) Mevalar suhbatlashib o`tirishar ekan, yong`oq maqtanibdi:
— Meni odamni miyasiga o`xshatishadi - desa,
Olma: meni odamlarning yuziga o`xshatishadi debdi.
Gilos: meni odamlarning qirmizi labiga o`xshatishadi desa,
Banan: xijolat bo`lib kelila temani o`zgartirili - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 19:10) Qiz yigitdan so`radi:
— Lasettingiz bormi?
Bola:
— Yo`q!
Qiz:
— Narxozda o`qiysizmi?
Bola:
— Yo`q!
Qiz:
— 2 etajli uyiz bormi?
Bola:
— Yo`q!
Qiz:
— Unda sizga bort!
Bola:
— Nima san bilan tanishish uchun Pradoimni sotib Lasetti olishim, Westminster`dan Narxozga perevod qilib, 3 etajli uyimni buzib 2 etaj qilishim keremi? Yo`q, man bunaqa qilomiyman uzur! Sanga bort!!!
Qiz:
— Alo, alo, man hazillashudim!!!
— Tuuut—tuuut—tuuut Nodirali (29 Apr 2017 19:13) Parkda yigit bilan qiz quchoqlashib o`tiribdi.
Qiz:
— Menga shunday ishonarli chin so`zingizni ayting yuragim hayqirib ketsin,
Yigit
— Orqamizda dadang bilan ikkta milisa turibdi! Nodirali (29 Apr 2017 19:14) Yigit bilan bir qiz niyat bulog`iga boribdi. Birinchi yigit niyat qilib suvga tanga tashlabdi. Keyin qiz niyat qilib tanga tashlamoqchi bo`lgan ekan, suvga tushib ketibdi. Shunda yigit:
— Yo, qudratingdan, niyat qilsang amalga osharmisha - dermish. Nodirali (29 Apr 2017 19:16) Dadasi meni sevasizmi?
— Pulim yo`q.
— Men ko`ngil uchun so`rayabman, siz esa darrov boshqacha tushinasiz.
— Ha, sevaman, jonimdan ortiq.
— Bo`ldi endi qizig`i yo`q puliz bo`masa. Nodirali (29 Apr 2017 19:16) O`g`li onasidan so`rabdi:
— Oyijon sizni ko`zingiz qorong`ida ko`radimi?
— Yo`q, ko`rmaydi, nimaga so`rayapsan?
— Kecha kechqurun dadamdan soqolingiz o`sibdi deganizga, - debdi. Nodirali (29 Apr 2017 19:17) Misr ehromlarini barpo etish vaqtida quruvchilar tosh plitalarni ko`tarishda allaqanday ko`tarish mexanizmlari - zamonaviy liftlarga o`xshash vositalardan foydalanishgan, degan fikr bor.
Ehromlarning yuqori qismlarida mehnat qilgan qullar tabbiy ehtiyojlarini qondirish uchun jiddiy muammolarga duch kelishgan: chunki balandlikdan turib hojatni chiqarish tufayli ular qorovullarning g`azabiga va fir’avnlarning la’natiga duchor bo`lishlari mumkin edi.
Faqatgina lift ixtiro qilingandan so`nggina olimlarimiz qullar ushbu nozik vaziyatdan qanday chiqib ketishganini ihtiro qilishdi. Nodirali (29 Apr 2017 19:19) Shayton bolasiga uqtiribdi:
— Bolam, odamdan uzoqrok yur, chunki o`zi gunoh qilib bizga tuhmat qiladi. Nodirali (29 Apr 2017 19:19) Bir yigit sevgan qiziga:
— Agar qo`limda nechta mandarin borligini topsangiz, ikkalasini ham sizga beraman, dermish. Nodirali (29 Apr 2017 19:20) 35 yoshga kirgan bo`ydoq yigitdan so`rashibdi:
— Nega uylanmagansiz?
— O`zimga mos ideal qiz izlab yurgandim, nihoyat topdim!
— Endi uylanasizmi?
— Yo`q
— Nega?
— U ham ideal yigitni izlayotgan ekan Nodirali (29 Apr 2017 19:20) Oddiy askar Kayfiyev bir qadam oldinga. Kecha yana ichibsiz, agarda ichishni tashlasangiz sizga serjant unvonini beraman.
Kayfiyev javob beribdi:
— Serjant unvonini nima qilaman, ichsam o`zimni Generaldek his qilaman-ku. Nodirali (29 Apr 2017 19:21) Bir kuni bir bola ko`chada do`stini urayotgan ekan, shunda bir otahon kebqolib:
— Bolam do`stingni nimaga uryapsan, desa
Bola aytibdi:
— U meni ikki yil oldin begimot deb mazah qilgandi, debdi
— Ikki yil oldin mazah qilgan bo`lsa, nimaga hozir uryapsan, debdi
— Bugun zooparkga borib begimot nimaligini ko`rdim-da. Nodirali (29 Apr 2017 19:21) Bitta sodda yigit uylanibdi, chimildiqqa kirib jim yotaveribdi. Toqati toq bo`lgan kelinni jahli chiqib:
— Keling joyimizni almashamiz, - debdi.
Kuyov divanni aylanib o`tib yotibdi. Birozdan keyin kelin yana asabiylashib:
— Man o`rnashmadim, joyizga o`ting. Haa ustimdan o`turing, - debdi.
Kuyov kelinni ustidan o`tayotgan ekan, kelin uni belidan mahkam ushlab:
— Bo`ldi endi bir qo`chqor bo`lib bering, - desa.
Kuyov:
— Baaaa, - dermish Nodirali (29 Apr 2017 19:22) Yosh yigitcha kitob do`konida sotuvchidan so`rabdi:
— Sizlarda "Qanday qilib 1 oy ichida millioner bo`lish mumkin?", - degan kitob bormi?
— Bor! Mana, marhamat! Lekin sizga tavsiyamiz — bu kitobga qo`shib "Jinoyat kodeksi"ni ham sotib oling. Nodirali (29 Apr 2017 19:22) Eshmat roddomda derazaga qarab baqiryapti:
— Halima, Halimaa, Haaliimaa!
Derazadan Halima qarab:
— Namuncha baqirasiz?
Eshmat:
— Tug`dingmi?
Halima:
— Ha, egiz!
Eshmat:
— Kimga o`xshaydi?
Halima:
— Bir-biriga o`xshaydi! Nodirali (29 Apr 2017 19:22) Tbilisidagi suv toshqini natijasida hayvonot bog`idan hayvonlar qochishdi. Qochgan bir echki Odessada topilgan. Nodirali (29 Apr 2017 19:22) Bir kuni jin uch kishini ushlab olibdi. Xitoylik, hind va o`zbek. Uchchalasiga shart qo`yibdi. "Xoxlagan narsangiz bilan o`zingizni himoya qiling. Men mushtum bilan uraman". Birinchi bo`lib xitoylik o`rtaga chiqibdi.
Jin: O`zingni nima bilan himoya qilasan?
Xitoylik: Buyuk Xitoy devori bilan.
Jin bir urishda Xitoy devorini parchalab ikkinchi urishda xitoyni urib o`ldiribdi.
Navbat hindga kelibdi. Hind yoga usullaridan foydalanib allanima bir holatda o`tiribdi. Jin uraveribdi, uraveribdi. Hindga xech narsa qilmabdi. Oxiri charchagan jin o`zbekdan so`rabdi:
— Sen nima bilan himoyalanasan?
— Hind bilan. shohrux (29 Apr 2017 19:43) :zor: Akbarali (19 May 2017 16:30) Ormonda bir otaxon qolida miltiq qochib kelyapdi orqasidan katta ayiq ushavolay ushavolay deb quvlab kelayotgan ekan. Buni ko'rgan ovchilas ayiqni otib otaxondi qutqarishibdi.
Shunda otaxon ovchilarni suka boshlabdi.
Ovchilar otaxon sizi hayotizi saqlab qoldigu nega so'kinasiz deyishsa.
MAn ayiqni uyimga yaqin joyga oborib otmoqchidim endi uyimgacha oborib berasizlar dermish.. Akbarali (19 May 2017 16:31) http://fotouz.ru/download/graftemp/220.WwW.FotoUz.Ru.jpg Akbarali (19 May 2017 16:31) 5 yoshli qiz b.n ogil.
Nozira nega yiglayapsan.
-chunki mening qulogimni tesmoqchi
-seniki hech gap menikin kesmoqchi...... Akbarali (19 May 2017 16:35) Bitta oquvchi tarix darisida hayol surib o'tirgandi, Ustozi uni turgazib:
-Hosh Zokirov Chingizxon kim bolgan.
Zokirov ichida oylay boshladi "Xon qoshimchasi ayollar ismiga qoshib aytiladi Lazizaxon, Madinaxon.... deb ichida uylab tursa.
Ustozi:
-Bilasanmi yoqmi Chingizxon kim ayt deb baqirsa.
Zokirov shoshilib javob berdi:
-Chingizxon Aleksandr Makedoniskini xotini bulgan ustoz, dermish Akbarali (19 May 2017 16:36) Podsho dushda cho'milyotganekan vazir kelib koreyslar bostirib kelyapti desa podsho manda kariyesdan 24 soat himoyalaydigan kolgeyt tish pastasi bor dermish. Akbarali (19 May 2017 16:38) Yangi o'zbek tramvayga chiqib haydovchiga:
- Amir Temur maxallasiga debdi.
Xaydovchi: - Aka bu taksimas desa, mana senga 50.000$ deb chiqarib beribdi. Shunda xaydovchi sheriklarini chaqirib, relslarni qoyib tramvayda Amir Temur maxallasiga boribdi. Yangi uzbek raxmat deb tushayotganda xaydovchi surabdi.
- Aka shuncha pulingiz kop ekan, uyingiz ham qasrday ekan nimaga bu ko'chalaringiz rasvo, hamma yoq kovlangan debdi. Shunda yangi uzbek:
- Ha uka bu chuqurlarga etibor berma, kecha uyga metroda kelgandim dermish. Akbarali (19 May 2017 16:39) Restarantda mijoz ofisantni chaqirib: kecha shu ovqatni zakaz qilganimda bundan ko'proq edi bugun kechagidan ancha kam pulu huddi kechadagidak olyabsiz?
- Kecha derazani oldida o'tirgandiz
-Derazani oldida o'tirish bilan bu yerda o'tirishni nima aloqasi bor ovqatga?
- Derazani oldida o'tirganlarga ko'proq suzib beramiz, ko'chadan o'tyotganlarga reklama qilish uchun. Akbarali (19 May 2017 16:41) Bir odamning uyiga mehmon kelibdi. Haligi odam mehmonni ichkariga kiritib oldiga dasturxon yoyibdi mehmonjon sizga osh maqulmi yoki shurva osaymi desa mehmon odamga qarab nima qozonlariz bittami dermish ... Akbarali (19 May 2017 16:42) Oqituvchi oquvchidan soradi:
-Eng zor janglardan qaysi birini bilasan?
Oquvchi: -Jon deb aytib berardimu, lekin onam uydagi gap kochaga chiqmasin deganlarda. Akbarali (19 May 2017 16:42) Bir domla jonini jabborga berib dars o'tayotsa, bir o'quvchi mazza qilib telefon o'ynayotgan ekan.
Bir vaqt o'qituvchi telefon
o'ynayotgan o'quvchini ko'rib, o'quvchidan so'radi:
-diqqatizni nima bo'lyapti? O'quvchi:
-diqqatimni siz bo'lyapsiz dermish... Akbarali (19 May 2017 16:44) Bitta mujik yarim tunda siygisi kelib, turib hojatxonaga borib siyib turib bulbulchasiga qarab shunday debdi:
-Mana ko'rdingmi, san hoxlagan paytingda man turdim, shuni unutma-dermish. :lol: Akbarali (19 May 2017 16:44) -Kuyov, qaynonasiga, oyijon biznikida qancha vaqt mehmon bolmoqchisiz?
-Jonlaringga tekkuncha!
-Bir oz o'tirsangiz bolarmidi... Akbarali (19 May 2017 16:46) --Aloooo MChSmi
--Ha
--Buyerdan chiqvolishka yordam bering
--Qayerdasiz???
--INTERNETDA Akbarali (19 May 2017 16:47) Sochi oq odam kal boshni ustidan kulibti. Nima alloxim sochdan qisib bermaganmi desa.
Kal odam beryatuvdi oq ekan omaganman dermish. Akbarali (19 May 2017 16:49) Dada televizorni yoqaylik.
— Jim o`tir. Tog`ang o`lgan uyat bo`ladi.
— Oyi televizorni yoqaylik.
— O'g`lim, tog`ang o`ldi. Mumkin emas.
— Aka, televizorni ko`raylik.
— Dadam, oyim aytishdi-ku tog`am o`lganini. Jim o`tir.
— Nima tog`amdan boshqa hech kim televizor yoqishni bilmaydimi? Akbarali (19 May 2017 16:50) Xotin eriga:
— Adasi meni haliyam sevasizmi? - depti.
Eri:
— Xotinjon, sen-simkartasan, men-telefon. Telefon sim kartasiz ishlamaydi.
Xotin o`zida yo`q hursand bo`lib, oshxonaga chiqib ketsa, eri:
— Bechora xotin sodda-da! Hozirgi telefonlarga ikkita sim karta tushishini bilmidi-da, - dermish. Akbarali (19 May 2017 16:51) -parashiyutdan sakrash qancha?
-500 ming
-maboda parashiyutim ochilmay qolsachi?
-unda pulingizni qaytarib beramiz Akbarali (19 May 2017 16:52) Bir kishi 9chi etajdan tushib ketibdi. 5chi Etajga yetganda balkonda turgan odam ushlab olib
-gugurting bormi desa
-yoq degan ekan qoyvoribdi uchishda davom etarkan
-zajigalkam bor deb baqirarmish Akbarali (19 May 2017 16:52) -Sen eshaksang.
-Nimalar deyapsan? Kim eshak?
-Xop, mayli unda ,,ZINA" so'zidagi ikkita unli harfni ayt-chi?
-I, A?
-Ana, aytmadimmi. Akbarali (19 May 2017 16:53) ERI bundan buyog'iga o'g'limiz tarbiyasi
bilan o'zim shug'unlanaman
XOTINI juda soz lekin axbarotingiz u-n bizni
o'g'limiz mas qizimiz bor dermish... Akbarali (19 May 2017 16:54) Ikki ortoq uchrashib qolib, biri ikkinchisidan sorabti:
-Agar sen kochada ketvorgan, gozal bir jononni ko'rib qolsang birinchi bolib qaysimtomonlariga etibor qaratasan?
-Yaqin atrofda xotinim bormi yoqmi ushanisiga. Akbarali (19 May 2017 16:55) Yigit., yaxshi qiz siz bilan kinoga tushsak bo'ladimi?
Qiz., ha bo'ladi.
Yigit., yigitingiz yo'qmi o'zi?
Qiz., yo'q erim u bilan kinoga tushganimni ko'rib qolib uni urub o'ldirdi.. Akbarali (19 May 2017 16:56) - Azizim, tayyorlagan taomim senga yoqdimi?
– Ajoyib azizam, ajoyib... Faqat kelgusi safar tuzga ozgina sho`rva ham qo`shsang... Akbarali (19 May 2017 16:56) Er ishdan qaytib kelganida, xotini kompyuter ekranidan ko'z uzmay so'radi:
-Dadasi, biror narsa yeysizmi?
-Ha, mana shu internet kabelini. Akbarali (19 May 2017 16:58) RODDOMDA...
JONIM TUG'ILDIMI?
-ha tug'ildi.
-o'g'ilmi?
-o'g'il
-kimga o'xshaydi?
-huddi o'ziz.
-qoshlarichi?
-sizga o'xshaydi
-ko'zlarichi?
-unisi ham.
-urraaa!!!
-bo'ldi endi tez keting hozir erim kelib
qoladi dermish... Bez pravil babnik (19 May 2017 17:52) Bitta chol yowligida olib qobdi Bez pravil babnik (19 May 2017 18:07) Manda kopul lekn bemani roqda ForMaT (19 May 2017 18:20) Эр ҳар куни ишдан келиб хотинига:
— Чой дамла, бор, — деркан.
Бир кун хотинининг жаҳли чиқиб:
— Ҳар кун шу аҳвол. Бор чой дамла, овқатинг тайёрми, - дейсиз. Қачон биз ҳам маданиятли инсонларга ўхшаб адабиёт, мусиқа ҳақида гаплашамиз, — дебди.
Бу гап эрини ўйга солибди. Эртасига эри ишдан келиб хотинига:
— Жоним "Отелло"ни ўқиганмисан?
— Йўқ.
— Охунжон Мадалиевни қўшиқларини эшитганмисан?
— Ким у?
— Муҳаммад Юсуфни бирорта шеърини ёдлаганмисан?
— Йўқ, ёдламаганман.
— Чайковскийни бирор бир симфониясини эшитганмисан?
— Йўқ, эшитмаганман.
— Тур, унда чой дамла... ForMaT (19 May 2017 18:22)
Tergovchi: - Shu pichoqni taniyapsizmi? - Ha, ha! - Oxiri tanidizmi?! - Tanimay bo‘ladimi? Siz uni menga 2 oydan beri ko‘rsatasiz...
ForMaT (19 May 2017 18:23)
Bir bola soqov ekan. Ota-onasi ko‘rsatmagan tabib-u, doktori qolmabdi. Hecham gapirmabdi. Oxiri ota-onasi gapirishidan umidini uzishibdi. Bir kuni ovqatlanib o‘tirishsa, soqov bola: - Sho‘r ekan, - debdi. Shunda onasi: - Voy o‘g‘lim, gapirdingmi?! Yana bir qaytar... - Sho‘r ekan ovqatingiz! Ota-ona o‘zida yo‘q xursand... - Sen bola gapirarkansan, nega bizni shuncha yil qiynading? Nimaga shu paytgacha indamading, - deyishsa, bola: - Shu paytgacha ovqatingizni tuzi yaxshi edi-da, - dermish.
ForMaT (19 May 2017 18:27) — Яқинда интернетда ўқидим. Битта миллионер ҳамма бойлигини ёшлигида севган қизига васият қилибди.
— Нима учун? Ахир у аёл унга турмушга чиқмаган-ку?
— Шунинг учун ҳам унга миннатдорлик билдирган-да...

Nodirali (29 May 2017 13:16) Er-xotin televizor ko`rib o`tirib, xotiniga eri:
— Leopard rosa tez yuguradi-de, xozir kiyikni yeb qo`yadi debdi
Shunda xotin eriga qarab:
— Agar kiyik tirik qolsa, ikkinchi xotin olishizga ruxsat beraman, debdi. Nodirali (29 May 2017 13:18) Ota 9 yoshli o`g`liga:
— Menga qara, nega sen "Bola tarbiyasi" to`g`risidagi kitobni o`qiyapsan?
O`g`ilning javobi:
— Meni tarbiyalashda haddilaringdan oshmayapsizlarmi yo`qmi, shuni nazorat qilmoqchiman. Nodirali (29 May 2017 13:18) Ikki do`st suhbatidan:
— Bilasanmi do`stim, qaysi qizni uyga olib kelib onamga ko`rsatsam, yoqmayapti, hech uylana olmayapman, nima qilsam ekan?
— Buni ilojisi bor, onangga o`xshaydiganini top, vassalom!
— Onamga o`xshaganini topgan edim, dadam haydab yubordilar! Nodirali (29 May 2017 13:18) Bir kishi qafasda uch dona to`tiqush olib o`tirardi. Xaridor ularning narxini so`radi.
— Birinchisi uch yuz ming. Gapiradi. Ikkinchisi besh yuz ming. U ham she’r aytadi va qo`shiq kuylaydi. Bunisini narxi bir million so`m. Lekin u na gapiradi, na qo`shiq kuylaydi.
Xaridor:
— Unda nega buncha qimmat.
— Bilmadim-u, lekin mana bu ikkisi uni “ustoz” deb chaqiradi Nodirali (29 May 2017 13:19) — Ay, ay, ay, tortmen og`riyaptiku, nima bitta teshikni topaolmayapsizmi?
Yigit:
— Qimirlamagin.
Qiz:
— Topdizmi?
Yigit:
— Ha, topdim. Hozir tiqaman.
Qiz:
— Aaaayy, sekinro tiqin og`riyaptikuuu!
Yigit:
— E, o`chir ovozingni nima man sanga har doim zirak taqib yuribmanmi... Nodirali (29 May 2017 13:19) Bir kuni adabiy jurnal muharririga she’r qo`lyozmasi yuborildi. She’r «Men nechun tirikman?» deb atalarkan. She’rning o`zi esa juda uzun va zerikarli ekan. Muallifga juda qisqa javob jo`natildi: «Siz she’ringizni pochta
orqali yuborganingiz uchun tiriksiz. Agar uni idoramizga o`zingiz olib kelganingizda, shubhasiz, bu yerdan tirik chiqmasdingiz» Nodirali (29 May 2017 13:20) Avtomobilga yonilg`i quyish shoxobchasida:
— Sizni ogohlantirib qo`yay, bugundan benzinning narxi oshdi.
— Yaxshi, menga kechagi benzindan ellik litr quying. UZBakadem (12 Jun 2017 10:22) Kechasi afandi uxlayotsa eshik taqillabdi: o`tin kerakmi? - yo`o`o`q. Afandi ertalab turib qarasa hovlidagi o`tinlari yo`mush!... UZBakadem (12 Jun 2017 10:24) Afandi ozg'inligidan shikoyat qilib do'xtirga boribdi. Do'xtir 10 ta tabletka berib 10 kun iching debdi. Afandi birdaniga barini ichib yuborgan ekan judayam semirib ketibdi va yana do'xtirga boribdi. Do'xtir 10 ta ozdiradigan tabletka berib 10 kunda iching kuniga bir mahal debdi afandi 10 kun kutib yuramanmi deb barisini bir martada ichib yuboribdi va juda ozib tanasi shalvirab qopti. Yana do'xtirga borgan ekan hechqisi yo'q plastik operatsiya qilib terizni tortamiz debdi. Operatsiyadan chiqqan afandini kindigi peshonasiga kelib qolibdi. Buni ko'rgan do'xtir nima deyishnibilmay hol bu indeski hol bo'libdi desa afandi sen xolni qo'ya tur galstukni qara galstukni dermish! x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:11) Bir kuni tibbiyot kolleji domlasi o‘quvchilarga savol beribdi: O‘ttiz sekundda ko‘tariladigan narsa nima? Agar shu savolga kim to‘g‘ri javob bersa yillik, choraklik bahosini besh qo‘yaman debdi. Shunda bir qiz o‘rnidan turib: — Ie, domla uyalmiysizmi, deb xonadan chiqib ketibdi. Ikkinchisi: — Domla tayiniz qolmabdi, deb u ham chiqib ketibdi, Uchinchi bir qiz o‘rnidan turib: — Domla buni javobi qon bosimi bo‘lsa kerak debdi, domla balli to‘g‘ri javob berdiz bahoingiz besh. Chiqib ketgan ikkala qizga aytib qo‘ying, ular o‘ylagan narsa emas, debdi. x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:14) Birinchi marta odnoga kirgan sodda qiz statusiga: "Mana jamshid aka, siz qadrimga yetmagandiz... Bu yerda meni hamma sevadi, Shodyor shaxsan o'zi sevgi izhor qildi, Nemat ishqimda devona, Begzod mensiz turolmiydi, Xorazm dagi Sardor tinmay yalinadi, Siroj menga uylanmoqchi, G'ani menga she'rlar yozadi, Sanjar otnasheniyamda turibdi!!! Tembole hali birortasi sizga o'xshab: muncha qop qorasiz? Ko'ziznega unaqa? Tishlariz qayerda tushgan deb so'ragani yo'o'o'q.. x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:20) Bir boydan do‘sti so‘rabdi:
— Uyingga bosqinchilar kirgani rostmi?
— Ha rost!
— Hamma pullaringni, tilla taqinchoqlarni berib yubordingmi?
— Ha, bir zumda olib chiqib berdim!
— Seni qizib turgan dazmol bilan qo‘rqitishibdi. Shunga bir pasta taslim bo‘ldingmi?
— Esing joyidami? Dazmol qizib-qizib, uyimdagi elektr energiyasi hisoblagichi falon pul yozishini kutishim kerakmidi!? x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:24) Ikki yaqin dugonalar suhbatlashmoqda:
— Eshitishimcha, yigiting bilan ajralishibsizlar...?
— Ha!
— Nima bo‘ldi? Orangizdan biror gap o‘tdimi?
— Masalan sen, har kuni ichadigan, tinimsiz chekadigan, so‘kinib gapiradigan va hatto qo‘l ko‘taradigan odam bilan birga yashay olarmiding?
— Yo‘q, albatta!
— U ham bunga chiday olmadi. x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:24) Bir erkak 10 qavatdan pastga yiqilib tushibdi. Havoda pastga tushayotgan erkak o‘ziga-o‘zi debdi:
— Agar tirik qolsam, ichishni, chekishni tashlayman, xotinimga vafodor bo‘laman!
Omadi kelib qolib, shaloplab hovuzga tushibdi. Suvdan boshini chiqarib:
— Pastga tushgunimcha 5 soniya o‘tdi-yu, boshimga ming xil bema’ni fikrlar keldi-ya, - dermish. x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:24) Bir cho‘pon qo‘y bilan shaxmat o‘ynab o‘tirgan ekan. Buni ko‘rgan odamlar: — Juda aqilli qo‘y ekan-mi?! – deyishsa, cho‘pon: — Nimasi aqilli!? 2:1 ga yutqizyapti, - degan ekan. x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:25) Ota bolasiga dedi: — Yuqori qavatda turadigan bola bilan o‘ynama, tarbiyasi yaxshi emas. — Mening tarbiyam yaxshimi? — Albatta yaxshi-da. — Unday bo‘lsa, o‘sha bola men bilan o‘ynasa maylimi? x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:30) Xotin eriga:
— Adasi meni haliyam sevasizmi? - depti.
Eri:
— Xotinjon, sen-simkartasan, men-telefon. Telefon sim kartasiz ishlamaydi.
Xotin o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, oshxonaga chiqib kesa, eri:
— Bechora xotin sodda-da! Hozirgi telefonlarga ikkita sim karta tushishini bilmidi-da, - dermish. x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:30) Er-xotin televizor ko‘rib o‘tirsak, oshxonada qolib ketgan qo‘l telefonimga SMS xabari keldi. Erinchoqlik bilan o‘rnimdan turib, sekin borib qarasam, erimdan xabar kelibdi: "Xotinjon, modomiki o‘rningdan turib, oshxonaga boribsan, bitta achchiq choy damlab kelaqolgin!" x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:36) O‘quvchi “Mening dadam” mavzusida insho yozyapti:
“Meni dadam eng kuchli, eng jasur, eng chaqqon. U eng tezoqar daryodan suzib o‘ta oladi, eng baland cho‘qqiga hech qanday arqonsiz chiqa oladi, yakkama yakka ayiqni ham enga oladi... lekin odatda u uy supuradi, ovqat pishiradi, kir yuvadi” x[LuckyBoy]x (12 Jun 2017 17:36) - Buvajon sizni 12ta farzandingiz bulganmi? -Xa bolam, u paytlarda xozirgiday aptekalar yuk edi... Shahzodbek (14 Jun 2017 12:23) Odamxo'r maxluqlar bitta talabani tutib, olishibdi. Boshlig'i kelib, ularga buni qozonga solinglar va sekin asta aylantiringlar zora tami chiqsa, deb ketibdi. Keyin kelgach, qarasa hamma qozonni tez aylantirayotgan ekan. Boshlig'i baqirib: E cho'chqalar nima uchun tez aylantirayapsizlar man nima dedim- desa ular hay kartoshkani yeyabdida nima qilaylik debdi. Surhonsity (14 Jun 2017 21:35) Bir yoshli bolakayni onasi eridan so‘rabdi:
— Qayoqqa ketyapsiz?
— Futbolga, - debdi eri.
— O‘g‘limizni ham o‘zingiz bilan olib keting!
— Nega?
— Ana qarang, baribir bu yerda, bekorga baqirib o‘tiribdi...! Surhonsity (14 Jun 2017 21:36) — Allo, bu Texxizmatmi?
— Ha!
— Ayting-chi, Noutbukimni televizorga qanday ulasam bo‘ladi? Kino ko‘rmoqchi edim...
— Sim bilan ulang!
— Ulab bo‘lmayapti-ku!?
— Televizoringizni rusumi qanday?
— Rekord 312
— Unda ekranni o‘rtasiga skotch bilan yopishtirib qo‘ying! Surhonsity (14 Jun 2017 21:36) Agar dollaring bo‘lsa, qarindoshing yoki tanishingga sota ko‘rma!
Tez orada kurs o‘zgarishi bilanoq, so‘kish tagida qolib ketasan. Surhonsity (14 Jun 2017 21:38) Bolalar yozgi oromgohi. Guruh yetakchisi:
— Hammangiz qo‘l telefonlaringizni menga topshiring!!! - debdi.
Ertasi kuni tongda ko‘zi qizargan, kayfiyati yomon guruh yetakchisi chiqib kelib:
— Ablahlar! Hammangiz telefoningizni budilnigini yoqib beribsizlar-ku, tuni bilan navbatma-navbat jiringlab, umuman uxlatmadi. Soat 1:00, soat 2:00, 3:00, 4:00, ..., - dermish. XaCkEr JoN (15 Jun 2017 11:07) PIYOZ CHUMILGANI.BORIB YCHINIB YCHINIB TUGAB QODI
XAXAXAXAXAX :joy: :joy: :joy: :joy: Bez pravil babnik (15 Jun 2017 11:08) Karam xam! BlackCat (15 Jun 2017 11:11) Domla yo`lda ketyotsa jin ushlavobdi.
Jin domlaga seni eyman desa
-yoq meni yema senga talabalar obkeberaman disa
Jin:
-yoq otgan ga`l talabalaringni qozonga soluvdim kartoshkalarimni terib yebqoydi dermish))) XaCkEr JoN (15 Jun 2017 13:32) Qish. Izg'irin sovuq. Qor yog'yapti.
O'rmonda jaxl otiga mingan ayiq u
yoqdan bu yoqqa chopib
qichqirardi:
- Nima uchun senttabr oyida qahva
ichdim-a? XaCkEr JoN (15 Jun 2017 13:32) Tulkidan so'rashdi:
- Itdan qochib qutulish uchun
qancha ayyorlik ishlata olasan?
- Yuzdan ortiq, lekin eng yaxshisi,
unga ro'para bo'lmaslik. XaCkEr JoN (15 Jun 2017 13:33) - Sizni vegaterian deyishgandi,
go'sht yeyabsiz-ku?
- Bu quyon go'shti. Bu go'shtni men
taom o'rnida emas, qasos olish
uchun yeyapman. XaCkEr JoN (15 Jun 2017 13:34) Yarim kechasi telefon jiringladi:
- Allo, kechirasiz уuyg’otib
yubormadimi?
- Uyg’otib yubordingiz!
- Unda yana bir bor uzur, ertalab
qo’ng’iroq qilarman. Xozir
kayfiyatingiz yo’qqa o’xshaydi,
ovozingizdan bilinib turibti. XaCkEr JoN (15 Jun 2017 13:35) Talaba ekzamenda domlani hech
qaysi savoliga javob berolmabdi.
Shunda domlani jahli chiqib
zacho'tkasiga eshak deb yozib bersa,
talaba qo'liga olib o'qib turib:
Domla ismingizni yozibsiz u lekin
bahoim qani? – dermish. XaCkEr JoN (15 Jun 2017 13:35) Bir kuni yalmog'iz poezd yo'lda
ketvossa, orqasidan poezd signal
chalibdi. Yalmog'iz shunda "Aqlli,
Normalniy qizla hushte chalganlarga
qaramaydi" deb ketaveribdi spark (19 Jun 2017 09:10) Tўpт яҳудий ва тўрт ўзбек Тошкентдан Москвага бориш учун поездга ўтиришибди. Тўрттала яҳудий ҳар биттаси биттадан билет олишибди, ўзбеклар бўлса тўрталаси битта билет олибди. Яҳудийлар ҳайрон бўлиб, "булар нима қилар экан, - деб кузатиб турса.Проводник билетларни текширишни бошлаганда, тўрттала ўзбек битта туалетга кириб олибди. Проводник туалетда битта одам бор, деб туалет эшигини тақиллатиб билет сўрабди. Эшик қия очилиб, битта билетни кўрсатишибди, проводник ўтиб кетибди.Яҳудийлар қойил қолибди ва Москвадан қайтишда, улар ҳам тўрттаси битта билет олибди, Ўзбеклар бўлса бирорта ҳам билет олмабди. Проводник текширишни бошлабди. Яхудийлар югуриб туалетга кириб олибди. Шу пайт эшик тақиллабди. Яҳудийлар билетни ташқарига узатишибди. Ўзбеклар билетни олиб нариги туалетга югуришибди. PopCap (19 Jun 2017 10:08) [b]Bir kuni bir qiz uyalganidan yuzini yupkasi bilan berkitib olibdi[/b]:lol2: doniyor (20 Jun 2017 12:30) bir domla met kollejda genetikadan
dars beretgan ekan. savol beribdi:15
sekuntda nima kotariladi desa qizlar e
domla uyalmismi debdi. shunda bir
talaba oldiga kelib menda javob bor
bu davleniya debdi. domla tog'ri
malades 5. dugonalaringga aytib qoy
ular oylagan narsa 15 sekuntdamas 5
sekuntda kotariladi debdi ! doniyor (20 Jun 2017 12:31) bir rus O'zbekistonga kelibdi.
Avtobusga chiqayatgan 2 3 kishini yo
Ali, yo muhammat, yo rohman deb
chiyotganini eshitgan rus O'zbeklar
aftobusga ismini aytib chiqarkande
deb.......
Rus yo. Andire deb chiqibdi !! Jahongir Wap Master (20 Jun 2017 21:11) .pxaxa. :lol: Eshitib ko'rila Jahongir Wap Master (20 Jun 2017 21:12) Voy mp3 yuklab bomadiyu :t Jazeera (15 Jul 2017 21:25) Bir kuni bir echki echkiemarga bergan sutimga rozimasman debdi :joy: Ashurov (28 Aug 2017 16:22) --Javob-- Jahongir Wap Master (20 Jun 2017 21:12): Voy mp3 yuklab bomadiyu :t ---------- Jahongir Wap Master, Shuni o'zi askiya boldi :)) Jahongir Wap Master (28 Aug 2017 16:26) --Javob-- Ashurov (28 Aug 2017 16:22): Jahongir Wap Master, Shuni o'zi askiya boldi :)) ---------- Fruden, prikol mp3 yuklamoqchi edim bomadi ! Asil4ek (22 Feb 2018 10:24) Qo‘shnim Abdulaziz boboning aytishicha, u Titanik kemasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan ekan.
Boshidanoq hammani kema cho‘kib ketishi haqida ogohlantiribdi. Hech kim e’tibor bermabdi. Ammo, bobo baribir kema cho‘kib, yo‘lovchilarning katta qismi halok bo‘lishini qayta-qayta aytaveribdi. Axiyri odamlar bezor bo‘lib, boboni kinoteatrdan haydab chiqarib yuborishibdi. WaP_MaSTeR (25 Feb 2018 14:59) Xaxaxa :joy: Besthakker (25 Feb 2018 15:31) Pxaxaxaxaxa daxshatu WaP_MaSTeR (25 Feb 2018 17:42) Latifalar zör newCoder (14 Mar 2018 10:48) TÑžpÑ‚ яҳудий ва тўрт ўзбек Тошкентдан Москвага бориш учун поездга ўтиришибди. Тўрттала яҳудий ҳар биттаси биттадан билет олишибди, ўзбеклар бўлса тўрталаси битта билет олибди. Яҳудийлар ҳайрон бўлиб, "булар нима қилар экан, - деб кузатиб турса.
Проводник билетларни текширишни бошлаганда, тўрттала ўзбек битта туалетга кириб олибди. Проводник туалетда битта одам бор, деб туалет эшигини тақиллатиб билет сўрабди. Эшик қия очилиб, битта билетни кўрсатишибди, проводник ўтиб кетибди.
Яҳудийлар қойил қолибди ва Москвадан қайтишда, улар ҳам тўрттаси битта билет олибди, Ўзбеклар бўлса бирорта ҳам билет олмабди. Проводник текширишни бошлабди. Яхудийлар югуриб туалетга кириб олибди. Шу пайт эшик тақиллабди. Яҳудийлар билетни ташқарига узатишибди. Ўзбеклар билетни олиб нариги туалетга югуришибди. newCoder (14 Mar 2018 10:53) 5 ёшли бола подшоҳ, султонлар ҳақида китоб ўқиб туриб онасига:
— Мен ҳам катта бўлсам, 5та хотиним бўлади. Биттаси киримни ювади, биттаси уй тозалайди, яна бири овқат қилади, - деса
Онаси:
— Сан қайси бири билан ухлайсан? - дебди
— Ман ҳеч қайси бири билан ухламайман, ман ойижоним билан ухлайман, - дебди.
Онасини кўзлари ёшланиб: "Ўзимни меҳрибоним, ғамхўрим, - дебди,
— Унда 5та хотининг ким билан ухлайди? - деса
— Адам билан ухлайди ҳаммаси, - дебди
Отасини кўзлари ёшланиб:
— Ўзимни меҳрибоним, - дермиш newCoder (14 Mar 2018 10:55) Қадрли аёллар! Агар сиз 6 март куни совға олсангиз демак сиз у эркакнинг — хушторисиз… Агар 7 мартда совға олсангиз — сиз унинг хамкасбисиз… Агар 8 мартда совға олсангиз — сиз унинг севимли аёлисиз… Агар умуман совға олмасангиз — сиз унинг хотинисиз!!! newCoder (14 Mar 2018 10:55) Бир тўйда ярим тунгача базм бўлибди-ÑŽ охири ўртакаш бир отахонни ўртага чақириб:
— Отахон дуо қилиб беринг, - дебди.
Отахон ўртакашни олдига келса, ўртакаш отахонни қулоғига замонавий BLUETOOTH микрофонни тақиб гапиринг, - дебди.
Отахон ўртакашга қараб:
— Менга микрофон бер, - деса.
Ўртакаш:
— Отахон гапираверинг ҳамма эшитяпти, - дебди.
Отахон жаҳли чиқиб:
— Микрофон бер-э, - деса.
Ўртакаш отахонни қўлига битта стаканни бериб, мана микрофон энди гапиринг, - деса.
Отахон гап бошлабди:
— Мана бугун жиянимиз Абдусаттор... жиянимиз Абдусаттор, - дебди-ÑŽ.
Келинни исми эсидан чиқиб қолиб, стаканни орқасига яшириб, ўртакашга қараб:
— Ану алвастини исми нимайди, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 10:56) — 15 суткани қандай олдинг, деб сўраяпсизми?
Кўчада кетаётган эдим. Иккита милиция ходими келиб:
— Юринг, гувоҳ бўласиз, - дейишди.
Шунда тилим қичиб:
— ЗАГСдан ўтасизларми, - деб юборибман... newCoder (14 Mar 2018 10:56) Биринчи синф ўқувчиси илк марта мактабга бориб қайтгач, кайфияти ёмон, сумкасини отиб юборибди.
Онаси:
— Нима бўлди? - деса.
Бола:
— Мактабни обедгача дегандиз, 11 йил эканку, - дермиш newCoder (14 Mar 2018 10:56) Афанди бир пошшога балиқ совға қилди. Пошшо бу совға учун Афандига хазинадан бир тилла инъом қилди. Афанди чиқиб кетиши билан вазир пошшога деди:
— Ҳар ким балиқ кўтариб келса бир тилладан бераверсангиз хазина бўшаб қолади-ку?
— Дарвоке, айтганингиз тўғри. Нима қилиш керак?
— Дарҳол Афандини қайтариб келишни буюринг,— деди вазир.
Пошшо Афандининг кетидан одам юборди-да, вазирга деди:
— Тиллани қайтариб бер десак кандай бўлар экан?
— Бунинг иложи осон,— деди вазир,— Афандидан балиғинг эркакми, урғочими деб сўрайсиз, урғочи деса, «ÐœÐµÐ½Ð³Ð° эркак балиқ керак» дейсиз, эркак деса, «ÐœÐµÐ½Ð³Ð° урғочи балиқ керак» дейсизу тиллани қайтариб оласиз.
Афанди келди. Пошшо ундан сўради:
— Балиғинг эркакми урғочими?
Афанди пошшонинг ниятини пайқаб:
— Балиғим хунаса эди,— деб жавоб берди.
Пошшо унинг зийраклигига қойил қолиб, яна бир тилла инъом қилди. newCoder (14 Mar 2018 10:56) Бир одам ўғлига:
— Бўлди бас, мен этган қизга уйланасан.
— Ахир дада, қандай қилиб кўрмай, билмай туриб, уйланаман? Ким ўзи у қиз?
— Ҳокимнинг қизи.
— Ҳа-а, ундай бўлса майли.
Ҳокимни олдига бориб:
— Қизингизни сўраб келдим, ўғлимга келинликка берсангиз.
— Ие, қизиқ экансиз-ку, танимаган билмаган одамга қизимни берворавераманми, ким ўзи ўғлингиз?
— Ипотека банкини бошқарувчиси.
— Ҳа-а, ундай бўлса майли.
Банк бошқарувчисига бориб:
— Ўғлимни Ипотека банкига бошқарувчи қилиб ишга олсангиз.
— Ие, қизиқ одам экансиз-ку, дуч келган одамни банк бошқарувчиси қилиб ишга олаверамизми? Ким ўзи ўғлингиз?
— Ҳокимнинг куёви.
— Ҳа-а, ундай бўлса майли. newCoder (14 Mar 2018 10:57) Ўғил кечки пайт маст келиб, уйга кирса, столни устида қовун турган экан. "Бир оз еб ётай, бўлмасам уйдагилар ичиб кеч келганимни билиб қолишади", - деб қовунни еб ухлабди.
Эрталаб ойиси:
— Эй, уяти йўқ, тур! Кечқурун уйга ичиб кебсан-а?
— Йўқ, ойи.. Мен ичганим йўқ, нималар деяпсиз?
— Ичганим йўқ? Тунда ошқовоқни ярмини еб қўйибсанку, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 10:57) ЭНГ МАШҲУР ЁЛҒОНЛАР.
— Сени лайлаклар олиб келган...
— Сени ўйлаб туни билан ухлай олмадим...
— Аёлларни хунуги бўлмайди...
— Ҳамма бир киши учун, бир киши ҳамма учун...
— Худди сиз учун таёрлангандек сизга жуда ярашди...
— Мен учун энг муҳими қалб гўзаллиги, юз гўзаллиги эмас...
— Ўтирсангиз, ош пишаётган эди...
— Бизни таклиф қилишди, лекин биз бормадик...
— Орқасидан гапиряпман, шу ерда бўлса юзига ҳам айтаман...
— Охиргисини сизга сотаяпман, бундан бошқа қолмади... newCoder (14 Mar 2018 10:57) Хотин эрига нолибди:
— Билганимда, сизгамас, шайтонга турмушга чиқардим!
Эри:
— Ака-сингиллар турмуш қуришмайди, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 10:58) Бир йигит поездга чиқиб купега кирса, бир кетворган қиз ўтирган эмиш. Иккаласи танишиб, чиқишиб қолишибди.
Бир оз ўтгач қиз:
— Келинг "ЁПИРАЙ" - деган ўйин ўйнаймиз, - деса.
Йигит:
— Мен билмайманку? Қанақа ўйин? - деса
Қиз
— Мен ўргатаман. Кўзингизни юмиб ичингизда 50гача санаб, кўзингизни очасиз, - дебди.
Йигит кўзини юмиб 50гача санаб кўзини очса, қиз фақат ич кийимда турганмиш.
Йигит қизга қараб:
— "ЁПИРАЙ", - деб юборса,
Қиз:
— Энди мен кўзимни юмиб, 50гача санайман, - деб кўзини юмиб, 50гача санаб кўзини очса, йигитни ич кийими ҳам йўқ турган эмиш.
Қиз йигитга қараб:
— "ЁПИРАЙ", - дебди.
Энди навбат йигитга келиб, кўзини юмиб, 50гача санаб кўзини очса, қиз ҳам йўқ, ечган устиларию ҳамма нарсаси йўқмиш.
Йигит нима қилишини билмай проводникдан оқ чойшаб олиб, ўраниб, вокзалга тушса, 4та араб кетаётган экан. Секин бориб уларни орқасидан кетаётса, ҳалиги 4 та араб йигитга қараб кулишиб:
— Сиз ҳам "ЁПИРАЙ" ўйнабсиз-а? - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 10:58) Эр ҳар куни ишдан келиб хотинига:
— Чой дамла, бор, — деркан.
Бир кун хотинининг жаҳли чиқиб:
— Ҳар кун шу аҳвол. Бор чой дамла, овқатинг тайёрми, - дейсиз. Қачон биз ҳам маданиятли инсонларга ўхшаб адабиёт, мусиқа ҳақида гаплашамиз, — дебди.
Бу гап эрини ўйга солибди. Эртасига эри ишдан келиб хотинига:
— Жоним "Отелло"ни ўқиганмисан?
— Йўқ.
— Охунжон Мадалиевни қўшиқларини эшитганмисан?
— Ким у?
— Муҳаммад Юсуфни бирорта шеърини ёдлаганмисан?
— Йўқ, ёдламаганман.
— Чайковскийни бирор бир симфониясини эшитганмисан?
— Йўқ, эшитмаганман.
— Тур, унда чой дамла... newCoder (14 Mar 2018 10:58) Бир куни тушида қўшни хотинлар Афандини чиройли, ёш қизга уйлантирмоқчи бўлишиб турганларида у уйғониб кетиб, хотинини турта бошлади:
— Хотин, хотин, тур, иш чатоқ!
— Нима гап?— уйқусираб сўради хотини.
— Қўшнилар мени уйлантиришмоқчи, уларни ҳайда!
— Тинч қўйинг, уйқумни бузманг?
— Билиб қўй, мен сени олдиндан огоҳлантириб қўймоқдаман. Ҳақиқатан ҳам уларнинг шундай нияти бўлса, кейин мендан ўпкалаб юрма,— деди Афанди. newCoder (14 Mar 2018 10:59) Бир куни 5000 сўм вафот этиб дўзахга тушибди қараса: 1 сўм, 3 сўм, 5 сўм, 10 сўм, 25 сўм, 50 сўм, 100 сўм, 200 сўм, 500 сўм, ҳатто 1000 сўм ҳам жаннатда мазза қилиб юришган экан шунда, 5000 сўм 100 сўмга сизлар:
— Жаннатга қандай тушдинглар деб сўрабди?
100 сўм жавоб берибди:
— Сен бирор марта масжидга борганмисан? Бирор марта етим есирларга садақа қилинганмисан дебди. newCoder (14 Mar 2018 10:59) Америкалик турист ўзбек билан Самарқандни айланиб юриб:
— Бу ерларда бинолар паст экан, масалан манабу бино бизда бўлганида 10 баробар баланд бўларди, - дебди бир бинони кўрсатиб.
Ўзбек:
— Ҳа, албатта ахир бу жиннихонаку, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 10:59) Бир куни география ўқитувчиси глобусни кўрсатиб:
— Солиев Африка қани?, - деса Солиев:
— Мен олмадим устоз, - дебди.
Ўқитувчи яна сўрабди:
— Солиев Африкани менга топиб бер!
Солиев:
— Устоз ростини айтяпман, мен олмадим.
Шунда ўқитувчи:
— Бор, дадангни чақир!, - дебди. Дадаси келгач:
— Ўғлингизга Африкани кўрсат, қани деб сўрасам, мен олмадим дейди. Бунга нима дейсиз?, - дебди.
Дадаси ўғлига ўгирилиб:
— Ўғлим, олган бўлсанг, қайтиб бер!, - дермиш. Ақлдан озай деган устоз ота-болани қўшнисини кўчада кўриб қолибди-да, бўлган воқеани гапириб берса, қўшниси:
— Ўзи булар шунақа, олган нарсасини қайтариб беришмайди, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 10:59) — Отангдан сенга бирор нима мерос қолганми?
— Ҳа, фақат ақл қолган холос.
— Эссиз дарров йўқотиб қўйибсанда. newCoder (14 Mar 2018 10:59) Аёл бошчилик қиладиган фирмада бир йигит ишлар экан, у ҳамма билан гаров ўйнаб доим ютиб оларкан, буни эшитган бошлиқ йигитни чақириб:
— Сиз гаровда ҳаммани ютар экансиз, буни сири борми? - деб сўрабди.
Йигит:
— Ҳеч қанақа сир йўқ, хоҳласангиз сиз билан ҳам ўйнаб ютишим мумкин, - дебди.
Аёл:
— Майли, нима ҳақида ўйнаймиз?
Йигит:
— Ишонасизми, роса 3 кунда сизни елкангизда хол пайдо бўлади, - дебди.
Хуллас улар 100$ дан баҳслашибди. Орадан 3кун ўтиб аёл йигитни чақириб:
— Йигитча, сиз ютқаздиз, ҳеч қанақа хол чиқмади, - деса.
Йигит:
— Йўғ-е, кўрсатингчи?
Аёл кўрсатибди, йигит пулни бериб чиқиб кетаётса
Аёл:
— Ҳа йигит, нима бўлди? 100га тушдиз-ку, - деса.
Йигит:
— Зарари йўқ, хоним, ана у деразадан пойлаб турган уччови билан бошлиғимизни ечинтираман деб, 300дан гаров ўйнаганман, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 11:00) Бир шилқим ошнаси билан кетаётиб, отда сайр қилиб юрган бир гўзални учратиб қолди ва дўстига деди:
— Оҳ, шу гўзалнинг оти бўлиб қолсам ҳам майли эди!
— Сўраб кўрчи, балки эшакда сайр қилишга ҳам рози бўлар, таклиф қилди шериги. newCoder (14 Mar 2018 11:00) Бир қиз уйига дугонасини меҳмонга олиб келибди. Дугонаси ҳаммомга киришга ижозат сўрабди ва ҳаммомга кирибди.
Ҳаммомдан чиқиб:
— Ҳаммомда икки хил сочиқ бор экан. Бирида "К", иккинчисида "Б" белгилари бор экан. Мен "К" белгиси борига артиндим. Ахир "К" — Катталар учун, "Б" — Болалар учун, тўғрими?, — дебди.
Шунда қиз:
— «Ð‘» — Бетники эди, — дебди. newCoder (14 Mar 2018 11:00) — Хотинжон, илтимос менга қараб Ñ‘Ñ‚.
— Йўқ, қарамайман, сиз саримсоқ егансиз!
— Сен эса ётишдан олдин, бир коса нохат шўрва ичдинг, нафас ололмаяпман. newCoder (14 Mar 2018 11:00) Шаҳар ҳокими Афандига буюрди:
— Менга бир баҳайбат, қопағон ит топиб келинг!
Афанди эса, буйруқнинг аксини қилиб, ювош бир ит топиб келди. Ҳоким Афандини койиди:
— Мен сизга «Ò›Ð¾Ð¿Ð¾Ò“он ит топиб келинг!» десам, жуда ювош итни олиб келибсиз.
Афанди бепарво жавоб берди:
— Тақсир, хотиржам бўлинг, бу жанобларининг олдида беш-олти кун турса, ўзларидан таълим олиб, занжирини ҳам узадиган бўлиб кетади. newCoder (14 Mar 2018 11:01) Афанди хонга ғоз пишириб борар эди, йўлда корни очиб, бир оёғини еб қўйди. Хон уни олиб сўради:
— Бир оёғи қани?
— Бу йилги ғозларнинг ҳаммаси бир оёқли экан,— деди-да, Афанди сув бўйида бир оёғини кўтариб дам олиб турган ғозларни кўрсатди. Хон таёқни кўтариб пўписа қилган эди, ғозлар икки оёқлаб қочди.
— Ана, оёқлари иккита экан-ку,— деди хон. Афанди пинагини бузмай жавоб берди:
— Шу таёқ билан биров сизга ҳам ҳамла қилса, икки оёқ у ёқда турсин, тўрт оёқлаб қочар эдингиз. newCoder (14 Mar 2018 11:01) Кунлардан бирида ҳоким йўлда кетаётган экан, кўчада эшак етаклаб кетаётган Афандини кўриб, шофёрга:
— Отахонни ёнида тўхтат, бир бопли - дебди.
Ҳоким Афандига қараб:
— Ҳа, Афанди, эшакни ўқишга олиб кетвосизми? - деб шофёр билан қотиб кулишибди.
Гапга жавобан Афанди:
— Ҳа, ўқишга олиб кетвоман. Ўқиса ҳоким бўлади, ўқимаса шофёр - дебди newCoder (14 Mar 2018 11:01) Бир киши метрода кетаётганида бир йигит келиб:
— 200 сўм садақа қилинг, - дебди.
Киши эса:
— Пулим йўқ эди, - деса.
Бояги йигит:
— Ишлаш керакда оғайни, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 11:01) 1. Тўп эгасини топади.
2. Дарвозабон кўзини сузмаса, ҳужумчи гол урмайди.
3. Ҳакам битта гапиради.
4. Голни гол қиладиган ҳам ҳакам, гоҳида пул қиладиган ҳам ҳакам.
5. Гол урсанг роҳат топасан.
6. Етти ўлчаб тепгунча, тўпни олдириб қўясан.
7. Ҳужумчи ўзар, ҳимоячи тўзар.
8. Ҳужумчини югургани дарвозагача.
9. Ҳужум қилсанг, гол урасан.
10. Ҳужуминг 100 та бўлса ҳам оз, рақиб ҳужуми битта бўлса ҳам кўп.
11. Ҳакамга яқинлашсанг, карточкали бўласан.
12. Мураббий ҳужумчини майдонда синайди.
13. Олдин ўзингга ур, кейин рақибга. newCoder (14 Mar 2018 11:01) — Онажониси туғилган кунинга нима совға қилай?
— Вой дадажониси, ўзингиз биласизку нозиккина бармоқларимга, узун келишган бўйнимга ва чиройли бежирим қулокларимга мос бирор нарса олақолинг.
— Бўлди, тушундим, - дебди эр.
Кечқурун ишдан қайтишида хотинига совға қилиб "Fabienne" совунини кўтариб келибди... newCoder (14 Mar 2018 11:02) Подшо, вазир ва Насриддин Афанди овга чиқишди. Йўлда подшо устидаги чакмонини ечиб Афандига берди. Буни кўрган вазир ҳам чакмонини ечиб Афандига узатди. Подшо Афандига тегажоғлик қилиб:
— Афанди, устингиздаги бир эшакнинг юки бўлди-ми? - деди.
Афанди дарҳол:
— Йўқ, шоҳим, кўриб турибдилар-ку, икки эшакнинг юки! - деб жавоб берди. newCoder (14 Mar 2018 11:02) Кеча ишхонамизда ҳақиқат куни қилдик. Ҳаммамиз ҳақиқат изладик. Бугун энди, ҳаммамиз янги иш излаяпмиз. newCoder (14 Mar 2018 11:03) Йигит қиздан сўради:
— Яхши қиз, бир кўришда муҳаббатга ишонасизми?
— Албатта, менда бунақанги вазият жуда кўп бўлиб туради. newCoder (14 Mar 2018 11:03) Тўрт улфат ойлик маошини олиб бир ўтириб, улфатчилик қилайлик дейишибди. Улардан ёши каттароғи айтибди:
— Келинглар танга ташлаймиз, агар танга олди тарафи билан тушса, саунага бориб бир мириқамиз, агар орқаси билан тушса қизларни олиб, тоққа чиқиб, дам олиб келамиз, агар қирраси билан тушса пивохўрлик қиламиз, мабодо танга ерга тушмай ҳавода муаллақ туриб қолса, ойлигимизни бир тийинини ҳам сарфламай, хотинларимизга олиб бориб берамиз! — дебди. newCoder (14 Mar 2018 11:03) Бир ўзбек билан татар кафега киришибди. Татар 3та булочкани ҳеч кимга билдирмай чўнтагига солиб, ўзбекка мақтанаятганмиш:
— Қара, шипириш дегани шунақа бўлади. Ўрган, студент! — деса
Ўзбек айтармиш:
— Шипиришни ҳозир сенга ўргатаман, — дебди.
Ўзбек сотувчини олдига бориб:
— Хоҳлайсизми, сизга фокус кўрсатаман?
— Қани, кўрилучи?
— 3 та булочка беринг!
— Мана!
Ўзбек 3 та булочкани сотувчини олдида паққос тушириб, оғзини артаётса, сотувчи ғазабланиб:
— Булочкани йўқ қилдингку, номард! Шуми фокусинг? — деса
— Булочкангиз жойида, ана ану татарни чўнтагини қаранг, — дермиш newCoder (14 Mar 2018 11:03) Бир қиз учрашувга кеч қолиб келди.
Йигит:
— Нега кеч қолдинг?!
Қиз:
— Билмайсизми, чиройли қизлар доим кечикиб келишга одатланган.
Йигит:
— Буни биламан, лекин сан нимага кеч қолдинг...? newCoder (14 Mar 2018 11:03) Она бўйига етган қизини чақириб:
— Қизим мана яқинда турмушга чиқасан, кел эр-хотин орасидаги алоқаларни сўзлашиб олайлик, - дебди.
Қиз онасига қараб:
— Нималар ҳақида билмоқчисиз? - дебди. newCoder (14 Mar 2018 11:03) Хўроз мусиқа мактабига ҳужжат топширвоти.
— Ўқиб нима қиласан? Туппа-тузук қичқирасанку?
— Нима қилай, товуқлар дипломинг борми деб сўрашаяпти!! newCoder (14 Mar 2018 11:04) Бир инженер ишсизликдан нима қилишини билмай, таваккал бир касалхона очибди. Касалхона эшиги олдига "Биз сизларни бенуқсон даволаймиз. Агар даволай олмасак 50000 пулингизни 100000 қилиб қайтарамиз", - деб ёзиб қўйибди.
Йўлдан ўтиб кетаётган бир врач, - буларни бир боплаб, 100000 пулини олиб чиқиб кетаман, - деб бинога кирибди. Инженер уни кутиб олиб, шикоятини сўрабди.
— Мен таъмни билмаяпман. Нима есам ҳаммаси бир хил.
— Ҳамшира, шишадаги суюқликни ичиринг.
— Ие, бу бензинку!
— Табриклайман, таъм билишингиз тикланди. Сиздан 50000.
Врач жаҳл билан пулни тўлаб чиқиб кетибди. Икки кундан кейин яна келибди:
— Энди мен ҳид сезмаяпман.
— Ҳамшира шишадаги суюқ дорини бу кишига ичиринг.
— Бу яна бензинку...
— Ана, ҳид билиш қобилиятингиз ҳам тикланди. 50 000 тўлаб кетасиз. Врач пулни тўлаб, яна жаҳл билан чиқиб кетибди. Орадан 3 кун ўтиб, бу сафар аниқ боплайман деган мақсадда келиб дебди:
— Энди мен ҳеч нарсани кўрмаяпман.
— Кечирасиз, биз буни даволай олмаймиз. Мана сизга 100000 пул.
— Ие, бу ерда 50000 ку!
— Табриклайман, кўриш қобилиятингиз тикланди. Сиздан 50000. newCoder (14 Mar 2018 11:04) Кеча ётоқхонага шовқинга ишлаб кетадиган чироқ ўчиргични ўрнатдик, энди нақд тунги клубни ўзгинаси бўлди. newCoder (14 Mar 2018 11:04) Иккита йигит кинотеатрда кино бошланишини кутиб ўтиришса, олди қаторда бир кал одам ўтирган экан. Биттаси шеригига:
— Кел, гаров ўйнаймиз! Анави кални бошига уриб келсанг эллик минг бераман, - дебди.
Шериги ўйланиб туриб, рози бўлибди. Секин кални олдига бориб бошига бир уриб:
— Салом Аҳмад! Қаерларда юрибсан?, - деса, кални жаҳли чиқиб:
— Мен Аҳмад эмасман! Адаштириб юбордингиз, - дебди.
— Кечирасиз, ҳудди Аҳмадга ўхшар экансиз, - деб жойига бориб ўтирибди. Бироздан сўнг ҳалиги шериги:
— Яна бориб бошига урсанг, юз минг бераман, - дебди. Шериги яна бориб кални бошига бир уриб:
— Салом Аҳмад! Сочимни олдирсам, танимайди деб ўйлаяпсанми?, - дебди. Кални яна жаҳли чиқиб:
— Акажон, мен Аҳмад эмасман, - деб бошқа жойга бориб ўтирибди. Яна бироз вақт ўтгач ҳалиги йигит:
— Яна бориб бошига урсанг икки юз минг бераман, - дебди. Шериги кални олдига бориб бошига бир уриб:
— Салом Аҳмад! Бу ердамидинг? Боядан бери нариги ёқда бир болани сенга ўхшатиб юборибман, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 11:04) Ҳайвонот боғида Горилланинг банани йўқолиб қолди. Шунда Горилла эълон ёзиб дарахтга илиб қўйди:
— Менинг бананимни ким ўғирлаганини топиб олсам, оёқ-қўли ва қулоғини узиб оламан, — деб ёзибди Горилла.
Эртаси куни эълон тагида янги ёзув пайдо бўлибди.
— Гаров ўйнайман, узиб ололмайсан, — деб жавоб ёзибди Илон. newCoder (14 Mar 2018 11:04) Чекка қишлоқлардан бирида яшайдиган 2та қиз Тошкентга келиб, айланиб юришиб, ўзлари тенги қизларни сигарет чекаётганини кўришибди. Шунда қизлардан бири:
— Қара Гули, шаҳарлик қизлар бемалол сигарет чекиб юришибди. Кел, биз ҳам сигарет чекамиз! — деса.
Униси:
— Қўйгин, Шарапат, биз ўзгармайлик, — деса.
Дугонаси:
— Тўғри айтасан Гули, қани носдан ол, — дермиш. newCoder (14 Mar 2018 11:04) Душанба куни ишга кўзи қизариб келган ходимдан бошлиқ сўраяпти:
— Ҳа кўринишинг бир аҳвол, шанба якшанба яна ичибсан-да?
— Йўқ, ишни соғиниб йиғлайвериб шу аҳволга тушиб қолдим. newCoder (14 Mar 2018 11:05) Кунлардан бирида бир қиз сеҳргарни учратиб қолибди. Сеҳргар қизга қараб:
— Тила тилагингни, - деб айтибди.
Қиз:
— Ҳамма болла, мани орқамдан югуриб юришсин, - деб тилак билдирибди.
Сеҳргар қизни коптокка айлантириб қўйибди. newCoder (14 Mar 2018 11:05) Хотин эрига:
— Пулингиз борми?
— Йўқ, қолмади.
— Агар топсам-чи?
— Сендан жуда-ям миннатдор бўлардим! newCoder (14 Mar 2018 11:05) Поезда бир купеда эркак ва аёл кетишяпти. Аёл тинмай қўшиқ айтяпти. Эркакнинг асаби ўйнаб:
— Бўлди қилинг қўшиқ айтишни.
Аёл:
— Мен қўшиқчиман. Тошкентга кўрик-танловга кетяпман. Тайёргарлик қилишим керак.
Эркак шартта кийимларини ечишни бошлабди.
Аёл:
— Бу нима қилганингиз? Уялмайсизми?
Эркак:
— Мен эркак кишиман. Тошкентга хотинимни олдига кетаяпман. Тайёргарлик кўришим керак. newCoder (14 Mar 2018 11:05) Бир киши дўкондан кўмир сотиб олса, ўрамни устида қуйидагича ёзиб қўйилган экан:
"Мазкур кўмирни ёқиш учун 3434 рақамига SMS юборинг". newCoder (14 Mar 2018 11:05) Бир фермер отахоннинг оқ ва қора моллари боракан. У отахондан журналистлар интервью олгани келишипти.
— Отахон бу молларингиз бир кунда қанча сув ичишади?
— Оқими қорасими?
— Оқи?!
— 2 пақир сув ичади кунига...
— Қорасичи???
— Уям...
— Отахон бу моллариз кунига қанча хашак ейди?
— Оқими қорасими?
— Оқи?!
— 4 тоғорадан хашак ейди..
— Қорасичи?
— Уям...
— Отахон бу моллариз кунига қанча сут беради?
— Оқими қорасими?
— Оқи?!
— 15 литрдан сут беради болам...
— Қорасичи???
— Уям...
— Эй, отахон одамни эзвордингиз. Савол берсак, оқими қорасими дейсиз, оқи десак, мана бунча дейсиз қорасичи десак уям дейсиз. Бу нимаси?
— Эй болам оқи узимникида.
— Ҳа тушунарли қорасичи, деса...
— Уям.... дермиш newCoder (14 Mar 2018 11:06) Бўлғуси рафиқаси билан учрашувга отланган йигитга холаси ақл ўргатяпти:
— Сен қизга албатта 3 та савол беришинг керак. Биринчи савол рўзғорга оид бўлиши шарт. Иккинчиси оила, учинчиси эса фалсафий бўлсин, тушундими жиян, бўш келма!
Куёв учрашувга борганида холасини айтганларига амал қилиб сўради:
— Кечирасиз, сиз макаронни яхши кўрасизми?
— Йўқ.
— Укангиз-чи, у макаронни яхши кўрадими?
— Мени укам йўқ.
— Нима деб ўйлесиз, агарда укангиз бўлганида макаронни яхши кўрган бўлармиди?! newCoder (14 Mar 2018 11:06) 2 та севишганлар суҳбати.
— Жон сигарет чекасиз-а?
— Ҳа, кент 8.
— 1 кунда қанча чекасиз?
— 1 кунда 1 пачка. Нима эди?
— Неча ёшингизда бошлагансиз?
— 15 ёшимдан, нимага сўравоссан ўзи?
— Агар сигарет чекмаганизда ҳозир Malibu да юрган бўлардиз.
— Сан ўзинг чекасанми?
— Йўғе, жоооон нимала дивос?!!!
— Унда қани Malibu? newCoder (14 Mar 2018 11:06) — Икки йилдан бери метрода ишга қатнайман.
Битта ҳомиладор аёл тиланчилик қилиб ўтиради. Ё тавба, икки йилдан бери туғмаяпти-я... newCoder (14 Mar 2018 11:07) Баъзи қизлар гўзалмас. Баъзи гўзаллар қизмас... newCoder (14 Mar 2018 11:07) Ота-оналар мажлисида мактаб директори:
— Ҳурматли ота-оналар! Сизлардан илтимос, қизларингизни “Ўқишга кира олмасанг, эрга бериб юбораман” деб қўрқитманглар! Билган саволларига ҳам нотўғри жавоб беришмоқда. newCoder (14 Mar 2018 11:07) Бир йигит дарё бўйига чўмилишга келибди. Қараса, ён-атрофда ҳеч ким йўқ. Ялонғоч бўлиб чўмилмоқчи бўлибди-да, кийимларини қирғоққа ечиб, сувга шўнғибди. Қайтиб чиқиб қараса, қирғоқда кийимларини олдида бир қиз ўтирганмиш. Йигит нима қилишини билмай, сув ичида сузиб юраверибди-юраверибди. Музлаб қолай деган йигит охири дарё тубидан эски бир тоғорани топиб чиқибди. Тоғора билан ўзини бироз беркитиб, пана қилибди-ÑŽ, қизнинг ёнига борибди:
— Яхши қиз нима ўқияпсиз?
— Китоб!
— Қандай китоб экан?
— Мантиқ!
— Мантиқ нима ўзи?
— Мантиқий фикрлаш тўғрисидаги фан мантиқ дейилади. Одамни нима ҳақида ўйлаётганини осонгина топиш мумкин.
— Унақада айтинг-чи, ҳозир мен нимани уйлаяпман.
— Сиз қўлингиздаги манави тоғорани таги бутун деб ўйлаяпсиз, яхши йигит! newCoder (14 Mar 2018 11:07) Кечаси бир қиз арвоҳлардан қўрқиб қабристон олдидан ўтолмай турган экан, бир йигит кeлиб қолибди.
Қиз:
— Жон ака, мeни шу қабристондан ўтқазиб қўйинг, - дeбди.
Йигит: "Ҳўб бўлади", дeб қизни зeриктирмай латифалар айтиб, кулдириб ўтқазиб қўйибди.
Қиз хурсанд бўлиб "сиз ажойиб инсон экансиз", дeса.
Йигит:
— Эҳ, сиз мани тириклигимда кўрганингизда эди, - дeрмиш newCoder (14 Mar 2018 11:07) Чойхонада:
— Тўхтанглар, биринчи бўлиб мен ичаман.
— Нега бундай деяпсан Тимур?
— Дадам ичаётганимни билиб қолибди: "иккинчи ичганингни эшитмай", - деган эдилар... newCoder (14 Mar 2018 11:07) Командир сафдаги аскарларга:
— Орангизда ким душман тарафга яширинча бориб, ҳужум режасини билиб кела олади?, - дебди.
Сафдан бир грузин аскар чиқиб:
— Мен бораман, - дебди.
— Яхши, - дебди командир, — Биз сенга учта граната ва бошингга битта каска берамиз.
— Менга аксинча, битта граната ва учта каска берақолинг, - деб аскар душман томонга кетибди.
Орадан бир соат ўтибди, икки соат ўтибди ... Грузин аскардан хабар йўқ эмиш. Командир битта аскарни ортидан жўнатиб, — Қараб кел-чи, нима гап экан, - деб юборибди.
Хабар олишга кетган аскар қайтиб келиб командирга:
— Анави грузин сафдошимиз душманларни ўртасига ўтириб олиб, "Топ-чи граната қайси каскани тагида! Топа олмадинг. Ўртадаги каскани тагида ҳам эмас. Яна ўн минг пул ва ҳужум режасини бер буёққа" деб ўйнаб ўтирибди, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 11:08) Военкоматга қўнғироқ бўлаяпти.
— Алло, ассалому алайкум. Сизлар бир инсонни ўз хоҳишига кўра армияга олиб кетасизларми?
— Ҳа, албатта. Сиз ўзи кимсиз? Қаердан телефон қилаяпсиз?
— Мен 737-маҳбусман. Қамоқхонадан телефон қилаяпман. newCoder (14 Mar 2018 11:08) Бола "Telegram"да ўтириб кун кeчирганини сeзмай қолибди. Бир пайт эшик тақиллабди.
Бола:
— Эшик очиқ.
Бир пасдан кeйин, эшик яна тақиллабди.
Бола:
— Эшик очиқ, кираверинг дeдим-ку, — дeса.
Адаси эшикни очиб:
— Тур-эээ, падаринга лаънат ҳожатхонага кирганинга бeш соат бўлди, чиқсанг кираманми?! newCoder (14 Mar 2018 11:08) Пошшо Афандини масхаралаш мақсадида сарой аҳлини йиғиб, фармони олий ўқиди:
— Биз бугундан бошлаб Насриддин Афандини эшак бошилик мартабасига мувофиқ кўрдик...
Афанди ўрнидан туриб пошшога таъзим қилди ва бориб тахтдан ҳам юқорироқ бир жойга бориб ўтирди.
— Ҳа, Афанди, — деди пошшо,— нима учун мендан ҳам юқорироққа ўтирдингиз?
Афанди қўлини кўтариб деди:
— Тақдирга тан беринг, шоҳим! Мен ўз вазифамни бажаришга киришдим! newCoder (14 Mar 2018 11:08) Бир маст одам эски чироқ топиб олибди. Ишқаласа, ичидан жин чиқиб:
— Тила тилагингни! Учта тилагингни бажараман, - дебди.
Маст одам унга:
—Кел юзта-юзта олайлик!
— Ўйлаб кўр. Бу биринчи тилагинг ҳисобидан кетади.
— Майли. Қани олдик.
— Энди иккинчи тилагингни айт!
— Яна юз-юз қуй!
— Ҳой инсон, яхшироқ нарса сўрасанг-чи?
— Эй, қуй дегандан кейин, қуйда! Қани олдик.
— Балки учинчи тилагингга бирор нима сўрарсан!
— Яна юзта-юзта олайлик!
— Сен ақлдан озибсан! Бу охирги тилагинг.
— Майли, розиман, - деб ичиб юборишибди.
Жин чироққа қайтиб кириб кетибди-ю, беш дақиқадан кейин қайтиб чиқиб келиб:
— Майли, тўртинчи тилагингни ҳам тила! Мен розиман!, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 11:08) Паркда иккита севишган қучоқлашиб туришса, милиция ходими келиб:
— Жамоат жойида қучоқлашиб турганларинг учун силага штраф соламан. Йигитга 10минг, қизга 50минг, - дебди. Шунда йигит:
— Вой ака, ман эркак бўла туриб 10минг, бу қиз бўла туриб 50 тўлайдими?
— Ука ман сани бу ерда биринчи кўришим. Қизни эса бешинчи кўришим, - дермиш newCoder (14 Mar 2018 11:08) Босинқираб уйғонган эркакдан хотини сўради:
— Нима бало, тушингизда илон кўрдингизми?
— Йўқ, онангни кўрибман. newCoder (14 Mar 2018 11:08) Биринчи синфда ўқийдиган Холмат, онасига дебди:
— Ойи, бугун директоримиз мендан: Сен оилада битта фарзандмисан?, - деб сўради
— Ҳа сен биттасан. У нима деди?
— Худога шукур, - деди. newCoder (14 Mar 2018 11:09) Бир оқсоқол муллани ёнига келиб:
— Қори ака мен 1945 йили гуноҳ иш қилганман.
Мулла:
— Қани айтингчи!
Оқсоқол:
— Уруш пайтида бир америкаликни немислардан яшириб уйимда сақлаганман.
Мулла:
— Биродар бу гуноҳ эмас, аксинча яхшику, бировни жонини сақлаш
Оқсоқол:
— Тўғрику-я лекин ҳар куни 100$ олардимда.
Мулла:
— Ие, шунақа денг. Майли-майли барибир бегуноҳни жонини сақлагансиз.
Оқсоқол хурсанд, мулла билан хайрлашиб остонада тўхтаб муллага:
— Қори ака нима деб ўйлайсиз, уруш тугаганини унга айтсамикан ёки йўқми? newCoder (14 Mar 2018 11:09) Талаба автобус орқасидан югуриб кетмоқда. Буни кўрган бир киши:
— Нега автобус орқасидан югуриб кетяпсан?
Талаба:
— 1000 сўм эконом қилиш учун.
Киши:
— Ундан кўра таксини орқасидан югур 4000 эконом қиласан. newCoder (14 Mar 2018 11:09) Чарчаган от чўчқага дардини айтибди:
— Хўжайин нуқул эрталабдан кечгача омочда ер ҳайдатиб, ҳамма ишларни қилдиради. Қорнимни тўйдирмасдан оли кириб ташлайди.
Чўчқа:
— Хўжайинни устидан "Ҳайвонларни ҳимоя килиш жамияти"га шикоятнома ёз!, - дебди.
Шунда от:
— Эй, йўқ, бу тўғри келмайди. Агар хўжайиним ёзиш ва ўқишни билишимни пайқаб қолса, кечаси билан болаларини дарсини қилдиради, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 11:09) Ишчи касса ёнида:
— Маошимни "сон" билан ёзайми "сўз" билан-ми?
— Қанча оляпсиз?
— 250 минг сўм.
— Ундай бўлса, кўз ёшлар билан ёзинг! newCoder (14 Mar 2018 11:09) Қабристон гўркови спорт жиҳозлари дўконига қўнғироқ қилиб:
— Алло, бу ҳафта нечта мотоцикл сотдингиз?
— Бешта!
— Демак, яна биттаси қаердадир санғиб юрибди... newCoder (14 Mar 2018 11:11) Янги бойлардан бири автомобиль дўконига кирибди.
Сотувчи:
— Келинг, хизмат? Сизга қандай автомобиль керак?
— Энг зўр автомобиль харид қилмоқчиман.
— Мана Форд Фокус русумидаги янги модель, -деб мақтаб кетибди сотувчи.
— Нимаси Фокус экан буни?!
— Ўтиринг марҳамат, кўрсатаман.
Сотувчи рулга ўтириб, автомобилни жуда катта тезликда ҳайдабди.
— Ҳой тўхтат, ахир дарахт турибди рўпарада, -деб бақирибди янги бой.
— Ҳавотир олманг, кўзингизни юминг, ҳозир фокус кўрасиз, -дебди-да, бой кўзини юмгач, дарахтни ёнидан айланиб ўтибди.
— Янги бой хайратланиб, автомобилни сотиб олибди.
Уйга келгач, барчага фокус кўрсатмоқчи бўлиб, автомобилга ўтиришларини айтибди.
— Энди ҳамма кўзларини юмсин, биз ҳозир мана шу дарахт орасидан ўтиб кетамиз, бу фокус, -дебди.
Янги бой автомобилни чунонам тез ҳайдабди-ки, улар улкан дарахтга бориб зарб билан урилибди. Пачоқланган автомобиль ичидан янги бойнинг зўрға овози эшитилибди:
— Минг лаънат, қайси биринг кўзингни юммагандинг?! newCoder (14 Mar 2018 11:12) Бир отахон чегарадан доим мотоциклда бир қоп олиб ўтаркан. Чегарачилар бошлиғи доим шубҳаланиб уни текширар экан. Аксига олиб қопда оддий қумдан бошқа ҳеч нима йўқ бўларкан. Ҳатто қумни элакдан ҳам ўтказиб кўришибди. Лекин ҳеч нима чиқмапти. Орадан вақт ўтиб божхона бошлиғи нафақага чиқибди. Ҳалиги отахонни топиб бориб:
— Бўлди, мен нафақага чиқдим. Сизни фош қила олмадим. Ўзингиз айтинг энди қопда нима олиб ўтгансиз? - деса, отахон жавоб берибди:
— Қопда оддий қум бор эди холос. Мен мотоцикл ўғрилаб ўтардим. newCoder (14 Mar 2018 11:12) Имтиҳон саволига жавоб тополмай ўтирган талаба ёнига ўқитувчи келиб:
— Бу фандан билиминг ёмон экани кўриниб турибди. Кел, сенга бошқа савол бераман. Мана шу хонада нечта чироқ бор? - дебди.
Талаба саволга жавоб топа олмай ўтирганида, тепадаги чироқларни санаб чиққан экан. У дарров, - саккизта, - дебди.
Ўқитувчи эса:
— Тополмадинг. Мени портфелимдаги билан тўққизта. Имтиҳондан ўтолмадинг, - дебди.
Талаба иккинчи мартта имтиҳонга кириб, яна шу ҳолатга тушибди. Энди у профессорни саволига, - тўққизта чироқ бор, - деб жавоб берибди.
Профессор:
— Топа олмадинг. Бугун мени портфелим бўш, - деса,
Талаба:
— Лекин мени сумкамда бор!, - деган экан талаба. newCoder (14 Mar 2018 11:12) Шогирд устозидан сўрабди:
— Устоз бизнинг футболчилар ҳужумда яхши ўйнайдими Ñ‘ ҳимояда?
Устоз жавоб бериб:
— Эҳ бўтам бизнинг футболчилар тўйда зўр ўйнайди, тўйда дебди устоз. newCoder (14 Mar 2018 11:13) Қиш кунларининг бирида эркак маст бўлиб келиб, уйини дарвозасини тақиллатибди. Аёли эшикни очмасдан:
— Ким-у? Дадаси сизмисиз, - деса ҳеч ким индамабди.
Аёл қайтиб уйга кириб кетибди. Тонг отгач кўчага чиқиб қараса, эри дарвоза тагида тиришиб ухлаб ётганмиш.
Шунда хотини эрини туртиб уйғотиб:
— Вой дадаси, қачон келдингиз, - деса, эри:
— Кечаси, - дебди.
Аёл:
— Нега "дадаси сизмисиз?" десам индамадингиз:
Эр:
— Калламни қимирлатдим-ку!? - дермиш... newCoder (14 Mar 2018 11:13) Эркакшунос олимлардан бири узоқ йиллик илмий тажрибаларидан сўнг, эркакларга қуйидагича таъриф беради:
— Эркакларни ер шарининг ҳамма ерида учратиш мумкин;
— Улар сут эмувчилар оиласига мансуб бўлиб, асосан, уйланиш орқали кўпайишади;
— Ичмаса одамларга деярлик хужум қилмайди;
— Гўшт, тухум, колбаса, ўпка, жигар, буйрак, калла почани севиб истеъмол қилишади. Баъзан хотинлари пиширган нарсалар билан ҳам озиқланадилар;
— Феъли ўзгарувчан бўлиб, неча йил умр кўриши хотинига боғлиқ;
— Энг катта хатоси, хотини борлигидадир;
— Эркаклар асосан 4 турга бўлинади: семиз, ориқ, узун ва калта.
— Улар соатига 20-25 км тезликда ҳаракатланадилар. Ичиб олганда эса соатига 50 см тезлик билан юрадилар;
— 20 ёшгача бўрига, 35 ёшгача йўлбарсга, 40 ёшгача шерга, 50 ёшгача айиққа, ундан кейин эса, мусичага ўхшаб қолишади...
Энг асосийси:
... Табиатда унинг ягона кушандаси - хотинидир. Хотинини кўрганида ташқи кўринишида қизариш, қалтираш, тил айланмай қолиши, нафас сиқиши ва телефонидаги смсларни ўчиришга уриниш каби салбий ҳолатлар кузатилади. newCoder (14 Mar 2018 11:13) Бир куни ўғри қўшнисини товуғини ўғирлаб, дарё бўйида сўйиб, патларини тозалаб ўтирганакан, товуқни эгаси келиб қолибди. Ўғри товуқни гўштини сувга ташлаб, патларини қўлига ушлаб олибди.
— Товуғим қани? Нима қилдинг? - деб бақира бошлабди товуқни эгаси. Ўғри бўлса:
— Товуғинг чўмиляпти, мен уни кийимларини ушлаб турибман, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 11:14) Бир аёл тўрт ёшли ўғли билан дам олишга борибди. У ердан қайтгач, эрига мақтана бошлабди:
— Росса мазза қилиб дам олдим. Биласизми адаси, у ерда "Меҳнат қаҳрамони" билан танишиб қолдим, - деб турса, ўғли:
— Қанақа қаҳрамон? Қўрқоқ амаки экан-ку! Бир ўзи қўрқиб, бизни хонамизда ётди ада... newCoder (14 Mar 2018 11:14) Янги келин инстаграммга кирмоқчи эканини эрига айтган экан, эри қулоғини тагига "лайк" қўйиб юборибди. newCoder (14 Mar 2018 11:14) Бир куни самолётда учаётган одам ҳадеб, — Эй худо, ишқилиб самолёт қулаб тушмасин, - деб нола қилаверибди. Ёнида ўтирган йўловчилардан бирининг жаҳли чиқиб, — нега ҳадеб минғиллайверасиз?! Мен самолётларда кўп учганман, у ишончли, ҳеч нарса қилмайди!, - дебди. Қўрқаётган йўловчи яна гапира бошлабди:
— Дўстим, сиз билмайсиз! Велосипедга ўтирсам, педали синиб кетади. Таксига ўтирсам, тормози ишдан чиқади. Автобусни эса балони тешилиб қолади, - дебди.
Шу пайт салонга стюардесса кириб:
— Ҳурматли йўловчилар! Самолёт тинч океанига қуламоқда. Ҳозир ҳар бирингизга хуштак тарқатаман. Уни чалсангиз, сизга акула ҳужум қилмайди, - дебди.
Бояги йўловчи жон ҳолатда:
— Ана кўрдингизми?! Ҳозир менга берилган хуштак Ñ‘ ишламай қолади, ёки акуланинг қулоқлари кар бўлади, - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 11:15) Бир Андижонлик окахонимиза Англиядан қўлида бир чемадан пул билан келса, божхона ходимлари қизиқиб сўрашибди:
— Ака, ўзи Англияга 2 кунга бориб келган бўлсангиз, қаердан шунча пул ишладиз?
— Картадан ютиб олдим, - дермиш
— Қанақа қилиб?
— Скверда кетаётсам, 2 та Англичан сувара ўйнаб ўтирган экан. Кейин бири манда 21 деса, иккинчиси ютқаздим деб пул берибди.
Мен ҳайрон бўлиб:
— Нимага бу картасини очмасаям, ютқаздим деб пул тутқаздингиз? - десам.
— Бизда джентелменнинг сўзи қонун, - деб айтди.
Буёғи энди, окалар, ишанаверинг бўлиб кетди. newCoder (14 Mar 2018 11:16) Қорбобога хат:
— Салом қари тўнка. Мен сени неча йилдан бери ҳар янги йил оқшомида кутардим. Мана бу йил ҳам кутдим, келмадинг. Энди сенга умуман ишонмайман. Ҳурмат билан Абдусаттор 47 ёш. newCoder (14 Mar 2018 11:17) Бир йигит кўчадаги тиланчига ҳар куни пул бериб ўтар экан. Куни келиб ўша йигит уйланибди.
Тиланчига пул бермай қўйибди. Орадан озроқ вақт ўтиб, тиланчи йигитни кўриб қолибди-да:
— Нима бўлди? Нега пул бериб ўтмайдиган бўлиб кетдинг? - деса, йигит:
— Уйланиб, рўзғордан ортмай қолди, - дебди.
Тиланчини жаҳли чиқиб:
— Нима, оилангни мани ҳисобимдан боқасанми?!?! newCoder (14 Mar 2018 11:17) Кўчада кетаётган йигитни олдидан бир лўли чиқиб:
— Ако келинг, бир фол кўрай! Агар яхши хабар айтсам, 2000 сўм берасиз. Ёмон хабар айтсам, 1000 сўм, - дебди.
Йигит рози бўлиб, қўлини узатибди.
Лўли йигитни кафтига қараб:
— Хотинингиз ҳомиладор экан. Яқинда эгизак ўғилларингиз бўлади, - деса,
Йигит хурсанд бўлиб, 2000 узатибди.
Лўли 1000 сўмни қайтиб бериб:
— Шошманг ако, охиригача эшитинг. Болаларни отаси сиз эмассиз..., - дермиш. newCoder (14 Mar 2018 11:18) Компьютер дастурчиси пианинонинг олдига келиб, уни узоқ кўздан кечириб, дермиш:
— Клавиатура ноқулай. Бор-йўғи 84 та клавишалар бор, уларни-ям яримидан кўпи функционал клавишлар. Ҳеч қайсида ёзуви йўқ. Лекин «Ð¨Ð¸Ñ„Ñ‚»Ð½Ð¸Ð½Ð³ оёқ билан босилиши зўр экан. CR7_RONALDO (14 Mar 2018 11:43) Ko'chada afandi ketayotgan ekan oldidan 1 kamaz afandi o'tib ketibdi :joy: (shovozlar konsertidan) newCoder (16 Mar 2018 15:35) Бир одам дам олиб ўтирса, тўсатдан азройил пайдо бўлиб:
— Жонингни оламан, - дебди.
— Рўйхатингни кўрсат-чи, - дебди бояги одам.
Рўйхатни қараса, ростан ҳам бошида турган экан. Ҳалиги одам секин ялинишга тушибди:
— Илтимос менга бир кун муҳлат бер. Яқинларим билан хайрлашиб олай, - деса, азройилни раҳми келиб, рухсат берибди.
Ҳалиги одам сиқилиб ўтирса, ёнига хотини келиб:
— Шунга ҳам сиқиласизми? Ахир буни йўли осон-ку! Азройил келса, олдин яхшилаб меҳмон қилинг. Чойига уйқу дори қўшиб қўйинг. У уйқуга кетгач, ёнидаги рўйхатни олиб, бошидан исмингизни ўчириб, охирига ёзиб қўйинг, - дебди.
Эри эртаси куни ҳудди хотини айтганидек қилибти. Азройил уйғонгач, ҳалиги одамга қараб:
— Раҳмат сенга эй одамзот! Мазза қилиб дам олдим. Бу яхшилигингни жавобсиз қолдирмайман. Майли мен жон олишни рўйхатни охиридан бошлай қоламан, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:35) Битта содда йигит уйланибди, чимилдиққа кириб жим ётаверибди. Тоқати тоқ бўлган келинни жаҳли чиқиб:
— Келинг жойимизни алмашамиз, - дебди.
Куёв диванни айланиб ўтиб ётибди. Бироздан кейин келин яна асабийлашиб:
— Ман ўрнашмадим, жойизга ўтинг. Ҳаа устимдан ўтуринг, - дебди.
Куёв келинни устидан ўтаётган экан, келин уни белидан маҳкам ушлаб:
— Бўлди энди бир қўчқор бўлиб беринг, - деса.
Куёв:
— Баааа, - дермиш newCoder (16 Mar 2018 15:35) Икки дугона суҳбатлашмоқда:
— Кеча эрим билан урушиб қолдим. Мени хафа қилди.
— Майли. Чой дамлаб бераётганингда қасдингни оласан.
— Тушунмадим...
— Ахир юзига туфлай олмайсан-ку! newCoder (16 Mar 2018 15:35) Бир куни футбол ўйинидан олдин бир ўйинчига тренери рақиб жамоа хавфли ҳужумчисининг ёнидан жилмай ўйнашини айтибди. Бироздан сўнг рақиб ҳужумчи “Қизил карточка” олиб, ўйиндан чиқиб, заҳирага бориб ўтирса, бояги ўйинчи ҳам унинг ёнига бориб ўтириб олган экан. newCoder (16 Mar 2018 15:35) — Доктор, ёрдам беринг! Тушимда нуқул сичқонлар футбол ўйнаб чиқишади. Ухлолмаяпман!
— Сизга дори ёзиб бераман, бугундан бошлаб ичасиз.
— Доктор, эртадан ичсам майлими?
— Нега?
— Бугун финал бўлади-да... newCoder (16 Mar 2018 15:35) Бир куни шифохонада бемор ухлаб ётса, врач уни уйғотиб:
— Уйғонинг! Уйқу дори ичадиган вақтингиз бўлди, - деган экан. newCoder (16 Mar 2018 15:35) Океанда қароқчилар бир кемани қўлга олишибди. Кемада америкалик, россиялик ва ўзбек бор экан. Қароқчиларга капитан:
— Америкалик ва россияликни олиб қолинг, ишлатамиз. Ўзбекни эса денгизга ташлаб юборинглар, - деб буйруқ берибди.
Шунда қароқчилар ҳайрон бўлиб сўрашибди:
— Нимага уларни олиб қолиб, ўзбекни ташлаб юборайлик???
— Ээээ, ҳозир "Ғопир акани танийсанми....Салим акани танийсанми???" деб, қулоқ-мияни еб, одамни асабига тегади, - дебди қароқчиларнинг капитани. newCoder (16 Mar 2018 15:36) Шифохоналарда "Саломатлигингиз ўз қўлингизда" - деган ёзув туради. Манимча яқин орада уни "Саломатлигингиз ўз чўнтагингизда" - деб ўзгартириб қўйишса ажабмас. newCoder (16 Mar 2018 15:36) Учта жинни мотоциклда қочиб кетаётган экан, йўлда ГАИ ходими таёқчасини кўрсатиб, "тўхтааа", - деса
Жиннилар:
— ЭЭ, қаерга ўтирасан, жой йўқку, - деб ўтиб кетишибди. newCoder (16 Mar 2018 15:36) Бир куни Афанди сомса еб ўтириб сўка бошлабди. Сомсачи келиб унга нега сўкяпсиз деса
— Йўқ, мен сизни эмас, хотинимни сўкяпман дебди. У ҳар кун айтарди — менга гўшт олиб келинг, мен сомса қиламан — деб, мана, пиёзданам ширин сомса бўларкану. newCoder (16 Mar 2018 15:36) Йигит билан қиз учрашувга чиқибди.
Йигит жуда уятчан экан, қиз эса уни қучоқлаб ўпишини хоҳлаб турибди.
Сал туриб қиз:
— Вой, кўзим оғрияпти.
Йигит қизни кўзидан ўпиб:
— Энди оғримаяптими, - дебди
— Йўқ...Вой, бўйним оғрияпти...
Йигит бўйнидан ўпиб:
— Энди оғримаяптими?
— Йўқ.
Сал нарида кузатиб турган бир чол келиб йигитга:
— Ўғлим геморойни ҳам даволайсанми?, - дермиш newCoder (16 Mar 2018 15:36) — Ай, ай, ай, тортмен оғрияптику, нима битта тешикни топа олмаяпсизми?
Йигит:
— Қимирламагин.
Қиз:
— Топдизми?
Йигит:
— Ҳа, топдим. Ҳозир тиқаман.
Қиз:
— Аааайй, оғрияптикууу!
Йигит:
— Э, ўчир овозингни нима ман санга ҳар доим зирак тақиб юрибманми.. newCoder (16 Mar 2018 15:36) — Хотинжон! Мен бугун маош олдим! Юр сенга 8—Март байрамига қимматбаҳо кўйлак билан бриллиант кўзли узук сотиб оламиз!
— Вой, дадаси-ей, менга бундай матоҳлар керак эмас. Ундан кўра шу пулларни олиб
ўртоқларингиз билан тоққа бориб дам олиб келинг!
— Ҳурматли радиотингловчилар, сизлар "Идеал эр ва идеал хотин" эртагини тингладингиз. newCoder (16 Mar 2018 15:36) Янги йилга икки кун қолганда раҳбар офисга кириб келибди:
— Ассалому алайкум, ўртоқ бошлиқ!
— Салом. Сен янги келганлардансан-а?
— Ҳа, шундай!
— Топишмоқ айтаман топ! "Ким ичмайди, чекмайди. Янги йилда навбатчиликда қолади!" newCoder (16 Mar 2018 15:36) Иккита йигит Америкада сайёҳат қилиб юришса, мактабда ёнғин бўлаётган экан.
— Кел, биз ҳам ёрдам берайлик! Сен болаларни деразадан ташла, мен илиб оламан, - дебди шеригига.
Дўсти бирин-кетин болаларни ташлай бошлабди. Пастда турган йигит ҳамма болаларни илиб олаверибди-ю, негрни боласини ушламабди.
— Нега ушлаб қолмадинг, - деса, пастда турган йигит:
— Сен куйганларини ташлама-да!, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:36) Кафеда Америкалик, Турк, Туркман ва Ўзбек ўтирган экан.
Америкалик "мен қадаҳимни америка долларининг янада обрўли бўлиши учун кўтараман" дебди.
Турк "мен ушбу қадаҳни туркнинг гўзал раққосалари учун кўтараман" дебди.
Туркман "мен эса дунё бўйича етакчиликни бермай келаётган гиламларимиз учун кўтараман" дебди.
Улар мағрур туриб ўзбекка қарашди. "Сен ниманг учун кўтарасан қадаҳни?" деди улардан бири.
Ўзбек "мен қадаҳимни туркманнинг гиламини устида туркнинг қизларини ўйнатиб, устидан америкаликнинг долларини сочадиган мард ва бой ўзбекларимизнинг кўпайиши учун ичаман" деган экан. newCoder (16 Mar 2018 15:37) Ҳозирги қизлар эшак минган йигитларни назар-писанд қилишмайди, лекин Мерседес миниб юрган эшакларни жуда ҳам севишади! newCoder (16 Mar 2018 15:37) Чол денгиздан тилла балиқ ту­Ñ‚иб олди. Тилла балиқ тилга кир­Ð´Ð¸:
— Кампиринг ҳалиям борми?
— Ҳа.
— Ундай бўлса мени еб қўявер. newCoder (16 Mar 2018 15:37) Ўғли отасидан сўрабди:
— Ада сиз оиламизда кимсиз?
— Мен - Президентман.
— Ойим-чи?
— Ойинг - давлат.
— Бувимлачи?
— Бувинг - прокуратура.
— Укам билан мен-чи?
— Сизлар - халқсизлар.
Ота командировкага кетибди. 1 ҳафтадан сўнг ўғил отасига СМС ёзибди:
"Ада тез келинг! Давлатга бошқа президент келди. Прокуратура ухлаб ётибди. Халқ ҳавотирда. newCoder (16 Mar 2018 15:37) Самода учаётдан самолёт тўсатдан қулай бошлабди. Бортдагиларнинг ҳаммаси парашютларда сакраб қолибди. Фақатгина битта стюардесса самолёт билан бирга кимсасиз оролга тушибди. Қиз қўрқувдан ҳушидан кетибди-ю, ўзига келгач кўзларини очиб қараса, соч-соқоллари ўсган бир киши оловда гўшт пишириб ўтирганмуш.
— Сиз кимсиз? Бу ерга қандай келиб қолдингиз?, - дебди стюардесса.
— Жиноятчиман. Ўн беш йил олдин жиноятларим учун шу ерга ташлаб кетишган. Жазолашмоқчи эди, мазза қилиб гўштхўрлик қилиб юрибман, - дебди ҳалиги одам.
— Менга ҳам гўштдан беринг.
— Буни эвазига нима берасан?
— Сиз ўн беш йилдан буён соғинган нарсани...
Ҳалиги киши хурсандчиликдан ўрнидан сакраб туриб, қизни қучоқлаб олибди-да:
— Наҳотки, наҳотки бу ерга НОС олиб келган бўлсанг, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:37) Раҳбар котибасига:
— Якшанба куни бўшмисиз?
Котиба умид билан, нозланиб:
— Ҳа бўшман. Ҳеч қандай ишим йўқ. Бекорчилик...
Раҳбарни жаҳли чиқиб:
— Сиз бугунни ҳам якшанба деб ўйлаяпсиз шекилли! Ишингизни қилинг! newCoder (16 Mar 2018 15:37) — Севгилим, тарелкадаги торт бўлагини еб кўр!
— Раҳмат қорним Ñ‚ÑžÒ›, емайман.
— Асалим, қара жуда ширин торт! Ҳеч бўлмаса бир тишламгина егин.
— Раҳмат, қорним Ñ‚ÑžÒ›.
— Озгина татиб кўр.
— Бас қилинг! Ман соат олтидан кейин ҳеч нима емайман!
— Тортни тановул қил аҳмоқ. Уни ичида узук бор! Санга уйланмоқчиман-ку тушунмаяпсанми. Романтикани ҳам белига тепдинг! newCoder (16 Mar 2018 15:37) Янги рус бойи кафега кирибди. Кафеда бир қанча одам бор экан. Айнан руснинг рўпарасида эса бир ўзбек ўтирган экан. Ҳалиги рус бу ўзбекни бир боплай, деб барменга "Мана бу ўзбекдан ташқари ҳаммага менинг ҳисобимдан қуй!", деса.
Ўзбек русга қараб: "Раҳмат, раҳмат", - деб қўйибди.
Рус гапини барменга яна қайтарса, ўзбек яна "раҳмат, раҳмат", - дебди.
Ҳалиги рус ҳайрон бўлиб бармендан:
— Бу нега менга ундай деяпти, ким ўзи бу?", - деса,
Бармен русга:
— Бу киши, мана шу кафенинг хўжайини Абдураҳмон-ака бўлади, - дебди. newCoder (16 Mar 2018 15:38) — Сизнинг пул тўплаш имкониятингиз борми?
— Имкониятим бор, лекин пулим йўқ-да ... newCoder (16 Mar 2018 15:38) Эр-хотин магазинга киришди.
Эр:
— Итимизга икки юз грамм колбаса бериб юборинг.
Хотин:
— Адаси итимиз йўқ-ку...
Эр:
— Ириллама. newCoder (16 Mar 2018 15:38) Учта иноқ дўстлар дам олишга Туркияга боришибди. Меҳмонхонани 45-этажига жойлашиб олишибди. Тушликни биринчи қаватда еб бўлгач, хоналарига чиқмоқчи бўлиб қарашса, лифт ишламаётган экан. Зинада чиқишдан бошқа иложлари қолмагач, чалғиш учун ҳар бири навбатма-навбат латифа айтиб чиқишга келишибди.
Биринчиси ўн бешинчи қаватгача латифа айтиб, ўртоқларини кулдириб чиқибди. Кейин иккинчиси ўттизинчи қаватгача кулдирибди. Навбат учинчисига келган экан, у дўстларига қараб:
— Ҳозир бир нарса айтаман, кулавериб, ичагингиз узилади, - дебди. Дўстлари қизиқиб, — Нима экан? Айт-чи, - дейишса:
— Хонамизни калити биринчи қаватда қолиб кетибди, - дебди. newCoder (16 Mar 2018 15:38) — Нима учун Ҳиндистонда оила мустаҳкам бўлади?
— Чунки тўй куни, куёвга милтиқ совға қилинади, келинни пешонасига эса қизил нуқта чизилади. newCoder (16 Mar 2018 15:38) — Алло, бу Бобур-акани номерими???
— Йўқ, мен Шахнозаман!!
— Алдаманг, Бобур-акани номерику бу тўғрими??
— Э, қанақа Бобур? Мен Шахнозман!!!-
— Унда нимага эримни телефонида Бобур деб ёзилибсиз??!! newCoder (16 Mar 2018 15:38) Касалхонада йўлагида бир одам қаттиқ ҳаяжонда, у ёқдан-бу ёққа юрибди. Хотинини операция қилган врач чиқиб, ғамгин ҳолатда гап бошлабди:
— Хотинингизни ҳаётини сақлаб қолдик. Лекин у комада. Яхши парвариш қилсангиз, яна ўн йил яшаши мумкин.
Врач эрига қараса, кайфияти бутунлай тушиб кетибди. Йиғлаб юборишига бир баҳя қолганини кўриб:
— Ҳазиллашдим. Хотинингизни сақлаб қола олмадик, - дебди врач. newCoder (16 Mar 2018 15:38) Бир отахон боғда айланиб юрган экан. Ёнидан бир чиройли кетворган қиз ўтиб колибди.
Шунда отахон:
— Тўхта қизим, бир қучоқлай 100 доллар бераман, - дебди.
Қиз:
— Йўқолингей, қанақа бемаза чолсиз, - деб жавоб берибди.
Отахон эса:
— 500 доллар бераман, - дебди.
Қиз:
— Жиннимисиз? - дебди.
Отахон:
— 1000 доллар бераман, - дебди.
Қиз ўйланиб қолибди-да:
— Ундай бўлса майли, - деб рухсат берибди.
Отахон қизни қучоқлаган ҳолда хўрсинармиш.
Қиз:
— Бобо нега хўрсинасиз, ниятингизга етдингиз-ку?! - деб сўрабди.
Шунда отахон:
— Энди 1000 долларни қаердан топаман? - дермиш newCoder (16 Mar 2018 15:38) Бир киши хотини яхши эшитмай қолаётганидан ташвишга тушибди. У хотинига эшитиш ускунаси олиб беришга қарор қилибди. Хотинига бу ҳақда қандай айтишни билмабди ва дастлаб буни муҳокама қилиш учун шифокорга борибди.
Шифокор унга уй шароитида оддий синов ўтказишни, кейин ташхис қўйиши мумкинлигини айтибди. Ва синовни қандай ўтказишни тушунтирибди.
— Хотинингизга 12 метр масофадан бирор савол бериб кўринг. Агар саволингизга жавоб бермаса, яқинроқ бориб саволингизни такрорланг, масофа 9 метр бўлсин. Агар яна жавоб қайтармаса, 6 метр масофадан саволингизни такрорланг, кейин 3 метрдан. Хуллас, у саволингизга жавоб бермагунча яқинлашаверинг. Шунда унинг қулоғи қанчалик оғир эканлигини аниқлаб оламиз.
Ўша оқшом хотин ошхонада овқат тайёрлаётган, эр эса ўз хонасида ишлаётган экан. Эр ичида ўйлабди: “Ҳозир ундан тахминан 12 метр узоқдаман. Шифокор маслаҳатини бажаришнинг айни вақти”.
— Азизам, нима овқат қиляпсан?
Ҳеч қандай жавоб бўлмабди. Эр йўлакка чиқибди ва саволини такрорлабди.
— Гўзалим, нима овқат? Яна жимлик. У янада яқинроқ борибди. Улар орасидаги масофа олти метр экан.
— Шириним, нима овқат қиляпсан? Лекин ҳеч қандай жавоб бўлмабди. Эр ошхонага кирибди.
— Нима овқат еймиз? Афсуски, бу сафар ҳам хотини индамабди. Эр хотининг ёнига яқинлашибди.
— Севгилим, нима овқат қиляпсан?
Хотини унга ўгирилиб қарабди.
— Азизим, эшитмаяпсизми, бешинчи марта айтяпман, товуқ! newCoder (16 Mar 2018 15:39) — Эшитдингми? Дониёр машина олибди!
— О, зўр-ку! Қанакасидан?
— «Ð”» ҳарфидан бошланадиганидан.
— «Ð”амас»Ð¼Ð¸?
— Йўқ.
— «Ð”оган»Ð¼Ð¸?
— Йўқ. Даб-даласидан! Беш мартта урилган. newCoder (16 Mar 2018 15:39) Бир қари бадавлат одам кечқурун уйига қайтса, хизматкори:
— Ҳа, қари тўнка! Қаерларда юрибсан?!, - деса, бой пинагини бузмай:
— Қулоғимга эшитадиган аппарат сотиб олгани боргандим, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:39) Гўшт бозорида сотувчи ёнига харидор келиб сўрабди:
— Нимани гўшти? Нима билан билан боқилган?
— Мол гўшти. Покиза, ҳалол гўшт, олинг! Нон, сарёғ, қаймоқлар билан боққанман.
Харидор ҳужжатини кўрсатиб дебди:
— Мен текширувчиман. Озиқ-овқатни шу йўл билан исроф қиляпсизми?...
Сотувчи қўрққанидан, унга беш килограмм бепул гўшт бериб юборибди.
Бироздан сўнг бошқа харидор келибди.
— Гўшт қанчадан?, - сўрабди сотувчига қараб.
— Ўттиз мингдан. Мол гўшти. Чиқиндилар, ахлатдан топилган емишлар билан боқилган.
Бу харидор ҳам санитария текширувидан эканини айтиб, жаримага тортмоқчи бўлибди. Сотувчи унга ҳам талайгина гўшт бериб, зўрға қутулиб қолибди.
Учинчи харидор раста ёнига келиб гўшт танлай бошлабди:
— Гўштинг тоззами? Нималар бериб боқгансан?
Сотувчи бу сафар ҳам “тушиб” қолишидан қўрқиб:
— Билмайман нима еганини. Қўлига пул берардим, кўчага чиқиб овқатланиб келарди, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:39) Ҳамкасблар зиёфатида бир шифокор қадаҳ сўзи бошлади:
– Бу дунёда биз шифокорларнинг душмани жуда кўп...
Кимдир луқма ташлади:
– У дунёда бундан ҳам кўп. newCoder (16 Mar 2018 15:39) Бир содда одам Афандидан сўради:
— Афанди, жаноза ўқилаётганда тобутнинг ўнг томонида турган савобми, чап томонида?
Афанди жавоб берди:
— Иккала томонида турсанг ҳам савоб, фақат тобутнинг ичида бўлмасанг бас! newCoder (16 Mar 2018 15:39) Афанди шайх билан қабристонни зиёрат қилиб юрар эди. У қабр тошига ёзилган бир лавҳани ўқиб ҳайрон қолди, унда: «Ð‘у шаҳарнинг подшоси Султон Абдулмалик поп Султон Абдулмуталиб жаҳонга машҳур бўлиб уч ёшида вафот этди» деб ёзилган экан:
Афанди таажжубланиб шайхдан сўради:
— Уч ёшида ўлган бола қандай қилиб жаҳонга машҳур бўлади?
Шайх жавоб берди:
Султон Абдулмалик етмиш йил яшаб шундан фақат уч йилини хурсандчилик билан ўтказган эканлар. Шуни умр ҳисоблаб, васият қилганлар.
— Агар шундай бўлса,— деди Афанди,— мен ўлганимда қабримга лавҳа тош қўйиладиган бўлса, унга: «ÐœÑƒÐ»Ð»Ð° Насриддин туғилди-ÑŽ ўша замони ўлди» деб ёзилар экан-да! newCoder (16 Mar 2018 15:39) Қиз болани биринчи учрашувдаёқ ҳайрон қолдирмоқчи бўлсангиз, учрашувга келманг. Шунда у ҳайратда қолади. newCoder (16 Mar 2018 15:40) — Йўлда кетаётсам, жуда кўп пул сочилиб ётибди. Чўнтагимга солавердим, солавердим, ...
Уйғониб кетиб қарасам, тунги кўйлагимни ичига чойшабни тиқиб ташлабман. newCoder (16 Mar 2018 15:40) — Зерикдингизми? Сирларингизни кимга айтишни билмаяпсизми? Барча сирларни очиб, ўзингизни енгил ҳис қилинг! 102 қисқа рақамига қўнғироқ қилиб, барчасини рўй-рост гапириб беринг! newCoder (16 Mar 2018 15:40) Сартарош бош танламас, севги ёш танламас. newCoder (16 Mar 2018 15:40) Бир куни, бир йигит, янги iPhone 7plus олиб, шимининг орқа чўнтагига солиб, таксига чиқса, "тирс" этган овоз эшитилибди.
Йигит ҳайдовчига қараб:
— Ишқилиб белим синган бўлсинда — дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:40) Эроннинг футбол терма жамоаси мураббийси сеҳрли чироқдан чиққан жиндан сўрабди:
— Қачон мени жамоам жаҳон чемпионатига чиқади?
Жин:
— 2024 йилда, - дебди. Мураббий йиғлаб:
— Мен у кунларни кўрмасам керак, - дебди.
Япония, Корея, Қатар футбол жамоаларининг мураббийлари ҳам жиннинг жавобларидан йиғлаб:
— Биз у кунни кўра олмасак керак, - деб кетишибди.
Охири навбат бизнинг мураббийга келибди:
— Қачон мени ўйинчиларим жаҳон чемпионатига чиқишади? - деса,
Жин йиғлаб:
— У кунларни кўриш менга насиб қилмаса керак, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:40) — Адаси, анча совуқ тушиб қолди. Болаларни кийинтириш керак! Қачон бозорга олиб борасиз?
— Кеча ҳисоблаб кўрдим. Болаларни иссиқ ўлкаларга уч ойга юборсак арзонроқ тушаркан, хотин... newCoder (16 Mar 2018 15:40) Бир ҳайдовчини ГАИ тўхтатиб:
— Ҳужжатларингизни тақдим этинг, - дебди. Ҳайдовчи ҳужжатларни берибди.
— Қоидани буздингиз, жарима ёзаман, - дебди ГАИ ходими.
Ҳайдовчи:
— Майли, ёзинг,- дебди.
— Менга бирор нарса таклиф қилмайсизми?, - дебди яна ГАИ.
— Менга турмушга чиқинг, - дебди ҳайдовчи.
ГАИ шу заҳоти унга ҳужжатларини қайтариб, қочиб қолган экан. newCoder (16 Mar 2018 15:40) — Қани олдик, ичамизми?
— Нима муносабат билан?
— Бугун 15.10.2016!
— Хўш нима бўпти?
— Бунақа сана ҳаётда бир мартта бўлади ахир! newCoder (16 Mar 2018 15:41) Бойнинг ўғли имтиҳонда:
— Биринчи жаҳон уруши қачон бўлган?
— 1914-1918 йилларда.
— Ўтиринг, беш!
Ўртаҳол оиланинг фарзанди имтиҳонда:
— Биринчи жаҳон уруши қачон бўлган?
— 1914-1918 йилларда.
— Нечта одам ҳалок бўлган?
— Бир миллион уч юз мингга яқин.
— Ўтиринг, беш!
Камбағал оиланинг фарзанди имтиҳонда:
— Биринчи жаҳон уруши қачон бўлган?
— 1914-1918 йилларда.
— Нечта одам ҳалок бўлган?
— Бир миллион уч юз мингга яқин.
— Ўлганларнинг фамилиясини сана! newCoder (16 Mar 2018 15:41) Жиззахлик бир содда бола Москвага амакисиникига бораётган экан. Москвага етиб борибди. Ҳожатхонага борса: "Ж" ва "Ðœ" ҳарфлари турганмиш.
Бола:
— Жиззахликлар "Ж"га, Москваликлар "Ðœ"га киради, деб ўйлабди ва "Ж"га кириб кетганмиш... newCoder (16 Mar 2018 15:41) Бир фирибгар бисотидан:

— Кечирасиз 1000$ бериб туринг!
"ОЛАСИЗ" фирмаси, "УХЛАДИНГИЗ" компанияси
Директор: Ухлатжонов Ўмаржон
Манзил: Сабр қил тумани, Тўғри тушун маҳалласи, Мани кутгин кўчаси, 6-кулба.
Телефон: Етти нол, тополмай ўл.
Факс: 007, ухлаб кетди.
e-mail: insofbersaolasan@mail.ru
сайт: www.insof.net newCoder (16 Mar 2018 15:41) Иккита жинни касалхонадан қочиб кетибди. Врачлар, милиция ходимлари уларни қидириб топа олишмабди. Кечки пайт иккала жинни, қайтиб келибди. Шериклари уларга:
— Нега қайтдиларинг? Силарни роса қидириб, топа олишмади-ку, - деса.
Икки жинни:
— Бугун биз репетиция қилдик, энди эртага қочамиз, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:41) Шифохонада мажлис бўлмоқда. Пульмонолог(ўпка шифокори) ўртага чиқиб:
— Менинг маошимни 2 баробар кўтаришингиз керак. Чунки инсонда ўпка иккита бўлади.
— Қабул қиламиз, жойингизга боринг.
Шундан сўнг қулоқ, кўз, буйрак шифокорлари ҳам шуни талаб қилишибди. Ҳаммаларининг
талаблари қондирилди. Кейин бир шифокор ўртага чиқди. Раҳбарлар сўради:
— Сиз кимсиз?
— Стоматологман.
— Ўтиринг жойингизга! newCoder (16 Mar 2018 15:41) Эри чет элдан хотинига хат ёзибди:
— Салом азизам! Узр ҳаётим бу ой санга пул жўнатомиман. Ўрнига 500та ўпич жўнатвоман. Қабул қилиб ол.
Бир ҳафтадан сўнг хотини жавоб ёзибди:
— Салом азизим! Сиз юборган 500 та ўпични қабул қилдим. Улани 100тасини газчилага, 100тасини сув ва электр энергиясига, 50тасини сутчига, 120 тасини бозор ўчарга ишлатдим. Хавотир олманг, ҳали захирада 130 та ўпич турибди. newCoder (16 Mar 2018 15:42) Бошлиқ хонасига аёл киши кирди.
— Мумкинми?
— Келинг хизмат?
— Мен сизнинг ҳайдовчингиз Шоқосимни хотиниман. Эрим менга хиёнат қиляпти!
— Сиз буни қаердан билдингиз?
— Кеча костюмининг чўнтагидан манабу аёллар ич кийимини топиб олдим!
Бошлиқ:
— Ҳайдовчим ҳозир устахонада. Буни менга ташлаб кетинг. Ўзим Шоқосим билан гаплашаман, - дебди.
Бошлиқ ич кийимни портфелига солибди. Ишлари кўпайиб кетиб, ҳайдовчиси билан гаплашиш эсидан ҳам чиқиб кетибди.
Кечки пайт уйига келса, хотини:
— Дадаси, уйда нон тугабди. Пул беринг, нон олиб келай, - дебди.
Бошлиқ:
— Пул портфелимда, олақол, - дебди. Хотини сумкани очиб, ич кийимга кўзи тушибди:
— Дадаси, бу кийимимни уч кундан бери тополмайман. Сизда экан-да, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:42) — Дада "Мужик" нима дегани?
— "Мужик" дегани - ўзи ишлаб, пул топиб, оиласини боқадиган инсон!
— Дада, катта бўлсам мен ҳам ойимга ўхшаб мужик бўламан! newCoder (16 Mar 2018 15:42) Бир куни Тико севгилиси Матизга хат ёзибди:
— Салом азизам Матизхон! Кеча ойингиз Дамас опани кўргандим. Дадангиз Нексия ака билан бирга кетаёткан эканлар.
Сигнал чалсам қарашмади.
Кейин билсам сизга олифта Спаркдан совчилар келган экан. Унинг амакилари Эпика ва Каптивалар тўй қилмоқчи экан.
Мен ҳозир арендадаман қутилиб бўлишим билан амаким Малибу ва Орландоларни совчиликка юбораман!
Сиз моторизга қулоқ тутинг. Ҳа айтганча, келгинди BMW орқездан юрган экан.
Айтиб қўйинг, рашким ёмон. Бензин бакини тешиб қўяман!
Мен сизни сўнги бензиним қолгунича севаман! newCoder (16 Mar 2018 15:42) — Дўстим, жанжални қаерида бўлган яхшироқ?
— Хоҳласанг ёнида бўл, хоҳласанг орқасида бўл! Лекин ҳеч қачон ўртасида бўлма! newCoder (16 Mar 2018 15:42) Бир йигит табибга бориб:
— Негадир мени гапимни ҳеч ким эшитмаяпти. Уйдагилар, ишхонадагилар, кўчадагилар, ҳеч-ким... Сиз бирор чорасини топа оласизми деб ёнингизга келдим, - деса, табиб:
— Гапирсанг, тезроқ гапир ука. Мени вақтимни олма!, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:42) Врач беморга:
— Сизни операция қилишдими?
— Ҳа.
— Хўш қалай?
— Уч юз минг!
— Мени тушунмадингиз. Сизда ўзи нима эди?
— Ўзи юз минг пулим бор эди.
— Аниқроғи, нимага шикоятингиз бор?
— Касалхона тўлови жуда-ям қиммат... newCoder (16 Mar 2018 15:43) Бир таксист қоронғида уйига қайтаётса, бир кампир тўхтатиб:
— Ўғлим мени қабристонга обориб қўй, - деса
Таксист ўзига ўзи:
— Бу арвоҳми ёки одамми?
Йўқ йўлим бошқа томонга деб кетибди. Oзгина юриб қараса, кампир ёнида югуриб кeтаётганмиш. Tезрок ҳайдаб кўрса, тенгма-тенг кетаётганмуш. Таксист бу арвоҳ авария қилиб мендан аламини олмоқчи деб, машинани тўхтатиб, эшикларини қулфлаб, кўзини юмиб ўтирса.
Бир пайт ўзини озгина ростлаган кампир ойнани тақиллатиб:
— Эшигингни оч кўйлагимни эшигинг қисиб қолди, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:43) Бир йигит оғайнисини уйида ужас кино кўриб туриб, соатига қараса 23:55миш.
— Кеч бўлиб кетибди-ку, оғайни мени катта йўлгача кузатиб қўйсангчи, - дебди.
Ярим йўлга етмасларидан меҳмон томда турган шарпани кўриб қолибди. Шарпа ҳудди қиз болага
ўхшармишу, юзига қанақадир нур тегиб турганмиш. Меҳмон:
— Оғайни орқага қайтамиз, қара томни тепасида вампир бор экан, - деса
Оғайниси томга қараб:
— Бу вампир эмас, қўшнимизни қизику. Telegram'га кираман деб антенна қидиряпти, - дермиш newCoder (16 Mar 2018 15:43) — Касбинг нима?
— Бекорчиман!
— Унда қўшиқчи бўлақол!
— Йўғ-е, унчалик бекорчи эмасман... newCoder (16 Mar 2018 15:43) Эр-хотин супермаркетдан иккита аравачани тўлдириб, харид қилишибди. Кассани ёнига келишса, хотини:
— Вой адаси шошмай туринг! Ҳожатхона қоғозини унутибмиз. Ҳозир ELMA дан олиб чиқай деса, ҳаражатни кўриб, жаҳли чиқиб турган эри:
— Керакмас, ҳозир чек қоғози эллик метр бўлади, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:43) Икки дугона суҳбатидан:
— Ҳаётингда бирор эркакни кўрганингда, баданинг жимирлаб кетганми?
— Ҳа, куни-кеча шунақаси билан учрашдим.
— Ким экан у?
— Стоматолог йигит ... newCoder (16 Mar 2018 15:43) — Тилла балиқдан онаси ўпмаган, адаси сўкмаган, бемаҳалда кўчада юрмаган, интернетни билмаган, телеграммга кирмаган, скайпда кўришмаган қизни сўрагандим.
— Хўш нима бўлди?
— Ўзини ўлганга солиб олди. newCoder (16 Mar 2018 15:43) Евро-2016 футбол ўйинларидан сўнг, Россия терма жамоаси ўйинчиларига доппинг қабул қилишга УЕФА томонидан расман рухсат берилди. newCoder (16 Mar 2018 15:43) Машҳур авиакомпания янги учувчиларни ишга олиш мақсадида номзодларни суҳбатга чақирибди.
Суҳбатга биринчи бўлиб немис кирибди:
— Нечи йилдан буён учасиз?
— Уч йил.
— Қанча маош олишни хоҳлардингиз?
— Уч миллион. Бир миллион ўзимга, бир миллион хотинимга ва бир миллион суғуртага.
Суҳбатга иккинчи бўлиб инглиз кирибди.
— Нечи йиллик тажрибангиз бор?
— Олти йиллик.
— Маошингиз қанча бўлишини хоҳлайсиз?
— Олти миллион. Икки миллион ўзимга, икки миллион хотинимга ва икки миллион суғуртага.
Учинчи бўлиб суҳбатга рус кирибди:
— Нечи йилдан бери парвоз этасиз?
— Эй, мен умуман баландликдан қўрқаман. Лекин тўққиз миллион олишни истайман. Уч миллион менга ва уч миллион сизга...!
Авиакомпания директори ақлдан озай дебди. Ҳайратланиб яна сўрабди:
— Унақада ким учади?
— Немис-да! Ахир у уч миллионга рози-ку! newCoder (16 Mar 2018 15:44) — Бизни раҳбар жуда алдоқчи, аммо адолатли.
— Қанақасига, ахир уни алдоқчи деяпсан-ку?
— Ҳа, у ҳаммани бараварига алдайди. newCoder (16 Mar 2018 15:44) Эр хотинига ялинди.
— 20000 сўм бер…
— Йўқ, берсам яна ичиб қўясан.
Кечқурун хотин ишдан келиб қараса, уйда ғозлар йўқ.
— Хой, эр, ғозлар қани?
Ширакайф эр:
— Ғозлар жанубга учиб кетишди. Агар 20000 сўм бермасанг, қўйлар ҳам тоққа чиқиб кетишади. newCoder (16 Mar 2018 15:44) Ҳар куни эрталаб тиғиз пайтда Тошкент шаҳридаги барча автобуслардаги ҳолат:
— Бироз сурилинг...
— Бироз озинг! newCoder (16 Mar 2018 15:44) — Ака, "Омадли уйланиш" нима дегани?
— Омадли уйланишми? Бу заҳарли илонлар тўла қопни ичига қўлингни тиқиб, заҳарсиз илонни топиш дегани! newCoder (16 Mar 2018 15:44) Ярим кечаси ўғри бир уйнинг қулфини кесаётган экан. Шу ердан ўтаётган одам, — Нима қиляпсиз?, - деса,
— Мен-ми? Скрипка чаляпман, - дебди ўғри.
— Скрипкангизни овози чиқмаяпти-ку?, - дебди бояги одам. Шунда ўғри:
— Овози эртага чиқади, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:44) Эр-хотин гаплашиб ўтиришса, телефон жиринглаб қолибди.
Эр:
— Агар мени сўрашса, уйда йўқлар деб айтгин, - дебди.
Хотин бориб телефон гўшагини кўтариб:
— Алло, йўқ, эрим уйдалар, дебди.
Эри жаҳли чиқиб:
— Аҳмоқ, мени уйда йўқ, деб айтгин дедим-ку сенга, - деса, хотин бамайлихотир дермиш:
— Нега жаҳл қиласиз? Ахир телефон сизга бўлмадику, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:44) Маст ҳолда келган эр секин эшикни очиб, ётоққа кириб, ечиниб, ётиши билан, ёнидаги аёл бақирибди:
— Яна ичиб келдингизми?
— Қаердан билдинг?
— Сиз рўпарадаги қўшнимсиз-ку! Йўқолинг уйингизга! newCoder (16 Mar 2018 15:44) Бир ёлғиз қария автомобилини катта тезликда ҳайдаб кетаётса, орқасидан ГАИ машинаси қувлай бошлабди. Чол тезликни янада ошириб, улардан қочишга уринибди. Охири қараса, қочиб кетишнинг иложи йўқ! Автомобилини тўхтатиб, тушибди. Чолнинг ёнига ГАИ ходимлари келиб:
— Нега биздан қочишга уриндингиз отахон?, - дейишса, қария ўйлаб ҳам ўтирмай:
— Бир неча йиллар илгари хотиним мени ташлаб, ГАИда ишлайдиган эркак билан қочиб кетган эди. Сизларни кўриб, менга хотинимни қайтариб беришмоқчи деб ўйлабман!, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:45) Табибдан бемор сўради:
— Ўзи бу гиёҳ дориларни фойдаси борми?
Табиб:
— Ҳа, албатта мана катта ўғлимга машина, кенжа ўғлимга уй олиб бердим... newCoder (16 Mar 2018 15:45) Бир аёлни эри оламдан ўтибди.
Аёл қабр устида йиғлаб дардини тўкиб солибди:
— Ўғлимизга шим, қизимизга кўйлак, у керак бу керак, - дебди.
Кечаси тушига эри кириб:
— Хотин ман ўлдим, Дубайга кетганим йўқ, — дебди. newCoder (16 Mar 2018 15:45) Бир отахон автобусда битта негрни кўриб қолибди ва сўрабди:
— Болам Мирзачўлданмисан?
— Йўқ отахон, мен негрман, Африкаданман.
Сал ўтиб чол яна сўрабди:
— Болам Мирзачўлданмисан?
— Негрман дедим-ку ота Африкаликман.
— Ҳааа, энди болам гап йўғида гапда...
15 минутлар юргандан кейин, чол яна сўрабди:
— Болам Мирзачўлданмисан?, - деса негрни жаҳли чикиб:
— Ҳа Мирзачўлданман нима эди?, - деса
Ҳалиги отахон:
— Унда нега негрларга ўхшайсан?, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:45) Бир овчи ўртоғига:
— Айиқ ўлдирдим, - дебди.
— Нечта ÑžÒ› отдинг? - деса,
— Ўнта ÑžÒ›, - дебди.
— Нечтаси тегди? - сўрабди яна дўсти.
— Бирортаси-ям теккани йўқ! Айиқ кулиб-кулиб, ўлиб қолди, - деган экан овчи. newCoder (16 Mar 2018 15:47) Супермаркет сотувчиси харидордан:
— Сизга "қулоқча"ли пакетдан берайми? - деб сўрабди.
Харидор бўлса:
— Иложи бўлса оёқчалигидан беринг! Ёнимда ўзи чопқиллаб кетаверади! - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:47) — Хотинимни мантиғига тушунолмайман.
— Нега?
— Қўнғироғига жавоб бермасам, аёллар билан ўтирган бўлармушман.
— Ўчириб қўяқол телефонингни.
— Унда, мен аёллар билан бирон ёққа кетган бўлармушман.
— Унда ёқиб қўй ва қўнғироқларига жавоб бер! Қулоғинг тинчийди.
— Тинчимайди! Унда мен жазманларимга СМС ёзаётган бўларканман. newCoder (16 Mar 2018 15:47) Бир подшоҳ шеър ёзиб сарой аҳлига ўқиб берибди. Ҳамма мақтабди. Фақат Афанди жим турганмиш. Подшоҳ:
— Сен нима дейсан?, - деса Афанди:
— Бунақа расво шеърни эшитмаганман, - дебди.
Подшоҳни жаҳли чиқиб, зиндонга ташлабди. Бир ҳафтадан кейин Афандини шоҳни ёнига олиб боришибти. Подшо янги шеърни ўқиб бериб, — Қалай чиқибди?, - деса, Афанди индамасдан ўгирилиб кетаётганмиш.
Подшоҳ:
— Қаёққа?, - деса, Афанди:
— Зиндон қаерда эди, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:47) ГАИ ходимлари воқеа жойини кўздан кечириб, баённома ёзишмокда.
Майор:
— Йўл кенглиги - 6 метр, ўнг тарафда чуқур ариқ бор. Оқ рангли Матиз 30-35 ёшлар чамаси эркак кишини уриб юборган. Машина дарахтга олди билан урилган.
Сержант:
— Ёздим.
Майор:
— Ўша эркак кишининг танаси бошсиз ҳолда ариқ ичида. Калласи эса асфальт четида.
Сержант:
— Ўртоқ сержант. "Аспалт" деб ёзиладими? ёки "Асфальт" дебми?
Майор бироз ўйланиб, каллани бир тепиб ариққа тушириб юборибди-да, — Майли каллани ҳам ариқ ичида деб ёзақол, - дебди. newCoder (16 Mar 2018 15:48) Қиз билан йигит паркда кетаётса, қиз тўсатдан ҳушидан кетиб қолибди.
Йигит:
— Сув! Сув олиб келинглар! Тез ёрдам чақиринглар, - деса
Қиз аста кўзини очиб:
— Қанақа сув? Қанақа тез ёрдам? Сунъий нафас бериш керак, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:48) Олдинлари супермаркетга 2 минг сўм билан кириб, 2 та кола, 3 пачка чипс, 2 қути писта олиб чиқардим.
Ҳозир ҳамма ёққа камера қўйиб ташлашибди... newCoder (16 Mar 2018 15:48) Сибирь ҳаво жудаям совуқ. Икки эркак турган экан, бири жуда баҳайбат ит билан, иккинчисидан сўрабди:
— Исиниб олишни хоҳлайсанми?
— Хоҳлайман
— Фас!! newCoder (16 Mar 2018 15:48) — Салом!
— Привет.
— Аҳволингиз қандай?
— Спасибо. Хорошо. Как ваши дела?
— Яхши. Сиз ўзбекмисиз?
— Да.
— Унда нега ўзбекча гапирмайсиз?
— Я по-узбекски понимаю, но не умею говорить...
— Мени итимга ўхшаркансизда...
— Ð’ смысле?
— Менинг итим ҳам тушунади, бироқ, гапира олмайди. newCoder (16 Mar 2018 15:48) Бир жинни "Алдадим, алдадим" деб бақириб қувониб юрган экан. Ундан бир йигит сўрабди:
— Кимни алдадинг?
— Такси ҳайдовчисини!
— Нима деб алдадинг?
— Пулини тўлаб, машинасига ўтирмай қочиб кетдим, - деган экан жинни. newCoder (16 Mar 2018 15:48) Сарой фолбинини шоҳ ўз ҳузурига чақириб дебди:
— Менинг тақдиримни биласанми?
— Ҳа, биламан, - дебди фолбин.
Шоҳнинг жаҳли чиқиб:
— Сен ўз тақдирингни билиб олгин аввал, - деб унинг бошини танасидан жудо қилибди.
Иккинчи фолбин шоҳ ҳузурига келибди.
— Менинг тақдиримни биласанми? - сўрабди шоҳ.
— Йўқ, мен сизни қачон ўлишингизни биламан.
— Қачон? - дарғазаб бўлибди шоҳ.
— Менинг ўлимимдан икки кун ўтгандан кейин, - жавоб берибди фолбин. newCoder (16 Mar 2018 15:48) Оёғида тура олмаётган маст одам уйига келиб, ошхонадаги музлаткич эшигини очибди-да:
— Себзорга! Нечи пул? Йўқ дейсанми...? - дебди.
Кейин нима бўлгани эсида йўқ. Эрталаб ошхонани бир бурчагида уйғониб қараса, музлаткични синдириб ташлаган экан.
Хотини уйғонмасидан музлаткични олиб, устахонага югурибди.
Бироздан сўнг хотини туриб, ошхонага чиқиб қараса, музлаткич йўқ эмиш. Шунда хотини:
— Охири кўндирибди-да Себзоргача..., - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:49) — Адам мени кеча огоҳлантириб, — Агар яна ярим тунгача компьютерда ўтирсанг, клавиатурага бурнингни ишқалаб ташлайман, - деган эдилар.
Яна компьютерда ўтирибман. Агар ҳозир кўриб қолсалар, одйпйшпзл1ш4шлвйқлмцацфуса newCoder (16 Mar 2018 15:49) — Эсингдами? Сен билан мактаб пайтларида танишган эдик. Мен сени ҳар куни белингдан қучиб, бўса олардим. Сен эса қизариб кетар эдинг. Сенсиз бир зум ҳам юрмасдим, доим ёнимда бўлардинг.
Бир куни бизни лабаратория хонасида бирга кўриб қолишди. Мен сени 2-қаватдан ташлаб юборишга мажбур бўлдим.
Мени кечир азиз СИГАРЕТИМ... newCoder (16 Mar 2018 15:49) Ўзбек, қозоқ, қирғиз далада шашлик қилиб ўтиришса, дев келиб қолибди.
— Ҳозир уччалангни ҳам ейман. Фақат кимдан бошлашни аниқлаб олишим учун, ҳозир анави кўриниб турган тепаликка югуриб бориб, орқага қайтасизлар. Ким охири қайтса, ейишни ўшандан бошлайман, - дебди.
Уччаласи югуриб кетибди. Биринчи қозоқ, иккинчи бўлиб қирғиз қайтиб келибди.
Дев:
— Демак, биринчи ўзбекдан бошлар эканман, - деса, қирғиз девга қараб:
— Ўзбек келмаса керак. Тепаликни орқасига ўтиб, уйига кетварди, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:49) Кафеда овқатланиб ўтирсам, ёнимга бир йигит келиб, — Сизни ўрнингизга мен тўласам майлими? - деган эди
Сумкамдан газ, сув, электр энергияси учун квитанцияларни олиб, қўлига тутқаздим! newCoder (16 Mar 2018 15:49) Руҳшунос мижозидан сўрабди:
— Мен итман деган фикр сизда қачон пайдо бўлган?
Мижоз ўйланиб туриб:
— Ёш кучукчалигимда, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:49) Катта бир корхонанинг раҳбари ишчилар интизомини тартибга солиб қўймоқчи бўлибди. Ишёқмас, дангаса бирор ходимни ишдан бўшатиб, қолганларга намуна кўрсатиб қўйиш ниятида текширувга чиқибди. Қараса, бир ёш ишчиси корхона ҳовлисида деворга суяниб, дам олиб турган экан. Раҳбарнинг фиғони фалакка чиқибди. Ёш йигитнинг ёнига келиб:
— Сенга бир ҳафтада нечи пул тўлашади?, - деб сўрабди жаҳл билан.
— Олти юз минг, - жавоб берибди ҳайрон бўлиб.
Раҳбар бошқаларга ҳам ўрнак бўлсан деган мақсадда, хонасидан икки ярим миллион олиб чиқибди-да ёш ишчисини қўлига тутқазиб дебди:
— Мана, тўрт ҳафталик маошингни ортиғи билан олгин-да, бу ердан йўқол, қайтиб кела кўрма!
Йигит пулни олиб, индамасдан кетибди. Раҳбар эса бу ҳолатни кузатиб турган ишчиларга қарата:
— Ким эди у ишёқмас?, - деб сўраса,
Ишчилардан бири:
— Пицца ташиш хизматидан эди. Олиб келган пиццасини пулини кутиб турганди, - деган экан. newCoder (16 Mar 2018 15:49) Хотин эридан:
— Адаси, овқат қилиб қўйдингизми? - деб сўраса, эри:
— Нима, мени ўзингга ўхшатяпсанми? Кирларни ҳам ювиб қўйганман! - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:49) Бир куни Афанди дўкондан бонусли Соcа-cоlа сотиб олибди. Қопқоғини очиб қараса, "Яна уриниб кўринг" деган ёзув чиқибди. Шунда афанди қопқоқни қайтадан ёпиб-очаётганмуш. newCoder (16 Mar 2018 15:49) Бир қиз шофёр йигитга турмушга чиқибди. Орадан вақт ўтиб, қиз уйига эридан нолиб қайтиб келибди. Ота-онаси "Нима гап?" деб сўраса, қиз жавоб берибди:
— Ҳар куни чарчаб келади-да, овқатини ейдию ухлаб қолади. Камига туни билан туш кўриб, гапириб чиқади. "Фарғона битта одам, Фарғона битта одам" деб чиқади, - дебди.
Онаси:
— Буни йўли осон, - дебди.
— Қанақа, - деб сўраса, онаси жавоб берибди:
— Бугун борасан, яна ухлаб қолиб шу гапларни гапирса, ёнига келасан-да, "тўлдик, ҳайданг дейсан". newCoder (16 Mar 2018 15:50) Қўшним Ҳамдам бобонинг айтишича, у Титаник кемасини ўз кўзлари билан кўрган экан.
Бошиданоқ ҳаммани кема чўкиб кетиши ҳақида огоҳлантирибди. Ҳеч ким эътибор бермабди. Аммо, бобо барибир кема чўкиб, йўловчиларнинг катта қисми ҳалок бўлишини қайта-қайта айтаверибди. Ахийри одамлар безор бўлиб, бобони кинотеатрдан ҳайдаб чиқариб юборишибди. newCoder (16 Mar 2018 15:50) Табиатда 25 градус совуққа ҳам чидайдиган учта мавжудод бор:
1. Пингвинлар
2. Оқ айиқлар
3. Мини юбка кийган олифта қизлар! newCoder (16 Mar 2018 15:50) Тарихий обидаларни қазиш ишлари вақтида тажрибали археологлар тажрибасиз археологлар суякларига дуч келишди. newCoder (16 Mar 2018 15:50) Эри компьютерда ўйин ўйнаб ўтирса, хотини ёнига келиб:
— Адаси, менга-ям беринг. Бироз ўйин ўйнай, - дебди.
Эри бўлса асабийлашиб:
— Овқат қилаётганингда бирор мартта чўмични сўраганманми сендан?! - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:50) Бир киши фолбинга бориб, чап қўлини узатибди. Фолбин қўлига тикилиб қараб, — Тушунмадим, негадир ҳеч нарсани кўролмаяпман. Тақдирингиз тамом бўлган шекилли, - деса, мижоз:
— Сиз ўнг қўлимни кўринг. Чапи протез, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:50) Қирқ ёшлардан ошган йигит уйланиб, тўйдан кейин келин билан гаплашиб ўтирганмуш:
— Азизам, сизга тўғрисини айтаман, мени қандли диабетим бор, сурункали гепатитим, гайморитим ҳам бор...
— Ўзи нимангиз йўқ?, - сўрабди келин.
— Сочим йўқ. Парик кийганман. Тишларим ҳам йўқ. Протез тақиб олдим. newCoder (16 Mar 2018 15:50) Ўрмонда ҳамма ҳайвонлар гаплашиб ўтирса, қуён келиб:
— Қани, бу ерда ким зўр?!, - дебди.
Ҳамма ҳайвонлар жим!
— Ҳамма минг сўмдан чиқарсин!, - дебди қуён.
Эртаси куни яна қуён келиб ҳаммадан пул йиғиб кетибди.
Учинчи кун ҳайвонлар бўрига:
— Мен зўрман дегин! Бу шалпанг қулоқ нима қила оларди!, - дейишибди.
Қуён келиб:
— Қани, бу ерда ким зўр?!, - деса, бўри:
— Мен!, - дебди. Шунда қуённи орқасидан шер чиқиб:
— Зўринг беш минг, қолганларинг минг сўмдан йиғларинг!, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:50) Бир одам йўлда кетаётса, осмондан овоз этишилибди:
— Тўхта, тепадан ғишт тушяпти!
Ҳалиги эркак тўхташи билан, олдига катта ғишт келиб тушибди. Йўлда кетишда давом этибди. Кетаётса, яна овоз келибди:
— Тўхта, машина келяпти!
Дарров тўхтабди эркак. Шу пайт олдидан катта тезликда машина ўтиб кетибди.
— Сен ўзи кимсан?, - деб сўрабди бояги одам.
— Мен сени ҳалоскор фариштангман!
— Уйланишимдан олдин қаерда эдинг унда!!! newCoder (16 Mar 2018 15:51) ГАИ ходими автомобилни тўхтатиб деди:
— Нега тунелдан ўтаётганда чироқни ёқмадингиз?
Ҳайдовчи:
— Мен бошқа шаҳардан келганман. Бу тунелни чироғи қаердан ёқилишини билмайман...! newCoder (16 Mar 2018 15:51) Бир одам бекатда турган экан, ёнига нотаниш киши югуриб келиб, ўша одамни бошига бир чертибди-да:
— Латта, - деб яна югуриб кетворибди.
Ҳалиги одам уйига келиб, хотинига бўлган воқеани айтиб берибди. Эртасига яна ўша бекатда турса, яна ўша киши югуриб келиб, бошига бир чертиб:
— Сотқин, - деярмиш. newCoder (16 Mar 2018 15:51) Афандининг хунукроқ бир хотини бор экан. У дўстларини ёнида хотинини "гўзалим”, "қуёшим” деркан. Бир куни Афандидан дўсти сўраб қолибди.
— Дўстим, хотининг чиройли бўлмаса, нега энди уни "гўзалим”, "қуёшим" дейсан?
— Биласанми, қуёшга қараб бўлмагани каби бизнинг хотинга ҳам қараб бўлмайди-да! newCoder (16 Mar 2018 15:51) Узоқ йўлга қатнайдиган автобусда йигит билан қиз ёнма-ён ўтрибди. Йўл бўйи йигит ойнадан ташқарига қараб хаёл суриб кетаверибди. Унинг индамаслигидан сиқилиб кетган қиз телефонига ўзининг рақамини териб йигитни туртибди.
Йигит қараса қиз нариги томонга қараб турган экан. Қўлидаги телефонда эса рақамлар ёзилганмиш. Буни кўрган йигит телефонидан ҳисобни текшириш рақамини терибди. Сўнг телефонини қизга қаратиб ўзи юзини нари бурибди. Қиз унинг телефонида: –(минус) 2.66$ деган ёзувни ўқиб:
— Эй, худо нима бўлса ҳам текин гудок ташлаб ўйнамасинда, – дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:51) Йигит:
— Сени севаман.
Қиз:
— Ха-ха-ха.
Йигит:
— Сени соғиндим.
Қиз:
— Ха-ха-ха.
Йигит:
— Қачон кўришамиз?
Қиз:
— Ха-ха-ха.
Йигит:
— Кўришганимизда санга тилла обераман.
Қиз:
— Қачон?
Йигит:
— Ха-ха-ха. newCoder (16 Mar 2018 15:51) Хотин китоб ўқиб ўтириб жавраяпти:
— Вой, шарманда, вой даҳшат!
— Ҳа, хотин, тинчликми?
— Дадаси, тўйимиздан олдин сиз менга атаб ёзган шеърларингизни қандайдир Аҳад Қаюм китоб қилиб чиқарибди. newCoder (16 Mar 2018 15:51) Пуллар - бевафо бўлишади. Кўчага айланишга сен билан бирга чиқишади-ÑŽ, уйга бир ўзинг қайтасан! newCoder (16 Mar 2018 15:51) Ўғли отасидан сўрабди:
— Ада, одамлар қандай пайдо бўлишган?
Отаси дебди:
— Одам ато ва Момо ҳаводан...
— Ойим ҳамма одамлар маймундан тарқалган дейдилар-ку?! - дебди ўғли.
— Ойингни қариндошлари ҳақида ҳеч нима билмайман, - дермуш адаси. newCoder (16 Mar 2018 15:52) — Одноклассникига кириб, ўзимга янги саҳифа очдим. Чиройли бир қизни расмини жойлаштирдим.
Эрим билан танишиб олдим. У меҳмонхонада, мен эса ошхонада ўтириб, одноклассникида гаплашяпмиз.
Эрим мени учрашувга таклиф қиляпти. Ўзим меҳмонхонага чиқсаммикин ёки уни ошхонага чақирсаммикин...? newCoder (16 Mar 2018 15:52) Бир йигит домни тагига бориб, 8-қаватни деразасидан қараб турган одамга:
— Ака, пастга тушинг. Гап бор, - дебди.
Ҳалиги одам зинадан пастга тушиб:
— Нима гапингиз бор ука, - деса, йигит:
— Аҳмад акани уйи қайси, - деб сўрабди.
Ҳалиги одам:
— Мен билан юринг, кўрсатаман, - деб, йигитни 8-қаватга олиб чиқиб:
— Аҳмад акани уйи анави рўпарадаги домни тўққизинчи қаватида, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:52) Ёқилғи қуйиш шаҳобчасига енгил машина тўхтаб, ичидан бир олифта аёл тушиб, кассага пулини тўлаб, келиб қараса, машинани эшиги қулфланиб қолибди. Калит эса машинани ичида қолиб кетган экан. Шу ерда ишлайдиган йигит аёлни қўлига сим бериб, ойнасини тирқишидан тиқиб, эшикни очиши мумкинлигини айтибди. Бир пайт қайтиб келиб қараса, бошқа бир машина эгаси, эркак киши қотиб кулаётганмиш. Сабабини сўраса, ҳалиги эркак:
— Анави аёл машинасини ойнасидан сим тиқяпти, эшикини очаман деб, - дебди.
Йигит бўлса:
— Эшиги беркилиб қолган экан, мен айтдим. Шу кулгилими? - деса, эркак яна кулиб:
— Машинани ичида дугонаси бор экан, симни қайси томонга тиқишни кўрсатяпти, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:52) Уйда аёл китоб ўқиб ўтирса, ўғли мактабдан келиб:
— Нима ойижон, интернет ишламаяптими?!, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:52) Бир йигит уйланмоқчи бўлиб, онасига учта қизни кўрсатибди-да, — Онажон, топинг қайси бири келинингиз?, - деса, онаси:
— Ўртадагиси, - дебди.
Йигит ҳайрон бўлиб:
— Қаердан билдингиз?, - деса, онаси:
— Шунисига қарасам, асабим бузиляпти, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:52) Адаси дўстлари билан карта ўйнаб ўтиришса, кичкина ўғли адасини ёнига келиб:
— Ада, тўртта туз бўлса ютадими-ютқазадими?, - дебди.
— Ютади! Нарироққа бор, - дебди адаси ўғлига.
Бу гапни эшитган дўстлари қўлларидаги карталарни ташлаб:
— Бўлди, сен ютдинг, - дейишибди.
Адаси эса ўртадаги пулларни йиғиб олар экан, ўғли унга:
— Ада, қўлингизда умуман туз йўқлиги ёмон-а?, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:52) Эри ярим кечаси уйга кўчадан ширакайф кириб келса, хотини жаҳл билан:
— Яна ичиб-чекиб, кайфу-сафо қилиб юрибсанми ?, - деса, эри:
— Азизам, хасадгўйлик ёмон! Бу одатингни ташла!, - дебди. newCoder (16 Mar 2018 15:52) Маст одам бешинчи этаждан пастга йиқилиб тушибди. Атрофини одамлар ўраб олиб:
— Нима гап?, нима гап?, - дейишса, йиқилган одам аста ўрнидан туриб:
— Мен қаердан биламан нима гаплигини?! Ҳозиргина тушган бўлсам, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:53) Ҳокимятга ушбу мазмунда шикоят аризаси тушибди:
"Мени квартирамни рўпарасида аёллар ҳаммоми жойлашган. У ердаги ҳамма нарсалар менга кўриниб туради. Бу менинг аҳлоқим, этикамга маънавий ва жисмоний таъсир кўрсатяпти. Шунинг учун мени квартирамни алмаштириб беришингизни сўрайман".
Бу масалани кўриб чиқиш учун коммиссия аъзолари уйга келиб, текшира бошлабди.
— Отахон, нега ёлғон гапирасиз? Ахир ҳеч нарса кўринмаяпти-ку!, - дебди текширувчилар.
— Шунақами? Сен шкафни устига чиқиб қара-чи?, - дебди.
Коммиссия аъзоларидан бири шкафни устига чиқиб қарай бошлабди.
— Йўқ. Барибир ҳеч нарса кўринмаяпти!
— Сен чапроққа сурилгин. Яна..., яна-ям..., яна озгина...
Шкаф устидаги одам "гурс" этиб йиқилибди.
Бобой бўлса:
— Ана кўрдингми ўғлим?! Ҳар куни шу аҳвол.., - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:53) Боласини олиб кетиш учун боғчага келган она тарбиячи ўриндиқда ухлаб ётганини, болалар эса майдончада бир ўзлари телефон ўйнаб ўтиришганини кўриб жаҳли чиқиб кетибди. Тарбиячини тепасига бориб баланд овозда:
— Бу нимаси? Ҳамма болалар қочиб кетишади-ку, - деса,
Тарбиячи:
— Тинчланинг, ҳеч қаёққа кетишмайди. Чунки Wi-Fi фақат майдончани ичида ишлайди, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:53) — Менга 2кг олма беринг.
— Эрон олмасидан берайми ёки Туркияникиданми?
— Менга фарқи йўқ, мен улар билан гаплашмиман, ейман холос newCoder (16 Mar 2018 15:53) Бир квартирада иккита ўртоқ яшар экан. Бир куни дўсти ҳаммомга кириб, бироздан сўнг шеригини чақираётмиш.
— Ўртоқ, шампун узатваргин!
— Ҳаммомда шампун кўп эди-ку?!
— Ҳаммаси "қуруқ сочлар учун" экан-да. Мен эса сочимни ҳўллаб бўлдим, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:53) Бир одам донишмандни ёнига келиб дебди:
— Нимага камбағал одамдан ёрдам сўрасанг, қўлидан келганча кўмак беради-ÑŽ, бой ва мансабдордан ёрдам сўрасанг ёрдам бермайди.
Донишманд жавоб берибди:
— Деразага қара! Нимани кўряпсан?
— Кўчани, одамларни, ...
— Энди, кўзгуга қара!
— Кўзгуда ўзимни кўряпман фақат.
— Ана кўрдингми!? Ойнага озгина кумуш қўшилган эди, фақатгина ўзингни кўрсатадиган бўлиб қолди. Ҳудди шу каби, инсонларга озгина бойлик берилса, ўзидан бошқа ҳеч кимни кўрмайдиган бўлиб қолади. newCoder (16 Mar 2018 15:53) Бир чол кўп қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида яшар экан. Уйига чиқишда ҳечам лифтдан фойдаланмас экан.
Шунда бир қўшни кузата туриб:
— Отахон, тайёр лифт туриб, нега нуқул зинадан чиқасиз?, - деса, чол:
— Э, болам! "Лифт тўрт киши учун" деб ёзиб қўйилган. Тўрт кишини қаердан топаман? - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:53) — Ҳақиқий севги бор нарса!
— Бўлмаган гап!
— Ҳечамда. Мана қўшнимиз Наташахон. Ҳақиқий муҳаббат тимсоли. Севги нималигини билади!
— Ўлсин Наташахонинг севги тимсолимуш. У тўрт марта эрга текканку! Қаердан билсин севги нималигини!
— Билади, чунки тўрт марта эрга теккан бўлса ҳам ўйнаши ҳали ҳам битта одам! newCoder (16 Mar 2018 15:53) Бир куни чумоли ўрмондан ўтиб кетаётса, шер филни дўппослаётган экан. Чумоли ҳам бир-икки мартта тепиб, ўтиб кетибди.
Эртасига чумолини кайфияти йўқ юрган экан, ҳайвонлар:
— Нима бўлди? - дейишса, чумоли:
— Филни ўлимида мени айблашяпти, - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:54) Хотин эрига:
— Телефонингизда Одил деб ёзилган рақамга қўнғироқ қилсам, аёл киши жавоб беряпти-ку?!
— Одилни хотини-ям текширяпти, Дилшод деган рақамдан ким қўнғироқ қиларкан деб... newCoder (16 Mar 2018 15:54) Афанди бозорга тўти сотгани чиқибди. Тўтисининг бир оёғига қизил, иккинчи оёғига оқ ип боғланган эмиш.
Одамлар:
— Афандим, бу ипларни нега боғладингиз, - деса,
Афанди:
— Бу тўти донишманд. Қизил ипдан тортсанггиз сўкади, қарғайди. Оқ ипдан тортсангиз, яхши гапларни гапиради, - дебди.
Бир киши:
— Иккала ипни баравар тортса нима бўлади? - деса,
Тўти:
— Барака топгур, калтафаҳм, тентак экансан, ... йиқилиб тушаман-ку! - дермиш. newCoder (16 Mar 2018 15:54) Тиббий кўрикдан ўтаётиб, пешобимни Fanta ни идишида олиб борибман...
Лабараториядаги қизлар бўлса менга қараб:
— Вой нима қилардингиз овора бўлиб, раҳмат, - деб юборишди. newCoder (16 Mar 2018 15:55) Бир болакай мактабга кетаётса, ёнига такси келиб тўхтабди-да:
— Ўтир олиб бориб қўяман, - дебди ҳайдовчи болага раҳми келиб. Болакай машинага чиқибди-ÑŽ, ҳайдовчига савол бера бошлабди:
— Отам ҳарбий, онам милицияда ишласа, мен ким бўламан?
— Яхши ҳарбий бўласан.
Болакай яна сўради
— Агар отам ўқитувчи, онам эса боғча тарбиячиси бўлса, мен ким бўламан?
Ҳайдовчи:
— Мураббий бўлсанг керак.
Шундай қилиб болакай савол бераверибди. Охири ҳайдовчи жаҳли чиқиб, болага ўгирилибди-да:
— Агар отанг бемаъни, ароқхўр, қиморбоз бўлса, онанг бетайин бузуқи бўлса, сен ким бўласан?
Шунда болакай:
— Таксичи бўламан, - деган экан. newCoder (16 Mar 2018 15:55) — Алло, Нодирни мумкинми?
— Ухлаяпти.
— Агар уйғонса, дўстинг қўнғироқ қилди деб қўйсангиз.
— “Агар уйғонса” деганинг нимаси??? newCoder (16 Mar 2018 15:55) Бир сохта табиб одамларни томирини ушлаб, касалини аниқлаб, дори ёзаркан. Бир куни беморни чап қўл томирини ушлаб, дори ёза бошласа, бемор табибга қараб:
— Ўнг қўлимни текширинг, чапи пратез, - дермиш. Manba: https://uzmasters.ru/forum/11/44/319/