Mavzu: Nokiadan modem sifatida foydalanish.
1. KrBoy (M) (104) [off] | TXT | 12| 15 Nov 2016, 01:58
Bugun sizlarga Nokia telefonlarini modem sifatida kompyuterga ulab, kompyuterdan internetga kirishni o'rgataman))

Webmoneyga passport skanerni faqat kompyuterdan jo'natsa bo'larkan, shunga timirsikilanib yurib oxiri topdim))

Hayron qolishiz mumkin: PC Suite bo'lsa yetarliku?

Ha do'stlar, o'zimizning klassik s40 java telefonlarimiz (Nokia 6300, 6303i, X2-02 va shu kabi) telefonlarni modem sifatida ishlatish uchun PC Suite dasturi yetarli.

Lekin 2013-yildan beri bu kabi telefonlar boshqa chiqarilmay qo'yildi va tizim yangilandi. Hozirgi Nokia Asha seriyalari (Nokia 206, 311, 515 va shu kabilar)ning ishlash tizimi 6303lardan farq qiladi.

Uzoqlashib ketdim.

Demak bizga eng asosiy kerakli dastur bu:
Nokia Connectivity Cable Driver.exe

Yuqoridagi kichkinagina dasturni ko'chirib olamiz, va kompyuterga o'rnatamiz. Endi Asha telefonlarimizni Kompyuterga ulaganimizda, avtomatik tarzda drayveri ustanovka bo'ladi.

Dasturni o'rnatib bo'lib, Nokia Asha telefonimizni USB kabeli orqali kompyuterga ulaymiz. 3ta rejim ochiladi: Modem Mode, Synch and Connect va Memory Card.

Modem Modeni tanlaymiz va 3-5 daqiqa kutib turamiz. Bu orada kompyuter kerakli drayverlarni o'rnatib oladi.

Keyin esa kompyuterni o'chirib, qaytadan yoqamiz, drayverlar ish boshlashi uchun.

Kompyuter yondi, yana Nokia Ashani ulab, Modem Modeni tanlaymiz. Shoshmang shoshmang, yana ozgina qoldi)

Endi qiladigan ishimiz Panel Upravleniyaga kiramiz. Сетевие подключение (to'g'ri yozgan bo'sam qarsak chalaslar)ga kiramiz. Yon tomondagi ro'yhatdan "dobavit noviy podklyucheniya"ni tanlaymiz. Yangi oyna ochiladi, aji-buji ruscha gaplar, o'qib o'tirmay далееni bosamiz))

Keyin ko'pgina variantlar berilgan forma ochiladi. "Podklyuchit v internet"ni tanlab далееni bosamiz yana))

Keyingi bosqichda esa "Ustanovit podklyucheniya vruchnuyu"ni tanlaymiz. Keyingi bosqich: "cherez obichniy modem", yana далее))

Keyingi bosqichida Podklyucheniyani nomlash chiqadi. Hohlagan nomizni yozib qo'ying. (masalan Uzmasters deb)

Telefon nomer yoziladigan joyiga esa *99# kodini yozib qo'ying. Login-parol teradigan joyi bo'sh qolaversa ham bo'ladi (agar faqat o'ziz foydalansez kompyuterdan).

Shu bilan Завершить qilamiz va tayyor! Haya, qayeridadir Ptichka qo'yiladigan joyi bor edi, esimdan chiqib qoldi qayerida ekani, shu joyda telefon modeli va drayver nomi turgan variantga ptichka qo'yiladi))

Endi Setevie Podklyucheniya panelidan Uzmasters deb nomlangan podklyucheniyani ochamiz, va "визов"ni bosamiz. Kompyuter telefon orqali internetga ulandi. E'tiboringiz uchun rahmat

(c) Harry Ali :)
2. Kosmos (235) [off] | TXT | 12| 15 Nov 2016, 08:00
Men ishlatganman. Nokia 2700i classic telefonida.
3. Akbarali (2833) [off] | TXT | 12| 30 Nov 2016, 17:11
Tezlik juda pas sabap bu telarda EDGEDAN YUQORISINI KO'TAROLMAYDI KOMPYVERGA EDGE JUDA KAMLI QLADI MEN TAFSIYA QILMAYMAN
4. Mr_Lucky (139) [off] | TXT | 12| 30 Nov 2016, 23:11
Nokia301 dan ham modem sifatida foydalansa bo'ladimi? Kim foydalanib ko'rgan
5. Akbarali (2833) [off] | TXT | 12| 2 Dec 2016, 16:06
Mr_Lucky (30 Nov 2016, 23:11):
Nokia301 dan ham modem sifatida foydalansa bo'ladimi? Kim foydalanib ko'rgan
Mr_Lucky, ucb kabel o'rnatadigan joyi yo'qku u telfonni iloji yo'q
6. Mr_Lucky (139) [off] | TXT | 12| 2 Dec 2016, 17:51
Akbarali (2 Dec 2016, 16:06):
Mr_Lucky, ucb kabel o'rnatadigan joyi yo'qku u telfonni iloji yo'q
Akbarali, Borku
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 410
Mavzuga oid xabarlar soni: 6 ta
So'ngi faollik vaqti: 2 Dec 2016, 17:51
Mavzuni ko'rishgan: 12 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 310 (0/310)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru