Mavzu: Faol suhbat uchun optimal «Optima 333» tarifi!
1. shax4566 (M) (42) [off] | TXT | 1| 27 Feb 2017, 09:43
333 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun
333 MB mobil Internet kiritilgan
Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar $0
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 1 daqiqa AQSh dollarida
$0,03UMS abonentlariga (333 daqiqalik limitdan oshganda)
$0,03O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (333 daqiqalik limitdan ortganda)
$0,03Shahar raqamlariga (333 daqiqalik limitdan ortganda)
O’zbekiston bo’yicha SMS 1 xabar AQSh dollarida
$ 0,00Kiruvchi SMS-xabar
$ 0,02Chiquvchi SMS-xabarlar – UMS abonentlariga
$ 0,02Chiquvchi SMS-xabarlar – O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga
$ 0,15Chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar*
Internet 1 Mb trafik AQSh dollarida
$ 0,101 MB Internet-trafik uchun (oylik 333 MB limitdan ortganda)
Majburiy to’lovlar
$ 6,00Abonent to’lovi (oyiga)


«Optima 333»TRga o’tish:

USSD-buyruq - *111*333#

SMS-yordamchi – 616333 raqamiga 1 soni



Foydali buyruqlar:

*100# - balans va tarif rejasini bilish

*111*018# - xarid qilingan SMS-to’plamlari qoldig’ini bilish

*102# - xarid qilingan Internet-to’plamlar qoldig’ini bilish

Shartlar

«Optima 333» tarif rejasiga ulanilgandagi boshlang‘ich to‘lov – 10 000 so‘m. Ushbu mablag‘ to‘laligicha hisobga tushadi.

Barcha narxlar QQSni (20%) hisobga olgan holda AQSh dollarida ko’rsatilgan. Hisob-kitoblar to‘lov kunidagi O‘zmarkazbank kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi;

Narxlash daqiqalar bo’yicha amalga oshiriladi.

Barcha chiquvchi qo’ng’iroqlarni narxlash 1 soniyadan boshlanadi. Qo’ng’iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi;

Internet-trafikni narxlash kvanti 1 KB;

TR abonent to’loviga kiritilgan daqiqa va Mb to’plami 1 kalendar oy muddatga taqdim etiladi. Yangi to’plam har oyning 1-chi sanasida amalga oshiriladi;

Foydalanilmagan daqiqa va MB keying davrga o’tkazilmaydi;

"Optima 333" tarif rejasiga o'tish narxi:

-Start, Besh, Baraka, Veteran, Plus, Mini, Optima tarif rejalaridan - $0;

-555, Super Optima, 777, Maxi, Maxi New, Ultra, Perfect, Absolut, Year taif rejalaridan - $1

“Optima 333” tarif rejasiga o‘tayotganda balans kamida $6ni tahskil qilishi kerak;

“Optima 333” tarif rejasidan boshqa tarifga o’tilganda tarif rejasiga kiritilgan daqiqa va MB bekor qilinadi;

Balans nolga teng yoki salbiy bo‘lib qolganda «Aloqadaman» xizmati faollashadi, natijada abonent kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSlarni qabul qilishi mumkin bo‘ladi;

Raqam 3 oy davomida bloklangan holda (balans salbiy) bo’lsa, kompaniya va abonent o’rtasidagi shartnoma bekor qilinadi, xizmat ko’rsatish to’htatiladi, yechib olingan abonent to’lovi qaytarib berilmaydi;

“Optima 333” tarifida “Super 0” xizmati ishlaydi. Xizmatni faollashtirish narxi $1. Xizmatning oylik abonent to‘lovi $1.

Xizmatga ulanilganda UMS tarmog’i ichida qo’ng’iroqlar uchun (1 oy kalendar muddatga) 15000 daqiqalik to’plam beriladi. Xizmat muddati cheklanmagan. Kalendar oyi yakunlangandan so’ng yangi 15000 daqiqalik to’plam yangi oy uchun beriladi;

- Bir vaqtning o‘zida “Super 0” xizmati yoqilgan, abonent to‘lovi doirasida daqiqalar berilgan va daqiqalar to‘plami mavjud bo‘lsa, UMS tarmog‘i ichidagi qo‘ng‘iroqlar birinchi “Super 0” xizmati bo‘yicha sarflanadi, keyin (15 000 daqiqa yakunlangandan keyin) abonent to‘loviga kiritilgan daqiqalar to‘plamidan, so‘ngra bir martalik daqiqalar to‘plamidan sarflanadi.

- Bir vaqtning o‘zida abonent to‘lovi doirasida daqiqalar berilgan va daqiqalar to‘plami mavjud bo‘lsa, boshqa tarmoqlar va shahar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar birinchi abonent to‘loviga kiritilgan daqiqalar to‘plamidan, so‘ngra bir martalik daqiqalar to‘plamidan sarflanadi.

“Super 0” xizmati endi ulanayotgan bo‘lsa:

Agar abonent ushbu tarifda avval “Super 0” xizmatini yoqmagan bo‘lsa, yoqqanidan so‘ng undan $2 (faollashtirish va birinchi oy uchun haq) yechib qolinadi.

Ikkinchi va keying oylarda faqat oylik abonent to‘lovi ($1) yechilishni boshlaydi.
2. Talant2017 (127) [off] | TXT | 1| 1 March 2017, 19:21
So'zlashuv uchun eng yaxshisi beeline korporativ simkartasi 5$ ga 3000minut
Internet uchun ucell madem 15$ga 10mb/s tezlikda cheksiz tas-ix tarmogi uchun internet va tashqi saytlarga 5000mb u tugagandan kyn 16kb/s tezlikda cheksiz net PSIPHON ORQALI O'SHA CHEKLOVNI BUZISH MUMKUUUUN.......... :zorr:
3. Talant2017 (127) [off] | TXT | 1| 1 March 2017, 19:22
Afsuski men joylashgan xududa ucell 16kb/s xam ishlamedi
4. Talant2017 (127) [off] | TXT | 1| 1 March 2017, 19:23
Internet uchun 2-o'rinda esa beelineni 60$lik 60Gb paketi
5. Talant2017 (127) [off] | TXT | 1| 1 March 2017, 19:23
Eng qimmat narxlar esa UMS da
6. shax4566 (M) (42) [off] | TXT | 1| 3 March 2017, 09:59
Hisop kitob notogri hisopladila
7. shax4566 (M) (42) [off] | TXT | 1| 3 March 2017, 10:02
Beeline da $6 ga 333 uzb boyichaga 333 beradimi yo bermidi tarmoq ichida cheklov yoq
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 973
Mavzuga oid xabarlar soni: 8 ta
So'ngi faollik vaqti: 3 March 2017, 11:26
Mavzuni ko'rishgan: 3 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 290 (0/290)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru