Mavzu: Python kirish darsi(Python dasturlash tili 1-dars)
1. Temurbek2021 (M) (17) [off] | TXT | 4| 14 May 2021, 21:44
Rasmiy sayt https://www.python.org
Python mashhur dasturlash tili. U Guido van Rossum tomonidan yaratilgan va 1991 yilda chiqarilgan.
Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Stack Overflow saytining 2019-yildagi dasturchilar o’rtasida dasturlash tillari bo’yicha olib borilgan so’rovnomasida, eng qulay va ko’p foydalaniladigan dasturlash tillari ro’yxatida Python jаvаsсriрtdan so’ng ikkinchi o’rinni egallagan. Shu bilan bir qatorda dunyoning Twitter, Pinterest, HP, Symantec, Instagram va Groupon kabi yirik korxonalar aynan Python dasturlash tilidan foydalanmoqda. YouTube, DropBox, Google va Quora kabi dunyoning mashhur online platformalarining dasturiy ta’minoti ham aynan python dasturlash tilida yozilganligi ushbu dasturlash tiliga bo’lgan talabning yuqori ekanligini anglatadi. Python nafaqat web sohasida balki sun’iy intellekt va robotexnika sohasida ham yuqori talabga ega til hisoblanadi.

Python DASTURLASH TILIDA YARATILGAN YIRIK LOYIHALAR
Google, Instagram, Youtube

Python dasturlash tilining imkoniyatlari
Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.

Python quyidagi sohalarda ishlatiladi:
* Web dasturlash (serverlar bilan)
* Dasturiy ta’minot
* Matematika
* Tizim skriptlari

Nima uchun aynan Pythonni o’rganish kerak ?
Oddiy, o'rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta'minot.
* Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olish shart emas.
* Ko'plab platformalarda hech qanday o'zgartirishlarsiz ishlay oladi. (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va boshqalar)
* Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
* Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi.
* Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega.
* xml/html fayllar bilan ishlash;
* http so`rovlari bilan ishlash;
* GUI(grafik interfeys);
* Web dastur tuzish;
* FTP bilan ishlash;
* Rasmli audio video fayllar bilan ishlash;
* Robot texnikada;
* Matematik va ilmiy hisoblashlarni dasturlashda juda ham qo’l keladi. Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Bularga misol qilib Google, Instagram, YouTube ni misol qilib ko’rsatsak bo’ladi. Bu loyiahalr aynan Python dasturlash tilida yozilgan. Chunki, uni chegarasi yo`q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari orasida eng yaxshisidir.
Oxirgi o'zgarish: Temurbek2021 (14 May 2021, 21:45)
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3569
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 14 May 2021, 21:44
Mavzuni ko'rishgan: 4 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 134 (0/134)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru