Mavzu: Python tili sintaksisi(Python dasturlash tili 2-dars)
1. Temurbek2021 (M) (17) [off] | TXT | 4| 14 May 2021, 22:21
Python dasturlash tili sintaksisi
Python dasturlash tili sintaksisi o`zi kabi juda sodda:
* Satr oxiri instruksiyaning oxiri hisoblanadi (nuqta vergul shart emas) Pythonda sintaksis juda sodda tuzilishga ega. Quyida “Salom dunyo” gapini ekranga chiqaruvchi kod ko’rsatilgan(RASM_1).
* Har bir qator boshidagi bo`sh joy(отступ) muhim ahamiyatga ega. Kiritilgan amallar bo`sh joylarning kattaligiga qarab bloklarga birlashadi. Bo`sh joy istalgancha bo`lishi mumkin asosiysi bitta kiritilgan blok chegarasida bo`sh joy bir xil bo`lishi kerak. Noto`g`ri qo`yilgan bo`sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin. Bitta probel bilan bo`sh joy hosil qilish yaxshi qaror emas uni o`rniga to`rta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak. Odatda dasturlash tillarida abzats kodni oson o’qilishi uchun ishlatiladi. Ammo Pythonda
abzats kodning blokini ajratib ko’rsatadi. Misol (RASM_2).
Agar kodimizni mana bunday tarzda yozsak dasturda xatolik yuz beradi(RASM_3).
* Pythonga kiritilgan amallar bir xil shablonda yoziladi. Bunda asosiy amal ikki nuqta bilan tugatiladi va uning orqasidan kiritilgan blok kodi ham joylashadi. Odatda, asosiy amalning ostidagi satr bo`sh joy bilan ajratiladi. Bazan bir nechta amalni bitta satrga nuqtali vergul bilan ajratgan holda yozish mumkin (RASM_4).
Buni ko`p ham qo`llamang! Yaxshisi bunday qilmang, o`qishga noqulay.
Kalit so`zlar
False – yolg`on
True - rost
None - “bo`sh” obyekt
while – while tsikli
with / as – konteks menejeri
break – sikldan chiqish
class – metod va atributlarda iborat
continue – sikldan keyingi iteratsiyaga o`tish
from – moduldan bir nechta funksiyani import qilish
import – moduldan import
is operatori – ob'ektlarning identifikatsiyasini tekshiradi
if - agar
else – for/else yoki if/elsega qarang
elif – aks holda, agar
for – for sikli
lambda funktsiyasi - kichik anonim funktsiya
def - funktsiyani yaratishga imkon beradi
del - obyektni yo`qotish
not –mantiqiy INKOR amali.
or –mantiqiy YOKI amali
and – mantiqiy VA amali

Izohlar quyidagi holatlarda ishlatiladi:
* Koddagi bajarilayotgan ishlarni tushuntirish uchun;
* Kodning o’qilishini yanada osonlashtirish uchun;
* Kodning ba’zi qismlarini vaqtincha hisobga olmay turish uchun;

Izoh(comment)larni hosil qilish
Izohlar # belgisi bilan hosil qilinadi va python o’sha qismni kod deb qabul qilmaydi(RASM_5)
Izohlarni kod yozilgan qator oxiriga yozish ham mumkin(RASM_6)
Kodning biror qismini izohga kiritsak o’sha qism natija bermaydi. Quyidagi holatda Salom dunyo jumlasi ekranga chiqmaydi(RASM_7)
Izohlar dastur kodini o'qiyotganlar uchun foydali bo'ladi va dastur nima qilishini oson tushunishga yordam beradi. Unga yechimdagi muhim joylarni, muhim bo'lgan qismlarni yozish mumkin.

Ko’p qatorli izohlarni qo`shis
Python ko’p qatorli izohlar hosil qilish uchun alohida belgiga ega emas . Shuning uchun har bir qator uchun alohida # belgisi ishlatiladi. Ammo 3 talik qo’shtirnoq ichiga yozilgan matnni
o’zgaruvchiga biriktirilmasa ko’p qatorli izoh sifatida ishlatish mumkin(RASM_8)

RASM_1 https://disk.yandex.ru/i/O1Udcie5Jowjfg
RASM_2 https://disk.yandex.ru/i/1FpBACb2f0MGsg
RASM_3 https://disk.yandex.ru/i/lEoKw3HXenlwbQ
RASM_4 https://disk.yandex.ru/i/2PToU-2C7IGGBA
RASM_5 https://disk.yandex.ru/i/9W_0lorq6H8u9g
RASM_6 https://disk.yandex.ru/i/nFNvg6A7ZwRIMg
RASM_7 https://disk.yandex.ru/i/QFk9ibvMNnDL2w
RASM_8 https://disk.yandex.ru/i/bX4ueWmHP8TCRA

Rasmlarning to`liq albomi: https://disk.yandex.ru/a/iRugf3OODorUyQ

Rasmlar oldidagi linklarning sahifasiga o`tgandan keyin sahifani qayta yangilang!
Oxirgi o'zgarish: Temurbek2021 (14 May 2021, 22:21)
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3570
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 14 May 2021, 22:21
Mavzuni ko'rishgan: 4 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 121 (0/121)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru