Mavzu: Pythonda o`zgaruvchilar(Python dasturlash tili 3-dars)
1. Temurbek2021 (M) (17) [off] | TXT | 3| 15 May 2021, 12:32
Biror ma'lumotni saqlash va uning ustida turli amallarni bajarish uchun bizga o'zgaruvchilar yordam
beradi. O'zgaruvchining qiymati, o'z nomi bilan aytib turibdiki, o'zgarishi mumkin. Unda xohlagan
qiymatni saqlash mumkin. O'zgaruvchilar kompyuter xotirasidagi joy bo'lib, u yerda siz biror
ma'lumotni saqlaysiz. O'zgaruvchining konstantadan farqi, o'zgaruvchiga dastur ishlashi davomida
(run time) murojaat qilib, uning qiymatini o'zgartira olamiz. Konstantaga esa oldindan ma'lum bir
qiymat beriladi va bu qiymatni o'zgartirib bo'lmaydi.
Pythonda o’zgaruvchilar ularni qiymatlarini tenglashtirish bilan hosil qilinadi. O’zgaruvchilarning
turini alohida e’lon qilish shart emas. Pythonda barchasi avtomatik tarzda ishlaydi(RASM_1).

O’zgaruvchilarni hosil qilish
O’zgaruvchilar ma’lum bir turdagi qiymatni o’zida saqlovchi konteynerlardir. Boshqa dasturlash
tillaridan farqli, Python o’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun alohida buyruqqa ega emas.
O’zgaruvchilar ularga qiymatni tenglashtirish orqali hosil qilinadi. Quyida biz 2 ta o’zgaruvchini 2
xil trudagi qiymatga biriktiramiz va ekranga chiqaramiz(RASM_2).
O’zgaruvchilarni qaysi turda ekanligni e’lon qilish shart emas. Buni Python avtomatik tarzda
aniqlaydi. O’zgaruvchilarning turlarini kodning istalgan qismida o’zgartirish ham mumkin(RASM_3).
Satrli o’zgaruvchilar qo’shtirnoq yoki bittalik tirnoqlar ichiga yozilish bilan e’lon qilinishi mumin(RASM_4).

O’zgaruvchi nomlari
O’zgaruvchilar harflar yoki so’zlar bilan ifodalanishi mumkin. Ularni ifodalash uchun ayrim
qoidalar mavjud:
* O’zgaruvchi nomi harf yoki tag chiziq bilan boshlanishi kerak;
* O’zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanmasligi kerak;
* O’zgaruvchi nomi faqat harflar, raqamlar va tag chiziqdan iborat bo’lishi mumkin;
* O’zgaruvchi nomlari katta-kichik harflarni farqlaydi (ism, iSm, ISM – bular 3 xil o’zgaruvchilar);
* O’zgaruvchi nomi orasida bo’shliq (probel) bo’lmasligi kerak;
(RASM_5)

Bir nechta o’zgaruvchiga qiymat o’zlashtirish
Pythonda bir nechta o’zgaruvchiga qiymatlarni bir qatorning o’zida o’zlashtirish mumkin(RASM_6)
Va aksincha, bir qiymatni bir nechta o’zgaruvchiga o’zlashtirish ham mumkin(RASM_7)

O’zgaruvchilarni ekranga chiqarish
Pythonda o’zgaruvchilarni yoki natijalarni ekranga chiqarish uchun print funksiyasidan
foydalaniladi. Biror matnga satr o’zgaruvchisini biriktirish uchun “+” belgisi ishlatiladi(RASM_8)
Sonli o’zgaruvchilar uchun “+” belgisi matematik amal sifatida ta’sir qiladi(RASM_9)
Satr o’zgaruvchini sonli o’zgaruvchiga qo’shmoqchi bo’lsak Python xato yuz berganini ma’lum
qiladi(RASM_10)

Global o’zgaruvchilar
Funksiyadan tashqarida hosil qilingan o’zgaruvchilar global o’zgaruvchilar hisoblanadi. Global
o’zgaruvchilar kodning istalgan qismida (funksiya ichida ham, tashqarisida ham) ishlatilishi
mumkin. Quyidagi kodda funksiya tashqarisida o’zgaruvchi hosil qilamiz va uni funksiya ichida
ishlatamiz(RASM_11)
Funksiya ichida hosil qilingan o’zgaruvchi lokal o’zgaruvchi deyiladi. Agar lokal va global
o’zgaruvchilarni nomlari bir xil bo’lsa , funksiya ichida lokal o’zgaruvchining qiymati funksiya
tashqarisida esa global o’zgaruvchining qiymati olinadi(RASM_12)

Global kalit so’zi
Oddiy holatda funksiya ichida hosil qillingan o’zgaruvchi lokal o’zgaruvchi hisoblanadi. Ammo
funksiya ichida ham global o’zgaruvchi hosil qilish mumkin. Buning uchun global kalit so’zi
ishlatiladi(RASM_13)
Agar global o’zgaruvchining qiymatini funksiya ichida o’zgartirmoqchi bo’lsangiz ham global kalit
so’zi ishlatiladi(RASM_14)

RASM_1 https://disk.yandex.ru/i/KTo0ucQy4LhDIQ
RASM_2 https://disk.yandex.ru/i/CJgwIjNcznujTQ
RASM_3 https://disk.yandex.ru/i/1olZBlL56fLGGQ
RASM_4 https://disk.yandex.ru/i/FwFoYZ81rSLXYA
RASM_5 https://disk.yandex.ru/i/DbXcwzDsdyD_kQ
RASM_6 https://disk.yandex.ru/i/HVmnDLT6hk4ygw
RASM_7 https://disk.yandex.ru/i/_8VvaSwbChHuPw
RASM_8 https://disk.yandex.ru/i/rGMclMV1gQVaAA
RASM_9 https://disk.yandex.ru/i/jgTbDUARlRGXZA
RASM_10 https://disk.yandex.ru/i/wGSQAVTYFYkzCg
RASM_11 https://disk.yandex.ru/i/pSz-Wc13AaQi4Q
RASM_12 https://disk.yandex.ru/i/ZPRiafXivMv5Ig
RASM_13 https://disk.yandex.ru/i/IMomy9u2UylWOQ
RASM_14 https://disk.yandex.ru/i/aHNjCsI73b2kAA

Rasmlarning to`liq albomi: https://disk.yandex.ru/d/R9_i1gWl6ekYdw

Rasmlar oldidagi linklarning sahifasiga o`tgandan keyin sahifani qayta yangilang!
Oxirgi o'zgarish: Temurbek2021 (15 May 2021, 12:34)
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3582
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 15 May 2021, 12:32
Mavzuni ko'rishgan: 3 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 132 (0/132)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru