Mavzu: UzCard orqali PayPal
1. Djfayz (M) (944) [off] | TXT | 58| 6 Jun 2018, 20:10
UzCard orqali PayPal, “Yandeks.Dengi”, WebMoney va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish xizmati joriy qilinadi
Asia Alliance Bank bankomatlarda UzCard tomonidan ishlab chiqarilgan hamda PayPal, “Yandeks.Dengi”, WebMoney va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish imkonini beradigan yangi dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.


Sinov jarayoni yakuniga yetgach, xizmatni boshqa banklar ham taqdim qiladi.

Onlayn hisobni naqd pul va plastik karta yordamida terminallar orqali, shuningdek, onlayn rejimda UzCard orqali to‘ldirish mumkin.

UzCard’ning Qiwi, “Yandeks.Dengi” va WebMoney bilan shartnoma imzolagani xabar qilingan. Kompaniya hozirda PayPal bilan muzokaralar olib bormoqda. PayPal O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan.

Hozircha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda PayPal’ga ulanmagan yagona mamlakat hisoblanadi. PayPal tizimining joriy qilinishi Prezidentning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi farmonida ham ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Oson servisi Web Money, “Yandeks.Dengi” va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish xizmatini joriy qilgan edi.
2. Linux (70) [off] | TXT | 58| 6 Jun 2018, 20:20
Paypal dan krypto valyuta sotib olinadmi
3. РЕЗИДЕНТ (1021) [off] | TXT | 58| 6 Jun 2018, 21:33
Kurs qanaqa
yana QQS 15% mi?
4. Djfayz (M) (944) [off] | TXT | 57| 6 Jun 2018, 21:36
hali kumnarsa aniqmas bular hozcha tes rijimida ishlamoqda.
5. Nurjan (30) [off] | TXT | 53| 6 Jun 2018, 22:33
Bularning hammasi ishka tuchsa wmr sotaman deganlarham firiblarham qolmas edi
6. wm KAROL (213) [off] | TXT | 51| 6 Jun 2018, 23:13
Tezko ishga tushsa hammasi zo'r bo'ladi
7. Djfayz (M) (944) [off] | TXT | 47| 7 Jun 2018, 08:44
ishga tushsin tezroq wmrning ham narxi tushadim
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2642
Mavzuga oid xabarlar soni: 11 ta
So'ngi faollik vaqti: 18 Nov 2018, 14:21
Mavzuni ko'rishgan: 58 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 238 (0/238)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru