MULOQOT FORUMI
|
Erkin mavzular
|
Mavzu:
Bolalik gashti "hi tech"mi?
Mavzu fayllari
(0)
Biroz kodlardan chekingan holda bolalikni esga olsak qarshiliklar bo‘lmaydimi? Qor yoqqanda ko'cha to'la bolalarni ko'rmayapman. Bolaligimizda qor yoqqanda yangi yil bayramidan ham ko'proq quvonardik. Qorbobo yasardik. Qorbo'ron o'ynardik. Kimdir uyidan eski chelak, kimdir cho'ltoq supurgi, kimdir sabzini bekitiqcha olib chiqardi. Qor bilan qoplangan tepaliklarning o'rtasida muzli yo'lakchalar hosil bo'lardi bir pasda. Men hayron bo'laman. Bizku bolaligimizni eslashga arzigulik xotiralarimiz bor. Lekin hozirgi bolalarga qorbo'ronu varrakning, chillaku bekinmachoqning hech qizig'i yo'qdek. Qor yog‘yapti jiyanlarimni hovlida qorbo‘ron qildim, menyosh bolayu ular kap katta, men qiyqirib qor otayabman, ular esa bizning tomog‘imiz og‘riydi nega qor otyabsiz deb qolsachi, bu qorbo‘ronku o‘ynamaysizlarmi desam menga jinnimisiz degandek uy uylariga kirib ketishdi kompyuter, planshet o‘yinlarini o‘ynab ''maaaazza'' qilishadi. Katta bo‘lganda nimani eslashadi ekan...
Yuklab olish
Onlayn 220 (1/219)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa