Mavzu: Siz biz uchun hamon hayotsiz...
22. otash_akooo (121) [off] | TXT | 10| 25 Aug 2018, 00:58
Xabar Erkatoy tomonidan o'chirilgan.
23. AKBARSHOH (82) [off] | TXT | 6| 27 Aug 2018, 22:14
Xabar Erkatoy tomonidan o'chirilgan.
24. Dima_MasTeR (45) [off] | TXT | 19| 7 Sep 2018, 01:31
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin.
Bardoshim haqida ash’or to‘qisin,
Mendan norozilar fikridan qaytsin.

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Aytolmay qolganim desin Ollohga,
Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin,
Bilmagan bilganim desin Ollohga.

O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving,
Toki, kafanlarim ketmasin kuyib,
Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying,
Boray huzuriga ozgina sovib.

O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling,
Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda.
Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling,
Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda…

O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga,
Toki, soyasida tilovat o‘qing.
Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga,
Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing.

Kichkina yasating qabrtoshimni,
Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib,
Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni,
Men safarga ketdim chorig‘im kiyib.

O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga,
To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating,
Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing,
Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin.

O‘ng tarafdan keling, oyoq tarafdan,
Toki, ko‘rsin sizni ochiq ko‘zlarim,
O‘lim haq ekanin olasizda tan,
Quvonay, keldi, deb o‘g‘il-qizlarim.

O‘lsam yo‘qlab turing. Biling, kutaman,
Chunki, siz deb o‘tdim o‘zimdan kechib,
Yo‘qlamay qo‘ysangiz, zardob yutaman,
Yotaman go‘rda ham ko‘z yoshim ichib,

O‘lsam, umrim sharhin nabiralarga,
Evirmay, o‘chirmay borini so‘zlang.
Intiq kutganimni ularni hamda,
Yonib o‘tgan ko‘nglim zorini so‘zlang.

O‘lsam, she’rlarimni avaylab asrang,
Imkonin topib topshiring elga.
Bilaman, el o‘qir sog‘inib, sevib,
O‘tar yozganlarim qo‘llardan qo‘lga.

O‘lsam, faxr bo‘ling, mexribon bo‘ling,
Imkonin topsangiz to‘lang qarzimni,
Duosini oling men sevgan elni,
Meros qoldiraman sizga sabrimni.

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin… :(:(
25. Arey (1999) [off] | TXT | 18| 7 Sep 2018, 20:45
Dima_MasTeR (7 Sep 2018, 01:31):
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin.
Bardoshim haqida ash’or to‘qisin,
Mendan noroz• • •
Dima_MasTeR, Sher muallifi kim?
26. Dima_MasTeR (45) [off] | TXT | 17| 8 Sep 2018, 00:03
Arey, ISLOM KARIMOV BIRINCHI PREZIDENT
Raxmat aytdi (1): Arey,
27. Mahmudjon_BEST (533) [off] | TXT | 10| 21 May 2019, 10:33
Yaxshi inson edilar.. Bu yil samarqandga qabrlarini ziyorat qilgani boramiz xudo xoxlasa.
28. SEVIMLI (126) [off] | TXT | 8| 21 May 2019, 14:34
biz bu yil samarqandga borib Islom Karimov va Amir Temur Ulug'Bek vaImom Buxoriyni ziyorat qildik. siz biz uchun hayotsiz ISLOM KARIMOV ....
<<<12345>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2357
Mavzuga oid xabarlar soni: 29 ta
So'ngi faollik vaqti: 21 May 2019, 15:01
Mavzuni ko'rishgan: 35 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 217 (0/217)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru