Kirish A`zo bo`lish
MULOQOT FORUMI | Dolzarb mavzu |
Mavzu: Qimor (Bukmeker) bizga foydami?
Mavzu fayllari (0)
1. Bahh Tee(M) (4212) [1m] |TXT| 71|30 March 2018, 17:34
Assalomu alaykum aka-ukalar, do'st-u, birodalar. Bu hafta menimcha bu mavzuni ko'tarish uchun ayni vaqti.
31.03.2018 O'zbekiston vaqti bilan soat 18.00 da muhokama qilishimiz mumkin.
Barcha bukmekrchilarni ushbu mavzuga chaqirib qolaman!
Ijobiy (2): Sardor_Malikov, Prince_Abdul,
Raxmat aytdi (1): Sardor_Malikov,
2. Bahh Tee(M) (4212) [1m] |TXT| 71|31 March 2018, 18:50
Mavzu ochiq, uzur yodimdan ko'tarilibdi...
3. wmSardor_Malikov (326) [off] |TXT| 71|31 March 2018, 19:26
Qimor o'ynash
Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, xamr(mast qiladigan ichimlik ichish),qimor(o‘ynash),butlar(ya'ni, ularga sig‘inish)va cho‘plar(ya'ni, cho‘plar bilan folbinlik qilish)shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz!»(Moida surasi, 90).
Ya'ni, bu ishlarning barchasi, garchi shayton ularni chiroyli qilib ko‘rsatsa-da, nopok, harom ishlardir. Ulug‘ savoblarga erishishingiz uchun bu iflosliklardan uzoq bo‘linglar.
«Aroq, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdanto‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!»(Moida surasi, 91).
Oyat oxiridagi jumla buyruq ma'nosidagi so‘roq bo‘lib «to‘xtanglar», degan ma'noni ifodalaydi. Shuning uchun Umar roziyallohu anhu: «Ey Parvardigor, to‘xtadik», degan edilar.
Abu Hayyon aytadilar: «Alloh taolo xamr va qimordagi ikki fasodni zikr qildi: biri - dunyoviy, ikkinchisi - diniy».
Dunyoviy fasodi: xamr ko‘ngilsizlik va gina-kudrat keltirib chiqaradi hamda yor-birodarlar orasiga rahna soladi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa borib-borib hech vaqosi qolmaydi va oxiri xotini va bolalarini ham qimorga tikib yuboradi.
Diniy fasodi: Xamr ichgan odam sarxush bo‘lib, es-hushini yo‘qotadi va Allohni zikr qilishdan chalg‘iydi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa, yutsa ham, yutqazsa ham Allohni zikr qilishdan chalg‘iydi.
Qimor odamlarning haqlarini botil-nohaq yo‘l bilan yeyish hisoblanib, Alloh undan qaytargandir:
«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq - harom yo‘llar bilan yemangiz(Ya'ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!)»(Baqara surasi, 188).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham: «Ayrim kishilar Allohning moliga nohaq tajovuz qiladilar. Qiyomat kunida ularga do‘zax bo‘lur», deganlar (Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir birodariga: «Kel, qimor o‘ynaymiz» desa, darhol sadaqa qilsin», dedilar (Buxoriy rivoyati).
Agar «qimor o‘ynaymiz» degan so‘zning o‘zi uchun kafforat to‘lash yoki sadaqa qilish vojib bo‘lsa, qimor o‘ynashning hukmi qanday bo‘lar ekan?!
Ijobiy (2): HakerUZB, Prince_Abdul,
4. Bahh Tee(M) (4212) [1m] |TXT| 71|31 March 2018, 19:55
Savol, shu bkdan kim foyda olgan, 100%? Va o'zini tiya olgan 100%?
5. Bahh Tee(M) (4212) [1m] |TXT| 70|1 Apr 2018, 00:17
Bu yerda 1% a'zo menimcha bukmerkr saytga kirmasa kerak. :-)
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
6. Viruzbek(1107) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 07:19
Bahh Tee (31 March 2018, 19:55):
Savol, shu bkdan kim foyda olgan, 100%? Va o'zini tiya olgan 100%?
Bahh Tee, men foyda oldim lekin ozim tiymadim
7. Bahh Tee(M) (4212) [1m] |TXT| 70|1 Apr 2018, 12:06
Viruzbek (1 Apr 2018, 07:19):
Bahh Tee, men foyda oldim lekin ozim tiymadim
Viruzbek, demak hali bor senga :-)
8. iMan (37) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 12:11
Bk oynash harom lekin baribir oynagim keladida odat bolgan
9. iMan (37) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 12:13
Bkda aslidan harom bomasligi kere chunki bkda aldab sizni pulizni olishmaydi real vaqt rejimida buladigan narsaga tikasiz lekin kartada qimor oynasayiz szni aldab pulizni olishadi bu asl qimor
10. Bahh Tee(M) (4212) [1m] |TXT| 70|1 Apr 2018, 12:14
iMan (1 Apr 2018, 12:13):
Bkda aslidan harom bomasligi kere chunki bkda aldab sizni pulizni olishmaydi real vaqt rejimida buladigan narsaga tikasiz lekin kartada qimor oynasayi• • •
iMan, qimor deganda nimani tushunasiz?
11. wmSardor_Malikov (326) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 12:42
Do'stlar ichingizdagini yozinglar. Kengroq muhokama qilaylik.
12. wmSardor_Malikov (326) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 12:44
Masalan men shu qadar berilganmanki hatto uyimdan pul o'g'irlab bk o'ynaganman. Ha bu qanchalar jirkanch. Lekin bk shu ahvolga solgan.
13. iMan (37) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 12:45
Bahh Tee (1 Apr 2018, 12:14):
iMan, qimor deganda nimani tushunasiz?
Bahh Tee, biror bir mavhum oldindan aniq bumagan natijaga pul tikish ammo sport hech narsa oldindan aniq bomaydi hech kim szni aldab pulizni ololmaydu
14. iMan (37) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 12:46
Masalan juda kop odam xoroz urushtirishga pul tikadi ularda aldash bomidi omad bu szni girromlik qilib pulizni olmaydi yoki sz demak harom emas
15. Jeweler (20) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 12:51
Bukmeker yomon narsa emas faqat oynashni bilish kerak yutsangiz pulizni tashlab beradi hech qanaqa firibgarlik haqida muomo bolmaydi
16. Jeweler (20) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 12:54
Men 3marta oynaganman va ozimni tiyganman 1-marta 1000wmr tikanman yutirganman 2-marta 2000wmr yutirganman va 3-chisida 5000wmr koif 1.70 pg topib tikanman yutganman ozroq foyda ob survordim
17. Bahh Tee(M) (4212) [1m] |TXT| 70|1 Apr 2018, 13:25
iMan (1 Apr 2018, 12:45):
Bahh Tee, biror bir mavhum oldindan aniq bumagan natijaga pul tikish ammo sport hech narsa oldindan aniq bomaydi hech kim szni aldab pulizni ololmaydu
iMan, biror insonni peshona terisi bilan topgan pulini siz bir zumda o'zingizniki qilib olish bu to'g'rimi? To'g'ri u ham istagan ammo hozir sizdan so'rayabman...
18. Bahh Tee(M) (4212) [1m] |TXT| 70|1 Apr 2018, 13:26
Sardor_Malikov (1 Apr 2018, 12:44):
Masalan men shu qadar berilganmanki hatto uyimdan pul o'g'irlab bk o'ynaganman. Ha bu qanchalar jirkanch. Lekin bk shu ahvolga solgan.
Sardor_Malikov, sabab nima? Aniq sabab bormi?
19. iMan (37) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 14:00
Bahh Tee (1 Apr 2018, 13:25):
iMan, biror insonni peshona terisi bilan topgan pulini siz bir zumda o'zingizniki qilib olish bu to'g'rimi? To'g'ri u ham ist• • •
Bahh Tee, yutish bu oyinni togri taxlil qilish qobilayatim va omadim bu 2 tasidan togri foydalanishim hech qanday harom emas. chunki omadni xudoni ozi beradi insonga
20. MAGBEK (233) [off] |TXT| 70|1 Apr 2018, 18:20
iMan (1 Apr 2018, 14:00):
Bahh Tee, yutish bu oyinni togri taxlil qilish qobilayatim va omadim bu 2 tasidan togri foydalanishim hech qanday harom emas. chunki omadni xudoni oz• • •
iMan, Mahallangiz imomidan bk haqida so'rab ko'ring tushuntirib aniq to'liq javob beradi sizga
12345>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2530
Mavzuga oid xabarlar soni: 85 ta
So'ngi faollik vaqti: 31 Oct 2018, 09:23
uzmasters.ru Onlayn 126 (4/122)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
uzmasters.ru