Mavzu: Qimor (Bukmeker) bizga foydami?
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 75| 30 March 2018, 17:34
Assalomu alaykum aka-ukalar, do'st-u, birodalar. Bu hafta menimcha bu mavzuni ko'tarish uchun ayni vaqti.
31.03.2018 O'zbekiston vaqti bilan soat 18.00 da muhokama qilishimiz mumkin.
Barcha bukmekrchilarni ushbu mavzuga chaqirib qolaman!
Ijobiy (2): Sardor_Malikov, Prince_Abdul,
Raxmat aytdi (1): Sardor_Malikov,
2. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 75| 31 March 2018, 18:50
Mavzu ochiq, uzur yodimdan ko'tarilibdi...
3. Sardor_Malikov (339) [off] | TXT | 75| 31 March 2018, 19:26
Qimor o'ynash
Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, xamr(mast qiladigan ichimlik ichish),qimor(o‘ynash),butlar(ya'ni, ularga sig‘inish)va cho‘plar(ya'ni, cho‘plar bilan folbinlik qilish)shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz!»(Moida surasi, 90).
Ya'ni, bu ishlarning barchasi, garchi shayton ularni chiroyli qilib ko‘rsatsa-da, nopok, harom ishlardir. Ulug‘ savoblarga erishishingiz uchun bu iflosliklardan uzoq bo‘linglar.
«Aroq, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdanto‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!»(Moida surasi, 91).
Oyat oxiridagi jumla buyruq ma'nosidagi so‘roq bo‘lib «to‘xtanglar», degan ma'noni ifodalaydi. Shuning uchun Umar roziyallohu anhu: «Ey Parvardigor, to‘xtadik», degan edilar.
Abu Hayyon aytadilar: «Alloh taolo xamr va qimordagi ikki fasodni zikr qildi: biri - dunyoviy, ikkinchisi - diniy».
Dunyoviy fasodi: xamr ko‘ngilsizlik va gina-kudrat keltirib chiqaradi hamda yor-birodarlar orasiga rahna soladi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa borib-borib hech vaqosi qolmaydi va oxiri xotini va bolalarini ham qimorga tikib yuboradi.
Diniy fasodi: Xamr ichgan odam sarxush bo‘lib, es-hushini yo‘qotadi va Allohni zikr qilishdan chalg‘iydi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa, yutsa ham, yutqazsa ham Allohni zikr qilishdan chalg‘iydi.
Qimor odamlarning haqlarini botil-nohaq yo‘l bilan yeyish hisoblanib, Alloh undan qaytargandir:
«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq - harom yo‘llar bilan yemangiz(Ya'ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!)»(Baqara surasi, 188).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham: «Ayrim kishilar Allohning moliga nohaq tajovuz qiladilar. Qiyomat kunida ularga do‘zax bo‘lur», deganlar (Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir birodariga: «Kel, qimor o‘ynaymiz» desa, darhol sadaqa qilsin», dedilar (Buxoriy rivoyati).
Agar «qimor o‘ynaymiz» degan so‘zning o‘zi uchun kafforat to‘lash yoki sadaqa qilish vojib bo‘lsa, qimor o‘ynashning hukmi qanday bo‘lar ekan?!
Ijobiy (2): HakerUZB, Prince_Abdul,
4. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 75| 31 March 2018, 19:55
Savol, shu bkdan kim foyda olgan, 100%? Va o'zini tiya olgan 100%?
5. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 74| 1 Apr 2018, 00:17
Bu yerda 1% a'zo menimcha bukmerkr saytga kirmasa kerak. :-)
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
6. Viruzbek (1186) [off] | TXT | 74| 1 Apr 2018, 07:19
BahhTeeUz (31 March 2018, 19:55):
Savol, shu bkdan kim foyda olgan, 100%? Va o'zini tiya olgan 100%?
Bahh Tee, men foyda oldim lekin ozim tiymadim
7. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 74| 1 Apr 2018, 12:06
Viruzbek (1 Apr 2018, 07:19):
Bahh Tee, men foyda oldim lekin ozim tiymadim
Viruzbek, demak hali bor senga :-)
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2530
Mavzuga oid xabarlar soni: 85 ta
So'ngi faollik vaqti: 31 Oct 2018, 09:23
Mavzuni ko'rishgan: 130 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 178 (0/178)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru