Mavzu: YANGIYOL TUMANI!
So'rov natijasi
Siz ushbu tumanga kelganmisiz yoki kelish niyatingiz bormi?
Ha (6)
Yoq (1)
Umuman bormayman (1)
Endi boraman (0)
Shunday tuman ham bormi? (0)
1. Mahmudjon_BEST (M) (533) [off] | TXT | 27| 23 May 2019, 22:18
Yangiyoʻl tumani— Toshkent viloyatidagi tuman. Viloyatning jan. gʻarbida. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarb va shim.gʻarbda Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyati, shim. va shim. sharqda Toshkent viloyatining Zangiota tumani, jan.sharqsa viloyatning Quyi Chirchiq, jan. gʻarbda Chinoz tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,42 ming km². Aholisi 157,7 ming kishi (2004). Tumanda 2 shaharcha (Gulbahor va Boʻzsuv), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Abdulla Ortiqov, Navbahor, Niyozboshi, Ubay Musayev, Xalqobod, Shoʻralisoy, Eski Qovunchi, Qoʻshyogʻoch) bor. Tuman markazi — Gulbahor shaharchasi. [1]


Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislikdan iborat boʻlib, adirlar uchraydi. Yer yuzasida Chirchiqning 5 ta terrasasi (koʻhna qayir) ajralib turadi. Tuproklari boʻz, oʻtloqi tuproqlar. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 12,5° — 13°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26°, yanvar


niki —1°, —2". Vegetatsiya davri 210 kun. Yiliga 280 – 282 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Chirchiq daryosi, Kurkuldak, Joʻn, Boʻzsuv, Shim. Toshkent kanallari va ariqlar oqib oʻtadi. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, gʻumay, yantoq, shoʻra, pechak, ajriq, kakra va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, quyon, jayra, boʻrsiq, parrandalardan yovvoyi oʻrdak va boshqalar uchraydi.


Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 375, 5 kishi. Qishloq aholisi 140,8 ming kishi, shahar aholisi 16,9 ming kishi (2004). Xoʻjaligi. Tumanda Yangiyoʻl yogʻmoy kti, "Yangiyoʻl biokimyo" aksiyadorlik jamiyati, konserva, eksperimental taʼmirlashmexanika, gʻisht, asfaltbeton, "Marelli" xususiy vino zavodi, Yangiyoʻl vino zavodi, Quyi Boʻzsuv GES, MTP, "Osiyoekspress" i. ch. korxonasi, baliq urchitish xoʻjaligi, broyler parrandachilik, inkubatoriyaparrandachilik fabrikalari bor. Yangiyoʻl tumani da paxtachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, pillachilik bilan shugʻullaniladi. Sugʻoriladigan maydonlarga paxta, gʻalla, sabzavotpoliz ekinlari ekiladi. Bogʻ va tokzorlar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Shirkat, fermer xoʻjaliklari, agrar birlashmasi, choʻchqachilik xoʻjaligi va boshqa q.x. korxonalari mavjud. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasbhunar maktabi, kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, madaniyat saroyi, klub muassasalari bor. Stadion, sport zallari, otish tirlari, 3 tennis korti, futbol, mini futbol maydonlari va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tez tibbiy yordam markazi, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, feldsherakusherlik punktlari va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Nov qishlogʻida dam olish uyi joylashgan, shuningdek, kardiologiya kasalliklari sanatoriysi bor. Tuman hududidan Katta Uzbekiston trakti, Toshkent temir yoʻli oʻtadi. Yangiyoʻl tumani da Qoʻshtepa, Qoratepa, Yoʻgʻontepa, Niyozboshtepa, Shamatepa, 1,2,3 Boʻzsuv tepalari arxeologik obʼyektlar hisoblanadi. 1930 yildan "Yangiyoʻl" tuman gaz. nashr etiladi (adadi 2738).

Manba: Wikipedia.org
Ijobiy (5): YolGiZbeK, Gallaktika, ToReTo, SAMRIDDIN, CRIMINAL,
Raxmat aytdi (2): SAMRIDDIN, CRIMINAL,
2. Gallaktika (83) [off] | TXT | 24| 23 May 2019, 23:39
Қўшни,
ман Қуйи-Чирчиқ т.
3197dan so'ng qo'shdi...
Туман маркази Гулбахорми?Ман Янгийўл шахри деб ўйлардим.
3. Mahmudjon_BEST (M) (533) [off] | TXT | 24| 23 May 2019, 23:43
Gallaktika (23 May 2019, 23:39):
Қўшни,
ман Қуйи-Чирчиқ т.
3197dan so'ng qo'shdi...
Туман маркази Гулбахорми?Ман Янгийўл шахри деб ўйлардим.
Gallaktika, Markazini gulbaxor deymiz. Lekn kitobda qanaqa yozilganini bilmayman .voyy.
Ijobiy (2): SAMRIDDIN, ToReTo,
4. Tayotabek (1511) [off] | TXT | 20| 24 May 2019, 17:03
Qissqasi yangiyòlda hamma narsa bor :voy: shu aeroport va 3 4ta zavotdan tashqaei:D hammasi bor. :koz: :zorr:
Raxmat aytdi (1): Mahmudjon_BEST,
5. Mahmudjon_BEST (M) (533) [off] | TXT | 18| 24 May 2019, 17:36
Fotosuratlar:
7479dan so'ng qo'shdi...
Fotosuratlar:
Yang1.jpg

Yuklangan: 313 marta (16.73KB)
Xush_kelibsiz.jpg

Yuklangan: 330 marta (16.34KB)
Xaykal.jpg

Yuklangan: 267 marta (12.68KB)
Xarita.jpg

Yuklangan: 439 marta (11.63KB)
Pishaxot.jpg

Yuklangan: 346 marta (10.15KB)
Kurant.jpg

Yuklangan: 312 marta (16.05KB)
Ijobiy (1): SAMRIDDIN,
Raxmat aytdi (1): ToReTo,
6. SAMRIDDIN (11) [off] | TXT | 14| 26 May 2019, 09:10
YANGIYOL TUMANI -- SHAHARIM FAXRIM MENING
Ijobiy (1): Mahmudjon_BEST,
7. Krasav4ik (30) [off] | TXT | 13| 26 May 2019, 12:43
Xudo xoxlasa yozda boraman
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3346
Mavzuga oid xabarlar soni: 9 ta
So'ngi faollik vaqti: 15 Jul 2019, 09:16
Mavzuni ko'rishgan: 28 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 238 (0/238)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru