Mavzu: JarqoÊ»rgÊ»on minorasi (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) Djfayz (23 May 2019 22:35) JarqoÊ»rgÊ»on minorasi - Surxondaryo viloyati JarqoÊ»rgÊ»on tumani Minor qishlogÊ»ida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (1108—09). Xuroson meʼmorlik maktabi anʼanalari asosida barpo etilgan. Yonida bir vaqtlar pishiq gÊ»ishtdan qurilgan Jome masjid boÊ»lgan (saqlanmagan). Jarqo'rg'on minorasi 8 qirrali poydevor ustiga gÊ»ishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirgÊ»adan iborat. 20 m balandlikda gÊ»ishtin panjarali ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbogÊ» hoshiya bor. BelbogÊ» ustida yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan. N. N. Karazin rasmida masjid va minora harobasi aks ettirilgan (1879 y.). Minoraning hozirgi balandligi 21,6 m, asosi (diametri — 5,4 m)ning kitobasida meʼmor nomi Ali ibn Muhammad Saraxsiy va JarqoÊ»rgÊ»on minorasi
taʼmirlangan, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Xozirgi kun xorij va mahaliy turistlarni o'ziga jalb qilib turadi. Manba: https://uzmasters.ru/forum/2/66/3347/