MULOQOT FORUMI
|
Mening Yurtim
|
Mavzu:
Surxondaryo Viloyati !
Mavzu fayllari
(0)
Oʻzbekistonda eng koʻp ingichka tolali paxta Surxondaryo viloyatida tayyorlanadi. Viloyatning togʻoldi tumanlarida bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qoʻy (qorakoʻl va hisor qoʻylari), echki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon moʻyna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan "Surxon suri" qorakoʻl terisi yetishtiriladi. Dehqonchilikda foydalanadigan yerlar maydoni 284,3 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 271,6 ming ga, shu jumladan, 120,8 ming ga yerga paxta, 129,7 ming ga yerga don ekinlari, 9,1 ming ga yerga sabzavot, 1,8 ming ga yerga poliz, 5,5 ming ga yerga kartoshka, 16,2 ming ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 33,5 ming ga yer koʻp yillik daraxtzorlar, 12,7 ming ga yer mevazor, 5,2 ming ga yer tutzor, 15,1 ming ga yer tokzorlar bilan band. 854,2 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektordrenaj tarmoklari qurilgan. Viloyatda 151 shirkat, 4715 fermer xoʻjaliklari bor. Viloyat jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 487,2 ming qoramol (shu jumladan, 227,7 ming sigir), 1042,0 ming qoʻy va echki, 1052,5 ming parranda, 12,2 ming ot boqiladi (2004). Qanday chiroyli yurtim !:-)
Yuklab olish
Onlayn 234 (0/234)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa