MULOQOT FORUMI
|
Mening Yurtim
|
Mavzu:
Surxondaryo Viloyati !
Mavzu fayllari
(0)
[red]Sog´liqni saqlash va sport ![/red] Surxondaryo vodiysi ilk ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida taʼriflanadi. Boysun tizmalaridan oʻrta paleolit davriga (mil. av. 100— 40 ming y.liklarga) oid ibtidoiy odam manzillarining qoldiklari topilgan. Surxondaryo togʻlarida tosh davrining soʻnggi bosqichi—yuqori paleolitga (mil. av. 40—12 ming yilliklar) doir topilma ham kup. Shulardan biri Teshiktosh unguridan qazib olingan 8—9 yashar bola suyaklaridir (antropolog M.M. Gerasimov tomonidan qiyofasi tiklangan). Ushbu topilma "neandertal odam" nomi bilan mashhur boʻlib Oʻzbekistonning, umuman, Oʻrta Osiyoning hozirgi zamon odami (kromanon) shakllangan mintaqaga taallukli ekanini isbotlashga dalil boʻldi. Vohada qad. madaniyatga mansub Ayritom, Dalvarzintepa, Xolchayon, undan keyingi davrlarga oid Sopomitepa, Mirshodi, Moʻlali, Kampirtepa, Jarqoʻrgʻon, Bolaliktepa va boshqa arxeologik yodgorliklar topilib oʻrganildi. Koʻhitang togʻlarida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari mezolit yoki neolit davriga tegishli. Zarautsoydagi gʻor shiftlari va devorlarida oxra boʻyogʻi yordamida rayem chizilgan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi buqalarni sehrjodu yoʻli bilan ovlash manzarasini aks ettiradi. Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida hozirgi Oʻzbekiston jan.ga Amudaryo soʻl sohilidan kelgan qabilalar Koʻhitang va Boysun togʻoldi xududlarini oʻzlash.tirib Sopollitepa, Jarqoʻton, Moʻlalitepa aholi manzilgoxlariga asos soldilar. Mil. av. 329—327 yillarda viloyat hududi makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olingan. Keyinchalik Salavkiylar davlati tarkybiga kirgan. Oʻrta asrlarda Buyuk ipak yulinang bir tarmogi Surxondaryo (Termiz) orqali oʻtgan. Kushon podsholigi hududiga kirgan Dalvarzintepa va Xolchayonda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar, Eski Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari shaharlarning naqadar rivojlanganligini koʻrsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligi.ning taraqqiy topishi, tovarpul munosabatlarining rivojlanishi, meʼmorchilik, monumental haykaltaroshlik, rassomlik va boshqa sanʼatlarning yuksalishi kuzatiladi. Surxondaryo viloyatining hozirgi qududi, 3—4-asrlarda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, eftaliylar davlati, 5—8-asrlarda Tohariston tarkibida, keyin Turk hoqonligi qoʻl ostida boʻldi.
Yuklab olish
Onlayn 118 (0/118)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa