Mavzu: Jondor Tumani
1. Ashurov (M) (2636) [off] | TXT | 10| 24 May 2019, 08:16
Jondor tumani- Buxoro viloyatidagi tuman. 1935 yil 17 yanvarda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrdan Buxorova Romitantumanlari tarkibida boʻlgan. 1967 yil 9 yanvarda qayta tuzilgan. Jondor tumani janubiy-gʻarbdan Olot, Qorakoʻltumanlari, sharq va shimoliy-sharqdan Buxoro, Romitan, Peshkutumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,17 ming km2. Aholisi 123,7 ming kishi (2001). Jondor tumanida 1 shaharcha( Jondor), 13 qishloqfuqarolari yigʻini ( Aleli, Dalmun, Lolo, Mirzayon, Navrabot, Oqshix, Romish, Poʻloti, Samonchuq, Sepatta, Xumdanak, Xumin, Qorali) bor. Markazi — Jondor shaharchasi. Jondor tumanida toʻrtta yirik tarixiy obida mavjud: Mahmud Torobiy daxmasi(13 a.), Varaxsha yodgorligi(7 a.), Shaxri Islom qalʼasi, Qizbibi meʼmoriy majmuasi(16 a.). 1935 yildan " Jondor ovozi" gazetasi chop etiladi.

Asosan, oʻzbeklar (95,6%); shuningdek, rus, tojik, qozoq, turkman, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2ga 24 kishi toʻgʻri keladi, vohada esa 250— 300 kishiga yetadi. Aholining 93% qishloqlarda yashaydi

Chorvachilik, polizchilik, pillachilikham rivojlangan. Tokzorva mevazorlar bor. Sugʻoriladigan yer maydoni 28,2 ming ga. Shu jumladan donli ekinlar7,5 ming ga, texnika ekinlari17,5 ming ga, kartoshka, poliz, sabzavot1,3 ming ga, yem-xashak1,9 ming ga yer maydonini egallaydi (1999). Chorvachilik goʻsht- sutva jun-teriyetishtirishga ixtisoslashgan. Jondor tumani xoʻjaliklarida 45,4 ming qoramol, 105,3 ming qoʻyva echki, 35,8 ming parrandaboqiladi. Oʻrmon xoʻjaligi66,4 ming ga maydonda joylashgan. Bu yerda koʻchatyetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Qumli joylarida, asosan, saksovul, qandim, cherkez oʻsadi.

Jondor tumanida 52 umumiy taʼlimmaktabi (30 ming oʻquvchi), litsey, sanatoriy-internat, musiqa maktabi, iqtidorli bolalar internati, 42 kutubxona, madaniyat uylari, 2 muzeybor.
Tumanda 365 oʻrinli kasalxona, 20 qishloq vrachlik punkti, 12 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 1 poliklinikava 23 feldsher-akusherlik punktiboʻlib, ularda 194 vrachxizmat qilmoqda. Tuman hududidan Buxoro —Turkmanobod xalqaro avtomagistrali oʻtadi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3352
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 24 May 2019, 08:16
Mavzuni ko'rishgan: 10 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 137 (0/137)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru