Mavzu: Mening shahrim OLMALIQ (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) Prince_Abdul (24 May 2019 10:07) Olmaliq — Toshkent viloyatidagi shahar (1951 yildan). Olmaliqsoy bo'yida, Qurama tog'larining shim. yon bag'rida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km jan.-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida. Shaharning shim.sharqida Qurama tizmasi, shim. va jan.sharkda Chatqol tizmalari bor. Yaqin temir yoʼl stansiyasi — Ohangaron (18 km). Maydoni 10,8 km². Aholisi 114,6 ming kishi (2000; 1974 yilda 92,3 ming; 1959 yilda 40 ming kishi). O.da mis konining topilishi shaharning tez oʼsishiga sabab boʼldi. 1954 i. O.da qoʼrgʼoshin-rux f-kasi ishga tushirildi. Qalmoqqir konidan mis rudasi ochiq usulda olina boshladi. O.dagi sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida O. yonida issiqlik elektr st-yasi qurildi. 1963 yil mis eritish zavodi foydalanishgatopshirildi. Kon-metallurgiya k-ti toʼla ishga tushirilib mahsulot bera boshladi. O.dagi rangli metall rudalar oltingugurtga boy. Shu sababli metallurgiya k-tida rudadan oltingugurt ajratiladi va "Ammofos" korxonasiga yuboriladi.
O.da Oʼrta Osiyoda birinchi boʼlgan uy-roʼzgʼor kimyosi zavodi qurildi. O.da respublika qishloq xoʼjaligining 80% ni fosforit oʼgʼitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" zavodi, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʼzbekiston — Pokiston qoʼshma korxonalari, mebel jihozlari k-ti, "Olmalik,-gʼisht", "Oqtosh" korxonalari, "Krvul-di" oltinli rudani qazib olish koni va boshqa korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmokda. O.ga Toshkent— Angren t.yildan shoxobcha chiqarilgan. Toshkent — O. avtomobil yoʼli oʼtgan. Navoiy kon metallurgiya institutining kon metallurgiya fakulteti, 23 umumiy taʼlim maktabi, 12 kutubxona, 3 madaniyat uyi, oʼlkashunoslik muzeyi, musiqa va sanʼat maktablari, 3 stadion, 36 sport zali, 86 voleybol va basketbol maydonlari, 11 gandbol, 18 tennis zallari va 5 suzish havzasi bor. Shaharda markazlashgan hududiy tibbiy birlashma, bolalar kasalxonasi, "Kimyogar" kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, silga qarshi kurashish dispanseri, tugʼruqxona, 10 poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi.

PS
Keyin vaqtim boʼlganida rasmlarini joylayman!!! Mahmudjon_BEST (24 May 2019 10:47) Ko'p eshitganman, lekn bormaganman :( . Geografiyada o'tkandik, adashmasam metallurgiya kombinati bora? Prince_Abdul (24 May 2019 15:06) [b]Mahmudjon_BEST,[/b] Ha albatta. :koz:
[b]9547dan so'ng qo'shdi...[/b]
Sayt: http://olmaliqhayoti.uz Olmaliq yangiliklari

https://t.me/Olmaliq_haqiqati
https://t.me/Olmaliqhayoti


Sayt: http://agmk.uz metallurgiya kombinat yangiliklari

https://t.me/ao_agmk
[b]1 soatdan so'ng qo'shdi...[/b]
Olmaliq
[b]2 soatdan so'ng qo'shdi...[/b]
Olmaliq Manba: https://uzmasters.ru/forum/2/66/3354/