Mavzu: Qashqadaryo
1. Erkatoy (M) (570) [off] | TXT | 21| 24 May 2019, 16:14
Qashqadaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning jangʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay togʻ sistemasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3088,8 ming kishi (3-o'rin) (2017). Tarkibida 13 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).[1]

Qashqadaryo viloyati
viloyat
Tarkibida
13 ta tuman
Maʼmuriy markazi
Qarshi
Yirik shaharlari
Yakkabogʻ, Shahrisabz, Qarshi
Hokim
Roʻziyev Zafar Sharopovich
Rasmiy tili
oʻzbekcha
Aholi (2017)
3,088,800 (4-oʻrin)
Dinlar tarkibi
musulmonlar
Maydoni
7900 km²
Qashqadaryo viloyati xaritada
Soat mintaqasi
UTC+5
Kod ISO 3166-2
UZ-QA

Tabiati
Tahrirlash

Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga q; mas, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalar. Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga olgan; shim., sharq va jansharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma togʻlari bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155–160 kun), issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°–29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura –20°. Yiliga tekisliklarda 290–300 mm, adirlarda 520–550 mm, togʻlarda 550–650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda garmsel esadi. Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2–6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290–300 kungacha. Asosiy daryosi – Qashqadaryo. Uning irmoqlari – Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi. Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob – Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oʻrmon mavjud. Oʻrmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Togʻlarda naʼmatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar oʻsadi.

Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zogʻorabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor togʻoʻrmon va Kitob davlat geologiya qoʻriqxonalari joylashgan; Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.

Viloyat Qashqadaryo havzasida va Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Viloyat hududi gʻarbdan sharqqa tomon 300-400 metrgacha koʻtarilib boradi. Viloyatning sharqiy qismi Kitob-Qamashi togʻ etaklaridan iborat boʻlib, u yerlarning balandligi 450-500 dan 900-950 metrgacha boradi. Viloyat doirasidagi togʻlarning asosiy qismi uning shimoli-sharqiy qismini egallagan. Bu yerdagi togʻlarning eng baland nuqtalari 4000 metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 km, aholisi 2.442,2 mingdan ortiq (2006). Aholining qariyb 3/4 qismi qishloqlarda istiqomat qiladi.


2160dan so'ng qo'shdi...
Nasaf, Naxshab — Qarshi vohasida, Qashqadaryoning quyi oqimi boʻylarida joylashgan oʻrta asr shahri va viloyati nomi. N. shahri Karshi shahridan 8 km shim.gʻarbdagi Shulluktepa shahar harobasi oʻrnida boʻlgan. 7—8-asrlarda N.da ot tasviri, G — belgisi va turkiy chehra hokim rasmi tushirilgan mis tangalar zarb qilingan. 8-asrning 2-yarmidan bu tangalar fels deb atalgan. Arablar istilosidan soʻng N. viloyatning maʼmuriy markazi boʻlgan. N. oʻrta asrlarda 3 qismdan — ark, shahriston va raboddan tashkil topgan, mudofaa devori bilan oʻralgan, 4 ta darvozasi — Buxoro, Samarqand, Kesh va Gubdin darvozalari boʻlgan. 10-asrda ark harobaga aylanib, hayot keng rabodda davom etgan. Hokim uyi va qamoqxona daryo boʻyidagi Rasal qantara — koʻprik boshi degan yerda joylashgan, jome masjidi rabodda, Gubdin darvozasi oldida boʻlgan, shahar bozor bilan hokim uyi oraligʻida joylashgan. 14-asrda N. Qarshi nomini olgan.
Ijobiy (2): SEVIMLI, SWORD,
Raxmat aytdi (2): SEVIMLI, Dima Muratov,
2. Sadriddin (0) [off] | TXT | 6| 27 May 2019, 09:38
Xabar Erkatoy tomonidan o'chirilgan.
Ijobiy (1): khan,
3. Shahzodbek (239) [off] | TXT | 8| 8 Jun 2019, 21:20
Xabar Erkatoy tomonidan o'chirilgan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3355
Mavzuga oid xabarlar soni: 3 ta
So'ngi faollik vaqti: 8 Jun 2019, 21:20
Mavzuni ko'rishgan: 21 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 141 (0/141)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru