MULOQOT FORUMI
|
Mening Yurtim
|
Mavzu:
Ona Farg'onam
Mavzu fayllari
(0)
Farg'ona viloyati deganda nafaqat vodiyning go'zal joylari balkim yurtimizdagi eng obod, tinch va farovon maskanlardan biri ko'z oldimizga keladi. Ko'pchilik Farg'ona deganda Qo'qon, Shohimardon va Marg'ilon shaharlarini tasavvur qiladi. Biz uchun buyuk shaxs bo'lgan va shu kunga yetishishimizga o'zining baholab bo'lmas hissasini qo'shgan Islom Karimovning ham Farg'ona haqida iliq so'zlari bunga yana bir isbot bo'lishi mumkin: " Agar O'zbekistonning eng so'lim maskani Farg'onadir" deya ta'rif bergan I.Karimov. Darhaqiqat Farg'ona viloyatidan ko'plab olim, shoir va buyuk shaxslar yetishib chiqqan. Farg'ona viloyati haqida muhim ma'lumotlar: Maydoni: 6.8 ming. kv. km. Axolisi: 3 mln. 280 mingdan ziyod. Tarkibi: 4 ta shahar-FARG'ONA, MARG'ILON, QO'QON, QUVASOY, 15 tuman va 197 shaharcha mavjud. Chegaralarining umumiy uzunligi 579.5 km. Markazi: Farg'ona sh. Axolisi asosan o'zbeklar, shuningdek, tojik, qirg'iz, tatar, rus va bosh. Xo'jaligi: Viloyatda 100 ga yaqin sanoat korxonalari mavjud. Sanoatning yetakchi tizimlari: yoqilg'i-energetika, kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, paxta tozalash va qayta ishlash, engil sanoat, oziq-ovqat sanoati va boshq. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari: paxta, g'alla, pilla, bog'dorchilik va chorvachilik. FARG'ONA Axmad al-Farg'oniy, Burhoniddin Marg'iloniy, Xuvaydo, Nodira, Uvaysiy, Gulxaniy, Xaziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Abdulla Qaxxor, Sobir Abdulla, Charxiy, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Yo'ldosh Sulaymon, Xudoyberdi To'htaboyev, Ohunjon Hakimov, Anvar Obidjon, Iqbol Mirzo kabi ko'plab allomalar, mashxur shoir va yozuvchilar yurti xisoblanadi. Albatta siz ham Farg'ona viloyatiga tashrif buyuring:)
Yuklab olish
Onlayn 178 (0/178)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa