MULOQOT FORUMI
|
Mening Yurtim
|
Mavzu:
Ona shaxrim Istaravshan
Mavzu fayllari
(0)
[b]Istaravshan[/b] (toj. Истаравшан; fors. ﺍﺳﺘﺮﻭﺷﻦ ) — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati [red]Oʻratepa tumanidagi[/red] shahar (2002-yilgacha Oʻratepa shahri), tuman markazi. Turkiston tizmasining shimoliy etagida, 1000 m balandlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Xovos (45 km). Iyul oyining oʻrtacha harorati 25°, yanvarniki — 2°. Yillik yogʻin 368 mm. Istaravshandan viloyat markazi Xoʻjand shahrigacha 73 km. Shahar markazidan Dushanba — Xoʻjand avtomagistrali (Shaxriston va Aizob dovonlari orqali) oʻtadi. Aholisi 57,4 ming kishi (2013). [b]Tarixi[/b] Istaravshan Tojikistonning qadimgi shaharlaridan biridir. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, shaharning bunyod etilishi miloddan avvalgi 6-asrga toʻgʻri keladi. Istaravshanilk oʻrta asrlarda (5—9 asrlar) Oʻrta Osiyodagi Ustrushona tarixiy-geofafik viloyati tarkibiga kirgan. Ushbu viloyat Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi bilan Sangzordaryo oraligʻidagi hududni oʻz ichiga olgan (hozirgi Tojikistonning shimoli-gʻarbiy qismi va Oʻzbekistonning Jizzax , Sirdaryo viloyatlari). Istaravshanning siyosiy tarixi tarixiy manbalarda kam yoritilgan. Miloddan avvalgi 6-asrning 30-yillarida qadimgi Istaravshan hududi Kir II tomonidan bosib olingan. Kir II oʻz davlatining shimoli-sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi boʻylab 7 ta chegara qalʼasi qurdirgan. Keyinchalik, miloddan avvalgi 4-asrda Aleksandr bu qalʼalarni qiyinchilik bilan zabt etgan, ayniqsa, Kiropol kattik, qarshilik koʻrsatgan. Milodiy 5-asr oxiri — 7-asrda Istaravshan hududi eftaliylar va Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Bu davrda Istaravshanni mahalliy shohlar — afshinlar idora qilgan. Arablar istilosi davrida Istaravshan mustaqilligini uzoq vaqt saqlab qolgan va faqat 822-yilga kelib uzil-kesil xalifalikka qoʻshib olingan. 893-yilgacha Istaravshanni xalifalik vassallari boʻlgan afshinlar boshqarishni davom ettirganlar. 893-yildan Somoniylarga tobe boʻlgan. Istaravshan Oʻratepa nomi bilan dastlab Boburning " Boburnoma " asarida (16-asr) tilga olingan. 18-asrda mustaqil hudud sifatida maʼlum edi. Keyinchalik, Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1886-yil shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari egallagan [2] . Shahar qadimdan Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashganligi bois hunarmandchilik va savdo markazi sifatida shuhrat qozongan. Keyingi yillarda Istaravshanda jahon bozori tashkil etilgan.
Yuklab olish
Onlayn 78 (0/78)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa