Mavzu: Samarqand viloyati ! (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) MANSUR (24 May 2019 18:38) Samarqand — Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925—30 yillarda Respublika poytaxti. OÊ»zbekistonning janubi-gÊ»arbida, Zarafshon vodiysining oÊ»rta qismida (DargÊ»om va Siyob kanallari orasida) joylashgan. OÊ»rtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Sdan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—QungÊ»irot temir yoÊ»llari, Katta OÊ»zbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oÊ»tadi. Shahar aholisi va xoÊ»jaliklari Shovdor, BogÊ»ishamol ariklaridan suv oladi. Iyulning oÊ»rtacha temperaturasi 25,9°, eng yuqori temperatura 40—42°, yanvarning oÊ»rtacha temperaturasi 0,2°, eng past temperatura —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519,6 ming kishi (2016); 1975 yil 299 ming, 1970 yil 267 ming, 1959 yil 196 ming, 1939 yil 136 ming, 1897 yil 55 ming, 1865 yil 26 ming. S. shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud.
[b]3199dan so'ng qo'shdi...[/b]
Nomlanish Tarxi !

Tarixiy yozma manbalarda S.ning yoshi qadimiyligi toÊ»gÊ»risida maʼlumotlar bor. Muhammad an Nasafiy „alQand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Xaydar asSamarqandiy (12-asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koÊ»plab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oÊ»tilgan. Shu bois oÊ»rta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida „GÊ»arbda Rim, Sharqda Samarqand“ deyilgan. Samarqand va Rim insoniyat takdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand saykali roÊ»yi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb bexuda aytilmagan. Amir Temur S.ni oÊ»zgacha mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.

„S.“ soÊ»zining kelib chiqishi toÊ»gÊ»risida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soÊ»zining birinchi qismi, yaʼni „Samar“ soÊ»zi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi toÊ»gÊ»risida maʼlumotlar aniqlanmagan. SoÊ»zning ikkinchi qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigÊ»ilish, yigÊ»in“ soÊ»zidan kelib chiqqan deb izoxlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boÊ»lib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. 11-asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud KoshgÊ»ariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, yaʼni „semiz qishloq“ soÊ»zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.
[b]4256dan so'ng qo'shdi...[/b]
Samarqandning tarixiy va meʼmoriy obidalari !

*.Afrosiyob Shaharchasi;
*.Ulugʻbek Rasadxonasi;
*.Hazrati Xizr Masjidi;
*.Bibixonim Majmuasi;
*.Registon Maydoni:
*.* Ulugʻbek Madrasasi;
*.* Sherdor Madrasasi;
*.* Tillakori Madrasasi;
*.Ruhobod Maqbarasi
*.Goʻri Amir Maqbarasi
*.Oqsaroy Maqbarasi
*.Doniyor (Daniel, Daniil) paygʻambar Maqbarasi
*.Xoʻja Ahrori Valiy Maqbarasi
*.Imom al-Buxoriy Maqbarasi
*.Imom al-Moturudiy Maqbarasi
*.Shuningdek koʻpgina boshqa kichik Madrasa, Maqbara va Masjidlar bor Manba: https://uzmasters.ru/forum/2/66/3358/