Mavzu: O'zimni Anjanimdan Qo'ymasin.
1. khan (M) (304) [off] | TXT | 10| 24 May 2019, 18:48
Andijon viloyati – Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Aholisi 2196,0 ming kishi (2000). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000). Markazi – Andijon shahri. Andijon viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga q.; masalan, Asaka tumani, Shahrixon tumani va boshqa Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Andijon viloyatida, boshqa viloyatlarda boʻlgani kabi, boshqaruvning tarixiy va milliy shakli – hokimlik oʻrnatildi. Natijada hokimliklarda koʻproq mustaqillik, oʻz hududida oʻz hukmi va soʻzining taʼsirini oshirish, xoʻjalik va iqtisodiy boshqaruvda qatʼiyat bilan ishlash imkoniyatlari paydo boʻldi. Hokimliklar hayotga hamda ishlab chiqarishga yaqinlashdilar. Andijon viloyati hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqdanadi.Bugungi kunda Andijon viloyati hokimi Shavkat Abrmduraxmonov. Andijon viloyati Respublikada alohida ahamiyatga ega.[2]

Andijon viloyati
viloyat
Tarkibida
14 tuman
Maʼmuriy markazi
Andijon
Yirik shahari
Asaka, Xonobod, Qorasuv
Hokim
Shuhratbek Abdurahmonov
Aholi (2011)
4,232,300 (4-oʻrin)
Zichligi
636,26 kishi./km²
Dinlar tarkibi
musulmonlar, xristianlar
Maydoni
4 240 km² (13-oʻrin)
Andijon viloyati xaritada
Soat mintaqasi
UTC+5
Kod ISO 3166-2
UZ-AN
Telefon kodi
+998 74 [1]
Avtomobil raqami kodi
17 (eski uslubdagi 1998–2008),
60 – 69 (yangi uslubdagi 2008)
Rasmiy sayti
andijon.uz
167dan so'ng qo'shdi...
Rasm
8506dan so'ng qo'shdi...
Tabiati
Tahrirlash

Andijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relyefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400–500 m), sharqi (Andijon shahridan sharda) Fargʻona va Olay tizmalarining tarmoqlaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli zilzilalar bulib turadi (qarang Andijon zilzilasi). Ixdimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tkzmalari Fargʻona vodiysini sovuq xavoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, kishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi –3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 – 250 mm yogʻin tushadi. Av. Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlarlagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi – Qoradaryo (Sirdaryo irmoqlaridan biri). Uning irmoqlari – Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va boshqa Av. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproklari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanaln. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.

Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar tashkil etadi. Qirgʻizlar, Tojiklar, Uygʻurlar, Ruslar, Koreyslar, Qangli VA boshqalar ham bor. Rossiya Qoʻqon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqa kuchib kelgan. 1 km² ga oʻrtacha 517 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi: oʻzbeklar – 86,8 %, qirgʻizlar 3,8 %, tatarlar 3,1 %, Qanglilar 2 % ,ruslar 2 %. Shaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000).
660px-Andijon_Viloyati_in_Uzbekistan.svg.png

Yuklangan: 184 marta (87.45KB)
Ijobiy (1): Shakhrukh,
Raxmat aytdi (1): Shakhrukh,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3359
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 24 May 2019, 18:48
Mavzuni ko'rishgan: 10 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 189 (0/189)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru