MULOQOT FORUMI
|
Mening Yurtim
|
Mavzu:
7 pir ziyoratgohi (Buxoro .v)
Mavzu fayllari
(0)
Davomi!!!! Yetti pirning barcha qadamjosida bo‘layotgani kabi bu yerda ham katta bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Usta Muzaffar Mirzayev ziyoratgoh hududida uch gumbazli darvozaxona, maqbara, minora, hovuz, kushxona va boshqa inshootlarga yondosh qilib hunarmandlar rastalari ham tiklanayotganini ta’kidladi. — Piri komilning ezgu ishlari bugun ham avlodlari tomonidan davom ettirilayotgani ramzi sifatida mazkur imoratlarda hunarmandlar ipakdan turli qimmatbaho matolar, atlasu adraslar, gilamlar to‘qishi va ularning savdosi bilan shug‘ullanishi uchun barcha imkoniyat yaratiladi, — deydi usta. — Majmuada sayyohlar uchun ham ko‘rsa havas qilgulik qulayliklar muhayyo etiladi. Jumladan, zamonaviy mehmonxona qad rostlaydi. Bu ishlar yakuniga yetgach, ushbu hududning sayyohlik salohiyati keskin oshadi. Negaki, qadamjo yonida necha ming yillik tarixga ega ko‘hna Qo‘rg‘on qishlog‘i bor. Bu yerda fransiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda arxeologik qazishma ishlari olib borilyapti. Topilmalar jamoatchilikning bu yerga qiziqishini yanada oshirishi, shubhasiz. Romitan tumanining Samos qishlog‘i tomon yursangiz, yana bir tarixiy majmua qarshingizdan chiqadi. Bu yerda ma’naviy komillik timsoliga aylangan yana bir mo‘tabar zot — Muhammad Boboyi Samosiy qabri va maqbarasi bor. Xalq ushbu avliyoni kelajakni oldindan ko‘ra olgan, deb biladi. Xususan, u zot bir guruh muridlari bilan Buxoro yaqinidagi qishloqdan o‘tib ketayotganda “Bu tuproqdan bir er isi kelmoqda”, deb Bahouddin Naqshbandning dunyoga kelishini bashorat qilgani rivoyatga aylangan. Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlaridan ziyoratgoh yanada ko‘rkamlashmoqda. Atrofdagi so‘lim bog‘dan esgan mayin shabboda, qanotlarini keng yozib, tovlangan tovuslar, barq urib ochilgan noyob gullar ziyoratdan halovat topgan bahridilingizni yanada ochib yuboradi. — Aziz-avliyoning qadamjosi tubdan ta’mirlanayotgani nafaqat qishlog‘imiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, balki bu yerdagi muhitni yaxshilab, odamlarning kayfiyatini yanada ko‘tarmoqda, — deydi “Boboyi Samosiy” mahalla fuqarolar yig‘ini faoli Abdulatif Shirinov. — Shu yerda tug‘ilib-o‘sgan inson sifatida bilaman: ziyoratgoh bir vaqtlar tamoman e’tiborsiz qolgan edi. Uning hozirgi jamolini ko‘rgan yoshlar uchun bu ertakday gap. Muhimi, bugun majmua har qachongidan ham obod, bu yerda ziyoratchilarga barcha sharoit muhayyo. Majmuaga kelgan bir guruh turistlar Malayziyadan ekan. Ular Xoja Boboyi Samosiy qadamjosini ziyorat qilganidan g‘oyat xursand ekanini aytishdi. — O‘zbekiston zaminida tug‘ilgan ko‘plab allomalar islom olamida chuqur iz qoldirgan, — deydi sayyohlardan biri Bin Hasan Jamalidin. — Bunday ajdodlaringiz bilan haqli ravishda faxrlansangiz arziydi. Bizda Naqshbandiya tariqati keng tarqalgan. Shu bois ko‘plab vatandoshlarimiz Yetti pir qadamjosini ziyorat qilishni, xalqingizning boy madaniyati bilan tanishishni istaydi. Turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga keluvchi Malayziya fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilingani ayni muddao bo‘ldi. Biz bundan juda mamnunmiz. Ustaning armoni Shofirkon tumanida joylashgan Xoja Muhammad Orif Revgariy ziyoratgohida ham qurilish-ta’mirlash ishlari qizg‘in. Qariyb besh gektarlik hududda turli mevali va manzarali daraxtlardan iborat bog‘, gulzor, mehmonxona, minora, masjidu tahoratxona, muzey barpo etilmoqda. Bu yerdagi har bir obyekt milliy va zamonaviy me’morlik an’analari asosida ziyoratchilarga har tomonlama qulay qilib tiklanmoqda. Yana shuni kuzatish mumkinki, bunyodkorlik ishlarida ramziylikka e’tibor berilyapti. Masalan, suv tindiriladigan hovuz yarim oy shakliga monand qazilgan. Ishchilarning aytishicha, erta bahorda gullar ham hilol shaklida ekiladi. Bu xushsurat piri komilning “Mohitobon” ya’ni “oy yuzli” deya sharaflanganiga ishoradir. Masjid devorlariga naqsh solayotgan ustalar tinim bilmaydi. “Bugungi ziyoratimiz ham, ibodatimiz ham — shu. Savobdan, Hazratning barakotidan umidvormiz”, deydi ular. Har bir ganchga o‘zgacha mehr va ishtiyoq bilan yondashilmoqda. Zero, har bitik hamda naqshda insonlarga ma’naviy kuch berguvchi, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlaguvchi teran ifoda va mazmun bor. — Muhammad Orif Revgariy chehrasidan nur yog‘iladigan, vujudidan mushku anbar isi kelib turadigan muborak zot bo‘lgan, — deydi ustalardan biri, mehnat faxriysi Botir Bobomurodov. — Qadamjolari ham maqomatiga mos ulug‘vor bo‘lishi kerak. Jamoamiz bilan shunga harakat qilyapmiz. Ustaning ta’kidlashicha, qadimiy obidalarni restavratsiya qilishning mas’uliyati katta. Ularda ajdodlarimiz ruhi, fikrati mujassam. Shu bois bu ish odamdan nafaqat chuqur bilim va salohiyat, balki yuksak ma’naviy quvvatni ham talab etadi. — Shu o‘rinda bir masalani ta’kidlasam, — deydi u. — Asrlarga tengdosh imoratlarning go‘zalligiyu ulardagi har bir naqshning mazmun-mohiyatini asl holicha tiklay oladigan ustalar safi yillar o‘tishi bilan kamayib bormoqda. Biz tengi avlodning ham yoshi bir joyga borib qoldi. Ba’zan “Men ko‘hna yodgorliklar ganchlarini, sharafalarini ta’mirlash ilmini otam — usta Ochil Bobomurodovdan o‘rgangan edim. Bugun bu merosni kimga qoldiryapman?”, degan savol qiynaydi. Axir qadimiy tamaddun o‘chog‘i bo‘lgan yurtimizda minglab obidalar bor. Vaqti kelib ular yana ta’mirga muhtoj bo‘lib qolmaydimi?! Bu ish uchragan quruvchiga topshirilsa, bebaho me’morlik namunalari o‘z ziynatini yo‘qotadi. Vaqt, mablag‘ isrof bo‘ladi. Shunday imkoniyat yaratilsaki, qobiliyatli, mehr-muhabbatli yoshlarni huzurimizga chorlasak, kerak bo‘lsa, ularni yurtimiz bo‘ylab yurib, izlab topib, shogirdlikka olsak. Restavratorlar tayyorlovchi maxsus maktab ochilsa-ku, nur ustiga nur bo‘lardi. Armonimiz qolmasdi. “Bizni yodga olganning zamoni obod bo‘lgay” Yaqinda Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur “The Independent” gazetasida sayohatchi jurnalist Kler Vutning O‘zbekistonga safari haqidagi maqolasi chop etildi. Muallif o‘z chiqishida O‘zbekistonga tashrif buyurishning sakkizta sababini keltirib o‘tadi hamda yurtimizdagi naqshinkor gumbazli obidalar, ularni bezashda ishlatilgan murakkab va nafis sopol koshinlarni har bir inson ko‘rishi, ulardan zavqlanishi, hayratlanishi lozimligini ta’kidlaydi. Kogon tumanida joylashgan Sayyid Amir Kulol maqbarasining mahobatli gumbaziga nazar solgan har kim bu boradagi e’tiroflarning naqadar haqiqat ekaniga yana bir bor ishonch hosil qiladi. Shu bilan birga, bugungi kunda majmuada ziyoratchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida mavjud inshootlar ta’mirlanib, yangi obyektlar qurilayotganidan xursand bo‘ladi. — Piri komilning milliy me’morlik an’analari asosida barpo etilgan maqbarasi, masjiddagi yog‘och o‘ymakorligining noyob usullaridan foydalanib yaratilgan ustun va ravoqlar, eshik-romlarni o‘z jozibasini yo‘qotmagan holda saqlash, bu yerni doimo saranjom-sarishta saqlash masalasi hamisha e’tiborimizda, — deydi Kogon tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Zubaydullo Sharipov. — Chunki ziyoratchilar, birinchi navbatda, osoyishtalik, poklik, obodlikka qaraydi. Shuning uchun majmuani obodonlashtirish jarayonida atrofda gulzor va yashil maysazorlar tashkil qilinyapti. Mahalliy daraxtlar bilan birga, chet davlatlardan keltirilgan qimmatbaho ko‘chatlar ham ekilmoqda. Bino-inshootlarni qurish va ta’mirlashda milliylik hamda zamonaviylikning uyg‘unlashuviga e’tibor qaratilmoqda. [b]160dan so'ng qo'shdi...[/b] Davomi.!! Tumandagi yana bir nurafshon go‘sha — Qasri Orifon qishlog‘idagi Hazrat Bahouddin ziyoratgohidir. Buxoro xalqaro aeroportidan ushbu qishloq tomon borarkansiz, Prezidentimiz topshirig‘i bilan o‘rnatilgan “Xush kelibsiz, Bahouddin Naqshband yurtiga! Wellcome to the homeland of Bahauddin Naqshband!” deb yozib qo‘yilgan bannerga ko‘zingiz tushib, ko‘nglingiz yanada ravshan tortadi. Bunday bannerlar, qadamjo va uning sohibi haqidagi ma’lumotlar, manzilni to‘g‘ri topib borishga yordam beruvchi belgilar ziyoratchilar uchun ayni muddao. Qadamjo ziyoratchilar va xorijlik sayyohlar bilan gavjum. Quloqqa o‘zimizning xorazmcha lahjadan tortib, yapon, koreys, nemis, fransuz, arabcha so‘zlar chalinadi. Buning sira ajablanarli joyi yo‘q. Negaki, Naqshbandiya ta’limoti zamirida millati, dini, tilidan qat’i nazar, insonni aziz bilish, odamlar o‘rtasiga mehr-shafqat, muruvvat urug‘ini sochish, ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zish, ular ko‘nglida ertangi kunga umid uyg‘otish singari olijanob maqsadlar mujassamki, bu ezgu tushunchalar har bir xalqda yuksak qadrlanadi. — Majmuaga har gal kelganimda yengil tortaman, — deydi sakson besh yoshli Rahmon bobo Hakimov. — Bu yerdagi obodonchilik ishlarini ko‘rib ich-ichimdan suyunaman, shu xayrli ish boshida turgan Prezidentimiz haqiga duo qilaman. Ziyoratgohning bundan o‘ttiz — o‘ttiz besh yil avvalgi holati bilan hozirgi qiyofasini xayolan taqqoslab, ko‘nglimda shukronalik hissini tuyaman. Darhaqiqat, ilgari bu muqaddas joyning xarob ahvolini ko‘rgan ziyoratchilar dardi ichida edi. Ko‘ngillari
Yuklab olish
Onlayn 182 (0/182)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa