Mavzu: Qadimgi Buxoro Amirligi
1. RM_FANAT (M) (1035) [off] | TXT | 7| 24 May 2019, 19:20
Buxoroxo— Buxoro xonligini 1753yildan keyingi nomi; ashtarxoniylar o‘rniga kelgan mang‘itlar sulolasi vakillari o‘zlarini amir deb atashgan. Shunga ko‘ra, davlat Buxoro Amirligi deb atala boshlangan. 1920yil Buxoro boskini natijasida tugatilgan. [1]
Buxoro Amirligi

1785 — 1920

Bayroq
1850-yildagi Buxoro xonligi
Poytaxti Buxoro
Til(lar)i O'zbek tili, Fors tili
Dini Islom
Aholisi oʻzbeklar, tojiklar
Boshqaruv shakli mutlaq monarxiya
Sulola Mangʻitlar
amir
Amir Shohmurod - 1785—1800
Said Alim - 1911—1920
Meros boʻlib oʻtishi
← Buxoro xonligi
Buxoro Sovet Xalq Respublikasi→
1758-yil Rahimbiy vafotidan soʻng mangʻitlar amirlik taxtiga uning amakisi Miyonkoʻl hokimi Doniyorbiy ( 1758- 1785-yillar) nomzodini surishadi. Lekin u qatʼiy markaziy hokimiyatni saqlab qololmadi. Mangʻitlarning tarafdorlari va gʻanimlari oʻrtasidagi oʻzaro janjallar, joylardagi hokimlarning mustaqillikka boʻlgan intilishlari oʻn yillarga choʻzilib ketdi. 1784-yiliDoniyorbiyning boʻshligidan norozi boʻlgan Buxoroahli qoʻzgʻolon koʻtardi va amir hokimiyatni oʻgʻli Shohmurodga ( 1785- 1800-yillar) topshirdi. Shohmurodyangiliklarni Arkda saroy ahli guvohligida ikkita yirik amaldor - Davlat qushbegi va Nizomiddin qozikalonni qatl etishdan boshladi. Shundan soʻng Shohmurod Buxoroahliga ularni bir necha soliqdan ozod etuvchi imtiyozli hujjatni tantanali tarzda topshirdi. Hujjatning matni tosh lavhada kesilgan boʻlib, u katta jomeʼ masjidining ayvoniga oʻrnatildi. Shohmurod „joʻl“(„jul“) deb nomlangan va urush holatida qoʻshin saqlash maqsadida foydalaniladigan yangi soliq turini joriy qildi. Hokimiyatni oʻz qoʻlida jamlab olgach, u xonlik unvonidan voz kechdi va amirlik darajasida qoldi. Taxtga esa Shohmurod Chingizxonavlodlaridan boʻlgan Donishmandchini, keyinroq esa Abulgʻozini koʻtardi, lekin ular amalda hokimiyatga ega emasdilar. 1785-yiliShohmurod pul islohotini oʻtkazdi hamda 0,7 misqollik (3,36 g) toʻla qimmatli kumush tangalar va bir xil shakldagi oltin tangalarni zarb etishni yoʻlga qoʻydi. U sud mahkamasiga ham shaxsan rahbarlik qildi. ShohmurodBuxoro amirligi tarkibiga Amudaryoningchap sohilidagi hududlarni, jumladan, Balxva Marvni qaytardi. 1786-yiliu Karmanada xalq qoʻzgʻolonini bosdirdi, keyin Shahrisabzva Xoʻjandga muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdi. Shohmurod afgʻon hukmdori Temurshohdan ustun kelib, asosan o`zbeklarva tojiklaryashaydigan janubiy Turkistonnioʻz qaramogʻida saqlab qolishga erishdi. Amir Haydar (1800-1826-yy.) otasidan soʻng taxtga oʻtirgan vaqtda butun Mavorounnahruning hukmiga boʻysinar edi. Haydarning taxtga koʻtarilishi ommaviy qoʻzgʻolonlar va qatllar bilan toʻgʻri keldi. 1800-yiliMarv turkmanlari bosh koʻtarishdi. Ichki janjallarga koʻp oʻtmasdan Qoʻqonbilan Oʻratepauchun urush qoʻshildi. Haydar ushbu shaharni tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. Amir Haydar davrida siyosiy tizim yakka hokimiyatchilik tomon intilayotgan markazlashgan monarxiyadan tashkil topgan edi. Amirga 4 ming kishigacha yetadigan byurokratik mahkama xizmat qilardi. Armiyaning miqdori oshdi. Faqat Buxoroningoʻzida 12 ming harbiydan iborat qoʻshin turardi. Ahmad Donishning yozib qoldirishicha, Amir Haydarboshqaruv vaqtiga „har 3-6 oyda yuzaga keladigan toʻxtovsiz feodal urushlar davri“ deya baho berish mumkin. Haydardan soʻng taxtga uning oʻgʻli Nasrullo (1826-1860-yy.) oʻtirdi. Unga hokimiyat sari yoʻl ochish maqsadida akalari Husayn va Umar oʻldirildi. Armiya va ruxoniylarga suyangan Nasrullo zodagonlarni jilovlash maqsadida feodal tarqoqlikka qarshi qatʼiy kurash olib bordi. Hukmronligining birinchi oyida u har kuni 50-60 tadan kishini qatl qildi. Nasrulloshu paytgacha amirlik tarkibiga faqat nomigagina kirgan viloyatlarni birlashtirishga erishdi. Viloyatlarni boshqarishga oʻziga muteʼ boʻlgan „nasl-nasabsiz“ kishilarni tayinladi. Nasrullo amirligi chogʻida Xivava Qoʻqon xonliklaribilan Marv, Chorjoʻy, Oʻratepa, Xoʻjandkabi chegarada joylashgan alohida hududlar uchun boʻlgan tinimsiz urushlar davom etib turdi. Shahrisabz va Kitob hukmdorlarining qarshiligi, ayniqsa kuchli boʻldi. Bir necha harbiy yurishlardan soʻng 1853-yilga kelib ular Buxoroga boʻysindirildi. Amirlik tarkibiga faqat Zarafsxon daryosining oʻrta va quyi oqimidagi vohagina barqaror kirgan edi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3361
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 24 May 2019, 19:20
Mavzuni ko'rishgan: 7 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 140 (0/140)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru