Mavzu: Yon qo'shnim jon qo'shnim.! (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) RM_FANAT (24 May 2019 19:44) Navoiy viloyati- OÊ»zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982 yil 20 aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988 yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi. Shimoliy va shimoli-sharqdan QozogÊ»iston, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, jan.dan Qashqadaryo, janubi-gÊ»arbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 111,0 ming km². Aholisi 802,3 ming kishiga yaqin (2003). Navoiy viloyati tarkibida 8 qishlok tumani (Konimex, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduk, Xatirchi, Qiziltepa, 5 shahar (Zarafshon, Qiziltepa, Navoiy, Nurota, Uchquduq), 8 shaharcha (Konimex, Langar, Malikrabot, Muruntov, Tinchlik, Shalqar, Yangirabot, GÊ»ozgÊ»on) va 53 qishlok fukarolari yigÊ»ini bor (2003). Markazi — Navoiy shahri Tabiati. Navoiy viloyatining hududi tabiiy sharoitiga koÊ»ra, 3 qismga boÊ»linadi: viloyatning shimoli-gÊ»arbiy qismini Qizilqum choÊ»li egallagan — bu yerda berk botiqlar (Karaqota, MoÊ»lali, Mingbulok), eol qumli tekisliklar va qoldik togÊ»lar (OvminzatogÊ», YetimtogÊ», BoÊ»kantov, Tomditov va h.k.) bor; janubi-sharqiy qismini Nurota togÊ» tizmalarining gÊ»arbiy qismi past va oÊ»rtacha balandliklardagi togÊ»lar (QoratogÊ», OktogÊ» va boshqalar) hamda togÊ»lararo botiqlar (Nurota botigÊ»i va boshqalar) egallagan; Zarafshon daryosi vohasining oÊ»rta qismida viloyatning paxtachilik zonasi oÊ»rnashgan. Navoiy viloyatidagi togÊ»lar, asosan, silur, devon, toshkoÊ»mir, bur, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toÊ»rtlamchi geologik davrdagi kompleks tabiiy omillar taʼsirida oÊ»zgargan. Muruntovda oltin, OvminzatogÊ» shimolida grafit topilgan. Viloyatda volfram, fosforitlar, kvars qumi, sement, ohaktoshning zaxiralari mavjud. Navoiy viloyatida mineral shifobaxsh, shoÊ»r va yer osti chuqur suv zaxiralari aniqlangan. Chunonchi, Tomdibulok, Qaraqota, Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xoÊ»jalikda keng foydalanilmoqda. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli zilzila zonasiga kiradi. Qizilkum choÊ»li tufayli iqlimi keskin kontinental choÊ»l iqlimi: yozi uzoq, quruq. issik, iyulda oÊ»rtacha temperatura 27,2—29,6°, kumda oftobda temperatura 60—70° gacha koÊ»tariladi. Yanvarda oÊ»rtacha temperatura — 1,9° dan —0,6° gacha. ChoÊ»l va yaylovlarda, vohalarda iqlim oÊ»rtacha. YogÊ»in, asosan, bahor va qishda yogÊ»adi. Yillik yogÊ»in 125–282 mm. Vegetatsiya davri 177—212 kun. Navoiy viloyatining asosiy suv manbai — Zarafshon daryosi. Zarafshondan Konimex kanali chikarilgan. Navoiy viloyatini suv bilan taʼminlashda Quyimozor, ToÊ»dakoÊ»l suv omborlari, Konimex kanalining ahamiyati katta. Viloyatning shim. va gÊ»arbiy katta qismi koÊ»chma qum barxanlari, unda-bunda uchraydigan gilli choÊ»llardan iborat. Astragal, shuvok, shoÊ»ra, isirik, qamish, zarpechak, saksovul, yulgÊ»un, va boshqa choÊ»l oÊ»simliklari oÊ»sadi. ChoÊ»l tuproqlarida chirindi kam, ohak, gips, eruvchi tuzlar koÊ»p. ChoÊ»l oÊ»simliklari, ayniqsa, shoÊ»ra, shuvoq kabilar qorakoÊ»l qoÊ»ylari va boshqa mollar uchun ozuqa boÊ»ladi. Bukantovda va Mingbuloq botigÊ»ida qobon, boÊ»ri, chiyaboÊ»ri, tulki, uzun dumli mushuk, choÊ»l mushugi, boshqa yerlarda malla yumronqoziq, kalamush, sichqon, sugÊ»ur, sassiqkoÊ»zan, jayron, kaltakesak, turli xil ilonlar, toshbaqa, qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgÊ»ovullar, qargÊ»a, hakka, musicha, chumchuq uchraydi.
Navoiy viloyati
viloyat
Maʼmuriy markazi Navoiy shahri
Yirik shahariNavoiy shahri
Boshqa yirik shaharlariNavoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlari
Asos solingan sanasi1982 yil
Qobul TursunovHokim
Aholi767,500 (4-oʻrin)
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni110,800 km²
Soat mintaqasi UTC 5
Kod ISO 3166-2UZ-NW
Telefon kodi 99879
Pochta indeksi210100
Internet domeniuz
Avtomobil raqami kodi85
Rasmiy sayti http://navoi.uz/
Qizilqum choʻlida pastak koʻhna togʻlar, Mingbuloq botigʻi, shuningdek, Qaraqota havzasi, shoʻrxok tekisliklar va pastliklar, qator qum tepalari alohida manzara kashf etgan. Yaylovlarda chorva boqiladi. Saksovul, qandim, cherkez, singren, oqpechak, selin, efemer va shoʻralar chorva mollari uchun ozuqa.

Geografik joylashuvi
Navoiy viloyati OÊ»zbekiston Respublikasi hududining oÊ»rta qismida joylashgan boÊ»lib, Qizilqumsahrosining kattagina qismini egallaydi. Uning maydoni 110,8 ming km² ga teng, bu jihatdan u eng katta viloyat hisoblanadi. Navoiy viloyati gÊ»arbda QoraqalpogÊ»iston, shimolda QozogÊ»iston, sharqda Jizzax, janubda Qashqadaryova Buxoroviloyatlari bilan chegaralanadi.

Tumanlar va Shaharlar
Navoiy viloyati hududi yetti qishloq tumanlariga boʻlingan. Bular quydagilar: Karmana, Konimex, Navbahor, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa. Viloyatda oltita shahar mavjud: Navoiy, Uchquduq, Qiziltepa, Nurota, Zarafshonva Yangirobod. Uning maʼmuriy markazi Navoiy shahridir. BahhTeeUz (24 May 2019 23:06) Qayta-qayta bitta ma'lumotni yozilishi mumkinmikan?
Ko'chirishda ham insof bilanda... RM_FANAT (25 May 2019 04:45) --Javob-- BahhTeeUz (24 May 2019 23:06): Qayta-qayta bitta ma'lumotni yozilishi mumkinmikan?
Ko'chirishda ham insof bilanda... ---------- [b]BLACK_LION,[/b] O'zi men nima yozsam ham doim ko'chirmachilikga kiradi.! :grin: , bu forumda mendan boshqa odam yog'dek , sizning nazaringizda :grin: Manba: https://uzmasters.ru/forum/2/66/3362/