Mavzu: Namangan Viloyati !
1. MANSUR (M) (110) [off] | TXT | 13| 24 May 2019, 19:54
Namangan — Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi Aholi soni boʻyicha Fargʻonadan oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik shaharlaridan biri. Fargʻona vodiysining har jihatdan peshqadam viloyati. Vodiyning shim.da, Shim. Fargʻona kanali bilan Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan. Maydoni 83,3 km². Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,3°, yanv.niki —2,3°. Aholisi 395,8 ming kishi (2003). [1]
Fargʻona vodiysining qad. poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620 yildagi qattiq zilzila natijasida vayron boʻlganligi sababli, uning aholisi hozirgi Namangan shahri hududiga koʻchib oʻtgan. Namangan tuz koni ("Namak kon") yaqinida vujudga kelgan boʻlib, shahar nomi oʻrta asrlarga oid tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. Zahiriddin Bobur oʻzining "Boburnoma" (16-asr) asarida Namangan qishlogʻi haqida gapirib oʻtgan. V. P. Nalivkinning ("Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi", Qozon, 1886) yozishicha, Namangan 1643 yilga mansub vaqf hujjatlarida uchraydi. 18-asrda Namangan Qoʻqon xonligiga tobe boʻlgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar aholisiga ham xizmat qiluvchi hunarman-dchilik markazi boʻlgan. Dehqonlar Namangan bozorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan. Shaharda meʼmorlik sezilarli darajada taraqqiy etgan.
Xoʻja Amin maqbarasi (17-asr), Mulla Qirgʻiz madrasasi (1911-12) va Ota Valixon toʻra masjidi (20-asr) kabi meʼmoriy yodgorliklari hozir ham mavjud. 1817—22 yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangiariq kanali qazilib, suv taʼminoti yaxshilandi. 1842—45 yillarda shahar baland devor bilan oʻrab olingan. 1813—14 yillarda Namanganga kelgan rus ofitseri F. Nazarov bu yerda shahar hokimining devor bilan oʻralgan saroyida ancha katta garnizon borligini aniqlagan. Qoʻqon xonligi hukmronligining soʻnggi kunlarigacha Namangan bek qarorgohi boʻlib keldi. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Fargʻona maʼmuriy viloyati tuzilgach, Namangan uning uyezd shaharlaridan biriga aylandi. 1894—95 yillarda uyezd muassasalari uchun davlat binolari quridsi. 20-asrning boshlarida Namangan Oʻrta Osiyoning "eski" va "yangi" qismlardan iborat tipik shahriga aylandi. 1912 yilda shaharga Qoʻqon tomonidan temir yoʻl oʻtkazildi. 1914 yil zavodlar soni 17 taga yetdi. Bundan tashqari, 2 yogʻ zavodi ham qurildi. Shahardagi har ming kishidan 22 tasi sanoat ishchisi boʻlgan. 1916 yilda Namanganda Nikolay II ning mardikorlikka olishi haqidagi farmoniga qarshi mehnatkashlarning chiqishi boʻldi (qarang Mardikorlik). Bolsheviklarning bosqinchilik urushi davrida Namangandagi korxonalarning kariyb 80%ida ish toʻxtab qoddi. Urushdan keyin sanoat korxonalari tiklanib, rivojlana boshladi. Motor taʼmirlash, sut-yogʻ, konserva, gʻisht, paxta tozalash zavodlari, non kombinati, elektr stansiyasi va bir qancha mayda mahalliy sanoat korxonalari ishga tushirildi. Viloyatda paxtachilik, pillachilik va qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari rivojlanishi shaharda keng isteʼmol buyumlari va oziq-ov-qat mahsulotlari sanoatining rivojlanishiga sabab boʻldi. Shu davrda shaharda 3 elektr stansiya, vino va pivo zavodlari, yigiruv-toʻquv fabrikasi, taʼmirlash-mexanika ustaxonasi qurildi. Sanoatning yalpi mahsuloti yildan-yilga ortib bordi. Ikkinchi jahon urushi yillarida shaharda poyabzal fabrikasi, tikuvchilik korxonasi, goʻsht kombinati, mahalliy va kooperativ sanoat korxonalari ishga tushirildi. Urushdan keyin yengil, oziq-ovqat, ogʻir, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika va kurilish sanoatlari rivojlandi. Shaharni elektr energiya bilan toʻla taʼminlash maqsadida 1946 yil Namangansoyda 2-GES kurildi. 1949 yilda markaziy ekskavator stansiyasi tashkil etilib, bu yerda turli xil ekskavator, skreper, buldozer kabi qishloq xoʻjaligi mashinalari taʼmirlandi. Oʻrta Osiyoda yagona elektrotexnika zavodi (sanoatda va roʻzgʻorda ishlatiladigan) elektr isitkich asboblari ishlab chikara boshladi.
2152dan so'ng qo'shdi...
Namangan respublikaning yengil va oziqovqat sanoatlari markazlaridan biriga aylandi. Bu yerda Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlarining 15%ini ishlab chiqaruvchi yirik toʻqi-machilik korxonalari kurildi.

Shaharda 36 qoʻshma korxona mavjud. Shulardan, Oʻzbekiston—Yaponiya "Silk Road", Oʻzbekiston—Shveysariya "Nestle", Oʻzbekiston — Turkiya "AsnamTekstil" va boshqa qoʻshma korxonalarning hissasi salmoqlidir. "Atlas", "Notoʻqimachi", "Namangangoʻshtsutsanoat", "Namanganekstraktyogʻ", "Namanganmebel", "Namangandonmahsulot", "Mehmash", "Karbonam", korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shaharda 400 dan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari bor. Mustaqillik yillarida shahar butu nlay oʻzgarib ketdi. Ilgarigi tor koʻchalar oʻrnida keng va ravon yoʻllar bunyod etildi. "Boburshoh", "Doʻstlik", "Margʻilon", "Oromgoh", "Uychi" koʻchalari tubdan qayta taʼmirlandi. Namangan azaldan oʻzining hunarmandchiligi bilan nom qozongan. Shaharning turli burchaklarida kichik bozorchalar boʻlib, hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar oʻz mahsulotlarini ana shu bozorchalarda sotishgan. Keyingi 10 yil ichida bu bozorlar oʻrnida "Chorsu", "Doʻstlik", "Taxtakoʻprik", "Shohbekat", "Jahon" singari zamonaviy bozorlar qad koʻtardi. Shahar markazida Amir Temur, Bobur xiyobonlari, "Tinchlik" maydoni, Mashrab nomidagi bogʻ bunyod etildi. Bobur bogʻi hududida "Xotira" maydoni barpo qilindi. Boburshoh koʻchasida akademik litseyning oʻquv binosi va yotoqxonasi, Doʻstlik koʻchasida transport-aloqa kollejining binosi qurib foydalanishga topshirildi. Sanʼat, madaniyat, tibbiyot, sanoat kollejlarining binolari tubdan qayta taʼmirlandi va jihrzlandi. Shahar markazida tez tibbiy yordam koʻrsatish markazi, endokrinologiya, "Ona va bola" markazlari, koʻpgina mahallalarda ambulatoriyalar ishga tushi-rildi. Aksariyat mahallalarda guzarlar qurildi. Shaharda 21 avtotransport va 7 aloqa korxonasi, 48 yirik kurilish korxonalari mavjud. Transport vositalari qatnaydigan koʻchalarining uz. 1010 km. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgai. Xalqaro Aeroport bor. Viloyat tumanlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharga "Oʻzdunrobita", "Kamalak — TV" va "DEU Yunitel" qoʻshma korxonalari xizmat kursatmoqda. Namanganda 38 yirik savdo korxonasi va koʻpgina savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Namangan respublikaning fan va madaniyat markazlaridan biri. Shaharda universitet, 2 institut, 10 kollej, 2 kasb-hunar maktabi, 2 akademik litsey, iktisodiyot litseyi, 51 umumiy taʼlim maktabi, 53 maktabgacha tarbiya muassasasi bor. 2002/2003 oʻquv yilida universitet va institutlarda 11129, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 10630 talaba, kasb-hunar maktablarida 498, litseylarda 1608, umumiy taʼlim maktablarida 76801 oʻquvchi taʼlim oldi.
2. Viruzbek(1179) [off] | TXT | 10| 24 May 2019, 23:00
Namanganda yashab shuncha malumotlarni bilmaa ekanman
3. UmA (429) [off] | TXT | 9| 24 May 2019, 23:38
Forumdoshlarni Namanganda yaqinlashib kelayotgan Gullar bayramiga taklif qilib qolamiz :D
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3363
Mavzuga oid xabarlar soni: 3 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 May 2019, 07:15
Mavzuni ko'rishgan: 13 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 100 (7/93)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru