Mavzu: Jizzax Viloyati ! (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) MANSUR (24 May 2019 20:02) Jizzax viloyati– OÊ»zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 yil 28 dekabrda tashkil etilgan. Shim.-sharqda QozogÊ»iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-gÊ»arbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubisharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 21,1 ming km2. Aholisi 991 ming kishi (2001). Jizzax viloyatida 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, DoÊ»stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, MirzachoÊ»l, Paxtakor, Yangiobod, Forish, GÊ»allaorol), 7 shahar (Gagarin, Dashtobod, DoÊ»stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, GÊ»allaorol), 8 shaharcha (BoÊ»ston, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, OÊ»smat, Uchquloch, Yangiqishloq, QoÊ»ytosh), 95 qishloq fuqarolari yigÊ»ini bor (2001).

[green]TABIATI[/green]

Relyefi togÊ»lik, qir va tekisliklardan iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gÊ»arbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shim., shimoli-gÊ»arbi va sharqiy qismi (MirzachoÊ»l va Qizilqum choÊ»lining janubi-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oÊ»rtacha tempaturasi –G dan —4° gacha, iyulniki 28°. TogÊ» oldilarida iqlim choÊ»l va dashtlarga nisbatan yumshoq. Yillik yogÊ»in viloyat janubida 400–500 mm, shimolida 250– 300 mm. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Yillik quyoshli kunlar 2800—3000 soat. Eng yirik daryolari — Sangzor, Zominsuv. TogÊ»lardan oqib tushuvchi soy koÊ»p. Ekinlarni sugÊ»orish uchun Tuyatortar kanali, 1- va 2-Janubiy MirzachoÊ»l kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan.

2001 yilda Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarkoʻl va Tuzkon koʻllaridan baliqchilikda foydalaniladi. Togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yongʻoq, naʼmatak, zira, rovoch, zirk kabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bogʻi, Zomin va Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan.
Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi.
Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram, qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor.

Aholisi 1 km2ga 46,9 kishi toʻgʻri keladi (2001). Aholining koʻpchiligi oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va b. Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi. Shaharliklar 30%, qishloq aholisi 70% ni tashkil etadi. RM_FANAT (24 May 2019 20:04) [b]MANSUR,[/b] Ko'p mavzu ochavermang, bo'lmasa banga sayohat qilib kelasiz MANSUR (24 May 2019 20:08) --Javob-- RM_FANAT (24 May 2019 20:04): [b]MANSUR,[/b] Ko'p mavzu ochavermang, bo'lmasa banga sayohat qilib kelasiz ---------- [b]RM_FANAT,[/b] Oftop qilmang, O`zizchi:pxa: Manba: https://uzmasters.ru/forum/2/66/3364/