Mavzu: Sirdaryo Viloyati !
1. MANSUR (M) (121) [off] | TXT | 6| 24 May 2019, 20:22
Sirdaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyatibilan chegaradosh. Maydoni 5,3 ming km. Aholisi 667.748 kishi ( 2003). Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, maye. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston shahri.Qadimgi Sirdaryo tarixi haqida maʼlumot beruvchi muhim yozma manba qad. yunon tarixchisi Arrianning "Iskandarning harbiy yurishlari" asaridir. Bu asarda Sirdaryo "Tanais", "Yaksart" nomi bilan yuritiladi.

Mil. av. 3—2-asrlarda Oʻrta Osiyoning shimoliy rayonnlarida 5 ta mayda davlatlardan iborat Qangʻyuy davlati ittifoqi yuzaga keladi. Uning tarkibiga hozirgi Sirdaryo viloyati hududlari ham kirgan. Ushbu davrda koʻchmanchi aholining viloyat hududiga kelib oʻrnashishi yer tanqisligini yuzaga keltiradi. Natijada hozirgi Xovos tumanining gʻarbiy qismlari ham aholi tomonidan oʻzlashtiriladi. Shoʻrbuloqsoyning quyi qismida Eski Xovos yodgorligi, Shirinsoyning quyi qismida Munchoqtepa yodgorligi qad koʻtaradi.

Sirdaryo viloyati hududi ilk bor alohida oʻlka— Ustrushona sifatida Beyshi, Suyshi va Tanshu kabi Xitoy yilnomalarida tilga olinadi. Undan oldingi manbalarda Sharqiy Sao (suvi yoʻq) deb yuritiladi. Uning bunday nomlanishi hududda qoʻshni Choch va Sugʻddan farqli ravishda daryolarning koʻp boʻlmaganligi bilan izoxlanadi. Nisbatan oʻlkaning toʻlaroq nomlanishi Tanshu yilnomalarida ("Shuaydushana", "Suydushana" nomlari bilan) berilgan. Tan imperatorlari saroyida oʻlka nomi, shuningdek, Layviy (magʻrurligini sezgan holda boʻysunmoq) deb ham yuritilgan. Viloyat qad. aholisining tili sugʻd tiliga oʻxshash tilda soʻzlashuvchi Sirdaryo va Amudaryo oraligʻida yashagan aholi tiliga yaqin boʻlgan. Xan davri yozma manbalarida Dovon (Fargʻona)dan to Ansi (Baqtriya)gacha boʻlgan hudud aholisi turli shevalarda gaplashsalarda, birbiriga yaqin tidda gaplashganlar va oʻzaro birbirini tushunganlar deyiladi.
Mil. 6-asrda Turk xoqonligi davrida mahalliy aholining turk qabilalari bilan munosabatlari rivojlanadi. Qudaandachilik munosabatlari oʻrnatiladi. Ustrushona afshini Xasan ibn Haydar turk lashkarboshisining qiziga uylangan. 8-asrga oid Xitoy yozma manbasi Syuandzanda yozilishicha, oʻlka "Sutulisen" deb nomlanadi. Shuningdek, unda shim.gʻarbda katta choʻl (Mirzachoʻl) joylashganligi, oʻlka hukmdori Bosi togʻi (Turkiston togʻ tizmasi)ning shim. yon bagʻrida yashaganligi haqida maʼlumotlar bor. Oʻlkada zarb qilingan 6—8-asrlarga oid tangalar Ustrushonaning ilk hukmdorlari Chirdmish, Satagari, Raxang haqida maʼlumot beradi.
Hokimiyat shu davrda otadan bolaga oʻtgan. 8-asr boshida Ustrushonaga arablar bostirib kirgan. Ustrushona arab va Tan sulolasi oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. 749 yilda xitoyliklar yurish qilgan boʻlsa, 751 yilda Ustrushonani arablar bosib olgan. Fakatgina 9-asr boshlaridan Haydar ibn Qavus arab xalifasi xizmatiga kiradi.
893 yilda afshinlar sulolasi agʻdarib tashlanib Ustrushona Somoniylar davlati tarkibiga kiritshshi. Oʻrta asrlardagi Ustrushona haqida birmuncha toʻliq maʼlumotlar arab yozma manbalarida mavjud. Ularda aytilishicha, oʻlka hududi Xoʻjanddan Samarqandgacha, Sirdaryo daryosi va Mirzachoʻldan to Hisor tizma togʻlarigacha boʻlgan. Istaxriy (10-asr) maʼlumotiga koʻra, Ustrushonaning koʻpgina qismini togʻlar egallagan boʻlib, unda "kemalar suzishi mumkin boʻlgan daryo ham, koʻl ham yoʻq". Havkalga binoan, Movarounnaxrning boshqa viloyatlari qatori Ustrushona ham qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ajralib turardi. Bu mahsulotlar viloyat tashqarisiga, jumladan, Xoʻjandga chiqarilgan. Ayrim shaharlarda bozorlar boʻlgan. Ustrushonaliklarning fahri Mink va Marsmandada ishlab chiqarilgan temir qurollar boʻlib, ular Xurosonda ishlatilgan va Iroqqacha shu qurolyarogʻ bilan qurollanganlar. Ustrushona poytaxti Bunjikat sh. boʻlgan. Oʻrta Osiyodagi boshqa davlatlar qatori Ustrushona ham keyingi hayotida qoraxoniylar, moʻgʻullar, temuriylar, shayboniylar va boshqa davlatlari tarkibidagi tarixiy davrlarni boshidan kechirgan.
Qadimgi viloyat axoliyey, asosan, soy va chashmalar boʻylarida vohavoha boʻlib hayot kechirishgan. Viloyat hududida Xoʻjamushkentsoy, Shoʻrbuloqsoy, Mugʻolsoy, Tagobsoy, Sarmichsoy singari suv manbalari boʻlgan. Suv balansining buzilishi manzilgohlarning yoʻq boʻlib ketishiga yoki boshqa joyga koʻchib oʻtilishiga olib kelgan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3365
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 May 2019, 07:20
Mavzuni ko'rishgan: 6 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 124 (0/124)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru