Mavzu: Sirdaryo Viloyati ! (MULOQOT FORUMI/Mening Yurtim) MANSUR (24 May 2019 20:22) Sirdaryo viloyati - OÊ»zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Shimolidan QozogÊ»iston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gÊ»arbdan Jizzax viloyatibilan chegaradosh. Maydoni 5,3 ming km. Aholisi 667.748 kishi ( 2003). Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, maye. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, DoÊ»stlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigÊ»ini bor (2004). Markazi — Guliston shahri.Qadimgi Sirdaryo tarixi haqida maʼlumot beruvchi muhim yozma manba qad. yunon tarixchisi Arrianning "Iskandarning harbiy yurishlari" asaridir. Bu asarda Sirdaryo "Tanais", "Yaksart" nomi bilan yuritiladi.

Mil. av. 3—2-asrlarda OÊ»rta Osiyoning shimoliy rayonnlarida 5 ta mayda davlatlardan iborat QangÊ»yuy davlati ittifoqi yuzaga keladi. Uning tarkibiga hozirgi Sirdaryo viloyati hududlari ham kirgan. Ushbu davrda koÊ»chmanchi aholining viloyat hududiga kelib oÊ»rnashishi yer tanqisligini yuzaga keltiradi. Natijada hozirgi Xovos tumanining gÊ»arbiy qismlari ham aholi tomonidan oÊ»zlashtiriladi. ShoÊ»rbuloqsoyning quyi qismida Eski Xovos yodgorligi, Shirinsoyning quyi qismida Munchoqtepa yodgorligi qad koÊ»taradi.

Sirdaryo viloyati hududi ilk bor alohida oÊ»lka— Ustrushona sifatida Beyshi, Suyshi va Tanshu kabi Xitoy yilnomalarida tilga olinadi. Undan oldingi manbalarda Sharqiy Sao (suvi yoÊ»q) deb yuritiladi. Uning bunday nomlanishi hududda qoÊ»shni Choch va SugÊ»ddan farqli ravishda daryolarning koÊ»p boÊ»lmaganligi bilan izoxlanadi. Nisbatan oÊ»lkaning toÊ»laroq nomlanishi Tanshu yilnomalarida ("Shuaydushana", "Suydushana" nomlari bilan) berilgan. Tan imperatorlari saroyida oÊ»lka nomi, shuningdek, Layviy (magÊ»rurligini sezgan holda boÊ»ysunmoq) deb ham yuritilgan. Viloyat qad. aholisining tili sugÊ»d tiliga oÊ»xshash tilda soÊ»zlashuvchi Sirdaryo va Amudaryo oraligÊ»ida yashagan aholi tiliga yaqin boÊ»lgan. Xan davri yozma manbalarida Dovon (FargÊ»ona)dan to Ansi (Baqtriya)gacha boÊ»lgan hudud aholisi turli shevalarda gaplashsalarda, birbiriga yaqin tidda gaplashganlar va oÊ»zaro birbirini tushunganlar deyiladi.
Mil. 6-asrda Turk xoqonligi davrida mahalliy aholining turk qabilalari bilan munosabatlari rivojlanadi. Qudaandachilik munosabatlari oÊ»rnatiladi. Ustrushona afshini Xasan ibn Haydar turk lashkarboshisining qiziga uylangan. 8-asrga oid Xitoy yozma manbasi Syuandzanda yozilishicha, oÊ»lka "Sutulisen" deb nomlanadi. Shuningdek, unda shim.gÊ»arbda katta choÊ»l (MirzachoÊ»l) joylashganligi, oÊ»lka hukmdori Bosi togÊ»i (Turkiston togÊ» tizmasi)ning shim. yon bagÊ»rida yashaganligi haqida maʼlumotlar bor. OÊ»lkada zarb qilingan 6—8-asrlarga oid tangalar Ustrushonaning ilk hukmdorlari Chirdmish, Satagari, Raxang haqida maʼlumot beradi.
Hokimiyat shu davrda otadan bolaga oʻtgan. 8-asr boshida Ustrushonaga arablar bostirib kirgan. Ustrushona arab va Tan sulolasi oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. 749 yilda xitoyliklar yurish qilgan boʻlsa, 751 yilda Ustrushonani arablar bosib olgan. Fakatgina 9-asr boshlaridan Haydar ibn Qavus arab xalifasi xizmatiga kiradi.
893 yilda afshinlar sulolasi agʻdarib tashlanib Ustrushona Somoniylar davlati tarkibiga kiritshshi. Oʻrta asrlardagi Ustrushona haqida birmuncha toʻliq maʼlumotlar arab yozma manbalarida mavjud. Ularda aytilishicha, oʻlka hududi Xoʻjanddan Samarqandgacha, Sirdaryo daryosi va Mirzachoʻldan to Hisor tizma togʻlarigacha boʻlgan. Istaxriy (10-asr) maʼlumotiga koʻra, Ustrushonaning koʻpgina qismini togʻlar egallagan boʻlib, unda "kemalar suzishi mumkin boʻlgan daryo ham, koʻl ham yoʻq". Havkalga binoan, Movarounnaxrning boshqa viloyatlari qatori Ustrushona ham qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ajralib turardi. Bu mahsulotlar viloyat tashqarisiga, jumladan, Xoʻjandga chiqarilgan. Ayrim shaharlarda bozorlar boʻlgan. Ustrushonaliklarning fahri Mink va Marsmandada ishlab chiqarilgan temir qurollar boʻlib, ular Xurosonda ishlatilgan va Iroqqacha shu qurolyarogʻ bilan qurollanganlar. Ustrushona poytaxti Bunjikat sh. boʻlgan. Oʻrta Osiyodagi boshqa davlatlar qatori Ustrushona ham keyingi hayotida qoraxoniylar, moʻgʻullar, temuriylar, shayboniylar va boshqa davlatlari tarkibidagi tarixiy davrlarni boshidan kechirgan.
Qadimgi viloyat axoliyey, asosan, soy va chashmalar boʻylarida vohavoha boʻlib hayot kechirishgan. Viloyat hududida Xoʻjamushkentsoy, Shoʻrbuloqsoy, Mugʻolsoy, Tagobsoy, Sarmichsoy singari suv manbalari boʻlgan. Suv balansining buzilishi manzilgohlarning yoʻq boʻlib ketishiga yoki boshqa joyga koʻchib oʻtilishiga olib kelgan. Manba: https://uzmasters.ru/forum/2/66/3365/